“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 6, 2024. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
231
ANDIJON SHAHRIDA BOBUR SHOH KO‘CHASINING IKKI
QISMINI BOG‘LAYDIGAN ZAMONAVIY KO‘PRIKNING TAHLILIY
AHAMIYATI
To‘raboyev Holmurod Rustamjon o‘g‘li,
Mahmudjonov Bahrom Abduqodir o‘g‘li (talaba)
Andijon mashinasozlik instituti katta o‘qituvchi
+998 99 499 46 08
Annotatsiya
Ushbu maqolada
ekologik muammolar, tirbandliklar, harakat xavfsizligi
hamda jamoat transporti harakatiga ta’sirni Andijon shahrida Bobur shoh
ko‘chasining ikki qismini bog‘laydigan zamonaviy ko‘prik bunyod etilishi natijasida
bartaraf etilishi ko‘rsatilib o‘tilgan.
Annotation
In this article, it is shown that environmental problems, traffic jams, traffic
safety, and the impact on public transport will be eliminated as a result of the
construction of a modern bridge connecting two parts of Babur avenue in Andijan.
Аннотация
В данной статье показано, что экологические проблемы, пробки,
безопасность дорожного движения, воздействие на общественный транспорт
будут устранены в результате строительства современного моста,
соединяющего две части проспекта Бабура в Андижане.
Kalit so‘zlar
: jamoat transporti, dastur, bosh reja, ustuvorlik, yo‘l
infratuzilmasi, tirbandlik, temir yo‘l liniyasi, ko‘prik, shaxsiy transport, cheklov,
imtiyoz belgilar.
Key words
: public transport, program, master plan, priority, road
infrastructure, traffic, railway line, bridge, private transport, restriction, privilege
signs.
Ключевые слова:
общественный транспорт, программа, генеральный
план, приоритет, дорожная инфраструктура, движение, железнодорожная
линия, мост, частный транспорт, ограничение, знаки льгот.
Andijon shahrida bugungi kunda sifatli arzon zamonaviy rusumdagi
transportlar qatnovi bilan ta’minlangan. Shahar hududidagi 5 ta yirik yo‘nalishlar
tarmog‘idagi avtobuslar to‘liq yangilangan. 2021-2023-yillarda 80 ta zamonaviy
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 6, 2024. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
232
rusumdagi 20 ta Isuzu rusumidagi jamoat transportlari olib kelindi. Birgina shahar
hududidagi jamoat transportlar tarmog‘i emas balki qishloqni-tuman markazi bilan
tuman markazini-viloyat markazi bilan bo‘g‘lovchi yo‘nalishlarda ham transportlar
qatnovi bosqichma-bosqich yangi tarkibdagi transportlar bilan ta’minlash ishlari
amalga oshirilmoqda.
Andijon shahrida jamoat transporti harakatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir etuvchi
omillardan biri bu Andijon shahar markazini kesib o‘tuvchi Toshkent – Andijon
temir yo‘l liniyasi hisoblanadi. Ushbu temir yo‘l liniyasi faqatgina Alisher Navoiy
shoh ko‘chasi bilangina kesishmaydi. Bu esa shahar hududidagi mavjud transportlar
oqimiga ta’sir etib, jamoat
transportlari
qatnovlar
jadvaliga salbiy ta’sir
etkazmay qolmaydi (1-
rasm).
Shunga
asosan,
davlatimiz
rahbarining
2021-yil 18-iyun Andijon
viloyatiga
tashrifi
chog‘ida
hudud-yo‘l
infratuzilmasi bilan bog‘liq bo‘lgan loyihalar bilan tanishdi. Loyihalar doirasida
Andijonda ilk bor manalit usulda yo‘l o‘tkazgich qurilishi Andijon shahridagi Bobur
shoh ko‘chasini ikki qismini birlash tiruvchi temir yo‘l ustidan o‘tadigon yo‘l
o‘tkazgich loyihasi bilan tanishib ushbu inshoot manalit usulda barbo etilishi
bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berib o‘tdi. So‘ngi yillarda zamonaviy
ilg‘or xorijiy tajribalar asosida manalit usulda ko‘prik va yo‘l o‘tkazgich qurish
yo‘lga qo‘yildi bu usul inshootni uzoq muddat foydalanish imkonini beradi eng
muhimi qurilish xom-ashyosi obyektni o‘zida qayta ishlanadi ayni jarayon ancha
qulay va tez bajariladi. Davlatimiz rahbari bu yo‘l o‘tkazgichni o‘ziga xos
konstruktiv va hudud iqlimiga mos xoldi tadbiq etish haqida ko‘rsatma berib o‘tgan
(1-2-rasm).
