JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Qodirova Nargiza
Osiyo Xalqaro Universiteti Pedagogika fakulteti 1-bosqich magistrant talabasi
BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA TANQIDIY FIKRLASH
QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMLARI
Annotatsiya:
Sifatli ta’lim va ongli tarbiya berish, o‘quvchining talab va tendentsiyalariga ko‘ra
shakllanishiga ta’sir ko‘rsatish. Bolani har tomonlama takomillashtirishda bilim zinapoyasiga
olib boradigan mahorat - bu ko'nikmalarni shakllantirish tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini
rivojlantiruvchi metod va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga yo'l ochadigan o'qitish va ta'lim
texnologiyasini egallash, o'zlashtirish va takomillashtirilishi yoritilgan.
Kalit so’zlar:
tanqid, tanqiday fikrlash, tanqidiy tafakkur, xotira, boshlanğich ta’lim.
Kirish. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunida shaxs va jamiyat
munosabatlarida uyg‘unlikni vujudga keltirish ehtiyoji mavjudligi alohida ta’kidlab o‘tilgan.
Shunga ko‘ra pedagogika fanida shaxsning imkoniyatlarini ro‘yobga chiqaradigan o‘quv
jarayonini tashkil etishning turli yo‘llarini izlash alohida dolzarblik kasb etmoqda. Jamiyatda
xilma xil fikrlash muhitini vujudga keltirishda mustaqil, tanqidiy fikrlovchi shaxslarning o‘rni
beqiyosdir. Dunyoga yangi ko‘z bilan qaraydigan barkamol insonni shakllantirish, uning natijasi,
mahsulasi orqali mustaqil fikrlovchi, ijodiy izlanuvchi, kuchli irodali, g‘oyaviy e’tiqodli, pok
vijdonli shaxsni kamol toptirish, buyuk kelajagimiz poydevorini quruvchi va
yuksaltiruvchimutaxassis kadrlarni tayyorlash respublikamiz pedagoglari oldida turgan eng
muhim va mas’uliyatli vazifadir. Shu bois, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchi shaxsining
tanqidiy fikrlash faoliyatini shakllantirib, muntazam rivojlantirib borish, «sub’yekt sub’yekt»
munosabatini amalda ta’minlash natijasida ularning ijodiy faolligi, izlanuvchanligi, irodaviy
sifatlari, ishchanligi, e’tiqodini tarkib toptirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim tarbiya jarayoniga o‘quvchini mustaqil, tanqidiy fikrlashga undaydigan strategiya va
texnologiyalarni olib kirish, ularni tanqidiy fikrlashga undovchi ijodiy pedagogik muhitni
qarortoptirish, o‘qituvchi va o‘quvchilar orasida ishchan muloqot, hamkorlik vaziyatini vujudga
keltirish o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun nihoyatda zarurdir. Dunyoning
yetakchi ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarning intellektual dunyoqarashini rivojlantirishda
integrallashgan interfaol ta’lim texnologiyalari,virtual va eksprimental loyihalarni joriy etish
orqali ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning samarali
mexanizmlari yo’lga qòyilmoqda. Bunga yaqqol misol qilib davlatimiz rahbari
SH.Mirziyoyevning “Maktabda o’qitish metodikasi o’zgarmasa, ta’lim sifati ham, muhit ham
o’zgarmaydi”– degan fikrlarini olsak to’ğri bo’ladi. Tanqidiy fikrlash – muhokama qilinayotgan
masala bo’yicha o’z pozitsiyzsini egallash va uni asoslash qobiliyatini sinchkovlik bilan ko’rib
chiqishi va ularning mantig’ini tahlil qilish qobiliyatini ta’minlaydigan fikrlash,nafaqat axborotni
o’zlashtirish,tushunish va qabul qilish qobiliyati. Boshlanğich sinf òquvchilarida tanqidiy
fikrlash orqali mustaqil,erkin fikrlayolish, tahlil qilish, taqqoslash, fikrlarni izohlash, baxslashish,
òz ğoyalarini himoya qilish va yangiliklarga intilish kabi malakalari bilan birga mantiqiy
tafakkur qila olish salohiyati, dunyoqarashi, òz- òzini anglash, kommunikativ savodxonligi,
gòzallik va nofosatni his etib,undan zavqlana olish,aqlanvajismonan soğlom bòlish,milliy urf-
odatlarni òziga singdirish va qadrlash kabi muhim xususiyatlari rivojlantiriladi. XXI asr
maktabining maqsadi – yuksak mas’uliyatli, zukko, axloqiy madaniyatli, hayotga moslashuvchan,
vatanparvar yoshlarni shakllantirishdan iborat. Bo'lajak o'qituvchilar ana shu maqsadni amalga
oshirish uchun moslashtirilgan mutaxassislar bo'lishi kerak.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Hozirgi kunda ta’limga ayniqsa sifatli ta’limga alohida e’tibor qaratilmoqda. K.D.Ushinskiy
shunday deydi: “Agar biz har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalamoqchi bo’lsak, u kishini
chuqur o’rganishimiz kerak”. Bu g'oya bugungi kunda o'qituvchi faoliyati tushunchasiga
o'xshaydi. Shuning uchun o'quvchining shaxsiy tuzilishi bilan uning asosiy xususiyatlari va
fazilatlarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Tanqidiy fikrlash – o’quvchining o’qituvchi
rahbarligida mustaqil bilim olishi. natijada talabaning yanada rivojlangan shaxsi shakllanadi.
