Vol. 79 No. 2 (2025)
Articles
O‘ZBEKISTON TRANSPORT INFRATUZILMASINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
ФОНЕТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ В РУССКОМ ЯЗЫКЕ
В данной статье рассматриваются теоретические и практические аспекты фонетического анализа в русском языке. Исследуются принципы классификации гласных и согласных звуков, особенности их артикуляции и акустические характеристики. Особое внимание уделяется транскрипции, правилам ударения и интонации в русском языке. Также рассматриваются основные этапы фонетического анализа слова и текста, а также его значение для лингвистики, обучения языку и речевых технологий.
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA TEMPERAMENT TIPINI ANIQLASHNING PSIXOMETRIK JIHATLARI
Annotatsiya: Mazkur tezizsning maqsadi boshlang‘ich maktab bolalaridagi temperamentni o‘rganish edi. Shuningdek, temperamentni jins va sinfga nisbatan tekshirish maqsad qilingan. Ushbu tezisda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida temperament turlarining namoyon bo‘lishining dastlabki belgilariga oid ilmiy tahlil va amaliy tavsiyalar keltirilgan. Temperament — bu bolalarning tug‘ma xususiyatlari bo‘lib, ularning atrof-muhitga qanday javob berishini va o‘zaro aloqalarini belgilaydi. Tezis temperamentning to‘rt asosiy turi: sangvinik, holerik, melanxolik va flegmatik haqida batafsil ma’lumot beradi hamda ularning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida qanday namoyon bo‘lishi, o‘qituvchilar va ota-onalar uchun qanday amaliy ahamiyatga ega ekanligi tushuntiriladi.
JEYN OSTENNING EMMA ASARI TAHLIL VA TADQIQOT MEZONLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada ingliz adabiyotining yorqin namoyandasi Jeyn Ostenning Emma romani adabiy tahlil va tadqiqot mezonlari asosida o‘rganiladi. Asarda XIX asr ingliz jamiyatining ijtimoiy tuzilmasi, ayollar mavqei, nikoh va shaxsiy kamolot kabi dolzarb masalalar yoritilgan. Maqolada psixologik, feministik, stilistik va kompozitsion tahlil mezonlari asosida roman qahramonlari, syujet va uslubiy xususiyatlar tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy adabiy tanqid metodlari – strukturalizm, psixoanaliz, gender va tarixiy yondashuvlar orqali Emma romanining ko‘p qatlamli mazmuni ochib beriladi. Tadqiqot natijalari Jeyn Osten ijodining adabiyotshunoslikdagi ilmiy ahamiyatini ko‘rsatadi va asarning zamonaviylik bilan uyg‘un jihatlarini namoyon etadi.
O’ZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI METAFORIK TERMINLARDA MONOSEMIYA VA POLISEMIYA
Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi metaforik terminlarning semantik xususiyatlari – monosemiya (bir ma’nolilik) va polisemiya (ko‘p ma’nolilik) hodisalari tahlil qilinadi. Til birliklarining metafora asosida qanday kengayishi, yangi ma’nolar bilan boyishi, hamda bu jarayonda kontekst va madaniy omillarning o‘rni yoritiladi. Maqolada har ikki tilning lingvistik tizimi qiyosiy o‘rganilib, tarjima muammolari, metaforik ifodalarning madaniyatga bog‘liqligi, va semantik o‘zgarishlar misollar bilan asoslab beriladi. Natijada, til rivojida metaforaning o‘rni, polisemiya orqali ma’no kengayishining universalligi haqida muhim xulosalar beriladi.
БАНГИХОНА ТАШКИЛ ЭТИШ ЖИНОЯТИ ВА УНГА ҚАРШИ КУРАШИШНИНГ ҲУҚУҚИЙ АСОСЛАРИ: ИЛМИЙ ЁНДАШУВ
Аннотация :Мазкур мақолада гиёҳвандлик воситаларини тарқатиш ва уларни истеъмол қилиш учун махсус жой “бангихона” ташкил этиш жиноятининг ҳуқуқий асослари ўрганилган. Миллий ва халқаро ҳуқуқий ҳужжатлар таҳлил қилинган ҳолда, ушбу жиноятнинг ҳуқуқий табиати, жамият учун хавфли жиҳатлари ва унга қарши курашишдаги амалиётдаги муаммолар ёритилган. Шунингдек, қатор илмий тадқиқотларда билдирилган фикрлар орқали ҳуқуқий ёндашувларни мустаҳкамлашга доир таклиф ва тавсиялар ишлаб чиқилган.
ANTIMICROBIAL RESISTANCE: A GLOBAL HEALTH THREAT AND STRATEGIES FOR PREVENTION
Abstract. Antimicrobial resistance (AMR) has emerged as one of the most significant public health threats of the 21st century. The misuse and overuse of antibiotics, combined with the lack of new antimicrobial agents, has accelerated the evolution of resistant pathogens. This article explores the global burden of AMR, outlines contributing factors, and examines current and emerging strategies for prevention.
POLYCYSTIC OVARY SYNDROME (PCOS) IN YOUNG WOMEN: NEW TRENDS IN DIAGNOSIS AND MANAGEMENT
Abstract. Polycystic Ovary Syndrome (PCOS) is one of the most prevalent endocrine disorders among young women of reproductive age. Diagnostic criteria and therapeutic approaches have evolved in recent years, driven by advances in imaging, hormonal assessment, and lifestyle medicine. This article aims to review recent developments in the diagnosis and management of PCOS, with a focus on early detection and personalised interventions.
IJTIMOIY TARMOQLARNING INSON XULQIGA TA’SIRI
Annotatsiya: Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy va salbiy ta’siri chuqur tahlil qilingan. Ijtimoiy tarmoqlarni ijobiy va salbiy ta’sir omillari ajratib ko‘rsatilib, yosh avlod ongiga ijtimoiy tarmoqlarning qanday yosinda ta’sir qilayotgani misollar asosida yoritildi. Ijtimoiy tarmoqlarning inson xulq-atvoriga ta’siri ko‘p qirrali va murakkab masala bo‘lib, u har bir shaxsning yoshi, ijtimoiy holati, ruhiy tayyorgarligi va axborot madaniyatiga bog‘liq. Bu jarayonni faqat taqiq va cheklovlar orqali emas, balki axborot savodxonligini oshirish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, oilaviy va maktab tarbiyasini mustahkamlash orqali tartibga solish mumkin.
O’SMIRLARDA DELINKVENT XULQ SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Annotatsiya: Mazkur maqolada o’smirlikda delikvinit xulq atvorning shakillanishining psixologik xususiyatlari.O'smirlar o'rtasida delinkvent va deviant xulq-atvorning shakllanish jarayonlari, sifat xususiyatlari, biologik hamda ijtimoiy ijtimoiyi chuqur tahlil tuzilishi. Yoshlar tarbiyasi, huquqbuzarliklarning oldini olish, ta'lim-tarbiya olishning o'z profilaktika vositalarining ahamiyati e'tiborda turganholatlar haqida yozilgan.
