JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-4_June-2025
22
22
SIMSIZ TARMOQLARDA SUQILIB KIRISHGA ASOSLANGAN
HUJUM VOSITALARINING TAHLILI
Jabbarov Nuriddin Akbarovich
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, assistent
nuriddinjabbarov2606@gmail.com
Jabborov Abdulla Akbar o‘g‘li
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali, talaba
Annotatsiya.
Mazkur tezisda simsiz tarmoqlarda keng tarqalgan xavfsizlik
tahdidi — suqilib kirish hujumlari va ularni amalga oshirishda foydalaniladigan
dasturiy vositalar tahlil qilinadi. Suqilib kirish hujumlari natijasida hujumchi tarmoqqa
ruxsatsiz kirib, foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritishi,
xizmatlarni ishdan chiqarishi yoki tarmoq ustidan nazoratni egallashi mumkin.
Tadqiqot davomida Wireshark, Tcpdump, Aircrack-ng, Hashcat, Fluxion, Wifiphisher,
MDK3/MDK4, Scapy kabi mashhur vositalarning ishlash printsiplari, hujum turlari,
xavf darajasi va foydalanish imkoniyatlari o‘rganildi. Shuningdek, simsiz tarmoqlarda
himoyani kuchaytirish uchun WPA3 shifrlash protokoli, MAC manzil filtratsiyasi,
SSID yashirish, WIDS tizimlari va zaifliklarni audit qilish kabi samarali chora-
tadbirlar tavsiya etildi. Tezis amaliy ko‘rsatmalar, skrinshotlar va jadval asosida hujum
vositalarining imkoniyatlarini aniq tahlil qilishga qaratilgan bo‘lib, zamonaviy simsiz
tarmoq xavfsizligini ta’minlash yo‘llarini aniqlashga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar:
simsiz tarmoqlar, suqilib kirish, tarmoq xavfsizligi, sniffing,
parolni buzish, soxta access point, DoS hujumlari, WPA/WPA2, tarmoq monitoringi,
Aircrack-ng, Hashcat.
Abstract.
This thesis analyzes one of the most significant security threats in
wireless networks — intrusion-based attacks — and the software tools commonly used
to carry them out. Such attacks allow unauthorized access to a network, enabling
attackers to intercept users’ personal data, disrupt services, or gain control over
network resources. The study examines the working principles, attack types, risk
levels, and usability of popular tools such as Wireshark, Tcpdump, Aircrack-ng,
Hashcat, Fluxion, Wifiphisher, MDK3/MDK4, and Scapy. In addition, effective
protective measures against wireless threats are proposed, including the use of WPA3
encryption protocol, MAC address filtering, SSID hiding, Wireless Intrusion Detection
Systems (WIDS), and vulnerability auditing. The thesis provides practical
demonstrations, screenshots, and a comparative table to assess the technical
capabilities of attack tools, contributing to the identification of modern methods for
securing wireless networks.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-4_June-2025
23
23
Keywords:
wireless networks, intrusion, network security, sniffing, password
cracking, fake access point, DoS attacks, WPA/WPA2, network monitoring, Aircrack-
ng, Hashcat.
KIRISH
Simsiz tarmoqlardagi xavfsizlik tahdidlarining eng muhim shakllaridan biri
suqilib kirish hujumlaridir. Bunday hujumlar natijasida hujumchi tarmoqqa noqonuniy
kirib, foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘zlashtirishi, xizmatni to‘xtatishi
yoki tarmoq resurslarini nazorat qilishi mumkin. Suqilib kirish hujumlari turli usullar
va vositalar yordamida amalga oshiriladi. Ushbu bo‘limda simsiz tarmoqlarga
qaratilgan suqilib kirish vositalari, ularning turlari, ishlash printsiplari hamda
xavfsizlikka ta’siri o‘rganiladi.
Simsiz tarmoqlarga yo‘naltirilgan hujum vositalari quyidagi asosiy
kategoriyalarga bo‘linadi.
Tarmoq monitoringi va sniffing vositalari
— ushbu vositalar tarmoq trafigini
kuzatish va foydalanuvchi ma’lumotlarini (masalan, parollar, identifikatorlar) ushlab
qolish uchun xizmat qiladi. Shu jumladan:
Wireshark
— ochiq kodli tarmoq protokoli tahlilchisi bo‘lib, 802.11 simsiz
protokoli asosida kelayotgan trafikni batafsil ko‘rib chiqishga imkon beradi.
Tcpdump
— buyruq qatori yordamida ishlaydigan kuchli sniffer bo‘lib, real
vaqtda trafikni yozib olishga imkon yaratadi.
Parolni sindirish va autentifikatsiyani aylanib o‘tish vositalari
— bu vositalar
tarmoqqa kirish uchun zarur bo‘lgan WEP, WPA yoki WPA2 himoyalari ostidagi
parollarni buzishga mo‘ljallangan:
Aircrack-ng
— WEP va WPA-PSK parollarini sindirishda keng qo‘llaniladigan
kuchli dasturiy ta’minot majmuasi.