Pedagogika, psixologiya, falsafa,sosiologiyaga oid ilmiy manbalar, DTS lari, o‘quv
adabiyotlarining tahlili hamda tadqiqot doirasidagi mavjud pedagogik amaliyotni o‘rganish
natijalari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tanqidiy fikrlash darajalarini rivojlantirishga
yo‘naltirilgan didaktik tizimni aniqlash, uni nazariy jihatdan asoslash va ta’lim amaliyotida
qo‘llashga ehtiyoj mavjudligini ko‘rsatadi.
Tanqidiy fikrlash atamasi ilk bor XX asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘lib, “Yangi, tushunib
bo‘lingan
g‘oyalar
tekshirilayotganda,
baholanayotganda,
rivojlantirilayotganda
va
qo‘llanayotganda sodir bo‘ladi” deb ta’kidlaydi o‘zbek olimi S.S. Gʻulomov. Bir qator pedagog
psixolog olimlar (I.S. Kon, L.S. Rubinshteyn, S.S. Gʻulomov, E. Gʻoziyev) tanqidiy fikrlash
«yuqori tartibdagi» fikrlashni bildiradi, Benjamin Blum tizimiga ko‘ra o‘rganish
qobiliyatlarining so‘nggi oliy pog‘onasi, degan g‘oyani ilgari surishsa, faylasuf olimlar (Z.
Gʻofurov, J.Tulenov, Q.Nazarov) fikrlaricha –“tanqidiy fikrlash” deganda mantiqiy fikrlash va
isbotlash ko‘nikmalari tushuniladi, uning yordamidao‘quvchilar diqqat bilan o‘qish, chuqur
munozaralar yuritish va yozuvda o‘z fikrlarini aniq va o‘ylab ifoda etish imkonini oladilar”
Amerikalik olim J.Dyuining fikricha: «O‘quvchilar muayyan muammo bilan shug‘ullana
boshlasalargina, ularda tanqidiy fikrlash paydo bo‘ladi. Shu sababli o‘quv jarayonining
boshlang‘ich nuqtasi hisoblangan biror vaziyat yoki hodisaga tegishli bo‘lgan eng muhim savol
bu hodisa qanday muammoni vujudga keltirishini anglatadigan savoldir. “Faqatgina muayyan
muammo bilan kurashib, murakkab vaziyatdan chiqish uchun o‘zining shaxsiy yo‘lini
izlagandagina, o‘quvchi haqiqatan ham fikrlaydi”. Darhaqiqat, ta’lim-tarbiya jarayonida
o‘quvchilarning mustaqil fikrlash darajasini aniqlash zaruriyati mavjud. Chunki, tanqidiy fikrlash
mustaqil fikrlashning tarkibiy qismidir.
Zamonaviy ta’lim berishda asosiy urg‘u o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashlarini rivojlantiradigan
o‘quv
materiallarnitanlashga qaratilishi lozim. O‘qitish jarayonini didaktik loyihalashda
o‘quvchilar intellektualligini oshiruvchi
innovasion metodlardan foydalanish lozim,o‘quvchilarning eng muhim psixologik hislatlarining
alohida ahamiyatga ega ekanligini inobatga olish zarur.
Demak, bugungi kunda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy fikrlash
ko‘nikmalarini rivojlantirishning samarali yo‘llarini topish, ularning tanqidiy fikrlash bilan
bog‘liq xatti-harakatlarini rag‘batlantirish uchun ularni tanqidiy fikrlashga o‘rgatishga qaratilgan
pedagogik tizimni ishlab chiqish va ilmiy jihatdan asoslash lozim
Xulosa.
Vaziyatga qarab o’zgarib turadigan fikrlashni tasavvur qilamiz. Bola ma’lum bir
vaziyatga tushib qoladi va u darhol kuzatishga, tahlil qilishga, ma’lumotlarni qayta ishlashga
kirishadi, xulosalar chiqaradi, qarorlar qabul qiladi, ma’suliyatga ega bo’ladi. Bu tanqidiy
fikrlash.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:
1.Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug„ati. III. –Toshkent: Fan, 1984. –b. 201.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
2.Hoshimov K., Nishonova S., Inomova M., Hasanov R. Pedagogika tarixi. –T
“Oʻqituvchi”,1996.3.
3. Hasanova A. Oʻquvchi yoshlar tarbiyasida ragʻbatlantirish va tanbeh mezoni. –T
“Oʻzbekiston”, 1996
4.Hasanova A. O’quvchi yoshlar tarbiyasida rag’batlantirish va tanbeh mezoni. –
T.«O’zbekiston», 1996.
5.Mutalipova, M. J., & Xodjayev, B. X. (2015). Qiyosiy pedagogika. Darslik. T.: TDPU.
6.Mutalipova, M. J., & Xodjaev, B. X. (2015). Qiyosiy pedagogika.
