JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-2_May-2025
238
238
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING O‘QISH VA
YOZISH QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH
Mallayeva Gulshoda Maxmudjonovna
Angren universiteti “Pedagogika va tillar” fakulteti
“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya:
O‘qish va yozish qobiliyatlari, har bir insonning akademik va
kasbiy muvaffaqiyati uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu ko‘nikmalar, nafaqat
bilim olish va fikrlarni ifodalashda, balki umumiy kommunikatsiya jarayonlarida ham
katta ahamiyatga ega. O‘qish va yozish qobiliyatlarini rivojlantirish esa, o‘z navbatida,
uzoq muddatda insonning intelektual va ijtimoiy rivojlanishiga hissa qo‘shadi.
Kalit so‘zlar:
O‘qish, yozish, interaktiv o‘qish, illyustratsiyali kitoblar,
korrektura,
kritik
fikrlash,
metaforalar,
taqqoslashlar
va
hikoya
qilish.
Kirish
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish va yozish qobiliyatlari, ularning
kelajakdagi ta’limi va ijtimoiy rivojlanishida katta rol o‘ynaydi. Shu maqsadda 2022-
2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini amalga
oshirishga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026- yillarda Xalq
ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”
qabul qilindi. Maktab ta’limiga ilg‘or xalqaro tajribalar asosida ishlab chiqilgan Milliy
o‘quv dasturini to‘laqonli joriy etish hamda mahalliy va xorijiy mualliflar tomonidan
yaratilgan zamonaviy darsliklarni amaliyotga kiritish ta’lim tizimida ulkan
islohotlarning boshlanayotganligidan darak beradi. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish va
yozish savodxonligini rivojlantirish zaruratidan kelib chiqib, yangi yaratilgan “Ona
tili” va “O‘qish savodxonligi” darsligi fan sifatida o‘qitilar ekan, asosiy e’tibor
o‘quvchida tilga doir to‘rt ko‘nikma: o‘qib tushunish, tinglab tushunish, nutq so‘zlash
va yozish hamda grammatik savodxonlikni shakllantirishga qaratiladi. Yangi tahrirdagi
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun
va Milliy o‘quv dasturi o‘quvchining har tomonlama
rivojlangan, mustaqil bilim olish va o‘zini o‘zi rivojlantirishga tayyor shaxsni
shakllantirishni belgilaydi. Ayniqsa, mana shunday shaxsni shakllantirishga kitob
mutolaasi, ularni tahlil qilish axborotni va o‘qish savodxonligini har tomonlama
rivojlantirishga xizmat qiladi. Boshlang‘ich sinflar darslarini o‘qish savodxonligisiz
tasavvur etib bo‘lmaydi. O‘quvchilar o‘qigan matnlarni to‘g‘ri tushunishni, ularning
ma’nosini anglashni, o‘qish orqali olingan ma’lumotlarni o‘z hayotlarida, shu
jumladan
keyingi
bilimlarni
o‘zlashtirishda
foydalanishni
o‘rganishlari
kerak. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish va yozish qobiliyatlari, ularning
kelajakdagi ta’limi va ijtimoiy rivojlanishida katta ro‘l o‘ynaydi. Bu yoshdagi bolalar
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-2_May-2025
239
239
uchun o‘qish va yozish nafaqat bilim olish, balki mantiqiy fikrlash, kreativlik va o‘z
fikrlarini ifodalash qobiliyatini rivojlantirishda ham muhim ahamiyatga ega. O‘qish va
yozish qobiliyatlarini shakllantirishning dastlabki bosqichida bolaning til
ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning ijodkorlik va fikrlash jarayonlarini boyitish
zarur.
Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish va yozish qobiliyatlarini
rivojlantirishga doir samarali usullar va metodikalar haqida so‘z yuritiladi.
1.
O‘qish qobiliyatlarini rivojlantirish
O‘qish qobiliyati boshlang‘ich sinf o‘quvchisi uchun juda muhim, chunki bu
ko‘nikma uning bilim olish jarayonida asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. O‘qishni
muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun quyidagi amaliy usullarni qo‘llash mumkin:
1)
Birinchi bosqichda o‘qishning oddiylikdan murakkablikka o‘tishi
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish qobiliyatlarini rivojlantirishda ular uchun
matnning soddaligidan boshlash lozim. Boshlang‘ich o‘qish kitoblari, oson harf va
so‘zlar bilan tayyorlangan hikoyalar o‘quvchiga o‘qishni qiziqarli va tushunarli qiladi.
Keyin esa bosqichma-bosqich murakkabroq matnlarni o‘qishga o‘tish zarur.
2)
Interaktiv o‘qish yondashuvi
Bolalarga o‘qigan materiallarini muhokama qilish, ular bilan birgalikda matnni
tahlil qilish va savollar berish, o‘qishning samaradorligini oshiradi. O‘qilgan matndan
asosiy g‘oyalar yoki tafsilotlar haqida savollar berish orqali o‘quvchilarning tahliliy
fikrlash ko‘nikmalari rivojlanadi.