ISHDАGI STRESSLАR VА (PROFESSIONАL CHАRCHOQ) BURN-OUT SINDROMI
Annotatsiya: Ushbu maqolada ish fаoliyаti bilаn bog‘liq psixologik bosimlаr,ishdаgi stresslаr, jismoniy vа psixologik chаrchoqning inson ruhiyаti, yаshаsh tаrzigа tа’siri o‘rgаnilаdi. Xususаn,ish joyidаgi ijtimoiy-psixologik muhit, ish yukining hаddаn tаshqаri ko‘pligi, motivаtsiyаning pаsаyishi vа qo‘llаb-quvvаtlаsh vа ishdаgi empаtiyаning yetishmаsligi kаbi muаmmolаr ochib berilаdi. Burn out sindromining uch bosqichi-hissiy chаrchoq, shаxsiy yondаshuvning susаyishivа professionаl sаmаrаsizlik- psixologik nuqtаyi nаzаrdаnizohlаnаdi. Mаqolаdа ishdаgi stressli muаmmolаrni ertа аniqlаsh, psixoprofilаktikа chorаlаri vа stressni boshqаrish strаtegiyаlаrigа hаm аlohidа e’tibor qаrаtilаdi.
BIRINCHI SINF O’QUVCHILARNING PSIXO-EMOTSIONAL MOSLASHUVI
Annotatsiya: Ushbu bitiruv malakaviy ishi birinchi sinf o‘quvchilarining psixo-emotsional moslashuvi jarayonini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maktabga kirish davrida bolalar yangi ijtimoiy va ta’lim muhitiga moslashish bilan yuzma-yuz keladi, bu esa ularning emotsional holati va ruhiy barqarorligiga bevosita ta’sir qiladi. Tadqiqotda psixo-emotsional moslashuvning nazariy asoslari tahlil qilinib, bolaning maktab muhitiga moslashuv jarayonidagi muhim omillar aniqlangan.
AGRESSIV XULQ- ATVOR
Annotatsiya: Ushbu maqolada agressiv xulq-atvor , agressiyani tadqiq qilgan jahon psixologlarining nazaryalari, tajriba natijalari va agressiyani keltirib chiqaruvchi omillar haqida so’z boradi.
KICHIK MAKTAB YOSHIDA O‘QUVCHILAR XOTIRASINING DIAGNOSTIKASI VA KORREKSIYASI
Annotatsiya : Mazkur maqolada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning xotirasini psixologik jihatdan o‘rganish, ularni diagnostika qilish hamda xotira jarayonini rivojlantirishga qaratilgan korreksion ishlar tizimi haqida ma’lumotlar yoritilingan. O‘quvchilarda eslab qolish, saqlash va qayta eslash kabi xotira jarayonlarining rivojlanish darajasini aniqlash va ularni psixologik mashqlar orqali rivojlantirish yo‘llari haqida fikr va mulohazalar keltirib o‘tilgan.
KICHIK MAKTAB YOSHDAGI O‘QUVCHILARNING O‘QUV MOTIVLARINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning o‘qish motivatsiyasini rivojlantirish, ularning ta’limga bo‘lgan qiziqish va istaklarini oshirish, o‘quvchilarning diqqatini jalb qilish, ularni mustaqil fikrlashga rag‘batlantirish va o‘qishga bo‘lgan ijobiy munosabatni shakllantirish yo‘llari yoritilgan.
O‘SMIRLIK DAVRI INQIROZLARIDA XAVFSIZ OILAVIY MUHITNING O‘RNI
Annotatsiya: Ushbu maqolada ishdа o‘smirlik davri oilаviy muhit vа oilаviy munosаbаtlаrning bolаlаrning xulq-аtvorigа tа’siri o‘rgаnilаdi. Tаdqiqotlаr shuni ko‘rsаtаdiki, oilаviy muhitning bаrqаrorligi vа otа-onаlаr o‘rtаsidаgi munosаbаtlаr bolаlаrning psixologik rivojlаnishigа bevositа tа’sir qilаdi. Mаqolаdа turli oilаviy shаroitlаr vа tаrbiyа usullаrining bolаlаr xulqigа qаndаy tа’sir etishi ko‘rib chiqilаdi vа ulаrning ijtimoiy vа emotsionаl rivojlаnishigа tа’siri tаhlil qilinаdi.
PAXTA ASOSIDAGI MATOLARINING GIDROIZOLYATSIYA XUSUSIYATLARINI OSHIRISH
TURLI DARAJADAGI SEMIZLIK FONIDA KECHUVCHI GONARTROZ BILAN KASALLANGAN BEMORLAR IMMUN STATUSI VA USHBU BEMORLARNI DAVOLASHNING XUSUSIYATLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada turli darajadagi semizlik bilan birgalikda gonartroz kasalligidan aziyat chekayotgan bemorlarning immun holati, immunologik ko'rsatkichlari va ularni davolashga oid yondashuvlar o'rganildi. Tadqiqotda klinik, laborator va immunologik tekshiruvlar asosida semizlik darajasi bilan immun o'zgarishlar orasidagi bog'liqlik aniqlanib, davolash strategiyasining farqlari tahlil qilindi. Olingan natijalar asosida davolashning individual yondashuvlarini ishlab chiqish bo'yicha tavsiyalar berildi.
BO'LAJAK IQTISODCHI MUTAXASSISLARNING INNOVATSION TA'LIM TEXNOLOGIYLARI YORDAMIDA KREATIV FIKRLASH QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI
Anotatsiya: Harvard biznes maktabi iqtisodchilarni tayyorlovda 2022-yildan beri yangi metodlarni ishlab chiqmoqda va bunda asosan kreativ jarayon va kreativ ontologiya tajribalariga e’tibor qaratilgan. Natijada dastlabki 3 oyda talabalarning kreativ fikrlashda aniq-tahlil fanlar bo‘yicha 45,6 foiz, ijtimoiy-nazariy fanlarda 61,5 foizga o‘sgan. Bo'lajak iqtisodchi mutaxassislarning innovatsion ta'lim texnologiylari yordamida kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish mexanizmlari haqida ma’lumotlar berilgan.
KUCHLI RUHIY HAYAJONLANISH HOLATIDA QASDDAN BADANGA OGʻIR YOKI OʻRTACHA OGʻIR SHIKAST YETKAZISH
Annotatsiya: Mazkur maqolada kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir tan jarohati yetkazish haqida keltirib oʻtilgan. Kuchli ruhiy hayajonlanish holati, ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir tan jarohati yetkazish tushunchalariga alohida taʼrif berilgan. Shuningdek, maqolada Germaniya tajribasi oʻrganilgan va maʼlumotlar keltirilgan.
