Vol. 1 No. 1.2 ( C series) (2025)

Vol. 1 No. 1.2 ( C series) (2025)
Published: 05-03-2025

Articles

4-9 37 26

AKADEMIK KAMILJON ZUFAROV: O‘ZBEK TIBBIYOT ILMINING YORQIN YULDUZI

Shaxlo Batirova , Ibodulla Tursunmetov

Ushbu maqolada O‘zbekiston tibbiyotining asoschilaridan biri, balki morfologiya, gistologiya, biofizika va elektron mikroskopiya kabi ko‘plab ilmiy sohalarda chuqur iz qoldirgan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, tibbiyot fanlari doktori, professor Komiljon Zufarov Ahmedovichning hayoti va vatanimiz ravnaqiga qo‘shgan ulkan ishlari yoritilib berilgan.

25-31 246 87

STOMATOLOGIYA FANI, DOLZARBLIGI VA TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI

Shaxlo Batirova

Ushbu maqola orqali stomatologiyaning kelib chiqish tarixi, stomatologlarning hayotimizdagi ahamiyati yoritib berilgan.

17-24 501 234

Shifokor etikasi va deontologiyasi asoslari

Ozodbek Mamasoatov

Ushbu maqolada tibbiyotga kirish fanining "Tibbiy etika va deontologiya asoslari" mavzusi masalalari bayon etilgan. Maqola tibbiyot sohasida etika va deontologiya tushunchalarining ahamiyatini, ularning amaliyotda qo‘llanilishi va tibbiy axloqiy qadriyatlarni rivojlantirishdagi rolini o‘rganadi. Shuningdek, tibbiyot sohasidagi mutaxassislar va talabalar uchun tibbiy etikaning asosiy printsiplari, shuningdek, tibbiy amaliyotda uchraydigan muammolar va ularni hal qilish yo‘llari ko‘rib chiqilgan.

10-16 223 227

ICHKI SEKRETSIYA BEZLARI ANATOMIYASI

Ozodbek Mamasoatov

Ushbu maqola sekretsiya bezlari tuzilishi va vazifalari. Qalqonsimon bez, gipofiz bezlari, ayrisimon bezlarning anatomik tuzilishi va ularning funksiyalari asosida yoritildi.

53-59 30 27

LIMON VA ZANJABIL O’SIMLIGIDAN MURABBO ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI

Xolida Xasanova , Mohichehra Xudoyberganova

Bilamizki limon foydali mevalar guruhining eng oldingi o’rinlarini egallaydi. Biz bu mevaning foydali xususiyatlarini yanada oshirish maqsadida yana bitta inson organizmi uchun foydali bo’lgan o’simlik zanjabil bilan kombinatsiyalashtirgan holatda murabbo ishlab chiqarish texnologiyasini amalga oshirdik. Maqolamizdan ko’zlangan maqsad bu ikkita o’simliklarni birlashtirgan holatda foydali mahsulot ishlab chiqarish, mahsulotning inson organizmiga ijobiy va  salbiy taraflarini o’rganish, xalqimizni bu mahsulotni tayyorlash texnologiyasi bilan tanishtirish, mahsulotni kunlik istemolimiz uchun targ’ib qilish va hokozolarni o’z ichiga oladi. Shuningdek maqolamizda bu ikkita foydali mahsulotga tegishli bo’lgan kerakli ma’lumotlar qo’shimcha tarzda kiritib o’tildi.

