Authors

  • Xojiakbarova Umidaxon Toxirjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.124173

Keywords:

Kalit so‘zlar: quyosh energiyasi tender mexanizmi tariflar raqobat iqtisodiy samaradorlik O‘zbekiston qayta tiklanuvchi energiya.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu maqolada O‘zbekistonda quyosh energiyasi asosida amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalari va ularni tender mexanizmi orqali joriy etish jarayonining iqtisodiy samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, raqobatbardosh tenderlar orqali taklif etilgan tariflar xalqaro miqyosda eng past ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, bu esa energiya tejamkorligi, tabiiy gaz importini qisqartirish va xizmat sifatining oshishiga olib kelmoqda. Xalqaro investorlar (Masdar, ACWA Power, Voltalia) ishtirokidagi loyihalar asosida tejalgan tabiiy gaz, o‘zini oqlash muddati va operatsion xarajatlar tahlili keltirilgan. Natijalarga asoslangan holda tender baholash mezonlarini kengaytirish va barqaror energetika siyosatini shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–81_Issue-1_July-2025

20

20

QUYOSH ENERGIYASI ASOSIDAGI TENDER

LOYIHALARINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI

BAHOLASH (O‘ZBEKISTON MISOLIDA)

Xojiakbarova Umidaxon Toxirjon qizi

O‘zbekiston respublikasi bank-moliya akademiyasi magistranti

Annotatsiya.

Ushbu maqolada O‘zbekistonda quyosh energiyasi asosida amalga

oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalari va ularni tender mexanizmi orqali joriy etish
jarayonining iqtisodiy samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra,
raqobatbardosh tenderlar orqali taklif etilgan tariflar xalqaro miqyosda eng past
ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, bu esa energiya tejamkorligi, tabiiy gaz importini
qisqartirish va xizmat sifatining oshishiga olib kelmoqda. Xalqaro investorlar (Masdar,
ACWA Power, Voltalia) ishtirokidagi loyihalar asosida tejalgan tabiiy gaz, o‘zini
oqlash muddati va operatsion xarajatlar tahlili keltirilgan. Natijalarga asoslangan holda
tender baholash mezonlarini kengaytirish va barqaror energetika siyosatini
shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

quyosh energiyasi, tender mexanizmi, tariflar, raqobat, iqtisodiy

samaradorlik, O‘zbekiston, qayta tiklanuvchi energiya.

Kirish

So‘nggi yillarda energetika sohasida global tendensiyalar qayta tiklanuvchi

energiya manbalarining jadal rivojlanishini ko‘rsatmoqda. Xususan, quyosh energiyasi
eng tez o‘sayotgan va eng arzon energiya manbasi sifatida e’tirof etilmoqda. Xalqaro
Energetika Agentligi (IEA) hisobotiga ko‘ra, 2023 yilda butun dunyo bo‘yicha
o‘rnatilgan yangi elektr quvvatlarining yarmidan ortig‘i quyosh energetikasi hissasiga
to‘g‘ri kelgan. Xitoy, AQSh, Germaniya, Hindiston kabi davlatlar har yili yuzlab
gigavatt quvvatli quyosh elektr stansiyalarini ishga tushirmoqda. Masalan, 2023 yilda
Xitoyda 217 GW yangi quyosh quvvati o‘rnatilgan bo‘lib, bu AQShning butun mavjud
quyosh parkidan ham katta. Global miqyosda quyosh elektr energiyasi 2022 yilda
umumiy elektr ishlab chiqarishning 4,5 foizini tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich yil
sayin oshib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi ham bu tendensiyalardan chetda qolmay, quyosh

energiyasi sohasida faol islohotlar olib bormoqda. Energetika vazirligi ma’lumotlariga
ko‘ra, 2023 yil oxiriga kelib mamlakatda umumiy quvvati 253 MW bo‘lgan quyosh
elektr stansiyalari faoliyat yuritmoqda. Ammo bu hali mavjud salohiyatning kichik
qismidir. Iqlimiy va geografik sharoitlardan kelib chiqib, O‘zbekistonda yiliga 300
kundan ortiq quyoshli kunlar mavjud bo‘lib, texnik jihatdan yillik quyosh energiyasi
salohiyati 2058 milliard kVt·soatga baholanmoqda. Shunga muvofiq, 2030 yilgacha


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–81_Issue-1_July-2025

21

21

quyosh energiyasi quvvatini kamida 12 GWga yetkazish rejalashtirilgan.

