Authors

  • X.I. Xasanova
    “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizaisyalash muhandislari instituti”
  • L.O Mahmirzayeva
    Milliy tadqiqot universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jassh.71930

Keywords:

ananas qulupnay kupajlangan sharbat sharbat siqgich shakar vitaminlar iste’mol sanoat nav sharbat tayyorlash texnologiyasi Queen Zenga-Zenga harorat suv

Abstract

Ushbu maqolada ananas va qulupnay mevalari haqida umumiy ma’lumotlar va undan sharbat tayyorlash texnologiyalari bo’yicha umumiy ko’rsatmalar hamda batafsil tushunchalar berilgan. Shu bilan birga, ananasning Queen navi va qulupnayning Zenga-Zenga navlari birlashtirilib, kupajlangan sharbat tayyorlandi. Maqoladagi tajribam va izlanishlarim natijasida iste’mol uchun tayyorlanadigan ananas sharbatiga qo’shimcha ravishda yangi ta’m qo’shib, o’zgacha yangilik kiritishga muvaffaq bo’ldim. Bundan tashqari, hozirgi kunda ananas mevasining nordonligi bois, asosan konserva mahsulotlari tayyorlanadi. Ammo bu tajribadan so’ng, qulupnay va ananas mevalarining uyg’unlashgan sharbati xalqimiz iste’moli uchun ajoyib yangilik bo’lmoqda.


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series C 2025

40

ANANAS HAMDA QULUPNAY MEVALARI BILAN BIRGALIKDA

KUPAJLANGAN SHARBAT TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI

X.I. Xasanova, L.O. Mahmirzayeva

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini

mexanizaisyalash muhandislari instituti”

Milliy tadqiqot universiteti

Annotatsiya:

Ushbu maqolada ananas va qulupnay mevalari haqida umumiy

ma’lumotlar va undan sharbat tayyorlash texnologiyalari bo’yicha umumiy

ko’rsatmalar hamda batafsil tushunchalar berilgan. Shu bilan birga, ananasning

Queen navi va qulupnayning Zenga-Zenga navlari birlashtirilib, kupajlangan sharbat

tayyorlandi. Maqoladagi tajribam va izlanishlarim natijasida iste’mol uchun

tayyorlanadigan ananas sharbatiga qo’shimcha ravishda yangi ta’m qo’shib,

o’zgacha yangilik kiritishga muvaffaq bo’ldim. Bundan tashqari, hozirgi kunda

ananas mevasining nordonligi bois, asosan konserva mahsulotlari tayyorlanadi.

Ammo bu tajribadan so’ng, qulupnay va ananas mevalarining uyg’unlashgan

sharbati xalqimiz iste’moli uchun ajoyib yangilik bo’lmoqda.

Kalit so’zlar:

ananas, qulupnay, kupajlangan, sharbat, sharbat siqgich, shakar,

vitaminlar, iste’mol, sanoat, nav, sharbat tayyorlash texnologiyasi, Queen, Zenga-

Zenga, harorat, suv;

Аннотация.

В этой статье приведены общие сведения о сортах ананаса и

клубники, а также общие инструкции и подробные сведения о технологии

приготовления из них сока. При этом сорт ананаса «Королева» и сорт

клубники «Зенга-Зенга» были объединены для приготовления купажного сока.

В результате моего опыта и исследований, описанных в статье, мне удалось

придать новый вкус приготовленному к употреблению ананасовому соку.

Кроме того, из-за кислинки плодов ананаса в настоящее время производят в

основном консервированную продукцию. Но после этого опыта


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series C 2025

41

объединенный сок плодов клубники и ананаса стал отличной

новостью для потребления нашего народа.

Ключевые слова:

ананас, клубника, купаж, сок,

соковыжималка,

сахар,

витамины,

потребление,

промышленность, сорт, технология приготовления сока,

Королева, Зенга-Зенга, температура, вода;

Abstract:

This article provides general information about pineapple and

strawberry varieties and general instructions and detailed concepts on the

technologies for making juice from them. At the same time, the Queen pineapple

variety and the Zenga-Zenga strawberry variety were combined to prepare a blended

juice. As a result of my experience and research in the article, I was able to add a

new taste to the pineapple juice prepared for consumption and introduce a special

innovation. In addition, currently, due to the sourness of pineapple fruit, canned

products are mainly prepared. But after this experience, the blended blended juice

of strawberries and pineapple

fruits is becoming a great novelty for our people's

consumption.

