J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 3, 2025
4
BEMORLAR BILAN ISHLASHDA MA’DANIY
NUQTAI NAZAR
Djalilova Zarnigor Obidovna
Osiyo Xalqaro Universiteti
Fundamental tibbiyot fanlar kafedrasi dotsent
Email:
djalilovazarnigorobidovna@oxu.uz
Bobomurodov Jaloliddin Tulqinovich
Osiyo Xalqaro Universiteti
Tibbiyot fakulteti talabasi
Email:
jaloliddinbobomurodov4@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada bemor va shifokor o‘rtasidagi madaniy
munosabatlar haqida so‘z boradi. Shuningdek, shifokor va bemor o‘rtasidagi
muloqotda qanday madaniyat qoidalariga rioya qilish lozimligi va bemorga qanday
yondashish zarurligi maqolaning asosiy mazmunini tashkil etadi. Biz barcha
bemorlar bilan ishlashda shifokor va bemor o‘rtasidagi muloqotda madaniyatning
ahamiyati hamda bemorga madaniy yondashuv masalalarini muhokama qilamiz.
Kalit so’zlar
: ma’daniyat, muomala, bemor, so’zlash odobi,parvarish, ruhiy
parvarish.
Аннотация:
Эта статья о культурных отношениях между пациентом и
врачом. Также основное содержание статьи – какие культурные правила
следует соблюдать в общении врача и пациента и как подходить к пациенту.
Мы обсуждаем важность культуры общения врача с пациентом и культурного
подхода к пациенту при работе со всеми пациентами.
Ключевые слова:
Культура, лечение, больной, речевой этикет, уход,
психиатрическая помощь.
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 3, 2025
5
Abstract:
This article is about the cultural relationship
between the patient and the doctor. Also, the main content of the
article is what cultural rules should be observed in the
communication between the doctor and the patient and how to
approach the patient. We discuss the importance of culture in doctor-
patient communication and the cultural approach to the patient when working with
all patients.
Key words: Culture, treatment, patient, speech etiquette, care, mental
care.
Bugungi kundagi sog’liqni saqlash sohasida faoliyat olib borish uchun
nazariy, amaliy, davolash choralari bilish bilan birga ma’daniy va psixologik
bilimlarni bilish ham shart va zarur. Shifokorlik faoliyatida bemorlar bilan ma’daniy
aloqalar va so’zlashish uslublari shifokorlar davolashga uchun shu jumladan
bemorlar uchun ham davo topishga katta yordam beradi. Shuning uchun tibbiyot
xodimi va bemor o'rtasidagi muloqot ma’daniyatini o'rganish hech qachon o'z
ahamiyatini yo'qotmaydi. Shifokorlik kasbida ma’daniy aloqa va muomola
ma’daniyati alohida o’ringa ega hisoblanadi. Uning oldida har doim tibbiyot xodimi
va bemor o'rtasidagi muloqot psixologiyasi bilan bog'liq bo'lgan turli xil vazifalar
mavjud.
Bemorning kasalligini oldini olish uchun shifokorda muloqot psixologiyasi va
madaniy aloqalar haqida tushuncha bo’lishi zarur hisoblanadi. Bunda birinchi o’rinda
bemor bilan individual yondashish bemorning ichki dunyosiga kirib borishi zarur
hisoblanadi. Shifokorning bemor bilan ma’daniy muloqot qilishi shifokorning burchi
hisoblanadi. Har bir tibbiyot xodimi har doim bemor bilan duch keladigan asosiy
narsasi bu muloqot psixologiyasi hisoblanadi. Bemor bilan muloqotga kirishishning
asosiy shartlari bordir. Bemor bilan muomalaga kirishishda asosiy shartlaridan biri
taxminiy diagnozi, shaxsini, uning ahvolini, kasbini, ijtimoiy sharoitini, saviyasi,
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 3, 2025
6
bilim darajasini va dunyo qarashini bilgan holda hamda shifokorning
o’zi ham bu muloqotga ruhan, ma’nan tayyorlanganidan keyingina
bemor bilan muloqotga kirishishga ma’naviy haqqi bor hisoblanadi.
Bemor va shifokor o’rtasida muloqot ikki doiradan iborat
hisoblanadi:
1.
Tashqi doira zanjiri, shifokorning bemor bilan muloqotga tayyorgarligi
hisoblanadi
2.
Ichki doira zanjiri, bemorning shaxsini, kasallik sabablarini, kasallik
turini, kasallik sabablarini belgilovchi dalillar zanjirini tashkil etadi.
Tashqi doira sohibining mahorat darajasi, ichki doirada bemor bilan qay
darajada “ko’prik” solish qobiliyati bilan belgilanadi. Shundan so’ng bemor
shifokorga umid ko’zi bilan qaray boshlaydi. Bu tayyorgarlikdan so'ng shifokor,
nihoyat, bemor bilan birinchi bor uchrashadi.