Quyosh loyihalarining moliyalashtirilishi asosan xalqaro investorlar ishtirokidagi

ochiq tenderlar orqali amalga oshirilmoqda. 2021–2023 yillar oralig‘ida Masdar
(BAA), ACWA Power (Saudiya Arabistoni), Voltalia (Fransiya), GD Power (Xitoy)
kabi kompaniyalar ishtirokida jami 19 ta quyosh elektr loyihasi (jami 3977 MW) tender
orqali ajratilgan. Tenderlar orqali taklif etilgan tariflar xalqaro miqyosda rekord
darajadagi past ko‘rsatkichlarga ega bo‘ldi: masalan, Samarqand viloyatidagi loyiha
uchun Masdar kompaniyasi tomonidan taklif etilgan tarif 1,791 sent/kVt·soatni tashkil
qilgan. Bu nafaqat O‘zbekistonda, balki butun mintaqada eng arzon elektr energiyasi
xarid narxlaridan biri hisoblanadi.

Quyosh energiyasi loyihalarining joriy etilishi natijasida O‘zbekistonda nafaqat

energiya ishlab chiqarish quvvatlari oshmoqda, balki iqtisodiy tejamkorlik, tabiiy gazni
tejash, ekologik yuklamaning kamayishi, xizmat sifati va uzluksiz ta’minot darajasida
ham ijobiy natijalar kuzatilmoqda. Masalan, Farg‘ona viloyatida quvvati 500 MW
bo‘lgan yangi quyosh loyihasi yiliga 460 million kub metr tabiiy gazni tejash imkonini
beradi, bu esa xorijiy bozorlarga eksport qilinishi mumkin bo‘lgan katta resursdir.
Bundan tashqari, budjet sohasidagi muassasalarda — maktab, kasalxona, bolalar
bog‘chasi kabi obyektlarda — quyosh panellarining joriy etilishi xizmatlar
uzluksizligini ta’minlashda muhim omil bo‘lib bormoqda.

Shu nuqtai nazardan, ushbu ilmiy maqola quyosh energiyasi asosida tenderlar

orqali amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini
tahlil qilish, xalqaro tajriba bilan taqqoslash va ularning tender siyosatidagi o‘rnini
aniqlashga qaratilgan. Bunda tariflar, tender baholash mezonlari, energiya tejamkorligi
va foydalanuvchi darajasidagi natijalar asosida chuqur tahlil o‘tkaziladi.

Adabiyotlar sharhi

So‘nggi yillarda quyosh energiyasining iqtisodiy samaradorligini baholash va uni

davlat energiya siyosatiga integratsiya qilish masalalari ko‘plab xalqaro va milliy
tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilmoqda. Xalqaro Energetika Agentligi (IEA)
hisobotlarida (2023) qayd etilishicha, quyosh elektr stansiyalari hozirda dunyo
bo‘yicha eng arzon va tez o‘zini oqlovchi energiya manbasiga aylangan. Aynan ushbu
xususiyatlari sababli so‘nggi yillarda quyosh energetikasiga yo‘naltirilayotgan
investitsiyalar hajmi boshqa barcha energiya turlarinikidan oshib ketmoqda.

IRENA (2023) tomonidan taqdim etilgan tahlilga ko‘ra, 2022–2023 yillarda

global quyosh elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati 1 TW (1 000 GW) dan oshgan
bo‘lib, bu salohiyatning 60% dan ortig‘i xususiy investorlar tomonidan
moliyalashtirilgan. Xuddi shunga o‘xshash yondashuv O‘zbekistonda ham qo‘llanilib,
davlat tomonidan yer, kafolat va shartnoma sharoitlari taqdim etilgan holda asosiy
investitsiyalar xalqaro kompaniyalar tomonidan kiritilmoqda (World Bank, 2021; IFC,
2022).


