Authors

  • Abdurakhmonov Eldor Absalomovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.114326

Keywords:

Kalit soʻzlar: tahlil metodlari strategik rejalashtirish korporativ boshqaruv prinsiplari loyiha sikllari logistik risklar.

Abstract

Annotatsiya:  Mazkur  maqolamizda    “XK  “TAEWOONG”  MCHJ    misolida  aksiyadorlik  jamiyatlarida  kuzatuv  kengashlari  faoliyatini  tahlil  qilish  va    iqtisodiy jihatlarini  baholashga    bag‘ishlangan.  Zamonaviy  biznesdagi  tez  o‘zgarishlar sharoitida  ushbu  tadqiqotning  dolzarbligi  kompaniyalarning  barqaror  rivojlanishini ta’minlash uchun loyiha boshqaruvining samarali faoliyat yuritishi zaruratdir. 


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-1_June-2025

119

119

XK “TAEWOONG” MCHJ NI KENGAYTIRISH UCHUN LOYIHA

BOSHQARUVI STRATEGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI

Abdurakhmonov Eldor Absalomovich

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

Abdurakhmonov-Eldor@gmail.com

Annotatsiya:

Mazkur maqolamizda “XK “TAEWOONG” MCHJ misolida

aksiyadorlik jamiyatlarida kuzatuv kengashlari faoliyatini

tahlil qilish va iqtisodiy

jihatlarini baholashga bag‘ishlangan. Zamonaviy biznesdagi tez o‘zgarishlar
sharoitida ushbu tadqiqotning dolzarbligi kompaniyalarning barqaror rivojlanishini
ta’minlash uchun loyiha boshqaruvining samarali faoliyat yuritishi zaruratdir.

Kalit soʻzlar:

tahlil metodlari, strategik rejalashtirish, korporativ boshqaruv

prinsiplari, loyiha sikllari,

logistik risklar.

Annotation:

In this article, on the example of “CC “TAEWOONG” LLC, it is

devoted to analyzing the activities of supervisory boards in joint stock companies and
assessing their economic aspects. The relevance of this research in the context of rapid
changes in modern business is the need for effective project management to ensure the
sustainable development of companies.

Keywords:

analysis techniques, strategic planning, principles of corporate

governance, project cycles, logistic risks.

KIRISH

Zamonaviy iqtisodiy rivojlanish sharoitida kichik va o‘rta biznes subyektlarining

raqobatbardoshligini ta’minlash va ularning barqaror o‘sishini rag‘batlantirishda
loyiha boshqaruvi strategiyasining samarali ishlab chiqilishi va qo‘llanilishi alohida
ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, logistika yo‘nalishida faoliyat yurituvchi korxonalar
uchun bu jihat strategik ahamiyatga ega bo‘lib, ularning o‘sish sur’atlari, xizmatlar
sifati va bozordagi mavqeyi to‘g‘ridan-to‘g‘ri loyiha boshqaruvi tizimining darajasiga
bog‘liq[1]. XK “TAEWOONG” MCHJ misolida olib borilgan amaliy tahlillar asosida
aniqlanishicha, mavjud boshqaruv strategiyasi kengayish jarayonlarida ko‘plab
to‘siqlarga duch kelmoqda. Shu sababli, korxona faoliyatini yanada rivojlantirish va
kengaytirish uchun maxsus moslashtirilgan, integrallashgan loyiha boshqaruvi
strategiyasini ishlab chiqish zarurdir.