Har qanday shifokor bemor bilan bemorning saviyasiga qarab muloqot qilishi
lozim. Bemor oddiy ishchi bo’lsa shunga mos saviyada, agar akademik bo’lsa yuqori
saviyada muloqot ma’daniyatini o’rnatish lozim. Shifokor bunga amal qilmasa
bemorning ahvoli og’irlashishiga sabab bo’ladi. Biroq shifokor ishonch hosil
qilmagan narsalarni aytishdan saqlanishlari zarur. Shifokorning ma’daniyat
darajasiga xonaning tozaligi, shinamligi alohida kasb ahamiyat etadi. Shifokor
bemorning yotqizilishi lozim bo’lgan xona (palata) toza yorug’, shinam, ozoda qisqa
qilib aytganda ideal bo’lishi lozim. Bemor xonasi bilan davolanish choralarini
amalga oshiradi. Xonaning qay darajada ekanligi bemorga qattiq ta’sir o’tkazadi.
Masalan, asab kasalliklari bor bemorga shovqinli xonaga joylashtirmasligi
lozim. Agar bemorni xonasiga to’g’ri joylashtira olmasa unda bemor davolanishning
o’rniga kasallik darajasi yanada ortadi. Shifokor bemor bilan muloqot qilganda yoki
bemorlarning ko’z o’ngida doim o’zini ideal inson sifatida ko’rsatish lozim. Shifokor
ma‘naviyati deganda, ma‘nili fikrlashi, so‘zlashi, shuningdek shaxsiyatidagi, tarbiya
va odobidagi hamda amaliyotidagi barcha ijobiy xatti-harakatlar majmuasi
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 3, 2025
7
tushuniladi. O'ziga talabchan, o'ta intizomli, sarishta, va'dasining
ustidan chiqadigan shifokorgina bemor ko'ziga «issiq ko'rinadi» va
undan buyurilgan kun tartibi hamda davolash usullariga amal
qilishini talab etishi mumkin, bemor mushtoq bo'lib kutayotganini
shifokor sedan chiqarmasligi kerak.
Xususan aytar so’zni ayt, aytmas so’zdan qayt deganlaridek. Shifokor
bemorning ishonchini suiste’mol qilmasligi lozim. Har qanday holatda xoh katta
amaldor bo’lsin, xoh oddiy odam bo’lsin shifokor unga oimo xushmuomalada
bo’lishi lozim. Hech qachon shifokor kasallikni tuzalmas qilib ko’rsatmasligi lozim,
chunki bemorning tuzalish ehtimoli yanada pasayadi. Shifokor bemorga qanchalik
yomon gapirsa bemorning davo topishdan shunchalik ko’ngli soviydi. Zero,
aytganlaridek yer yuzida uzoq muddat qamal qo‘yishga eng muhtoj narsa tildir.
Bemor shifokor bilan muloqot qilayotganda o’zining do’stiga sirini aytgandek
shifokorga ham dardini aytishi lozimdir. Shifokor bemorning bunday holatiga
noto’g’ri baho bermasligi, ortiqcha gapirmasligi lozim. Zero, “Inson a‘zolari ichida
eng harakatchan va juda yengil harakat qiladigani til bo‘Iib, shu bilan birga insonga
eng zararlisi ham tildir”. O’z kasbining ustasi bo’lgan shifokorni atirfurushga
o’xshatish mumkin. Garchi atridan bermasa ham xushbo‘y hidi yetib turadi. Har
qanday dardning davosining boshi shirin so’zdan boshlandi. Shifokorlar bemor bilan
ma’daniy aloqa qilganda nafaqat so’zlar orqali, balki, so’zlashmasdan uning ust boshi
tozaligiga ham qarab bemor shifokorga baho beradi.
Bugungi yuksak islohotlar ta’sirida har bir inson kasalliklar haqida ma’lum bir
miqdorda ma’lumotga ega hisoblanadi. Bemorga tashxis qo’yilgandan so’ng bemor
internet manbalaridan shu kasallik haqida qisqacha bo’lsa ham ma’lumot oladi.
Bemor shifokorning saviyasini shu tarzda ham bilib oladi. Har bir shifokor
bemorining palatasiga e’tibor bilan ahamiyat berishi lozim. Shu jumladan operatsiya
oldi bemor bilan suhbatda bemorni tinchlantirishi lozim, chunki har qanday bemor
operatsiya oldidan
hayajonlanishi mumkin. Bunday holatda operatsiya
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 3, 2025
8
muvaffaqiyatli bo’lmasligi lozim.
Shifokor va bemor o’rtasida o’rtasidagi madaniy aloqa
ahamiyati shulardan iborat:
1.
Bemorni tushunish – madaniy nuqtai nazardan bemorni
his- tuyg’ularini, qo’rquvlarini, va umidlarini tushunishdam iborat.