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–81_Issue-1_July-2025

22

22

O‘zbekiston sharoitida quyosh energiyasi loyihalarining iqtisodiy samaradorligini

o‘rganishga doir bir qancha ilmiy ishlarda tejamkorlik, tabiiy gaz importini qisqartirish
va investitsiyalarning o‘zini oqlash muddati asosiy tahlil mezonlari sifatida ko‘rsatib
o‘tilgan. Xususan, UNDP (2020) tomonidan tayyorlangan hisobotda quyosh
panellarini joriy etish orqali har yili minglab kubometr tabiiy gaz tejalishi, xarajatlar
kamayishi va uzoq muddatli iqtisodiy foyda olish imkoniyati asoslab berilgan. Biroq,
mazkur tadqiqot tender tizimi va xalqaro investorlar ishtirokini yetarli darajada
yoritmagan.

Zambiya, Hindiston, Misr kabi davlatlar tajribasi esa tender asosida quyosh

energiyasi loyihalarini amalga oshirish orqali tariflarni keskin pasaytirish
mumkinligini ko‘rsatmoqda (CarbonBrief, 2022; Pew Research Center, 2023).
Ayniqsa, Hindiston tajribasida baholash mezonlari faqat narx bilan cheklanmasdan,
texnik imkoniyatlar, atrof-muhitga ta’sir va lokal ish o‘rinlari yaratish omillari bilan
boyitilgan. O‘zbekistonda esa hozircha tender natijalari asosan eng arzon tarifga
asoslanmoqda, bu esa sifat, mahalliylashtirish va texnologik yangilanishlarni ikkinchi
darajali omilga aylantirishi mumkin.

IFC va Jahon banki tomonidan amalga oshirilgan

Scaling Solar

dasturi

doirasidagi O‘zbekiston tenderlari xalqaro ekspertlar tomonidan eng muvaffaqiyatli va
shaffof tizimlardan biri sifatida e’tirof etilgan (IFC, 2022). Bu holat, o‘z navbatida,
tenderlar orqali kelayotgan yirik investorlar (Masdar, Voltalia, Total Eren, ACWA
Power) ishtirokini barqarorlashtirishda muhim rol o‘ynadi.

Umuman olganda, mavjud adabiyotlar shuni ko‘rsatadiki, quyosh energiyasi

loyihalarini tender asosida amalga oshirish, ularning iqtisodiy samaradorligini
baholash va xalqaro investorlarni jalb qilish masalalari xalqaro darajada puxta ishlab
chiqilgan. Biroq, ushbu tajribalarni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish, viloyatlar
kesimida tahlil qilish va foydalanuvchi darajasidagi ijtimoiy ta’sirni aniqlash hali ham
dolzarb ilmiy vazifa bo‘lib qolmoqda.

Metadalogiya

Ushbu tadqiqotda quyosh energiyasi loyihalarining iqtisodiy samaradorligi va

tender mexanizmlarining natijaviyligini baholash uchun bir nechta turli metodik
yondashuvlar qo‘llanildi. Birinchi navbatda, deskriptiv (tasviriy) tahlil usuli orqali
O‘zbekistonda amalga oshirilgan yirik quyosh energiyasi loyihalari haqida statistik
ma’lumotlar yig‘ilib, ularning quvvati, joylashuvi, investitsiya hajmi, ishlab chiqarish
ko‘rsatkichlari hamda tenderlarda taklif etilgan tariflar asosida umumiy tavsif berildi.

Shuningdek, solishtirma tahlil asosida O‘zbekiston tajribasi xalqaro tajribalar –

xususan, Hindiston, Misr, Zambiya va Birlashgan Arab Amirliklaridagi quyosh
energiyasi tender natijalari bilan taqqoslandi. Bu orqali tariflar darajasi, baholash
mezonlari va investorlar ishtirokining samaradorlikka ta’siri aniqlashtirildi. Xalqaro
ochiq manbalardagi ma’lumotlar (IEA, IRENA, IFC, World Bank) ushbu tahlilning


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–81_Issue-1_July-2025

23

23

asosi bo‘ldi.