Hashcat
— GPU kuchidan foydalanib xeshlarni yuqori tezlikda buzishga
mo‘ljallangan dastur. U asosan WPA/WPA2-PSK xeshlarini dictionary yoki brute-
force usuli bilan sindirishda keng qo‘llaniladi.
Soxta kirish nuqtasi (Fake Access Point) yaratish vositalari
— hujumchilar
foydalanuvchilarni aldash uchun soxta AP yaratib, ularning trafikini nazorat qilish
imkoniyatini beradi:
Fluxion
— foydalanuvchini soxta login sahifasiga yo‘naltirib, parolni kiritishga
majburlaydi.
Wifiphisher
— haqiqiy tarmoqdan foydalanuvchilarni uzib, ularni soxta tarmoq
orqali phishing sahifasiga yuboradi.
Denial of Service (DoS) va Deauthentication hujumlari uchun vositalar
— bu
vositalar yordamida hujumchi qurilmani APdan uzib qo‘yishi yoki tarmoq xizmatini
to‘xtatishi mumkin:
MDK3/MDK4
— turli sinov hujumlarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-4_June-2025
24
24
dastur bo‘lib, kanalni to‘ldirish, beacon flooding va autentifikatsiya DoS kabi
funksiyalarni bajaradi.
Scapy
— foydalanuvchi tomonidan yozilgan maxsus paketlar yordamida
deauthentication yoki spoofing hujumlarini amalga oshirish imkonini beradi.
Simsiz hujumlarning ishlash prinsipi
. Hujumchi avvalo simsiz tarmoqdagi ochiq
yoki zaif kirish nuqtalarini aniqlaydi. Keyin u tarmoqdagi trafikni kuzatib boradi
(sniffing), maqsadli qurilmaning MAC manzilini aniqlaydi va signal kuchini o‘lchaydi.
Shundan so‘ng, u soxta kirish nuqtasi (fake access point) yaratishi yoki qurilmalarni
deauthentication hujumi orqali tarmoqdan uzib qo‘yishi mumkin.
Bu jarayonlardan so‘ng, foydalanuvchini aldab, haqiqiy parolni kiritishga
majburlash yoki hujumchining qurilmasi orqali internetga ulanadigan qilib qurilmani
boshqarish amalga oshiriladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Hozirgi kunda ko‘plab hujum vositalari ochiq manbali va bepul taqdim etiladi,
shuningdek, ularni ishlatish uchun katta texnik bilim talab qilinmaydi. Bu esa xavf
darajasini yanada oshiradi. Jumladan, WPA2 PSK bilan himoyalangan tarmoqlar ham
dictionary attack yoki handshake usullari yordamida buzilishi mumkin.
Hujum vositalarining xavf darajasi ularning funksiyalari, qamrovi va aniqlik
darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
̵
Wireshark va Tcpdump – tarmoq trafigini kuzatish va zaifliklarni aniqlash
uchun ishlatiladi.
̵
Aircrack-ng
va
Hashcat
– parollarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzishga
mo‘ljallangan.
̵
Fluxion va Wifiphisher – foydalanuvchilarni aldash orqali parollarni qo‘lga
kiritadi.
̵
MDK4 va Scapy – tarmoq faoliyatini to‘xtatish yoki xizmat rad etish (DoS)
hujumlarini amalga oshiradi.
1-jadval
Hujum vositalarining texnik imkoniyatlari
Vosita nomi
Asosiy maqsadi
Hujum turi
Xavf
darajasi
Foydalanuvchanligi
Aircrack-ng
WEP/WPA
parollarini
sindirish
Brute-force /
Dictionary
Yuqori
Oson (CLI asosida)
Wireshark
Tarmoq trafikini
tahlil qilish
Sniffing /
Monitoring
O‘rta
Oson (GUI interfeys)
Wifiphisher
Soxta AP
yaratish, phishing
orqali parol olish
Social
engineering
(aldov)
Yuqori
O‘rta (sozlash kerak)
MDK3/MDK4
DoS, Beacon
flooding
Tarmoqni
ishdan
chiqarish
(DoS)
Yuqori
Oson (CLI)
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-4_June-2025
25
25
Kismet
Passiv
monitoring, SSID
va qurilmalarni
aniqlash
Passiv tahlil
Past
O‘rta
Reaver
WPS PIN orqali
WPA2 buzish
WPS brute-
force
Yuqori
Cheklangan (faqat
WPS)
Simsiz tarmoqlarda xavfsizlik tahdidlariga qarshi samarali himoya choralarini
ko‘rish zamonaviy axborot infratuzilmasining barqarorligi va maxfiyligini
ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Tarmoq resurslariga ruxsatsiz kirishni,
ma’lumotlar oqimini tahlil qilishni hamda turli xil hujumlarni oldini olish maqsadida
quyidagi texnik va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etiladi:
Zamonaviy shifrlash algoritmlaridan foydalanish simsiz tarmoqlar orqali
uzatilayotgan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash uchun muhimdir. Masalan,
WPA3 (Wi-Fi Protected Access 3) kabi ilg‘or shifrlash protokollari Simultaneous
Authentication of Equals (SAE) texnologiyasiga tayangan holda, bruteforce va lug‘at
hujumlariga qarshi yuqori darajadagi himoyani taqdim etadi. Ushbu algoritm
foydalanuvchi parolini shifrlashda qo‘shimcha murakkab matematik usullarni
qo‘llaydi, bu esa parolning o‘g‘irlanishini ancha qiyinlashtiradi.