O’ZBEKISTONDA KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH
Abstract: O’zbekiston Respublikasida kambag’allikni qisqartish borasida turli xil chora-tadbirlar ko’rilmoqda. Qashshoqlashish, kambag'allashish muammosini oldini olish, aholi bandligini ta'minlash, ularning tadbirkorlikka oid intilishlarini rag'batlantirish iqtisodiy islohotlarni ro'yobga chiqarishning muhim kaliti hisoblanadiki, pirovardida aholi farovonligi yaxshilana boradi. Shu o'rinda ta'kidlash kerakki, aholi daromadlardagi tengsizlik bozor tizimining belgisi bo'lar ekan, bu tizimda kambag'allarning bo'lishi ob'ektiv hodisadir. Shu sababli kambag'allikni tugatib bo'lmaydi, lekin uning miqyosi qisqarishi mumkin. Boisi kambag'allik millatning sog'lig'i, mehnatga layoqati va ilmiy salohiyatiga putur yetkazadi. Shuningdek, uning oqibati natijasida davlat byudjetining pasayishi va siyosiy jarayonlarning keskinlashishiga sabab bo'ladi.
BOLALARDA IJODIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH USULLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada bolalarda ijodiy fikrlashni shakllantirish va rivojlantirishning asosiy yo‘llari yoritilgan. Ijodiy fikrlashning ahamiyati, uni erta yoshdan rivojlantirish zarurati va bosqichlari tahlil qilingan. Shuningdek, psixologik va pedagogik yondashuvlar, o‘yin faoliyatining roli, raqamli texnologiyalar imkoniyatlari hamda ota-ona va muhitning bolaning ijodiy salohiyatiga ta’siri haqida so‘z yuritilgan.
YANGI OʻZBEKISTONDA MAKTABGACHA TAʼLIM TIZIMIGA BERILAYOTGAN EʼTIBOR
Annotatsiya: Barchamizga maʼlumki Yangi Oʻzbekistonimizda biz kutmagan darajadagi oʻzgarishlar roʻy berayotganini yurtdoshlarimiz sezib, koʻrib turibdi. Ayni damda taʼlimning poydevori boʻlmish Maktabgacha taʼlim tizimiga davlatimiz tomonidan bir qator tizimli Qonunlar, Qarorlar Farmonlar va Dasturlar ishlab chiqilmoqda. Ushbu maqolada yangi O’zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimiga berilayotgan e’tibor haqida so’z boradi.
INSONNING DUNYOQARASHI VA XARAKTERINI SHAKLLANTIRISHDA KITOBXONLIK MADANIYATINING AHAMIYATI
Annotatsiya. Ushbu maqolada kitobxonlikning inson xarakteri va shaxsiy fazilatlariga ta’sirini o‘rganadi. Kitob o‘qish orqali insonlar turli hayotiy tajribalar va axloqiy qadriyatlar haqida tushunchaga ega bo‘lib, bu ularning shaxsiyatiga chuqur ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Motivatsion, falsafiy va badiiy kitoblarning insonga qanchalik ta’sir ko‘rsatishi haqida fikr yuritiladi. Maqolada, shuningdek, kitob o‘qish orqali insonda empatiya, axloqiy qadriyatlar, o‘zini anglash kabi sifatlar shaklllanishi, shaxsiy o‘sish va ruhiy kuchni rivojlantirishda kitoblarning o‘rni yoritiladi.
TAFAKKUR BORASIDAGI PSIXOLOGIK NAZARIYALAR
Annotatsiya. Mazkur ishda tafakkur tushunchasining psixologik asoslari va uni yorituvchi yetakchi nazariyalar tizimli tahlil qilingan. Ishda tafakkurning shakllanishi va rivojlanishini izohlovchi asosiy psixologik yondashuvlar: kognitiv psixologiya, Piagetning kognitiv rivojlanish nazariyasi, Vygotskiyning madaniy-tarixiy konsepsiyasi, Gestalt psixologiyasi va zamonaviy neyropsixologik qarashlar yoritilgan. Har bir nazariya tafakkur jarayonining o‘ziga xos tomonlarini ochib beradi. Ish ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, psixologiya, pedagogika va neyropsixologiya sohalarida foydalanilishi mumkin.
TARBIYA FANINI O‘QITISH JARAYONIDA O‘QUVCHILARNING BILIM, KO‘NIKMA VA MALAKALARINI BAHOLASHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
Annotatsiya: Ushbu maqolada ta’lim va tarbiya jarayonida interfaol metodlardan foydalanishning o‘rni va ahamiyati haqidagi fikrlar bayon qilingan. Ta’lim tizimida yangi pedagogik texnologiyalar, shu jumladan, axborottexnologiyalari yordamida bilim olishni rivojlantirishi haqida ham qisqacha tushunchalar keltirilgan.
DANIYEL DEFO IJODI. “ROBINZON KRUZO” ASARI BADIIY – FALSAFIY XUSUSIYATLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada ingliz adabiyotining atoqli vakili Daniyel Defoning ijodi, xususan, uning eng mashhur asari — “Robinzon Kruzo” romanining badiiy va falsafiy xususiyatlari tahlil qilingan. Asarda insonning tabiat bilan kurashi, yolg‘izlikdagi o‘zgarishi, ma’naviy uyg‘onishi va jamiyatdan ajralgan holda ham o‘zini anglash jarayoni badiiy vositalar orqali yoritib beriladi. Shuningdek, roman orqali muallif ijtimoiy tengsizlik, shaxs va jamiyat o‘rtasidagi ziddiyatlar, mehnat va irodaning qudrati haqida chuqur falsafiy fikrlarni ilgari suradi. Asar realizm, ramziylik va utopik g‘oyalar uyg‘unligida shakllanib, o‘quvchini o‘zini anglash va baholashga undaydi.
TOHIR MALIK FALSAFASI. “SHAYTANAT” ROMANINING TAHLILIY TALQINI
Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotining taniqli vakili Tohir Malikning “Shaytanat” romani asosida yozuvchining hayotga, jamiyatga va insondagi yovuzlikka bo‘lgan qarashlari yoritiladi. Asarda jinoyat olami orqali ma’naviy inqiroz, odamiylik, vijdon va adolat masalalari ko‘tariladi. Muallif o‘z asarida jamiyatdagi axloqiy muammolarni ko‘rsatib, o‘quvchini o‘ylantirishga undaydi. Tohir Malikning hayotiy kuzatuvlarga boy ijodi orqali o‘zbek adabiyotida chuqur falsafiy yondashuv namoyon bo‘ladi.
SHEKSPIR FOJIALARINING BADIIY TAHLILI
Annotasiya: Ushbu maqola Uilyam Shekspirning eng mashhur fojialari — Hamlet, Otello, Makbet va Qirol Lir asarlarining badiiy tahliliga bag‘ishlangan. Asarlarning syujet qurilishi, qahramonlarning ichki dunyosi, ularning xatti-harakatiga ta’sir etuvchi omillar va fojiaviy yakunlar asosida tahlil qilinadi. Har bir tragediyada inson ruhiyatining murakkab qatlamlari, ijtimoiy adolatsizlik, shaxsiy xatolar va ularning oqibatlari tasvirlangan. Maqola Shekspir fojialarini zamonaviy o‘quvchi nigohi bilan tahlil etishga urinish bo‘lib, unda ilmiy yondashuv bilan bir qatorda badiiy-estetik tafakkurga ham e’tibor qaratilgan. Asarlar orqali Shekspir inson va jamiyat, yaxshilik va yovuzlik, aql va hissiyot o‘rtasidagi kurashni ochib bergani ko‘rsatib beriladi.