SWOT tahlil

usuli yordamida O‘zbekistonda quyosh panellari asosida amalga

oshirilgan loyihalarning kuchli va zaif tomonlari, imkoniyatlar va xavflar aniqlab
chiqildi. SWOT tahlil orqali tender mexanizmining iqtisodiy, texnologik va ijtimoiy
jihatdan qay darajada muvaffaqiyatli ishlayotgani baholandi.

Bundan tashqari, regressiya tahlili vositasida tender asosida joriy etilgan

loyihalarning tabiiy gazni tejash darajasi, investitsiya hajmi va o‘zini oqlash muddati
o‘rtasidagi statistik bog‘liqlik o‘rganildi. Bu uslub asosida ayrim loyihalar uchun yillik
ishlab chiqarish quvvati va tejab qolinadigan tabiiy gaz hajmi o‘rtasidagi funksional
bog‘lanish hisoblab chiqildi.

Tadqiqot doirasida vizual tahlil vositalari – ya’ni diagramma, grafik va xaritalar

orqali tender natijalari, hududlar kesimidagi taqsimot va iqtisodiy samaradorlik
natijalari aniq tasvirlandi. Ushbu vizual materiallar O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi va Investitsiyalar agentligi rasmiy ma’lumotlari, shuningdek,
xalqaro tashkilotlar nashrlari asosida tuzilgan.

Yakuniy bosqichda, tender natijalarining baholash mezonlari, investorlar soni,

tariflar va amalga oshirilgan loyihalarning hajmi kabi parametrlar asosida tahlil
natijalari umumlashtirildi va tavsiyalar ishlab chiqildi. Bu metodologik yondashuv
dissertatsiyada berilgan natijalarni ilmiy asoslashga xizmat qildi.

Natijalar

Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda quyosh energiyasi bo‘yicha amalga oshirilgan

tender loyihalari orqali erishilgan iqtisodiy samaradorlik, tarif darajalari va xalqaro
taqqoslash natijalari asosida shakllantirildi. Birinchi navbatda, tender asosida joriy
etilgan yirik loyihalar orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish tannarxining keskin
pasaygani, xalqaro investorlarning faolligi va tabiiy gaz iste’molining qisqargani
aniqlangan.

O‘zbekiston tenderlarida eng past tariflar 2021-yilda Samarqand va Jizzax

viloyatlarida Masdar kompaniyasi tomonidan taklif etilgan bo‘lib, mos ravishda 1,791
va 1,823 sent/kVt·soatni tashkil qilgan. Ushbu tariflar nafaqat mintaqada, balki global
miqyosda ham eng past narxlar qatoriga kiradi. 2022-yilda Xorazm viloyatida Voltalia
kompaniyasi tomonidan taklif etilgan 2,888 sent/kVt·soat tarif ham yuqori darajadagi
raqobat muhiti natijasidir.

Mazkur tariflar boshqa davlatlar tajribasi bilan solishtirilganda O‘zbekiston

tender tizimining iqtisodiy samaradorligini yaqqol namoyon qiladi. Quyidagi jadvalda
O‘zbekiston tender natijalari Zambiya, Hindiston, Misr va BAA bilan taqqoslanmoqda:


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–81_Issue-1_July-2025

24

24

1-jadval.

O‘zbekiston va boshqa davlatlarda quyosh energiyasi tenderlari natijalari

bo‘yicha solishtirma tahlil

Davlat

Tender

yili

Tarif

(sent/kVt·soat)

Tender

g‘olibi

Izoh

1

O‘zbekiston

(Samarqand)

2021

1,791

Masdar

(BAA)

Scaling Solar 2

loyihasi

2

O‘zbekiston

(Jizzax)

2021

1,823

Masdar

(BAA)

Eng past

tariflardan biri

3

O‘zbekiston

(Xorazm)

2022

2,888

Voltalia

(Fransiya)

