Authors

  • Oripova Hayotxon

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.97671

Keywords:

Kalit soʻzlar: Emotsional so‘nish ijtimoiy-psixologik omillar stress depressiya ruhiy holat psixologik salomatlik motivatsiya emotsional barqarorlik jismoniy faollik ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash profilaktika psixologik yordam sog‘lom turmush tarzi

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada talabalarda emotsional so‘nishning ijtimoiypsixologik omillari va uning profilaktikasi masalalari tahlil qilinadi. Emotsional so‘nishning asosiy belgilari, bunga sabab bo‘ladigan ijtimoiy va psixologik omillar, shuningdek, uning oldini olish va yengish bo‘yicha samarali profilaktik choralar ko‘rib chiqiladi. Stressni boshqarish, jismoniy faollik, psixologik qo‘llab-quvvatlash va o‘quv muhitini yaxshilash kabi usullar talabalar uchun emotsional barqarorlikni saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Maqola talabalarning psixologik salomatligini mustahkamlash va ularning o‘quv faoliyatida muvaffaqiyatga erishishiga yordam berish uchun tavsiyalarni taqdim etadi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–77_Issue-2_May-2025

253

253

TALABALARDA EMOTSIONAL SO‘NISHNING

IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLARI VA UNING

PROFILAKTIKASI

Oripova Hayotxon

Marhamat tumani 21-maktab psixologi

Annotatsiya:

Ushbu

maqolada

talabalarda

emotsional

so‘nishning

ijtimoiypsixologik omillari va uning profilaktikasi masalalari tahlil qilinadi.
Emotsional so‘nishning asosiy belgilari, bunga sabab bo‘ladigan ijtimoiy va psixologik
omillar, shuningdek, uning oldini olish va yengish bo‘yicha samarali profilaktik
choralar ko‘rib chiqiladi. Stressni boshqarish, jismoniy faollik, psixologik qo‘llab-
quvvatlash va o‘quv muhitini yaxshilash kabi usullar talabalar uchun emotsional
barqarorlikni saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Maqola talabalarning psixologik
salomatligini mustahkamlash va ularning o‘quv faoliyatida muvaffaqiyatga erishishiga
yordam berish uchun tavsiyalarni taqdim etadi.

Kalit soʻzlar:

Emotsional so‘nish, ijtimoiy-psixologik omillar, stress,

depressiya, ruhiy holat, psixologik salomatlik, motivatsiya, emotsional barqarorlik,
jismoniy faollik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, profilaktika, psixologik yordam, sog‘lom
turmush tarzi


Dunyoda talabalarning emotsional holatlarini o‘rganish dolzarb masalalardan

biri hisoblanadi. Talabalarning emotsional so‘nishiga bir qancha omillar ta’sir etadi.
Emotsional so‘nish (burnout) – bu odamning hissiy, jismoniy va aqliy kuchlarini
pasayishi va so‘nish holatidir. Bu jarayon odatda doimiy stress, o‘quv davomidagi
yuqori talablar, qiyinchiliklar va ruhiy bosimning natijasida yuzaga keladi.
Yangi O‘zbekistonda talabalarda emosional so‘nishning oldini olishda ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlashda bevosita oila a’zolari, yaqinlar, do‘stlar va o‘qituvchilarning
roliga e’tibor qaratilmoqda. “Yoshlar — kelajak egalari: Prezident Mirziyoyev
yoshlarni jamiyatning kelajagini belgilovchi asosiy kuch deb hisoblaydi. Ular o‘z
maqsadlariga erishishlari uchun kerakli ta’lim va imkoniyatlarni yaratish zarurligini
ta'kidlaydi”.