47-52 195 42

SABZIDAN SHARBAT TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI

Xolida Xasanova , Zebuniso Sobirova

Ushbu  maqolada sabzi haqida umumiy ma’lumotlar keltirilgan bo’lib, sabziga ishlov berish natijasida sharbat tayyorlash texnologiyasi yoritib berilgan. Sabzi tarkibida oziqaviy miqdori yuqori va  inson organizmga kerakli vitaminlar xususan, beta- karotin bo’lib, sabzidan tayyorlangan sharbat inson organizmi uchun foydali ichimlik hisoblanadi. Sabzi sharbati saqlash muddati qisqaligi tufayli pasterilizatsiya va filtratsiya bosqichi, saqlash davridagi namlik  va harorat mahsulot sifatiga bog’liqligi tajriba jarayonida o’rganildi. Shu bilan birga, maqolada sabzidan sharbat tayyorlashdagi kamchilik va muammolarga yechimlar va sharbat tayyorlash metodologiyasi haqida ma’lumotlar keltirib o’tilgan.

40-46 65 10

ANANAS HAMDA QULUPNAY MEVALARI BILAN BIRGALIKDA KUPAJLANGAN SHARBAT TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI

X.I. Xasanova, L.O Mahmirzayeva

Ushbu maqolada ananas va qulupnay mevalari haqida umumiy ma’lumotlar va undan sharbat tayyorlash texnologiyalari bo’yicha umumiy ko’rsatmalar hamda batafsil tushunchalar berilgan. Shu bilan birga, ananasning Queen navi va qulupnayning Zenga-Zenga navlari birlashtirilib, kupajlangan sharbat tayyorlandi. Maqoladagi tajribam va izlanishlarim natijasida iste’mol uchun tayyorlanadigan ananas sharbatiga qo’shimcha ravishda yangi ta’m qo’shib, o’zgacha yangilik kiritishga muvaffaq bo’ldim. Bundan tashqari, hozirgi kunda ananas mevasining nordonligi bois, asosan konserva mahsulotlari tayyorlanadi. Ammo bu tajribadan so’ng, qulupnay va ananas mevalarining uyg’unlashgan sharbati xalqimiz iste’moli uchun ajoyib yangilik bo’lmoqda.

32-39 142 37

BEHI MEVASIDAN SHARBAT TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI

Kamoliddin Usmonov , Zebuniso Sobirova

Mazkur maqolada behi mevasidan sharbat ishlab chiqarish texnologiyasi o‘rganildi. Maqolada behining kimyoviy tarkibi, oziq-ovqat sanoatida ahamiyati va uni qayta ishlash jarayonlari tahlil qilindi. Behi sharbati tayyorlashning turli usullari o‘rganilib, fizik-kimyoviy va organoleptik ko‘rsatkichlar asosida optimal texnologiya aniqlanadi. Mahsulotning saqlash muddati va sifat ko‘rsatkichlarini oshirish uchun konservatsiya usullari, past haroratda saqlash va tabiiy stabilizatorlardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, sharbat tarkibidagi biofaol moddalar, antioksidantlar va vitaminlar saqlanishiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilindi. Natijada oziq-ovqat sanoati uchun yangi texnologik yechimlar yaratishga asos bo‘lib, ekologik toza va foydali mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytiradi.

60-66 251 28

QADOQLASHDA YANGI TEXNOLOGIYALAR

No’monjon Ibrohimov , Zebuniso Sobirova

Ushbu maqolada qadoqlashning ahamiyati va hozirgi kundagi zamonaviy qadoqlashning ahamiyati haqida umumiy ma’lumotlar keltirilgan va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qadoqlashda foydalanilayotgan zamonaviy texnologiyalar tahlil qilinadi. Zamonaviy qadoqlash usullari mahsulotni sifatini yaxshi saqlash bilan birga, ekologik muammolarni kamaytirish, saqlash muddatini oshirish, iste’molchilarga qulaylik yaratish kabi vazifalarni bajaradi. Shu bilan birga, maqolada bioparchalanadigan va qayta ishlanadigan materiallardan foydalanilgan qadoqlar, vakuum qadoqlar, nanotexnologik himoya qoplamlari va aqlli qadoqlash tizimlarini qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qadoqlashdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Bu texnologiyalarning afzallik va kamchiliklari, sanoatda qo’llanilishi haqida ma’lumotlar keltirilgan.