250 MW

quvvatli loyiha

4

Zambiya

2016

6,00

Neoen

(Fransiya)

Scaling Solar

dasturi, Afrika

5

Hindiston

2019

2,50

ReNew

Power

(Hindiston)

Mahalliy tender

6

Misr

2019

2,40

ACWA

Power

(Saudiya)

Benban quyosh

parki

7

BAA

2020

1,35

Abu Dhabi

Energy

Jahon

miqyosida

rekord

darajadagi past

tarif


Ushbu jadvaldan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston tenderlarida shakllangan tariflar

Hindiston, Misr va Zambiyadagi natijalar bilan solishtirganda sezilarli darajada past.
Bu holat tender mexanizmlarining shaffofligi, davlat kafolatlarining mavjudligi, texnik
tayyorgarlik va xalqaro moliyaviy institutlar (IFC, Jahon banki, ADB) ishtirokidagi
texnik yordam bilan izohlanadi.

Shuningdek, tender asosidagi loyihalarning iqtisodiy samaradorligi tabiiy gaz

tejalishi orqali ham o‘z ifodasini topmoqda. Masalan, Farg‘ona viloyatida amalga
oshirilayotgan 500 MW quvvatli loyiha orqali yiliga 1,6 TWh elektr energiyasi ishlab
chiqariladi va bu hisobiga 460 million m³ tabiiy gaz tejalmokda. Bu gazni eksport qilish
yoki boshqa strategik sohalarga yo‘naltirish imkoniyati yuzaga keladi.

Yuqoridagi natijalar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston quyosh energiyasini joriy

etish jarayonida xalqaro raqobatbardosh tenderlar orqali iqtisodiy samaradorlikka
erishmoqda va bu mamlakatning energiya mustaqilligini ta’minlash yo‘lida muhim
bosqich bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu asosda, tender tizimini yanada diversifikatsiya
qilish, kichik loyihalarni rivojlantirish va baholash mezonlarini kengaytirish zaruriyati
yuzaga kelmoqda.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–81_Issue-1_July-2025

25

25

Muhokama

O‘zbekistonda quyosh energiyasi sohasida amalga oshirilayotgan tender

asosidagi loyihalar iqtisodiy samaradorlik, ekologik barqarorlik va energiya
xavfsizligini ta’minlash nuqtayi nazaridan muhim natijalarni bermoqda. Tadqiqotda
aniqlanganidek, 2021–2023 yillar davomida xalqaro tenderlar orqali taklif etilgan
tariflar nafaqat mintaqada, balki butun dunyo bo‘yicha eng past ko‘rsatkichlardan biri
bo‘ldi. Masalan, Samarqand viloyatida Masdar kompaniyasi tomonidan taklif etilgan
1,791 sent/kVt·soatlik tarif Hindiston (2,5 sent), Misr (2,4 sent) va Zambiya (6,0 sent)
kabi davlatlar natijalari bilan solishtirilganda sezilarli darajada arzon ekani ko‘rsatib
turibdi.

Bu natijalarga erishilishining asosiy omillari quyidagilardan iborat: tender

jarayonlarining shaffofligi, PPA (Power Purchase Agreement) shartnomalarining 25
yil muddatga imzolanishi, valyuta risklari bo‘yicha davlat kafolatlarining mavjudligi,
loyiha hududlarining tayyor holda ajratilishi va xalqaro moliyaviy institutlarning (IFC,
ADB, EBRD) texnik yordami. Ushbu omillar xalqaro investorlarning ishonchini
oshirgan va tender jarayonida yuqori raqobatni ta’minlagan.

Amaliy jihatdan qaralganda, quyosh energiyasi loyihalari O‘zbekiston energetika

tizimi uchun bir necha asosiy foyda keltirmoqda. Eng muhimlaridan biri — tabiiy gazni
tejashdir. Masalan, Farg‘ona viloyatida quvvati 500 MW bo‘lgan loyiha orqali yiliga
1,6 TWh elektr ishlab chiqarilib, bu bilan 460 mln m³ tabiiy gaz tejalmoqda. Shunga
o‘xshash loyihalar orqali 2023 yil yakunigacha umumiy hisobda qariyb 1,2 milliard m³
gaz tejalgan. Bu esa nafaqat mahalliy ehtiyojni qondirish, balki eksport uchun
qo‘shimcha resurs yaratish imkonini beradi.