“XAMSA” DOSTONLARINI O‘QITISH METODIKASI
Annotatsiya: Hozirgi kunda adabiyot oʻqituvchilarining oldiga yangicha talablar qoʻyilmoqda. Bilamizki, oʻqituvchilarning kasbiy kompetentliligi ularning ilmiy salohiyati bilan oʻlchanadi. “Xamsa” asarining har bir dostoni har xil mavzuga bag‘ishlangan bo‘lib, shoir, avvalo, o‘quvchini bu mavzu bilan tanishtiradi. So‘ngra o‘sha mavzuga munosabat bildirib, uni har jihatdan tasvirlaydi. O‘quvchining tasavvurlari aniq bo‘lishi uchun juda ko‘p qiyoslar, obrazli o‘xshatmalar keltiradi va eng so‘ngida mavzuga mutanosib ibratli hikoyatlar bayon qiladi. Bu dostonlarda rostgo‘ylik, karam, saxiylik, do‘stga sadoqat, hayo, iffat, vafo, adolat, ilm olish, halollik kabi ko‘plab fazilatlar ulug‘lanadi. Ularning har biri ta’sirchan fikrlar bilan yoritilganki, har qanday yoshdagi kitobxon uchun dostondagi g‘oyalar katta ma’rifat ulashadi.
ATIPIK MIKROFLORA QO’ZG’ATUVCHULARINING ZAMONAVIY IDENTIFIKATSION USULLARINING AHAMIYATI
So'nggi o'n yilliklarda olib borilgan ko'plab tadqiqotlar tufayli hujayra ichi qo'zg'atuvchilarning morfologiyasi, antigen tuzilishi, rivojlanish tsiklining xususiyatlari va patogenlik xususiyatlarini batafsil o'rganish mumkin bo'ldi. Serologik diagnostika, polimeraza zanjir reaktsiyasi (PCR) va DNKni gibridlash (nuqta-gibridizatsiya) usullari amaliyotga kiritilganidan so'ng xlamidial va mikoplazma infektsiyalarini o'rganishda katta imkoniyatga ega bo'ldik. Afsuski, amalda ushbu tadqiqot usullari asosan jinsiy yo'l bilan yuqadigan urogenital xlamidiya diagnostikasi uchun o'z tasdig'ini topdi. Juda kam holatlarda yuqorida keltirilgan tekshirish usullarining yuqori narxlari tufayli ular kattalarda, hatto kam hollarda bolalarda o'pka-bronx patologiya uchun ishlatilgan.
XLAMIDIYA VA MIKOPLAZMA QO’ZG’ATUVCHILARINING YANGI ZAMONAVIY TAKSONOMIYASI
Maqolada xlamidial va mikoplazma infektsiyalarining zamonaviy serologik diagnostikasini pediatriya amaliyotiga kengroq joriy etish zarurligi to'g'risida ishonchli dalillardan va yangi taksonomik tasnifidan ko'proq ma'lumot keltirilgan.
O’RK NING RIVOJLANISHIDA XLAMIDIYA VA MIKOPLAZMANING ROLI VA O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Bolalar patologiyasida nafas olish tizimining kasalliklari asosiy o'rinlardan birini egallab, bolalar o'limi ko'rsatkichiga sezilarli ta'sir ko'rsatib, bolalarning sog'lig'i holatida doimiy o'zgarishlarning shakllanishiga sabab bo'ladi. Bolalar orasida o'tkir respiratorli infektsiyalar tarqalishining yuqori darajasi muhim ijtimoiy muammo bo'lib, uning yechimi pediatriyada aholi salomatligini saqlashning asosiy vazifalaridan biridir [5,6,7].
LANGUAGE AS IDENTITY: CODE-SWITCHING AND LIGUISTIC HYBRIDITY IN ZADIE SMITH’S WORKS
Abstract. In the present paper, I analyze the language-identity interface within the novelistic output of Zadie Smith by giving centre stage to two codependent processes—code-switching and linguistic hybridity. The tools of post-colonial theory, sociolinguistics, and Bakhtinian notions of heteroglossia serve to bring into view how the polyphonic texts of Smith engrave the daily worlds of multicultural Britain and shatter monologic assumptions of national and linguistic purity. In close reading White Teeth (2000), On Beauty (2005), NW (2012), Swing Time (2016), and select short stories within Grand Union (2019), the paper reveals that the experimentative languagedeployments of Smith serve not just to mirror the hybrid lifeworlds of her characters, but become themselves instruments for the purpose of socio-political commentary. The paper culminates with a reflexive on the pedagogical potentiality of the authorship of Smith for the pedagogy of linguistic diversity and cultural empathy.
ENSURING USER SECURITY IN MOBILE APPLICATIONS: CYBERSECURITY TECHNIQUES
Abstract: Mobile applications have become integral to daily life, facilitating communication, commerce, and entertainment. However, their widespread adoption has made them prime targets for cyberattacks, such as data breaches, malware, and phishing. Ensuring user security in mobile applications is critical to protecting sensitive data and maintaining trust. Cybersecurity techniques, enhanced by Artificial Intelligence (AI), encryption, and secure coding practices, play a pivotal role in mitigating these risks. This article explores the fundamentals of securing mobile applications, addressing key techniques, challenges, solutions, and mathematical formulations to quantify security metrics. It also includes algorithms to support implementation, focusing on practical approaches for developers.
THE ROLE OF COMPUTER SCIENCE IN STARTUPS AND INNOVATIVE PROJECTS
Abstract: This article highlights the important role of information and communication technologies (ICT) and informatics in startups and innovative projects. The article analyzes the impact of informatics on the development of startups, the use of areas such as artificial intelligence, big data analytics, cloud technologies and blockchain in innovative solutions. It also examines new trends in informatics for the successful operation of startups in the era of digital transformation and their impact on the economic, social and technological spheres. The article serves as a useful resource for startup founders, investors and technology professionals.
INTERNATIONAL ORGANISATIONS IN UZBEKISTAN
Abstract: The article discusses Uzbekistan's relations with international organizations and trends in cooperation with them.
MIYA PO‘STLOG‘INING BRODMANN ZONALARIGA MORFOLOGIK DIFFERENSIALASHUVI VA KOGNITIV FUNKSIYALAR BILAN BOG‘LIQLIGI
Annotatsiya: Ushbu maqolada inson miya po‘stlog‘ining Brodmann zonalari asosida morfologik tuzilishining differensialashuvi va bu zonalarning kognitiv funksiyalar bilan bog‘liqligi yoritilgan. Har bir zonaning histologik xususiyatlari, neyron qatlamlari, ularning zichligi va funksional ixtisoslashuvi haqida batafsil ma’lumot berilgan. Brodmann zonalarining zamonaviy neyrovizualizatsiya texnologiyalari yordamida o‘rganilishi, ularning tibbiyotda, ayniqsa, nevrologiya va psixiatriyada qo‘llanishi haqida tahlillar keltirilgan.