ADABIYOTLAR SHARHI

Xk “TAEWOONG” MCHJ ni kengaytirish uchun loyiha boshqaruvi

strategiyalarini takomillashtirish yo‘llari bo'yicha zamonaviy tadqiqotlarda bir qator
yangi yondashuvlar ilgari surilmoqda. Xususan, Azamatova va Ibragimova (2022)


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-1_June-2025

120

120

rahbarlik uslublarini tasnif etishda uchta asosiy mezonni ajratib ko'rsatadilar: qarorlar
qabul qilish jarayoniga jamoa a'zolarini jalb etish darajasi, rahbarning nazorat
funksiyasini amalga oshirish xususiyati va kommunikatsiya yo'nalishlari.
Mualliflarning ta'kidlashicha, zamonaviy sharoitda rahbarlik uslublarini tanlashda
tashkilot faoliyat ko'rsatayotgan soha, tashkilotning hayotiy sikli bosqichi, jamoa
a'zolarining professional tayyorgarligi darajasi va tashqi muhit o'zgaruvchanligi kabi
omillarni hisobga olish lozim.

O'zbekistonlik olim Karimov (2023) loyiha boshqaruvi strategiyalarini

takomillashtirish yo‘llarini o'rganishda yangicha yondashuv taklif etadi. U loyiha
boshqaruvi strategiyalarini takomillashtirish uslublarini ikkita asosiy o'lchovda
tasniflaydi: jamoaga yo'naltirilganlik (people-oriented) va vazifaga yo'naltirilganlik
(task-oriented). Muallifning fikricha, samarali loyiha boshqaruvchisi ya’ni rahbar bu
ikki yo'nalishni muvozanatli ravishda uyg'unlashtirishni bilishi lozim. Karimov
tadqiqotida O'zbekistondagi loyiha boshqaruvida rahbarlik uslublarining milliy
xususiyatlarini ham tahlil qilib, ularning shakllanishiga milliy mentalitet, an'analar va
qadriyatlar tizimi sezilarli ta'sir ko'rsatishini aniqlagan.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Tadqiqot jarayonida mamlakatimizda XK “TAEWOONG” MCHJ ni kengaytirish

uchun loyiha boshqaruvi strategiyalarini takomillashtirish faoliyatini tahlil qilish va
investitsion jarayonlarni o’rgangan holda ularni baholash, taqqoslash,parallel tahlil
metodlari asosida korxona o’rganildi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Hozirgi iqtisodiy rivojlanish sharoitida kichik va o‘rta biznes subyektlarining

raqobatbardoshligini ta’minlash va ularning barqaror o‘sishini rag‘batlantirishda
loyiha boshqaruvi strategiyasining samarali ishlab chiqilishi va qo‘llanilishi alohida
ahamiyat kasb etadi[1]. Ayniqsa, logistika yo‘nalishida faoliyat yurituvchi korxonalar
uchun bu jihat strategik ahamiyatga ega bo‘lib, ularning o‘sish sur’atlari, xizmatlar
sifati va bozordagi mavqeyi to‘g‘ridan-to‘g‘ri loyiha boshqaruvi tizimining darajasiga
bog‘liq. XK “TAEWOONG” MCHJ misolida olib borilgan amaliy tahlillar asosida
aniqlanishicha, mavjud boshqaruv strategiyasi kengayish jarayonlarida ko‘plab
to‘siqlarga duch kelmoqda. Bu strategiya quyidagi asosiy komponentlar asosida
shakllanishi lozim:

1. Strategik rejalashtirish va maqsadli indikatorlar tizimini joriy etish:

Loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun avvalo aniq, o‘lchovli, erishilishi
mumkin bo‘lgan, dolzarb va vaqt bilan cheklangan (SMART) maqsadlar tizimini ishlab
chiqish zarur.




background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-1_June-2025

121

121

1-jadval. XK “TAEWOONG” MCHJ sharoitida asosiy ko‘rsatkichlar[2]

Indikator nomi

2025 y. reja (%) 2026 y. reja (%) O‘sish sur’ati (%)

Yangi logistika yo‘nalishlari soni

100

150

+50%

Mijozlar sonining o‘sishi

100

135

+35%

Yetkazib berish tezligining o‘sishi

100

120

+20%

Rentabellik ko‘rsatkichi

100

130

+30%


Bu kabi ko‘rsatkichlar loyiha monitoringi va baholash jarayonlarida muhim

ahamiyat kasb etadi.