Keywords:

pineapple, strawberry, blended, juice, juicer, sugar, vitamins,

consumption, industry, variety, juice preparation technology, Queen, Zenga-Zenga,

temperature, water;

Ananas mevasi haqida umumiy ma’lumotlar

. Ananas mevasi -

ananasdoshlar oilasi vakili bo’lib, hozirda 5-6 turi mavjud. Asosan tropik

mamlakatlarda yaxshi o’suvchi ushbu daraxt orollarning ko’rki hisoblanadi.

Barglari uzun va xanjarsimon, baquvvat. Mevalari qubba shaklida uchrab, og’irligi

3-6 kg gacha yetadi. Bu meaning poyasi hamda barglarida sanoatda ham keng

foydalanib kelinmoqda. Asosan tola olishda ishlatilinadi. Ananas mevasi juda ham


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series C 2025

42

foydali hisoblanib, tarkibida inson organizmi uchun kerakli bo’lgan

ko’plab vitaminlarga boydir. Jumladan ananas sitrus meva

bo’lganligi uchun, C vitamin manbai hisoblanadi. C vitamin bakteria

va viruslarga qarshi samarali kurash vositalaridan biridir. Shu

sababdan kunlik iste’molga ananas mevasi yoki undan qilingan

konserva hamda sharbatlarni kiritish maqsadga muvofiq. Ushbu meva oziq-ovqat

sanoatida juda ham kerakli hisoblanadi, sababi undan ko’plab sharbatlar, ananasli

salatlar,

ananasli

smuzilar

tayyorlanadi.

Bundan

tashqari

ananasdan

qandolatchilikda ham keng foydalaniladi. Ananasli kokteyllar, tortlar va piroglar

hamda muzqaymoqlar shular jumlasidandir. Gril qilingan ananas, ananasli kurka

go’shti, kanservalar hozirgi kundagi zamonaviy oziq-ovqatlar qatoridan joy olgan.

1-rasm. Ananas mevasi va undan olinadigan turli mahsulotlar

Qulupnay mevasi haqida umumiy ma’lumotlar.

Qulupnay mevasi

ra’nodoshlar oilasining vakili bo’lib, buta shaklida o’suvchi meva hisoblanadi.

Ushbu mevaning fanga ma’lum 50 dan oshiq turi bor. Ammo O’zbekistonda

qulupnayning 10 ta turi yetishtiriladi. Mevalari asosan mayda va qizil,sersuv.

Urug’lari esa meva etida joylashgan. Ushbu meva yurak qon-tomir faoliyatiga

yaxshi ta’sir ko’rsatib, terini sogh’lomlashtiradi. Qulupnay mevasi homilador

ayollarga ham juda foydalidir. U homilaning asab tizimini faollashtiradi. Yengil

yallig’lanishda va hazm sistemasida muammosi bor insonlarga f oydali mevadir.


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series C 2025

43

Qulupnaydan - marmelad, shirinliklar, sharbatlar turli xildagi

konservalar, jemlar va povidlolar tayyorlanadi. Ushbu mevaning

ko’plab navlari mavjud bo’lib, bularga: o’rmon qulupnayi, bog’

qulupnayi, muskat ta’mli qulupnay, Virginia qulupnayi, chili

qulupnayi kiradi. O’zbekistonda asosan mahalliy hamda bog’

qulupnayi ekiladi. Yurtimizda asosan Zenga-Zenga, Kulver, Dilbar, Muto,

Toshkent, Shreder xotirasi kabi navlar ekib kelinmoqda.

2-rasm. Qulupnay mevasi va undan olinadigan turli mahsulotlar

Kupajlangan sharbat nima?

Kupajlangan sharbat deb, ikki va undan ortiq

mevalardan tayyorlangan sharbatga aytiladi. Kupajlangan sharbat tayyorlashda bir

necha xil meva sharbatlari siqib olingach aralashririladi. Kupajlangan sharbat

vitaminlar manbai deb ham ataladi. Sababi, tarkibida turli mevalar bo’lganligi uchun

unda inson organizmi uchun foydali bo’lgan ko’plab moddalarni o’zida mujassam

etadi. Kupajlangan sharbat tayyorlashdan asosiy maqsad, bir mevaning

kamchiliklarini ikkinchi meva yordamida ta’mlarni o’zaro uyg’unlahtirishdir.