MORPHOLOGICAL VARIANTS OF THE CIRCLE OF WILLIS AND THEIR ROLE IN ISCHEMIC STROKE RISK
Abstract: The Circle of Willis is a crucial arterial anastomosis located at the base of the brain. It ensures redundancy in cerebral circulation, maintaining perfusion in case of vascular occlusion. However, only a minority of individuals have a complete and symmetric Circle of Willis. The high prevalence of morphological variants—such as hypoplasia or absence of component arteries—may compromise cerebral collateral capacity. This article reviews the anatomical configurations of the Circle of Willis, evaluates their embryological origins, and explores their implications in ischemic stroke vulnerability.
METHODS FOR CREATING NETWORKS SUPPORTING ARTIFICIAL INTELLIGENCE USING CLOUD TECHNOLOGIES
Abstract: The rapid advancement of Artificial Intelligence (AI) has transformed industries, enabling advanced data processing, predictive analytics, and automation. However, the computational demands of AI workloads, particularly for training large-scale models like deep neural networks, require robust and scalable network infrastructures. Cloud technologies have emerged as a cornerstone for building such networks, offering flexibility, scalability, and cost-efficiency. This article explores the methods for creating networks that support AI applications using cloud technologies, addresses associated challenges, and proposes solutions. It also incorporates mathematical formulations to quantify key aspects of network performance and resource allocation. The integration of cloud computing with AI enables organizations to leverage distributed resources, high-performance computing (HPC), and specialized hardware like GPUs and TPUs. However, challenges such as latency, data privacy, and resource optimization must be addressed to ensure efficient AI network performance. This article provides a detailed examination of these methods, supported by formulas and practical solutions.
USE OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN CYBERSECURITY: POSSIBILITIES OF PREDICTING RISKS
Abstract: The proliferation of cyber threats in the digital age has made cybersecurity a critical concern for organizations worldwide. As cyberattacks grow in sophistication, traditional security measures struggle to keep pace with the volume and complexity of threats. Artificial Intelligence (AI) has emerged as a transformative technology in cybersecurity, particularly in predicting risks before they materialize into breaches. AI-driven solutions leverage machine learning (ML), deep learning (DL), and other advanced algorithms to analyze vast datasets, detect anomalies, and forecast potential vulnerabilities. This article explores the possibilities of using AI to predict cybersecurity risks, addresses associated challenges, proposes solutions, and provides mathematical formulations and algorithms to support these methods. AI’s predictive capabilities enable organizations to proactively mitigate risks by identifying patterns in network traffic, user behavior, and system vulnerabilities. From detecting phishing emails to anticipating ransomware attacks, AI enhances the speed and accuracy of threat detection, reducing the mean time to respond. However, challenges such as adversarial attacks, data quality, and ethical considerations must be addressed to ensure effective implementation. This article provides a comprehensive analysis of AI’s role in risk prediction, supported by practical solutions, case studies, and algorithmic frameworks.
FUNDAMENTALS OF IMPLEMENTING DATA SCIENCE PROJECTS IN THE PYTHON PROGRAMMING LANGUAGE
Abstract: Data Science has become a cornerstone of modern decision-making, enabling organizations to extract actionable insights from vast datasets. Python, with its rich ecosystem of libraries like NumPy, pandas, scikit-learn, and TensorFlow, is the de facto programming language for data science projects due to its versatility, readability, and extensive community support. Implementing data science projects in Python involves a systematic workflow encompassing data collection, preprocessing, modeling, evaluation, and deployment. However, challenges such as data quality, computational efficiency, and model interpretability often arise. This article explores the fundamentals of implementing data science projects in Python, addresses key challenges with practical solutions, and provides mathematical formulations and algorithms to support these methods
ARTIFICIAL INTELLIGENCE ANALYSIS OF BIG DATA COLLECTED THROUGH IOT DEVICES
Abstract: The Internet of Things (IoT) has revolutionized data collection by enabling billions of interconnected devices to generate vast amounts of data, often referred to as big data. These devices, ranging from smart sensors in industrial systems to wearable health monitors, produce high-volume, high-velocity, and high-variety data that require advanced analytical techniques for meaningful insights. Artificial Intelligence (AI), with its capabilities in machine learning (ML), deep learning (DL), and predictive analytics, is uniquely suited to process and analyze IoT-generated big data. This article explores the fundamentals of AI-driven analysis of big data from IoT devices, addressing methods, challenges, solutions, and mathematical formulations to quantify performance and efficiency.
“PAST PERFECT ZAMONIDA BERILGAN INGLIZ TILIDAGI FE’LLARNING ASPEKTUAL VAZIYATLAR TAHLILI VA ULARNING O’ZBEK TILIDA BERILISHI”
Annotatsiya: Inson nutq faoliyatida harakatlarni ifodalashda fe’lning grammatik ma’nolari muhim o’rinni egallaydi. Shu bilan birga, tilshunoslik fanining asosiy yo'nalishlaridan biri bo'lgan aspektologiyada, “fe'lning aspekti”, ya'ni vid (tus), harakat qanday sodir bo'layotgani to'g'risidagi ma'lumot berib, tugallangan (telik) va tugallanmagan (atelik) turlari farqlanadi. Maqolada ingliz tilining “Past Perfect (o'tgan tugallangan)” zamoniga oid jumlalar olingan bo'lib, ularning tugallanganlik/tugallanmaganlik xususiyatlari tahlil qilinadi. Buning ustiga bu jumlalarning o'zbek tiliga tarjima variantlari ham solishtirma tahlil qilingan. Tadqiqot materiali sifatida “J.K. Rowlingning "Harry Potter and the Sorcerer's Stone" romani tanlanib, o'tgan tugallangan zamon jumlalari telik va atelik aspektlariga ajratilib, ularning ingliz-uzbek tilida ifodalanish mexanizmlari o'rganildi. Natijalarda ingliz tilida Past Perfect Simple ning deyarli doim telik aspektli ekanligi, atelik aspektli tugallangan o’tgan zamon esa juda kam miqdorda aniqlangan. Masalaning mazkur jihatlari ikkala tilga oid misollar orqali yoritilgan
LANGUAGE AND SPEECH LEVELS
Language is not just a system of grammar and vocabulary, but a versatile tool that adapts to social contexts. A key element in effective communication is the ability to shift between different speech levels—ways of speaking that match the formality, setting, and social relationship between speakers. Understanding these levels is crucial not only in sociolinguistics but also in language education and intercultural communication.