11

Mamlakatimizda ham davlatimiz rahbari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy

ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining
hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha, bugungi tahlikali davrda yoshlarning
ma’naviy tarbiyasini hamda ruhiy holatini yaxshilashga qaratilgan president farmonlari
va qarorlari qabul qilinmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda o‘tkazilgan bir necha so‘rovlarda talabalarning

30% ga yaqini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni muvaffaqiyatli ta’lim olish uchun zarur
deb hisoblashini bildirgan. Hozirgi zamon talabalik davri o‘rta yoshdagi birinchi


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–77_Issue-2_May-2025

254

254

qadamlar bo‘lib, u ko‘plab ijtimoiy va psixologik jarayonlar bilan chambarchas
bog‘liqdir. Talabalar hayoti, ayniqsa o‘quv yillari, shaxsiyat va psixologik holatni
shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Ta’lim muhitida talabalar o‘z ichki va tashqi
omillar bilan kurashib, o‘zlarini har tomonlama rivojlantirishga harakat qiladilar.

Ammo, ba’zi hollarda, aynan emotsional so‘nish yoki ruhiy va psixologik

charchoq

ularning o‘qish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Jahonning yetakchi ilmiy maktablari, universitetlari tomonidan talabalarda
emotsional so‘nish yo‘nalishida ko‘plab tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu borada
emotsional so‘nish (burnout) talabalarda o‘ziga xos psixologik holatlarni ifodalashi,
hissiy kuchlanish, ijodiy pasayish, o‘zining qobiliyatlari va ishlash qobiliyatiga
ishonchning kamayishi, umumiy charchoq holatlarining kuzatilishi, o‘qish
samaradorligini, ijtimoiy aloqalarini va shaxsiy rivojlanishini sezilarli darajada
pasayishi, emotsional so‘nishning yuzaga kelishida ijtimoiy va psixologik omillarning
uyg‘unligi masalalarini ijtimoiy-psixologik tadqiq etishni ilgari surmoqda.
Talabalar orasida emosional so‘nishning eng keng tarqalgan sababi o‘qish va
ta’limdagi yuqori yuklamalar hisoblanadi. Bu holat talabalarning o‘zini yomon his
qilishiga, kayfiyatning tushishiga va depressiv holatlarning rivojlanishiga olib kelishi
mumkin.

Yaponiya va Germaniyada o‘tkazilgan tadqiqotlar ham shuni ko‘rsatadiki,

talabalarning 40% ga yaqini o‘quv yuklamasining yuqoriligi ularning ruhiy holatiga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, bir qancha psixologik tahlillar ham shuni
ko‘rsatadiki, talabalarning 50% dan ortig‘i o‘zlarining psixologik holatini ijtimoiy
muhit, o‘quv jarayonining qiyinligi hamda shaxsiy tajribalarning yetarli darajada
shakllanmaganligi bilan bog‘laydilar. Shuningdek, talabalarda yuzaga keladigan stress
darajasining yuqori bo‘lishi, emosional so‘nishning muhim omili sifatida qayd etiladi.
O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, talabalarning 60-70% i stressni
yengish uchun turli xil psixologik qo‘llanmalar yoki yordamga muhtojligi
ko‘rsatadi.Yosh va jins ham emosional holat va so‘nishning darajasiga ta’sir qiladi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, qizlar o‘g‘illarga nisbatan ko‘proq emosional so‘nish
holatlariga duch kelishadi. Shuningdek, yoshlar orasida ruhiy tushkunlik holatlari 18-
22 yoshdagi talabalarda ko‘proq uchraydi. Bir nechta xalqaro tadqiqotlar talabalarda
emosional so‘nishning eng yuqori ko‘rsatkichlari 20-25 yosh guruhida ekanligini
ko‘rsatadi. Bu yoshdagi talabalar o‘zlarini kasbni tanlash, kelajakdagi muvaffaqiyat va
o‘zining psixologik salomatligi haqida ko‘proq xavotirda bo‘lishlari sabab bo‘ladi.
Yuqoridagilarda kelib chiqib talabalarda emotsional so’nishni ijtimoiy-psixologik
tadqiq etish muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi.