3)
Rangli va illyustratsiyali kitoblar
Rangli rasmlar va illyustratsiyalar o‘qish jarayonini bolalar uchun yanada
qiziqarli qiladi. Bu, ayniqsa, dastlabki o‘qish bosqichidagi bolalar uchun samarali
usuldir. Illyustratsiyalar bolalarga matnni yaxshiroq anglash va eslab qolishga yordam
beradi.
4)
O‘qish mashqlari va o‘yinlar
O‘qish qobiliyatini rivojlantirishda o‘yinlar va mashqlar juda muhim rol o‘ynaydi.
Masalan, “So‘z topish”, “Yangi so‘zlarni ishlatish”, “Muammoli vaziyat”, “Aqliy
hujum” kabi o‘yinlar orqali bolalarning o‘qish qobiliyatini kuchaytirish mumkin.
O‘qish qobiliyati nafaqat matnni tez va samarali o‘qish, balki o‘qilgan
ma’lumotlarni tahlil qilish, izohlash va ongli ravishda anglashni ham o‘z ichiga oladi.
O‘qish qobiliyatlarini rivojlantirish uchun bir nechta muhim usullarni ko‘rib chiqish
mumkin:
-O‘qishning maqsadga yo‘naltirilganligi
: O‘qishdan oldin, o‘quvchi nimani
o‘rganmoqchi ekanini aniq bilishi kerak. O‘qish maqsadi belgilangan bo‘lsa, o‘qish
jarayoni samarali va maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
- Badiiy va ilmiy adabiyotlarni o‘qish
: Badiiy adabiyotlar o‘qish, tilni boyitish
va yangi so‘zlar o‘rganishga yordam beradi. Ilmiy adabiyotlar esa analitik fikrlashni
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-2_May-2025
240
240
rivojlantiradi va o‘qish madaniyatini shakllantiradi.
-
O‘qish tezligini oshirish
: O‘qish tezligini oshirish uchun ko‘p mashq qilish
kerak. Tez o‘qish metodlari, masalan, so‘zlarni bloklash va ko‘zi bilan matnni kuzatib
borish, o‘qish tezligini oshiradi va samaradorlikni yuqorilaydi.
- O‘qishdan keyingi tahlil
: O‘qilgan matnni qayta ko‘rib chiqish, asosiy fikrlarni
ajratib olish va mulohaza qilish, o‘qishning chuqurligini ta’ minlaydi. Tahlil qilish
orqali o‘quvchi ma'lumotni yaxshiroq eslab qolishi va anglashini ta'minlaydi.
2. Yozish qobiliyatlarini rivojlantirish
Yozish qobiliyatlarini rivojlantirishda bolaning ijodiy fikrlash va o‘z fikrlarini
to‘g‘ri ifodalash qobiliyatlarini shakllantirish muhimdir. Boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari uchun yozish ko‘nikmalarini rivojlantirishda quyidagi yondashuvlar
qo‘llanilishi mumkin:
1)
Yozishni oddiydan boshlash
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun birinchi yozma mashqlar qisqa va oddiy
bo‘lishi kerak. Misol uchun, oddiy jumlalar tuzish, so‘zlarni to‘g‘ri yozish, va so‘z
birikmalarini kiritish. Boshlang‘ich sinf uchun yozishdagi asosiy maqsad — harflarni
to‘g‘ri yozish, so‘zlarni ajratish va jumlalarni tuzishdir.
2)
Kundalik yozish
Bolalar har kuni o‘z fikrlarini yozishga rag‘batlantirilishi lozim. Masalan,
o‘quvchilarga har kuni qisqa bir voqeani yoki hayotlaridagi biror bir kichik hodisani
yozishni so‘rash. Bu ularga yozishning qulayliklarini va samarasini ko‘rsatadi.
3)
Ko‘p o‘qigan matndan yozishga o‘tish
O‘qish va yozish bir-birini to‘ldiradigan jarayonlardir. Bolalar o‘qish jarayonida
o‘zlari uchun yangi so‘zlar va ifodalash uslublarini o‘rganadilar. O‘qigan matnlari
asosida qisqacha mazmun (rezume), yozma xulosa yoki mulohazalar tayyorlashni
tavsiya etish mumkin.
4)
Tasviriy yozuv va rassomlik
Tasviriy yozuvni boshlash, o‘quvchilarga o‘z his-tuyg‘ularini ifodalash va ijodiy
yondashuvni rivojlantirishda yordam beradi. O‘quvchilarni matn yaratishga undash,
hikoyalar yoki voqealar tasvirlarini yozishga imkon yaratadi.
5)
Yozish jarayonida korrektura qilish
Yozishni rivojlantirishda grammatika va imlo qoidalariga e’tibor berish muhim.
Bolalarga yozgan matnlarini o‘zi tekshirib chiqish va xatolarni tuzatishga yordam
berish kerak. Bu ularda to‘g‘ri yozish ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Yozish qobiliyati o‘z fikrlarini aniq va to‘g‘ri ifodalash, mantiqiy izchillikni
saqlash va o‘quvchini maqsadga yo‘naltirilgan ravishda tushuntirishni talab qiladi.