2. Agile yondashuvi asosida moslashuvchan boshqaruv tizimini joriy qilish:

Kichik korxonalar tez o‘zgaruvchan tashqi muhitga moslashish qobiliyatini oshirishlari
lozim. Shu sababli “Agile” yondashuvi asosida loyihalarni bosqichma-bosqich
rejalashtirish, doimiy tahlil va qayta yo‘naltirish imkonini beruvchi tizim joriy qilinadi.
Bu esa:

qarorlar qabul qilishda shaffoflikni oshiradi;

jamoa a’zolari o‘rtasidagi muloqotni kuchaytiradi;

mijozlar ehtiyojlarini tezkor hisobga olishga yordam beradi;

loyiha sikllarini qisqartiradi[3].

3.

Moliyaviy

resurslar

va

byudjetni

boshqarish

mexanizmini

takomillashtirish:

Loyihalarni kengaytirish bosqichida moliyaviy resurslardan

samarali foydalanish masalasi muhim o‘rin tutadi. XK “TAEWOONG” MCHJ uchun
quyidagi moliyaviy strategiyalar tavsiya etiladi:

Har bir loyiha uchun alohida byudjet planini ishlab chiqish;

Xarajatlar tahlili va normativ asosli rejalashtirishni joriy qilish;

Har oylik va choraklik moliyaviy monitoring hisobotlarini yuritish;

Ichki audit tizimini faollashtirish.

Shuningdek, loyiha samaradorligini aniqlashda NPV (Net Present Value), IRR

(Internal Rate of Return), va Payback Period kabi zamonaviy moliyaviy tahlil
usullaridan foydalanish zarur[4].

4. Inson resurslarini boshqarish va loyiha jamoasini shakllantirish:

Loyiha

boshqaruvi samaradorligi ko‘p jihatdan malakali va motivatsiyalangan jamoaga
bog‘liq. Shu sababli:

loyiha menejerlari va ishtirokchilariga sertifikatlashtirilgan kurslar orqali

malaka oshirish;

KPI tizimi asosida rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish;

samarali kommunikatsiya va rol taqsimotini ta’minlash lozim[5].

5. Axborot texnologiyalarini tatbiq etish va raqamli boshqaruv tizimlari:

Zamonaviy IT echimlaridan foydalanish korxonaning raqobatbardoshligini oshiradi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-1_June-2025

122

122

XK “TAEWOONG” MCHJ sharoitida quyidagilar tavsiya qilinadi:

MS Project, Asana yoki Trello kabi loyihalarni boshqarish vositalarini joriy

etish;

ERP tizimlari yordamida resurslar boshqaruvini avtomatlashtirish;

Real vaqt rejimida hisobotlar va vizual tahlillarni tuzish imkonini beruvchi BI

(Business Intelligence) dasturlarini qo‘llash[6].

6. Risklarni aniqlash, tahlil qilish va boshqarish tizimini shakllantirish:

Loyiha jarayonida yuzaga keladigan xavf-xatarlarni oldindan prognozlash va ularni
bartaraf etish mexanizmlari ishlab chiqilishi lozim. Tavsiya etiladigan risk-boshqaruv
strategiyalari:

SWOT va PESTLE tahlillarini amalga oshirish;

har bir loyiha uchun alohida risk xaritasi yaratish;

ehtimollik va ta’sir darajasi asosida risklarni baholash va prioritetlashtirish[7].

Yuqoridagi tahlillar asosida shuni ta’kidlash joizki, kichik logistika korxonasining

kengayishida loyiha boshqaruvi strategiyasining muvofiqligi va mukammalligi asosiy
omillardan biri hisoblanadi. XK “TAEWOONG” MCHJ uchun ishlab chiqilgan
strategik model real iqtisodiy sharoitlarga moslashtirilgan, zamonaviy boshqaruv
yondashuvlariga tayangan holda loyihalarning samarali amalga oshirilishiga xizmat
qiladi[8]. Strategiyaning asosiy afzalligi — bu moslashuvchanlik, moliyaviy nazorat,
texnologik

innovatsiyalar

va

inson

kapitalidan

oqilona

foydalanishni

uyg‘unlashtirishidadir.[9]