Bundan tashqari, dissertatsiyada ijtimoiy soha obyektlarida (maktab, bog‘cha,

kasalxona) quyosh panellarini joriy etish natijasida uzluksiz elektr ta’minoti, xizmat
ko‘rsatish sifati va xarajatlar tejalishi kabi ko‘rsatkichlarda ham ijobiy o‘zgarishlar
qayd etildi. Ayniqsa, “Yashil maktab” va “Quyoshli bog‘cha” tashabbuslari orqali
energiyani markazlashtirilmagan manbalardan olish modeli shakllanmoqda. Bu tizim
energiya mustaqilligini ta’minlash bilan birga, hududiy budjet xarajatlarini
qisqartiradi.

Shuningdek, kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun 3 kVtgacha bo‘lgan quyosh

panellarini joriy etish bo‘yicha davlat tomonidan 30%gacha subsidiyalar ajratilishi
loyihalarning moliyaviy jihatdan jozibadorligini oshirmoqda. Bu esa energiya bozorida
mahalliy ishtirokchilar ulushining ortishiga xizmat qilmoqda.

Shu bilan birga, tadqiqot tender baholash mezonlarining faqat tarif darajasiga

tayanishi, texnologik sifati, mahalliylashtirish darajasi va ekologik ko‘rsatkichlarning
ikkinchi planda qolishi kabi holatlarni aniqladi. Hindiston va Germaniya kabi davlatlar
tajribasida tender mezonlari diversifikatsiya qilinib, ijtimoiy va ekologik ta’sir, bandlik
yaratish va texnologik transfer kabi omillar ham baholashda asosiy mezon sifatida


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–81_Issue-1_July-2025

26

26

e’tiborga olinmoqda. O‘zbekistonda ham bu yo‘nalishda takomillashtirish ishlari
boshlangan bo‘lsa-da, hali to‘liq integratsiya qilinmagan. O‘zbekiston tajribasi quyosh
energiyasini joriy etishda tender mexanizmlarining muvaffaqiyatli qo‘llanilishi va
xalqaro investitsiyalarni jalb qilishda samarali model bo‘la olishini ko‘rsatdi. Ammo
bu yutuqlarni barqaror saqlab qolish uchun tender baholash tizimini yangilash,
monitoring va audit mexanizmlarini kuchaytirish, va kichik loyihalar uchun alohida
mexanizmlar ishlab chiqish zarur. Shu tarzda energetika sohasida nafaqat iqtisodiy,
balki ekologik va ijtimoiy barqarorlikka erishish mumkin bo‘ladi.

Xulosa

O‘zbekistonda quyosh energiyasi sohasida amalga oshirilgan tender asosidagi

yondashuvlar natijalariga ko‘ra, energiya xavfsizligi, iqtisodiy tejamkorlik va ekologik
barqarorlik bo‘yicha sezilarli yutuqlarga erishilmoqda. 2021–2023 yillarda xalqaro
investorlar ishtirokida o‘tkazilgan tenderlar orqali elektr energiyasi xarid qilish
bo‘yicha taklif etilgan tariflar mintaqada eng past ko‘rsatkichlar darajasiga yetgan.
Ayniqsa, Samarqand, Jizzax va Xorazm viloyatlarida taklif etilgan tariflar 1,79–2,88
sent/kVt·soat oraliqda bo‘lib, bu raqobat muhiti va tender mexanizmlarining
muvaffaqiyatini isbotlaydi. Loyihalar orqali yiliga millionlab kub metr tabiiy gaz
tejalmoqda, bu esa mamlakatning eksport salohiyatini oshiradi va budjet xarajatlarini
optimallashtiradi. Shu bilan birga, ijtimoiy obyektlarda energiya mustaqilligi va xizmat
sifati yaxshilanmoqda. Biroq tender baholash mezonlarini diversifikatsiya qilish,
ekologik va texnologik indikatorlarni kuchaytirish, hamda kichik loyihalarni
rag‘batlantirish yo‘nalishlarida takomillashtirish zarurati mavjud. Kelgusida tender
tizimini yanada mukammallashtirish orqali barqaror, raqobatbardosh va ijtimoiy
mas’uliyatli energiya bozorini shakllantirish mumkin bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Xalqaro energetika agentligi (IEA). World Energy Outlook 2023. – Parij: IEA
Publications, 2023. – 518 b.

