Vol. 1 No. 1.1 ( C series) (2025)
Articles
BEMORLAR BILAN ISHLASHDA MA’DANIY NUQTAI NAZAR
Ushbu maqolada bemor va shifokor o‘rtasidagi madaniy munosabatlar haqida so‘z boradi. Shuningdek, shifokor va bemor o‘rtasidagi muloqotda qanday madaniyat qoidalariga rioya qilish lozimligi va bemorga qanday yondashish zarurligi maqolaning asosiy mazmunini tashkil etadi. Biz barcha bemorlar bilan ishlashda shifokor va bemor o‘rtasidagi muloqotda madaniyatning ahamiyati hamda bemorga madaniy yondashuv masalalarini muhokama qilamiz
O`ZBEKISTONDAGI QORINOYOQLI MOLLYUSKALARINING (GASTROPODA) BIOLOGIK XILMA-XILLIGI
O`zbekiston hududi biologik-xilma-xilligi bilan ajralib turadi va qorinoyoqli mollyuskalar (Gastropoda sinfi) ham bu ekotizmning muhim qismini tashkil qiladi. Ushbu maqolada mamlakatimizning turli hududlarida uchraydigan qorinoyoqli mollyuskalar turlari, ularning yashash joylari va ekologik ahamiyati ko`rib chiqiladi. Respublikamizning turli hududlarida yashovchi qorinoyoqli mollyuskalar chuchuk suv, quruqlik, sho`rxok muhitga moslashgan. Ular ekotizmda muhim ro`l o`ynaydi, tuproq unumdorligini oshirishga va organik moddalar parchalanishiga hissa qo`shadi. Shuningdek maqolada, ularning muhofaza holati va populyatsiyasiga ta`sir etuvchi omillar haqida ham so`z boradi.
GENETIK MODIFIKATSIYALANGAN ORGANIZMLAR(GMO)NING FOYDALARI VA XAVFLARI
Genetik modifikatsiya qilingan organizmlar (GMO) zamonaviy biotexnologiyaning muhim yutuqlaridan biri sifatida qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika va boshqa sohalarda keng qo‘llanilmoqda. Ushbu maqolada GMOning afzalliklari va salbiy ta’sirlari ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilingan. GMO texnologiyasining hosildorlikni oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va tabiiy resurslarni tejashdagi roli ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, GMO oziq-ovqat mahsulotlari inson salomatligi va atrof-muhitga xavf tug‘dirishi mumkinligi ham qayd etilgan. Ushbu maqola GMO texnologiyalarining foydalari va xavflarini muvozanatlash hamda ularni ekologik va iqtisodiy jihatdan xavfsiz qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganishga qaratilgan.
GERPES VIRUSI HAQIDA AYRIM MA’LUMOTLAR
Ushbu maqolada gerpesning yuqish yo'llari, klinik belgilari, diagnostika usullari va davolash usullari ko'rib chiqiladi. Hozirda virusni to'liq davolash imkoni bo'lmasa-da, zamonaviy antiviral preparatlar simptomlarni engillashtirishi va relapsning oldini olishi mumkin. Kelajakda yangi vaktsinalar va gerpesni samarali davolash usullari ishlab chiqilishi kutilmoqda. Odamlar o'zlarini virusdan himoya qilish uchun gigiena qoidalariga rioya qilishlari va immunitet tizimini mustahkamlashlari muhimdir.
ABU ALI IBN SINONING DUNYO TARIXIDAGI ILMIY MEROSI
Jahon fani tarixida Ibn Sino qomusiy olim sifatida tan olingan, chunki u oʼz davridagi mavjud fanlarning qarib barchasi bilan shugʻullangan va ularga oid asarlar yozgan. Alloma asarlarini oʼsha davirda Yaqin va Oʼrta Sharqning ilmiy tili boʼlgan arab tilida , baʼzilari fors tilida yozgan.
ДИАГНОСТИЧЕСКИЙ МАРКЁР ХРОНИЧЕСКОЙ СЕРДЕЧНОЙ НЕДОСТАТОЧНОСТИ У БОЛЬНЫХ САХАРНЫМ ДИАБЕТОМ 2 ТИПА
в данной работе проводится анализ значимости биомаркера NT-proBNP для своевременного выявления хронической сердечной недостаточности (ХСН) у больных, страдающих сахарным диабетом 2 типа (СД2). Результаты исследования, включающего данные 185 пациентов, показывают наличие выраженной связи между концентрацией NT-proBNP и степенью тяжести ХСН у больных СД2. Обнаружено, что увеличение уровня NT-proBNP может служить важным диагностическим и прогностическим показателем для идентификации ХСН на ранних этапах. Итоги подчеркивают необходимость применения NT-proBNP для улучшения методов диагностики и повышения эффективности лечения пациентов с СД2.