MAC manzil filtratsiyasi va SSID uzatishni o‘chirish orqali tarmoqqa faqat
maxsus ruxsat berilgan qurilmalar ulanishi ta’minlanadi, bu esa begona
foydalanuvchilarning kirishini kamaytiradi. MAC manzillarga asoslangan filtratsiya
tarmoq xavfsizligini oshiradi, SSIDning ommaviy uzatilishini o‘chirish esa potentsial
hujumchilarga tarmoqni aniqlash imkoniyatini kamaytiradi.
Tarmoqni doimiy monitoring qilish va soxta kirish nuqtalarini aniqlash uchun
maxsus vositalardan foydalanish zarur. Masalan, Wireless Intrusion Detection System
(WIDS) tizimlari Wi-Fi muhitini real vaqt rejimida kuzatib boradi, nolegal (ruxsatsiz)
access pointlarni aniqlaydi va “Evil Twin” hamda MITM hujumlari haqida
administratorni darhol xabardor qiladi. Bu usul tarmoq xavfsizligini sezilarli darajada
oshiradi.
Zaifliklarni baholash va audit o‘tkazish simsiz tarmoq xavfsizligini ta’minlashda
muhim bosqich hisoblanadi. Buning uchun Nessus, NetSpot yoki Acrylic WiFi kabi
vositalardan foydalaniladi. Ushbu dasturlar yordamida tarmoq topologiyasi, signal
kuchi, autentifikatsiya mexanizmlari va shifrlash darajalari batafsil tahlil qilinadi.
Natijada aniqlangan zaifliklar va kamchiliklar muntazam ravishda aniqlanib, tarmoq
xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi.
XULOSA
Simsiz tarmoqlar axborot almashinuvi va mobil aloqaning ajralmas qismiga
aylangan hozirgi davrda ularning xavfsizligini ta’minlash dolzarb masala hisoblanadi.
Ushbu tezisda simsiz tarmoqlarga qaratilgan suqilib kirish hujumlarining asosiy turlari,
ularda qo‘llaniladigan dasturiy vositalar hamda ularning texnik imkoniyatlari batafsil
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-4_June-2025
26
26
tahlil qilindi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy hujum vositalari ochiq
manbalarda keng tarqalgan bo‘lib, ularni ishga tushirish uchun chuqur texnik bilim
talab qilinmaydi. Bu esa xavfsizlik tahdidlarining yanada kengayishiga olib keladi.
Ayniqsa, Aircrack-ng, Wifiphisher, Hashcat kabi vositalar orqali autentifikatsiyani
chetlab o‘tish, foydalanuvchilarni aldash va tarmoq resurslariga zarar yetkazish
mumkinligi amaliy misollar bilan asoslab berildi. Shu bilan birga, himoya chorasi
sifatida ilg‘or shifrlash algoritmlaridan foydalanish, tarmoq monitoringi, SSID
yashirish va WIDS texnologiyalarini joriy etish simsiz tarmoqlar xavfsizligini sezilarli
darajada oshirishi mumkin. Tezis natijalari simsiz tarmoqlarni himoya qilish bo‘yicha
kompleks yondashuvni shakllantirish va amaliyotga tatbiq etish uchun ilmiy hamda
amaliy ahamiyatga ega.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
S.K. Ganiyev, A.A. Ganiyev, Z.T. Xudoyqulov. Kiberxavfsizlik asoslari:
о‘quv qо‘llanma. – T.: «Aloqachi», 2020, 303 bet.
2.
Maine Basan. Wireless Network Security: WEP, WPA, WPA2 & WPA3
Explained, April 29, 2024.
3.
Wim Hoogenraad. Black Box Testing: Software, January 23, 2019.
4.
Binnie, J. Aircrack-ng Tutorial: Cracking WPA/WPA2 Wi-Fi Passwords. //
Ethical Hacking Journal, 2021.
5.
Beale J., Kassner L., Bream T., & Liu J. Wireshark & Ethereal Network
Protocol Analyzer Toolkit. – Syngress Publishing, 2007. – 528 p.