Shuningdek, Prezidentimizning Andijon viloyatida amalga oshirilayotgan
ishlarning natijadorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining
2021-yil 20-avgustdagi VM-479 Farmoyishiga asosan Andijon viloyatida
obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash
1-rasm
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 6, 2024. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
233
bo‘yicha Andijon shahrida temir yo‘l ustidan o‘tuvchi Bobur shoh ko‘chasining 2 ta
qismini tutashtiruvchi yo‘l o‘tkazgich qurish belgilandi [1].
Bugungi kunga kelib ushbu inshoot qurilish ishlari jadallik bilan amalga
oshirilmoqda. Shuningdek, 1-jadvalda Andijon – Toshkent, Toshkent – Andijon
yo‘nalishidagi haftalik temiryo‘l qatnovlari bugungi kundagi jamoat transporti
hamda shahsiy avtotransport vositalarga yetkazayotgan salbiy ta’sirlari o‘rganildi
[2].
1-jadval.
Jadvalda Andijon shahridagi mavjud transportlar oqimiga to‘g‘ridan to‘g‘ri
ta’sir etuvchi haftalik temir yo‘l qatnovlari alohida ajratilgan (1-jadval).
Shu bilan birgalikda Bobur shoh ko‘chasidan o‘tuvchi Shi-222 “Pistamozor –
Shahar markaziy shifohonasi” avtobus yo‘nalish tarmog‘i ham ushbu ko‘cha yo‘l
tarmog‘idan foydalanadi. Yo‘nalish 14 km.ni tashkil etib, 12 ta zamonaviy
rusumdagi avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. Ahamiyatli jihati shundaki yo‘nalish
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 6, 2024. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
234
4 ta oliy ta’lim muassasalarini kesib o‘tuvchi asosiy jamoat transporti yo‘nalishi
hisoblanadi. Yo‘nalishda kunlik qatnovlar soni 144 tani tashkil etadi [3].
2-jadval.
O‘rganish ishlari natijasida mazkur jamoat transporti harakat jadvlaliga
(2-jadval) temir yo‘l qatnovlari jadvali (1-rasm) to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir etuvchi
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 6, 2024. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
235
bo‘lib qolmoqda. Xususan, mazkur jadvallarorqali ahamiyatli bo‘lgan jamoat
transporti harakat jadvalida og‘ishlar sodir bo‘lib, yo‘lovchilarning tezkor transport
vositalaridan foydalanishga olib kelmoqda. Bu esa mazkur yo‘nalishda jamoat
transportiga bo‘lgan talabni hamda jamoat transpoti ahamiyatini susaytirmoqda.
Shaharsozlik normativ qoidalari 2.05.02-07 «Avtomobil yo‘llari»ga 3-son
o‘zgartirish bo‘yicha Bobur shoh ko‘chasi yo‘lning iqtisodiy ahamiyati xalqaro va
davlat ahamiyatiga ega yo‘llar va yo‘l toifasi Ia (avtomagistral) hisoblanadi. Uzoq
masofadagi tezkor aloqalarga mo‘ljallangan. Harakat xavfsizligi va mukammal
qulaylikni hisobga olgan holda yuqori tezlik va harakat jadalligini ta’minlaydi.
Kelajakdagi harakat jadalliklarining yengil avtomobillarga keltirilgan soni
(dona/sutka) 14000 dan ortiqdir [4].
Shu bilan birgalikda, Bobur shoh ko‘cha yo‘l tarmog‘idagi transportlar oqimi
yildan yilga o‘smoqda. Yo‘l tarmog‘i ikki avtomobil yo‘li kesishmasida joylashgan.
Ular: 4R-116 (86-93km) va 4K-91A (5-7 km) avtomobil yo‘llari. Boburshoh ko‘cha
yo‘l tarmog‘i umumiy 7 km.ni tashkil etadi. Ikki qismni bog‘lovchi yo‘l
o‘tkazgichning umumiy uzunligi 750 metrni tashkil etadi. Avtomobil yo‘li to‘liq
piyodalar yo‘lakchasi bilan jihozlangan, kengligi 60 metr, avtomobil yo‘lining
transportlar qatnov qismi 24 metrni tashkil etadi [5].
2029
3543
3396
3328
3580
3555
1346
1568
1881
3068
2772
2860
0
500
1000
1500
2000
2500
3000
3500
4000
07:00 08:00 09:00 10:00 11:00 12:00 13:00 14:00 15:00 16:00 17:00 18:00
Transportlar oqimi
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 6, 2024. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
236
1-rasm. Bobor shoh ko‘chasidagi transportlar oqimi tahlili.