“QUTADGU BILIG”DAGI FRAZEMALARNING SEMANTIK TASNIFI
Annotatsiya
Maqolada “Qutadg‘u bilig”ning ilk badiiy doston, olam manzarasi obrazli, ta’sirchan ifodalangan matn sifatidagi xususiyatlari tavsiflangan. Asar matnidagi frazemalarning semantik tasnifi keltirilgan. Xalq e’tiqodi, dunyoqarashi, inson tafakkuri, dunyoqarashi, ruhiyatini ifodalashdagi ahamiyati ko‘rsatilgan. Frazemalarning barqaroor birikma sifatida ko‘chma ma’noga asoslanishi, kognitiv konnotatsiyani namoyon qilishi misollar orqali tahlil qilingan. Pandnoma matnidagi frazemalarning hozirgi o‘zbek adabiy tiliga munosabati ko‘rsatilgan. Frazemalar tahlili asosida Yusuf Xos Hojibning til imkoniyatlaridan foydalanish, iboralarni qo‘llash mahorati ochib berilgan. Tarixiy frazemalarni tahlil qilishning ahamiyati, tilning tarixiy taraqqiyotini aks ettirishdagi o‘rni, madaniy qadriyatlarni aks ettirish imkoniyatlari asoslab berilgan.
EMOTIONAL STATES IN INDIVIDUALS DURING FOREIGN LANGUAGE ACQUISITION
Foreign language acquisition is a complex process that is deeply interwoven with emotional experiences. This paper investigates the emotional states that arise in learners during the process of acquiring a foreign language, highlighting both positive and negative emotional responses. Through the analysis of recent statistical data and psychological theories, the paper emphasizes the significant role of affective factors—such as anxiety, motivation, and self-confidence—in language learning success. The article also reviews empirical studies and proposes recommendations for educators to foster emotionally supportive environments in language classrooms
CREATION OF A SECURE PAYMENT SYSTEM INTEGRATED WITH ARTIFICIAL INTELLIGENCE USING BLOCKCHAIN TECHNOLOGY BASED ON JAVA
Abstract: The rise of digital payments has transformed commerce, enabling seamless transactions across the globe. However, security concerns such as fraud, data breaches, and unauthorized access pose significant challenges. Blockchain technology, with its decentralized and immutable ledger, offers a robust foundation for secure payment systems. When integrated with Artificial Intelligence (AI), blockchain-based payment systems can leverage predictive analytics, anomaly detection, and fraud prevention to enhance security and efficiency. Java, with its robust libraries and cross-platform capabilities, is an ideal programming language for implementing such systems. This article explores the creation of a secure payment system integrated with AI using blockchain technology, implemented in Java, addressing methods, challenges, solutions, mathematical formulations, and key algorithms.
SECURE PLACEMENT OF WEB APPLICATIONS IN CLOUD SYSTEMS AND THEIR INTEGRATION WITH CI/CD
Abstract: The proliferation of cloud computing has transformed the deployment of web applications, offering scalability, flexibility, and cost-efficiency. Platforms like Amazon Web Services (AWS), Microsoft Azure, and Google Cloud Platform (GCP) provide robust infrastructure for hosting web applications. However, securing these applications in the cloud is critical due to increasing cyber threats such as data breaches, DDoS attacks, and unauthorized access. Integrating Continuous Integration/Continuous Deployment (CI/CD) pipelines enhances development efficiency but introduces additional security challenges. This article explores the methods for securely placing web applications in cloud systems and integrating them with CI/CD pipelines, addressing challenges, proposing solutions, and providing mathematical formulations and algorithms to ensure robust implementation.
TECHNICAL ASPECTS OF CREATING AN EFFECTIVE PROGRAM FOR IOT DEVICES WITH ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN PYTHON
Abstract: The Internet of Things (IoT) has transformed industries by enabling interconnected devices to collect, process, and share data in real-time. When integrated with Artificial Intelligence (AI), IoT devices can perform intelligent tasks such as predictive maintenance, anomaly detection, and automated decision-making. Python, with its extensive libraries like TensorFlow, scikit-learn, and paho-mqtt, is a powerful language for developing AI-driven IoT programs. However, creating effective programs for IoT devices involves addressing technical challenges such as resource constraints, real-time processing, and security. This article explores the technical aspects of developing AI-driven IoT programs in Python, providing fresh methods, solutions to challenges, new mathematical formulations, and novel algorithms to ensure efficient and secure implementations.
METHODS FOR ANALYZING REAL-TIME WEB USERS USING ARTIFICIAL INTELLIGENCE
Abstract: In today’s digital era, businesses and organizations heavily rely on web-based platforms to reach, engage, and convert their audience. Understanding user behavior in real time has become a critical aspect of decision-making for marketing, design, cybersecurity, and performance optimization. The evolution of Artificial Intelligence (AI) has enabled more sophisticated, accurate, and scalable analysis of real-time web user interactions. By leveraging machine learning, deep learning, and natural language processing, AI systems can detect patterns, predict user actions, personalize experiences, and identify anomalies—often within milliseconds. This paper explores the main methods and technologies used for analyzing real-time web users through AI, highlighting technical strategies, tools, and use cases.
TALABALAR UCHUN RAQAMLI TO`LOV VOSITALARINI O`RGANISH – MOLIYAVIY BARQARORLIK SARI QADAM
Annotatsiya. Ushbu maqolada raqamli to‘lov vositalarining rivojlanish istiqbollari va ularning zamonaviy jamiyatga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Xavfsizlik, tranzaksiyalar tezligi, qulaylik va foydalanish soddaligi kabi asosiy jihatlar batafsil tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda naqd pulsiz to‘lovlar va o‘tkazmalarni amalga oshirish imkonini beruvchi raqamli to‘lov vositalarini o`rganishga qaratilgan. Shuningdek, bu tizimlar kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylangani va moliyaviy tranzaksiyalarni yanada qulay va mavjud holga keltirgani ta’kidlab o‘tiladi. Mavjud to‘lov tizimlariga umumiy nazar tashlanib, ularning kamchiliklari tahlil qilinadi hamda kelgusida ularni yanada yaxshilash va innovatsion rivojlantirish yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada raqamli to‘lov tizimlarining asosiy afzalliklari – foydalanish qulayligi, bank o‘tkazmalarini amalga oshirish vaqtining qisqarishi, dunyoning istalgan nuqtasiga to‘lovlar yuborish imkoniyati va operatsiyalar shaffofligi kabi jihatlar yoritib beriladi. Raqamli to‘lov vositalaridan talaba va yoshlar ortasida yuzga kelayotgan muammolar tahlil qilinadi. Talabalar raqamli to`lov vositalarini o`rganish orqali ayrim moliyaviy jarayonlarda faol bo`lishi hisob raqamdagi pullarni hech qanday qiyinchiklarsiz boshqarish ko`nikmasini o`zlarida shakillantirishadi. Ushbu maqola raqamli to‘lov tizimlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini yaxshiroq tushunishga va ularning zamonaviy jamiyatdagi o‘rnini baholashga yordam beradi.