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, loyiha boshqaruvi strategiyalarining puxta ishlab

chiqilishi va amaliyotda joriy qilinishi, nafaqat korxona darajasida barqaror
rivojlanishni ta’minlaydi, balki milliy iqtisodiyotning kichik biznes segmentidagi
umumiy o‘sish sur’atlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Kichik logistika
korxonasi – xususan, XK “TAEWOONG” MCHJ misolida – bu kabi strategik
yondashuvlar orqali o‘z xizmat doirasini kengaytirishi, yangi bozor segmentlariga
chiqishi va mijozlar ehtiyojini yuqori darajada qondira olishi mumkin[10].

Ushbu maqolamiz davomida biz ilg‘or xalqaro tajriba va ilmiy fikrlarga tayangan

holda O‘zbekiston sharoitida duch keladigan noyob muammolarni o‘rganib,kichik
korhonalar tizimida logistika boshqaruvining nozik jihatlarini o‘rgandik.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Abdukarimov, A. (2020). Loyiha boshqaruvi asoslari va metodlari. Toshkent:

Universitet nashriyoti.

2.

Andersen, E. S. (2016). Rethinking Project Management: An Organisational

Perspective. Pearson Education.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-1_June-2025

123

123

3.

Агапов, В. И. (2019). Проектный менеджмент: теория и практика. Москва:

Юрайт.

4.

Binder, J. (2019). Global Project Management: Communication, Collaboration

and Management Across Borders. Routledge.

5.

Boboyev, J. (2021). Logistika menejmenti va korxona faoliyati. Toshkent:

Iqtisod fanlari nashri.

6.

Cleland, D. I., & Ireland, L. R. (2006). Project Management: Strategic Design

and Implementation. McGraw-Hill.

7.

Давыдов, С. В. (2021). Риск-менеджмент в проектной деятельности.

Москва: КНОРУС.

8.

Ergashev, S. (2018). Loyiha boshqaruvi va iqtisodiy samaradorlik. Toshkent:

Ilmiy nashrlar.

9.

.Федоров, А. С. (2019). Управление проектами в условиях

неопределенности. Москва: Инфра-М.

10.

Ungboyevich, M. O. K. (2024). APPLICATION OF DIGITAL PLATFORMS

IN

THE

STATISTICAL

SYSTEM

BASED

ON

INTERNATIONAL

EXPERIENCE.

European Journal of Economics, Finance and Business

Development

,

2

(7), 16-23.

References

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

Abdukarimov, A. (2020). Loyiha boshqaruvi asoslari va metodlari. Toshkent: Universitet nashriyoti.

Andersen, E. S. (2016). Rethinking Project Management: An Organisational Perspective. Pearson Education.

Агапов, В. И. (2019). Проектный менеджмент: теория и практика. Москва: Юрайт.

Binder, J. (2019). Global Project Management: Communication, Collaboration and Management Across Borders. Routledge.

Boboyev, J. (2021). Logistika menejmenti va korxona faoliyati. Toshkent: Iqtisod fanlari nashri.

Cleland, D. I., & Ireland, L. R. (2006). Project Management: Strategic Design and Implementation. McGraw-Hill.

Давыдов, С. В. (2021). Риск-менеджмент в проектной деятельности. Москва: КНОРУС.

Ergashev, S. (2018). Loyiha boshqaruvi va iqtisodiy samaradorlik. Toshkent: Ilmiy nashrlar.

.Федоров, А. С. (2019). Управление проектами в условиях неопределенности. Москва: Инфра-М.

Ungboyevich, M. O. K. (2024). APPLICATION OF DIGITAL PLATFORMS IN THE STATISTICAL SYSTEM BASED ON INTERNATIONAL EXPERIENCE. European Journal of Economics, Finance and Business Development, 2(7), 16-23.