Masalan, limon, kivi, apelsin, ananas kabi sitrus mevalar tarkibidagi C vitaminining

yuqori ko’rsatgichga egaligi sababli ularning sharbati nordon xususiyatga ega.

Ammo, ularga nordonligi past va qandlilik jihati yuqori bo’lgan sharbatlarni

qo’shsak, ajoyib va betakror sharbatlar hosil bo’ladi. Masalan, limon va malina


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series C 2025

44

sharbati; olma va o’rik sharbati; mango va ananas sharbati;

kivi,banan va malina sharbati bularga yaqqol misol bo’la oladi.

Materiallar va uslublar

Kupajlangan sharbat tayyorlash texnologiyasi

Dastlab bir

dona ananas (

1191 gr

) va

500 gr

qulupnay yuvib olinadi. Yuvishdan asosiy maqsad

mevalardagi turli keraksiz zarralar va tuproqlardan tozalashdir. Yuvilgan mevalar

po’stloq qismlari ajratib olinadi.

Jami og’riligi

1191 gr

ananas mevasidan

250

gr

keraksiz qismlardan tozalanadi. So’ng kichik

shkllarga kesib olinadi (5-6 sm qalinlikda).

Keyin maxsus uskuna yordamida meva bo’laklaridan birin ketinlik bilan

sharbat siqib olina boshlaydi.


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series C 2025

45

Qulupnay mevalaridan ham

shu ketma ketlikda sharbat siqib

olina boshlaydi.

Tayyor bo’lgan sharbatlarga

1000 ml suv va 100 gr shaker

qo’shiladi va 90-100 gradusda ishlov berilgach

ma’lum muddatga sovutiladi. Sovutilgan sharbnatlar aralashtiriladi va kupajlangan

sharbat hosil bo’ladi.

Natijalar va ularning tahlili

Ananas

Qulupnay

Mahsulotning

sof

og’irligi

1191 gr

500 gr

Po’stloq

250 gr

75 gr

Keraksiz qism

100 gr

-

Jami sharbat

842 gr

425 gr

Ananas

va

qulupnay

mevasidan

tayyorlangan kupajlangan sharbat


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series C 2025

46

Xulosa qilib aytganda,

har bir mevaning o’ziga xos

xususiyatlari, o’ziga xos tarkibi va vitaminlari bor. Shu bilan birga,

xar bir mevadan to’g’ri va oqilona foydalanishimiz kerak. Mazkur

amaliy tajribada ananas va qulupnay mevalaridan kupajlangan

sharbat tayyorlash texnologiyasi juda ham ajoyib kechdi.

Ananasning nordonligi va qulupnayning shirinlik jihatlari mos kelib, iste’mol qilish

uchun ajoyib sharbat tayyorlandi. Ularning tarkibi va o’ziga xos xususiyatlari

sharbatga yangilik kiritdi. Ushbu maqola-hozirgi kundagi ananas va qulupnay

mevalaridan tayyorlanadigan mahsulotlar sonining ortishi va iqtisodiy

samaradorlikni oshirib, sharbatlar sonini ko’paytirish maqsadida tajribalarga

asoslangan holda yozildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.Yunusov

RustamYuldoshov,

Laziz

Tolibovich,Ganiyeva

Feruza

Amrilloyevna “Meva ekinlari biologiyasi”.

2. Shaumarov X.B , Islamov S. Ya, “Qishloq xo’jalikmahsulotlarini saqlash va

birlamchi qayta ishlashtexnologiyasi”. _T.:ToshDAU, 2021.

3. I.E.Abdullayev, A.A.Abdiyev, Sh.R.Ubaydullayev, “ Meva- sabzaavotlarni

quritish texnologiyasi”(o’quv qo’llanma).:Toshkent-2020.

4.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Ananas

5. https://uz.wikipedia.org/wiki/Qulupnay

References

Yunusov RustamYuldoshov, Laziz Tolibovich,Ganiyeva Feruza Amrilloyevna “Meva ekinlari biologiyasi”.

Shaumarov X.B , Islamov S. Ya, “Qishloq xo’jalikmahsulotlarini saqlash va birlamchi qayta ishlashtexnologiyasi”. _T.:ToshDAU, 2021.

I.E.Abdullayev, A.A.Abdiyev, Sh.R.Ubaydullayev, “ Meva- sabzaavotlarni quritish texnologiyasi”(o’quv qo’llanma).:Toshkent-2020.