KEKSA VA QARI YOSHDAGI BEMORLARDA GONARTROZNING KLINIK-IMMUNOLOGIK TAVSIFI, KASALLIK KECHISHINING XUSUSIYATLARI
Annotatsiya. Ushbu maqolada keksa va qari yoshdagi bemorlarda gonartroz kasalligining klinik va immunologik xususiyatlari o‘rganildi. Tadqiqot davomida 82 nafar bemorda kasallik bosqichlari klinik simptomlar va immunologik markerlar asosida baholandi. Natijalarga ko‘ra, yallig‘lanish bilan bog‘liq sitokinlar (IL-1β, IL-6, TNF-α) darajasi oshgan, IL-10 darajasi esa pasayganligi aniqlanib, surunkali yallig‘lanish jarayonlarining kasallik kechishida muhim o‘rin tutishi tasdiqlandi. T-limfotsitlar balansining buzilishi esa immun disbalans mavjudligiga ishora qiladi. Shunday qilib, gonartrozning kechishi va og‘irligi organizmning immun holati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu kasallikni davolashda immunologik yondashuv zarurligini ko‘rsatadi.
QALQONSIMON BEZ PATOLOGIYASI BO‘LGAN BEMORLARDA IMMUN HOLAT O‘ZGARISHLARIGA OLIB KELUVCHI OMILLAR VA ULARNING KLINIK AHAMIYATI
Annotatsiya. Ushbu maqolada qalqonsimon bez kasalliklari mavjud bemorlarda immun statusdagi o‘zgarishlar, ularning sabablari va kasallik shakllari bilan bog‘liqligi chuqur tahlil etilgan. Tadqiqot davomida Basedov kasalligi, autoimmun tireoidit va gipotiroidizmga chalingan bemorlarda immunologik markerlar, jumladan, IL-6, TNF-α, IL-10, CD4+/CD8+ hujayra nisbati va autoantitelolar darajalari o‘rganilgan. Natijalar yallig‘lanish sitokinlari va autoantitelolar miqdorining oshishi bilan kasallik og‘irligining ortishi o‘rtasida aniq korrelyatsiya mavjudligini ko‘rsatdi. Shuningdek, immun disbalans kasallik patogenezida muhim rol o‘ynashi, diagnostik va terapevtik yondashuvlarni tanlashda asos bo‘lishi mumkinligi ta’kidlandi.
UCH YOSHLI BOLALAR TARBIYASIGA PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR
Annotatsiya: Bola uch yoshga qadam qo‘yganda jismoniy o‘sishi bir qadar sekinlashadi. Ulardagi mustaqillik ortib boradi, xissiyot hamda sensor idroki rivojlanib boradi. Jamoa bo‘lib oʻynash ko‘nikmalari shakllanadi. O‘yin asosida amalga oshiriladigan mehnat faoliyatini farqlash imkoniyati kengayadi. Tasviriy faoliyat hamda ko‘rish-yasash faoliyatining dastlabki ko‘rinishlari namoyon bo‘ladi.
KO‘P TILLILIKDA O‘ZBEK TILINI O‘ZLASHTIRISH JARAYONI: NEYROPSIXOLOGIK VA NEYROLINGVISTIK YONDASHUVLAR
Annotatsiya. Ushbu maqolada ko‘p tillilik sharoitida o‘zbek tilini o‘zlashtirish jarayonining neyropsixologik va neyrolingvistik jihatlari o‘rganiladi. Til o‘zlashtirishda ishtirok etuvchi miya strukturasi, kognitiv jarayonlar, yosh omili va kod almashtirish holatlari ilmiy nazariy manbalar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy neyrolingvistik tadqiqotlar asosida o‘zbek tilini samarali o‘rgatish uchun tavsiyalar ilgari suriladi.
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA TASVIRIY SAN’ATGA QIZIQISHLAR SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Annotatsiya: Mazkur ilmiy ishda maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy san’atga bo‘lgan qiziqishlarning psixologik xususiyatlari har tomonlama tahlil qilingan. Bugungi globallashuv va ta’lim islohotlari sharoitida estetik tarbiyaning o‘rni, tasviriy faoliyatning bola psixikasi va shaxsiy rivojlanishiga ko‘rsatadigan ta’siri chuqur asoslab berilgan. Tadqiqotda maktabgacha yoshdagi bolalarning estetik didi, obrazli tafakkuri, sensor qobiliyatlari va ijodiy salohiyatining shakllanishida tasviriy san’atning ahamiyati psixologik va pedagogik nuqtai nazardan yoritilgan. L.S. Vygotskiy, A. Maslow, E. Erikson kabi g‘arb olimlari va O‘zbekistonlik olimlar Sh.X. Azizov, M.R. Abduqodirovlarning nazariy qarashlari asosida bolalarning tasviriy faoliyat orqali o‘zini ifodalash, hissiy dunyosini ochib berish, axloqiy, estetik va ijodiy fazilatlarini shakllantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, oilaning, tarbiyachining va muhitning bola san’atga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishdagi o‘rni ilmiy yondashuv asosida ochib berilgan.
O‘QUVCHILARDA QADRIYAT YO‘NALGANLIGINING PSIXOLOGIK JIHATLARI
Annotatsiya: Maqolada maktab o‘quvchilarida qadriyat yo‘nalganligining psixologik jihatlari tahlil etilib, qadriyatlarni yo‘nalganligida ota-ona va pedagogning va maktab psixologining o‘rni haqida fikr bildirilgan, shuningdek qadriyatlar yo‘nalganlgini rivojlantirishdagi mavjud kamchilik va muammolar tahlil qilingan. Buhungi kunda maktablarda o‘quvchilarida qadriyatlarni rivojlanishida zarur bo‘lgan samarali psixologik, pedagogik texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlari, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning yutuq va kamchiliklari haqida fikrlar ham keltirib o‘tilgan. Ota-onalar va pedagoglarning o‘quvchilarda qadriyatlar yo‘nalganligini rivojlantirish bo‘yicha olib borayotgan ishlari ochib berilgan.
INFOSTRESSNI KELTIRIB CHIQARUVCHI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLAR
Annotatsiya: Mobil telefonlardan foydalanish tobora keng tarqalmoqda va talabalarning mobil telefonlarda foydalanish vaqti tobora ko‘payib bormoqda, shuning uchun mobil telefonlardan kelib chiqadigan psixologik muammolarga e’tibor berish zarur va dolzarb bo‘lib qoldi. Ushbu maqolada smartfon ilovalarining talabalarning ruhiy salomatligiga ta’siri tahlil qilinadi. Ushbu maqolada haddan tashqari mobil qurilmadan ko‘p foydalanish yoki noto‘g‘ri foydalanish talabalarda tashvish va depressiya kabi psixologik muammolarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlangan. Shunga asoslanib, ushbu maqola jamiyat mobil telefonlardan to‘g‘ri foydalanish uchun tegishli choralarni oshirishi kerakligini ko‘rsatadi.