Har bir bemor o’z kasalligining ma’lum bir tarixiga ega hisoblanadi. Bemordan
o’tgan og’riq, azobni bemordan boshqa biron-bir kishi tushunmaydi Ishtirok etish va
hamkorlik – bemor bilan ishlashda doim hamkorlik qilish zarurdir. Bemor dardini
shifokordan o’zgasiga aytishga qo’rqadi. Har qanday holatda ham bemor, qanday
shifokor bo’lishidan qat’iy nazar shifokorga umid ko’zi bilan qaraydi. Bemorning
saviyasiga qarab shifokor ham do’stona suhbat orqali dardini eshitish va to’g’ri
tashxis qo’yishi lozim hisoblanadi. Shu bilan shifokor bemor o’rtasidagi ishonchni
mustahkamlaydi.
2.
Zaif guruhlar bilan ishlash – ba’zi bir ma’daniy guruhlarning
diagnostikasini qo’yish bir muncha qiyin bo’ladi yoki ularga bu kasallik haqida
aytish mumkin bo’lmaydi. Unda shifokor unga boshqa o’z usullari yordamida
bemorni davolash kerak hisoblanadi. Masalan, bemor insult olgan bo’lsa-yu unda
saraton hujayralari topilgan bo’lsa, bemorga kasalligi haqida aytilsa bemor
saratondan ham ko’ra insult orali vafot etish ehtimoli yuqori bo’ladi. Bunda har bir
shifokor o’zining amaliyoti davomida olgan tajriba, bilimi orqali bemorni davolash
kerak hisoblanadi.
Har bir shifokor bemorning tili, dini, irqi, millatidan qat’iy nazar bemorni
davolash uning burchi hisoblanadi. Bemorning an’analarini hurmat qilish, madaniy
identifikatsiyasini tahqirlash yoki boshqacha munosbatda bo’lmasligi, til va
muloqotida doim individual yondashishi shart va zarur hisoblanadi.
Bugungi kundagi shifokorlarimiz ma’daniy aloqalarga yaxshi munosabatda
bo’lmoqda. Har bir bemorning dardini o’z dardidek ko’rib individual
yondoshmoqda. Hozirgi kundagi texnoliyalar ta’sirida bemorlar hech qanday
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 3, 2025
9
og’riqlarsiz davolanib, sog’aymoqda. Barcha tibbiyot xodimlarimiz
sog’ bo’lsin.
Xulosa qilib aytganda, ushbu maqolada tibbiyotda shifokor va
bemor o‘rtasidagi madaniy aloqalarning ahamiyati chuqur tahlil
qilinadi. Madaniy, aloqalar tibbiy amaliyotda shifokorning bemorga
qaratilgan munosabati madaniyatli muloqot usullari va bemorga individual
yondashuvni o‘z ichiga oladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, madaniy yondashuv
shifokor va bemor o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlab, davolanish samaradorligini
oshirishga hissa qo‘shadi. Shifokorning muloqot uslubi va bemor ehtiyojlariga
moslashishi sog‘liqni saqlashda yuqori natijalar berishi, bemorlarning davolanishga
bo‘lgan ishonchini kuchaytirishi va umumiy sog‘liqni saqlash tizimining
samaradorligini oshirishi mumkin. Muloqot jarayonida shifokor bemorning shaxsiy
madaniyati, diniy e’tiqodi, tili va ijtimoiy sharoitlarini hisobga olish orqali, uni
chuqurroq tushunishga erishadi. Bunday individual yondashuv bemorning hissiy va
ruhiy ehtiyojlarini qondirish, shuningdek, uning sog‘ayish jarayoniga faol ishtirok
etish imkonini beradi.
Madaniy yondashuv zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimida bemorlarning turli
ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lib, bu yondashuv nafaqat shifokorning kasbiy
mahoratini oshirishga, balki bemorlarning tibbiy yordamga nisbatan ijobiy
munosabatini shakllantirishga ham xizmat qiladi. Shu bilan birga, texnologik
taraqqiyot va zamonaviy davolash usullari shifokorlarga bemorlarning ehtiyojlarini
qondirishda yanada qulay sharoit yaratib, sog‘liqni saqlash tizimida yuksak xizmat
ko‘rsatishni ta’minlamoqda. Tibbiyotda madaniy muloqot va yondashuvning
samarali qo‘llanilishi, sog‘liqni saqlash tizimining rivojlanishida muhim o‘rin tutadi.
Tibbiy amaliyotda bu tamoyillarning amalda qo‘llanishi bemorlarning davolanish
jarayonini yaxshilashga va shifokor-bemor munosabatlarini mustahkamlashga
xizmat qiladi.
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 3, 2025
10
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Hazratov O’.H. Bioetika o’quv-uslubiy majmuasi
2.
Iskandar Abdivali o‘g‘li Yo‘ldoshev, Dilobar Asqar qizi
Komilova SHIFOKOR VA BEMOR O'RTASIDAGI MULOQOT
PSIXOLOGIYASI
3.
Karimovna, N. Y., & Shuhrat O’g’li, R. S. (2023). SHIFOKOR VA BEMOR
O’RTASIDAGI SHAXSLARARO XOSLIGI. Scientific Impulse, 1(8), 695- 700
4.
Нарметова, Ю. (2016). Тиббиёт муассасаларида психологик диагностика
ишларини ташкил этишга тизимли ёндашув. Scienceweb academic papers
collection