Yozish qobiliyatlarini rivojlantirish uchun quyidagi amaliy usullarni ko‘rib chiqish
mumkin:
Yozishni muntazam ravishda mashq qilish
: Yozish qobiliyatini rivojlantirishda
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-2_May-2025
241
241
muntazam mashq qilish juda muhimdir. Har kuni qisqacha insholar yoki maqolalar
yozish, yozuvning sifatini oshiradi va ifodalanish erkinligini ta’minlaydi.
Matnni tuzish va rejalashtirish
: Yozishdan oldin, matnning asosiy qismlarini
rejalashtirish (kirish, asosiy fikrlar, xulosa) yordamida yozuvning mantiqiy tuzilishini
yaratish kerak. Bu yozuvchi uchun fikrlarni tartibga solishga yordam beradi.
Kreativ yozish usullari
: Yozishdan bahramand bo‘lish uchun kreativ usullarni
qo‘llash zarur. Metaforalar, taqqoslashlar va hikoya qilish elementlari matnni
jonlantiradi va o‘quvchi uchun qiziqarli bo‘ladi.
Grammatika va stilni rivojlantirish
: Yozuvni rivojlantirishda grammatika va
stilning ahamiyati katta. Tilning qoidalari va strukturaviy elementlarini o‘zlashtirish,
yozuvning sifatini oshiradi. Grammatik xatolarni kamaytirish va stilni moslashtirish
uchun doimiy tekshiruvlar o‘tkazish muhimdir.
Kritik fikrlashni rivojlantirish
: Yozuvchi nafaqat o‘z fikrlarini ifodalashi, balki
o‘z fikrlariga asoslantirgan dalillarni taqdim etishi kerak. Bu usul orqali yozuvchi
mantiqiy tahlil va tahliliy fikrni rivojlantiradi.
3. O‘qish va yozishning bir-biriga ta’siri
O‘qish va yozish bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘qish orqali o‘quvchi
yangi g‘oyalar, fikrlar va uslublarni o‘rganadi, yozish esa o‘z fikrlarini aniq va tizimli
tarzda ifodalash imkonini beradi. O‘qish qobiliyatini rivojlantirish, yozish jarayonida
tez va aniq fikrlarni chiqarishga yordam beradi, yozish esa o‘qilgan materialni to‘liq
anglash va qayta ishlashni talab qiladi.
O‘qish va yozishning integratsiyasi orqali, o‘quvchi tilni yanada chuqurroq
o‘zlashtiradi, bilimlarini mustahkamlaydi va kommunikatsiya ko‘nikmalarini
rivojlantiradi.
O‘qish va yozish qobiliyatlari bir-birini mustahkamlovchi jarayonlardir. O‘qish
jarayonida o‘quvchilar yangi so‘zlar va iboralarning ishlatilishini ko‘radilar, bu esa
ularning yozish qobiliyatini kuchaytiradi. Yozish esa, o‘z navbatida, o‘qigan matnlarni
yaxshiroq anglash va xotiraga olish imkonini beradi. Bu ikki qobiliyatning rivojlanishi
o‘quvchilarga yanada kengroq va chuqurroq fikrlash imkonini beradi.
Xulosa
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qish va yozish qobiliyatlarini rivojlantirish —
bu nafaqat akademik muvaffaqiyatni ta’minlash, balki kelajakda ularning hayotiy
muvaffaqiyatlari uchun ham muhim asos yaratadi. O‘qish va yozishni rivojlantirishda
doimiy mashq qilish, qiziqarli va amaliy usullarni qo‘llash o‘quvchilarning bu
ko‘nikmalarini mustahkamlashga yordam beradi. Bunday yondashuvlar o‘quvchilarda
nafaqat bilim olish, balki ijodiy va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga ham xizmat
qiladi. O‘qish va yozish qobiliyatlari bir-birini to‘ldiradigan jarayonlardir. Ushbu
ko‘nikmalarni rivojlantirishda muntazam mashq qilish, maqsadga yo‘naltirilgan o‘qish
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-2_May-2025
242
242
va yozish strategiyalarini qo‘llash zarur. Bu esa nafaqat individual rivojlanishga, balki
umuman jamiyatdagi ta’lim darajasining oshishiga olib keladi.
Foydalanilgan Adabiyotlar:
1.
2022- 2026-yillarda Xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash
to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF-134-
son farmoni
2.
O‘zbekistob Respublikasining Yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni
2020-yil 23-sentyabr.
3.
Xalqaro tadqiqotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini
baholash (Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, metodistlar va soha mutaxassislari
uchun metodik qo‘llanma). Ta’lim inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash
bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi. Toshkent, 2019-yil,
92 bet. 16-bet.
4.
Ona tili va o‘qish savodxonligi [Matn]: 1-sinf o‘qituvchilari uchun metodik
qo‘llanma / I. Azimova [va boshq.]. – Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2021.
– 128 b.
5.
Karima Qosimova ,Safo Matjonov "Ona tili o'qitish metodoikasi" Toshkent "
NOSIR" nashr 2009
6.
2022- 2026-yillarda Xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni
tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-
maydagi pf-134-son farmoni
O‘zbekistob Respublikasining Yangi tahrirdagi
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni 2020-yil 23-sentabr.