ADVANTAGES OF USING MACHINE LEARNING MODELS IN MOBILE APPLICATIONS: A SMART SOLUTION TO INTELLIGENT USER EXPERIENCE
Abstract: In the age of smart devices, mobile applications have become an integral part of everyday life. From healthcare to finance, education to entertainment, users rely on mobile apps for personalized, fast, and accurate services. However, a growing concern in app development is how to make applications more intelligent, adaptive, and user-centric without compromising speed or resource efficiency.
KANALLAR VA SUG‘ORISH TARMOQLARINI BETONLASHTIRISHNING AHAMIYATI TAHLILI
Annotatsiya: Taklif etilgan matematik modellar va analitik bog’lanishlar kanal sirtiga beton qoplama yotqizadigan mashinani takomillashtirish va ishchi qismlarining parametrlarini aniqlashga asos bo’lgani hamda boshqa shunga o’xshash ish organlari parametrlarini asoslashda foydalanish imkoni mavjudligi tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyatini belgilaydi. Tavsiya etilayotgan yangi takomillashtirilgan energiya va resurstejamkor ishchi jihoz sarflanadigan quvvatni kamaytirish bilan samaradorlik oshiriladi.
ELEKTR MASHINALARI VA YURITMALARI” FANINI O‘QITISHDAGI INNOVAT-SIYALAR VA ILG‘OR XORIJIY TAJRIBALARNING PEDAGOGIK TAHLILI
Annotatsiya: Ta’lim tizimida, pedagog kadrlarning kasb mahorati sifati va saviyasini uzluksiz yuksaltirish, xorijda pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va stajirovkasini o‘tkazish, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini PhD va magistratura dasturlari bo‘yicha o‘qitish, o‘quv jarayonlariga yuqori malakali xorijiy olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarni keng jalb qilish maqsadli.
OLIY TA’LIM TIZIMIDA DARSLARIDA TALABALARNING AXBOROTLAR BILAN ISHLASH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK TAHLILI
Annotatsiya: Ta’lim tizimida axborotlardan foydalanish yuzasidan bir qator ilmiy izlanishlar olib borilgan bo‘lib, ammo talabalarning axborot maydonidagi o‘rni va roli yetarlicha o‘rganilmagan. Zero, ta’lim jarayonining asosiy vazifasi ta’lim oluvchilarga zarur axborot yetkazish, ularning o‘zlashtirilishiga erishish hamda o‘zlashtirilgan axborotlarni qo‘llay olishga o‘rgatishdir.
OLIY TA’LIM TIZIMIDA AXBOROTLAR VA ULARNING MANBALARI BILAN ISHLASH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK TAHLILI
Annotatsiya: Ta’lim tizimida axborotlardan foydalanish yuzasidan bir qator ilmiy izlanishlar olib borilgan bo‘lib, ammo talabalarning axborot maydonidagi o‘rni va roli yetarlicha o‘rganilmagan. Zero, ta’lim jarayonining asosiy vazifasi ta’lim oluvchilarga zarur axborot yetkazish, ularning o‘zlashtirilishiga erishish hamda o‘zlashtirilgan axborotlarni qo‘llay olishga o‘rgatishdir.
TOKLI OʻTKAZGICHLARNING OʻZARO TAʼSIR KUCHI
Annotatsiya: Tokli o‘tkazgichlarning o‘zaro ta’sir kuchi elektr va magnit maydonlar nazariyasida muhim o‘rin tutadi. Elektr tokini o‘tkazuvchi o‘tkazgichlar orasidagi o‘zaro ta’sir kuchlari elektromagnit kuchlar deb ataladi. Bu kuchlar o‘tkazgichlarda oqayotgan toklarning magnit maydonlari orqali yuzaga keladi va bu maydonlar o‘tkazgichlar orasidagi kuchlanish va kuch ta’sirlarini belgilaydi.
METALLARNING QIRRALARIGA ISHLOV BERIB PAYVANDLASH JARAYONIGA TAYYORLASH
Annotatsiya: Metallarning qirralariga ishlov berib payvandlash jarayoniga tayyorlash metallurgiya va sanoat sohasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan jarayonlardan biridir. Bu jarayon metallarning sifatli va mustahkam payvandlanishini ta’minlash uchun amalga oshiriladi. Metallarning qirralarini tayyorlash jarayoni payvandlash sifatini oshirish, metallarning birikish qobiliyatini yaxshilash, shuningdek, keyingi ishlov berish bosqichlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olish maqsadida bajariladi.
ABDULLA AVLONIY ASARLARIDA KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING O‘RNI
Annotatsiya. Ushbu maqolada Abdulla Avloniy asarlarida kitobxonlik madaniyatini shakllantirishning oʻrni oʻrganiladi. Avloniy oʻz asarlarida ilm-maʼrifatning inson va jamiyat uchun ahamiyatini taʼkidlab, yoshlarni kitobga mehr qoʻyishga, ilmni qadrlashga va axloqiy fazilatlarni rivojlantirishga undagan. Uning pedagogik qarashlari, axloqiy tarbiya va ilmga boʻlgan muhabbati bugungi kunda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. O‘zi ochagn maktablar uchun yozgan darsliklari yosh avlodni ilmga, axloqga va kitobga mehr qoʻyishga undagan. Shuningdek, Avloniy 1909-yilda tashkil etgan "Jamiyati xayriya" uyushmasi orqali kambagʻal oilalarning bolalariga bepul taʼlim, kiyim-bosh va oʻquv jihozlari taqdim etildi. Bu tashabbus kitobxonlik madaniyatini keng ommaga tarqatishga xizmat qildi.
XORIJ MAMLAKATLARI VA YURTIMIZDA KITOBXONLIK AHAMIYATI
Annotatsiya. Mazkur maqolada kitobxonlikning bugungi kundagi o‘rni, uning jahon hamda yurtimizdagi ahamiyati, xorij mamlakatlari va jamiyatimizda unga qaratilayotgan e’tibor haqida bayon etilgan. Shuningdek, ushbu maqolada Jahon hamjamiyati va xalqaro tashkilotlar tomonidan kitobga bo‘lgan munosabat hamda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda kutubxonalar haqida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.
ATIPIK MIKROFLORA ETIOLOGIYALI O'TKIR OBSTRUKTIV BRONXITLAR: ZAMONAVIY MUAMMOLARGA QARASHLAR
O'tgan asrning o'rtalaridan boshlab atipik qo'zg'atuvchilari deb ataladigan qo'zg'atuvchilar - mikoplazma va xlamidiya asosiy patogenlardan biri hisoblanib kelmoqda. "Atipik" atamasi dastlab pulmonologiyada paydo bo'lgan va keyinchalik tibbiyotning boshqa sohalarida ildiz otgan. Ular penitsillin antibiotiklari bilan an'anaviy davolanishga yaroqsiz bo'lgan odatiy klinik alomatlarsiz (kam klinik, rentgenologik, auskultativ va laborator parametrlar bilan) aniqlanadigan kasalliklar edi [3,4,5].