Talabalarda emotsional so‘nishga oid ko‘plab olimlar tomonidan tadqiqotlar

amalga oshirilgan. Bu borada sharq mutafakkirlaridan Alisher Navoiy, Abu Ali ibn
Sino, Imom G‘azzoli, Fahriddin Roziy, Jaloliddin Rumiy, Xoji Ahmad


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–77_Issue-2_May-2025

255

255

Yassaviylarning tadqiqotlarida talabalarda emotsional so‘nishning oldini olishning
asosiy yo‘llari ma’naviy va ijtimoiy ta’lim, ruhiy barqarorlikni saqlash, jismoniy
salomatlikni yaxshilash va ijtimoiy-psixologik omillarini aniqlash, uning yuzaga
kelishining sabablarini tahlil qilish va ularni oldini olishga qaratilgan ko’plab
tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Xorijiy olimlardan Daniel Goleman, Martin Seligman, Syuzan David, Kerol

Syuzan Dvek, Robert Sapolskiy, Jon Xetti va boshqa shu kabi olimlarning fikricha,
talabalarda emotsional so‘nish holati talabalarning ruhiy va jismoniy salomatligiga,
ijtimoiy munosabatlariga hamda ta’lim jarayoniga bevosita ta’sir ko‘rsatadi deb
takidlaydi.

Shuningdek,

MDH

olimlari

S.V.

Kolesnikova

hamda

G.I.

Pankratovalarning olib borgan tadqiqotlari ham alohida ahamiyatga ega.
Emotsional so‘nishning oldini olish uchun quyidagi profilaktik choralarni
tavsiya etishimiz mumkin.

Bular:
1. Stressni boshqarish bo‘yicha treninglar. Talabalarga stressni boshqarish

bo‘yicha treninglar o‘tkazish, ularga stressni yengish usullarini o‘rgatish, sog‘lom
turmush tarzi strategiyalarini o‘rgatish kerak bo‘ladi. Bundan tashqari nafas olish
mashqlari, meditatsiyalarni o‘tkazish ham samarali usullardan hisoblanadi.

2. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish. Talabalarda shaxslararo

munosabatlarni rivojlantirish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash tizimini tashkil etish
kerak.Do‘stlar davrasi, oilaviy muhit va ular bilan bo‘g‘liq munosabatlar va psixologik
yordam berish, talabalarda emotsional barqarorlikni saqlashda yordam berishi
mumkin.

3. O‘quv jarayonini muvozanatlash. O‘quv jarayonida talabalar uchun

muvozanatli va rejalashtirilgan ish jadvali yaratish zarur. Bunda o‘quv faoliyati va dam
olish vaqtlarini muvozanatlash, vaqtni (time menejment) to‘g‘ri tashkil etish va
haddantashqari ortiqcha yuklamalarni qisqartirish muhim hisoblanadi.

4. Psixologik yordam tizimlarini rivojlantirish. Universitetlarda psixologik

yordam xizmatlarini rivojlantirish, stress va emotsional so‘nish bilan bog‘liq
muammolarni hal qilishda muhim rol o‘ynaydi. Psixologlar va murabbiylar
yordamidaesa talabalar o‘zlarining muammolarini hal qilishda amaliy ko‘nikmalarni
olishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Talabalarda emotsional so‘nishning ijtimoiy-psixologik omillari turli xil va bir

biriga bog‘liq bo‘lgan kompleks jarayondir. Bu holatning oldini olish uchun esa
talabalar, o‘qituvchilar, psixologlar va ijtimoiy muhit birgalikda faoliyat ko‘rsatishi
kerak. Emotsional so‘nishning profilaktikasi uchun stressni boshqarish, ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish va o‘quv muhitini yaxshilash kabi strategiyalar

zarurdir. Talabalar emotsional barqarorlikni saqlash va akademik faoliyatda
muvaffaqiyatga erishish uchun mustahkam psixologik salomatlikka ega bo‘lishlari


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–77_Issue-2_May-2025

256

256

kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. A. H. Maslou. // A theory of human motivation. 1943.
2. H. J. Freudenberger. // Staff burnout. Journal of Social Issues, 30(1), 159-165.
3. W. B. Schaufeli, & Bakker, A. B. // Job demands, job resources, and their

relationship with burnout and engagement: A multi-sample study. Journal of
Organizational Behavior.

References

A. H. Maslou. // A theory of human motivation. 1943.

H. J. Freudenberger. // Staff burnout. Journal of Social Issues, 30(1), 159-165.

W. B. Schaufeli, & Bakker, A. B. // Job demands, job resources, and their

relationship with burnout and engagement: A multi-sample study. Journal of

Organizational Behavior.