Ko‘cha yo‘l tarmog‘i bo‘yicha o‘rganilgan tadqiqotlarga asosan kunning 7:00
vaqtidan 18:00 ga qadar transportlar oqimi umumiy 33 mingga yaqin ekanligi
aniqlandi 1-rasm.
Ko‘cha yo‘l tarmog‘i bo‘yicha o‘rganilgan tadqiqotlarga asosida Shaharsozlik
normativ qoidalari 2.05.02-07 «Avtomobil yo‘llari»ga 3-son o‘zgartirish bo‘yicha
Bobur shoh ko‘chasi yo‘lning o’tkazuvchanligi 14 mingtadan ortiq belgilanganligi
sababli taqdiqotda 33 mingga yaqin ekanligi aniqlanganligi sababli ko’cha yo’l
tarmog’idagi yuklama 2 barobardan ortiqligi aniqlandi.
Hisob tahlil asosida bir kunlik yoqilg’i iste’moli uchun o’rtacha
110 mln.so’mdan ortiq mablag’ ushbu yo’l uchastkasini aylanib o’tish uchun
sarflanishi aniqlandi.
Albatta birgina yoqilg’i iste’moli emas balki insonlarning ekologik
madaniyatini oshirish va avtomobillarning tabiatga zararli ta’sirini kamaytirish
bo’yicha maksimal darajada chora tadbirlar ko’rish kerak. Avtomobillarning
ekologik sinfini ishlab chiqish va bu sinfni muntazam kengaytirish bo‘yicha ishlar
olib borish. Avtomobillarning chiqadigan chiqindilarning standart texnik va
kimyoviy tarkibini domiy ravishda nazorat qilish. Yo‘l harakatini tashkil etish,
ko‘cha-yo‘l tarmog‘ini rekonstruksiya qilish, atmosferadagi ifloslantiruvchi
moddalarning ruxsat etilgan maksimal kontsentratsiyasi normalari va avtotransport
harakati natijasida yuzaga keladigan maksimal ruxsat etilgan shovqin darajalari
turar-joy binolari hududida ortiqcha bo‘lgan taqdirda avtotransport vositalaridan
cheklangan miqdorda foydalanish hududlarini joriy etish kerak.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-avgustdagi VM-479
Farmoyishi.
2.
O’zbekiston Temir yo’llari aksiyadorlik jamiyatining Chipta xarid
https://eticket.railway.uz/uz/home
3.
Oʼzbekiston Respublikasi Transport vazirligining “Yo‘lovchi tashish
yo‘nalishlarini ochiq tenderlar orqali tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha elektron
axborot tizimi”.
4.
Shaharsozlik normativ qoidalari 2.05.02-07 «Avtomobil yo‘llari»ga 3-
son o‘zgartirish.
https://lex.uz/ru/docs/-6872552
5.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 6, 2024. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
237
6.
Rustamjon o‘g, T. R. H. (2023). ANDIJON SHAHAR HUDUDIDAGI
EKOLOGIK
MUAMMOLAR
ASOSIDA
SHAHAR
TRANSPORTINI
TARTIBGA SOLISH.
Scientific Impulse
,
2
(13), 397-399.
7.
Rustamjon o‘g, T. R. H. (2023). METHODOLOGY OF FACTORS
AFFECTING THE PRIORITY OF PUBLIC TRANSPORT IN ANDIJAN CITY IN
THE EXAMPLE OF BUS DIRECTION NUMBER 21.
JOURNAL OF SCIENCE,
RESEARCH AND TEACHING
,
2
(11).
8.
Turabayev, K. (2023). ANDIJAN CITY PUBLIC TRANSPORT TO
PROVIDE PRIORITY OF MOVEMENT.
Solution of social problems in
management and economy
,
2
(11), 162-164.
9.
Zakirovich, N. I., & Azamatjon Ulug‘bek o‘gli, M. (2024). ANDIJON
SHAHRINING YO‘NALISHLARI UCHUN AVTOBUSLARNING SIG‘IMI VA
HARAKATLANISH INTERVALINI MAQBULLASHTIRISH. Journal of new
century innovations, 49(1), 189-193.
10.
Турабоев Х. Олимжонов, М. (2023). СУЩЕСТВУЮЩЕЕ
СОСТОЯНИЕ АВТОБУСНЫХ ОСТАНОВОК В ГОРОДЕ АНДИЖАНЕ.
Science and innovation in the education system, 2(11), 127-129.
