JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
182
182
O‘QUVCHILARDA QADRIYAT YO‘NALGANLIGINING
PSIXOLOGIK JIHATLARI
Qo‘qon universiteti Amaliy psixologiya yo‘nalishi
4-kurs talabasi
Xaydarova Mohinur Yorqinjon qizi
Ilmiy rahbar: Pedagogik psixologiya kafedrasi
katta o‘qituvchisi
Asilova Sanobar Xatamboyevna
Annotatsiya:
Maqolada maktab o‘quvchilarida qadriyat yo‘nalganligining
psixologik jihatlari tahlil etilib, qadriyatlarni yo‘nalganligida ota-ona va pedagogning
va maktab psixologining o‘rni haqida fikr bildirilgan, shuningdek qadriyatlar
yo‘nalganlgini rivojlantirishdagi mavjud kamchilik va muammolar tahlil qilingan.
Buhungi kunda maktablarda o‘quvchilarida qadriyatlarni rivojlanishida zarur bo‘lgan
samarali psixologik, pedagogik texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlari, bu borada
amalga oshirilayotgan ishlarning yutuq va kamchiliklari haqida fikrlar ham keltirib
o‘tilgan. Ota-onalar va pedagoglarning o‘quvchilarda qadriyatlar yo‘nalganligini
rivojlantirish bo‘yicha olib borayotgan ishlari ochib berilgan.
Kalit soʻzlar:
shaxs, hayot, qadriyat, motivatsion tuzilmasi, ijtimoiy qadriyat,
faol qadriyatlar, individuallik, maqsad, ehtiyoj, ijtimoiy qadriyat, shaxsiy qadriyat,
jamiyat va inson.
Insoniyat boy qadriyatlarga
suyangan holda kamol
topadi. Buyuk
O‘zbekistonimizning istiqboli ko‘p jihatdan yoshlarning salohiyatiga, yosh avlodni
o’qitish va tarbiyalashga bog’liq. Yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash
masalasi hamisha insoniyat oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri bo’lib kelgan.
Prezidentimizning har bir nutqi, asarlari o’sib kelayotgan yosh avlod muammolariga
bag’ishlanishi shaxsni shakllantirish, shaxs tuzilmasida milliy qadriyatlarning,
ma’naviy komponentlarning o’rni qanchalik ahamiyatga ega ekanligini isbotlaydi.
Zero, jamiyatda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ma’naviy tanazzulning oldini olish,
yuzaga kelish ehtimolini pasaytirishda sog’lom e’tiqod, munosabat, dunyoqarashiga
ega bo’lgan barkamol inson shaxsini shakllantirish muhim vazifalar sirasiga kiradi.
“Qadriyat” tushunchasiga aniqlik kiritishdagi murakkablik, ushbu tushunchani
juda “sodda” ko‘rinishga ega bo‘lib, uni o‘zga murakkab tushunchalar bilan birlashtirib
bo‘lmasligi bilan ajralib turadi. V.I. Kabrinning aytishicha, «inson hayotining
universumida uzluksiz qadriyatlar jarayoni mavjud» qadriyatlarning chegarasizligi,
ularni o‘zga fenomenlarga o‘xshatish va ularni predmetlar, harakatlar va vaziyatlarga
yaqinlashtirishdir
1
. Sharq allomalarining qadriyatlar haqida fikrlari ko‘p asrlar
davomida insoniyat tarixi va madaniyatining muhim bir qismi bo‘lib kelgan. Ular
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
183
183
qadriyatlarning psixologik jihatlarini, xususan, axloqiy va ruhiy rivojlanish nuqtai
nazaridan o‘rganishgan.
Buyuk allomalarimizdan
Imom al-G‘azzoliy qadriyatlar
masalasiga juda katta e'tibor bergan. Uning fikricha, insonning ruhiy holati va axloqi,
uning shakllangan qadriyatlari bilan chambarchas bog‘liq. U, ayniqsa, qalbni poklash,
ruhni tarbiyalashga katta e'tibor qaratgan. Psixologik jihatdan, u insonning
daxldoriyatini his qilish va maqsadlariga erishishda qalbning to‘g‘ri yo‘lini tanlashi
muhimligini ta'kidlagan.
Shaxsda qadriyatlar tizimining shakllanishi avvalo ijtimoiy
tajriba va madaniy meros bilan bog‘liq bo‘lib, ularning rivojlanishida oila, maktab,
tengdosh guruhlar, ommaviy axborot vositalari, diniy va madaniy institutlar muhim rol
o‘ynaydi. Ayniqsa, o‘quvchilik davrida bu tizim asos soluvchi bosqich sifatida alohida
ahamiyatga ega. Bu davrda inson shaxsiy dunyoqarashini shakllantira boshlaydi,
mustaqil fikrlash, baholash va tanlov qilish qobiliyati ortadi. Shu jihatdan, qadriyatlar
shaxsning ijtimoiy pozitsiyasi, o‘ziga va atrofdagilarga bo‘lgan munosabatini
belgilovchi mezon sifatida xizmat qiladi. Ular shaxsning “hayotiy ma’no”sini
shakllantiruvchi, uni harakatga undovchi ichki motivatsion omildir. Viktor Frankl
ta’kidlaganidek, inson hayotining chuqur ma’nosi aynan qadriyatlar tizimida mujassam
bo‘ladi, va bu tizim insonning og‘ir hayotiy sinovlarga bardosh bera olishini
ta’minlaydi.
O‘quvchilarda qadriyat
yo‘nalganligi shaxsning psixik rivojlanishi,
ijtimoiylashuvi va dunyoqarashining shakllanishi jarayonida tarkib topadigan muhim
psixologik tuzilma hisoblanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, qadriyatlar
shaxsning ichki motivatsion tizimini tashkil qiladi, uning hayotiy yo‘nalishini
belgilaydi, intilishlari, ideallari va shaxsiy pozitsiyasining asosiy manbaiga aylanadi.
Qadriyatlar yo‘nalganligi — bu shaxs tomonidan ongli ravishda tanlangan va e’tiqod
darajasida qabul qilingan axloqiy, ijtimoiy va madaniy mezonlar tizimi bo‘lib, ular
shaxsning borliqqa, jamiyatga, o‘z-o‘ziga va boshqalarga bo‘lgan munosabatini
belgilaydi. Ular shaxsning butun psixik faoliyatida, jumladan, qaror qabul qilish,
ijtimoiy xatti-harakat, maqsad qo‘yish va unga erishish jarayonlarida faol namoyon
bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Mirziyoyev, Sh.
Inson qadri, uning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari uchun.
“O‘zbekiston” Toshkent (2022)
2.
Z.M.Mamajonova Ijtimoiy Pedagogika Toshkent (2021)
3.
N.Ismoilova D.Abdullayeva Ijtimoiy Psixologiya Toshkent (2013)
4.
A.A Axmedov Ijtimoiy Pedagogika Buxoro (2023)
5.
Xatamboyevna, A. S., & Ismigul, S. (2024). YOSHLAR O ‘RTASİDA DOLZARB BO ‘LGAN
PSİXOLOGİK MUAMMOLARİ.
Kokand University Research Base
, 91-96.
6.
Raximjonovna, U. N. (2023). O ‘SMIR YOSHIDAGI O ‘QUVCHILARDA “TARBIYA”
FANINI O ‘QITISH ORQALI MUSTAQIL FIKRLASHGA O ‘RGATISH. Finland
International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities, 11(6), 232-237.