2.

International Renewable Energy Agency (IRENA). Renewable Capacity
Statistics 2023. – Abu Dhabi: IRENA, 2023. – 112 b.

3.

International Finance Corporation (IFC). Scaling Solar: Uzbekistan tender
outcomes. – Washington: IFC, 2022. – 41 b.

4.

Jahon banki. Uzbekistan Renewable Energy Investment Update. – Washington:
The World Bank Group, 2021. – 35 b.

5.

Energetika vazirligi. Quyosh energiyasi loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar. –
Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, 2023. – 47 b.

6.

CarbonBrief. How solar energy is transforming global power systems. – 2022. –
URL:

https://www.carbonbrief.org


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–81_Issue-1_July-2025

27

27

7.

Pew Research Center. Public support for expanding solar energy in the US. –
2023. – URL:

https://www.pewresearch.org

8.

UNDP Uzbekistan. Feasibility study on solar PV economics for households and
public institutions. – Toshkent: BMTTD, 2020. – 29 b.

9.

Eurasianet. Uzbekistan’s record-low solar tariffs attract global investors. – 2022.
– URL:

https://www.eurasianet.org

10.

Bundesnetzagentur. Photovoltaik-Zahlen Deutschland 2023. – Berlin: BNA,
2024. – URL:

https://www.bundesnetzagentur.de

11.

SEIA. Solar Market Insight Report 2023. – Washington: Solar Energy Industries
Association, 2023. – 60 b.

12.

Times of Central Asia. Uzbek households receive solar subsidies under new law.
– 2019. – URL:

https://timesca.com

13.

Ministry of Investment, Industry and Trade. Yirik investitsiyaviy loyihalar
to‘g‘risida axborot. – Toshkent: MIIT, 2023. – 36 b.

References

Xalqaro energetika agentligi (IEA). World Energy Outlook 2023. – Parij: IEA Publications, 2023. – 518 b.

International Renewable Energy Agency (IRENA). Renewable Capacity Statistics 2023. – Abu Dhabi: IRENA, 2023. – 112 b.

International Finance Corporation (IFC). Scaling Solar: Uzbekistan tender outcomes. – Washington: IFC, 2022. – 41 b.

Jahon banki. Uzbekistan Renewable Energy Investment Update. – Washington: The World Bank Group, 2021. – 35 b.

Energetika vazirligi. Quyosh energiyasi loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, 2023. – 47 b.

CarbonBrief. How solar energy is transforming global power systems. – 2022. – URL: https://www.carbonbrief.org

Pew Research Center. Public support for expanding solar energy in the US. – 2023. – URL: https://www.pewresearch.org

UNDP Uzbekistan. Feasibility study on solar PV economics for households and public institutions. – Toshkent: BMTTD, 2020. – 29 b.

Eurasianet. Uzbekistan’s record-low solar tariffs attract global investors. – 2022. – URL: https://www.eurasianet.org

Bundesnetzagentur. Photovoltaik-Zahlen Deutschland 2023. – Berlin: BNA, 2024. – URL: https://www.bundesnetzagentur.de

SEIA. Solar Market Insight Report 2023. – Washington: Solar Energy Industries Association, 2023. – 60 b.

Times of Central Asia. Uzbek households receive solar subsidies under new law. – 2019. – URL: https://timesca.com

Ministry of Investment, Industry and Trade. Yirik investitsiyaviy loyihalar to‘g‘risida axborot. – Toshkent: MIIT, 2023. – 36 b.