“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 5, 2024. MAY
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
12
SHAHAR JAMOAT TRANSPORTINI ASOSLI SHAKLLANTIRISH
ANDIJON SHAHRI MISOLIDA
To‘raboyev Holmurod Rustamjon o‘g‘li
Alijonov Shahzodbek Zafarbek o‘g‘li (talaba)
Andijon mashinasozlik instituti katta o‘qituvchi
holmurodturaboyev@gmail.com +998 94 417 00 91
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Andijon shahridagi mavjud yo‘nalishlar
tarmog‘ini qaytadan inventarizatsiyadan o‘tkazish, ustma ust tushuvchi yo‘nalishlar
tarmog‘ini qaytadan ko‘rib chiqish yo‘nalishlarda jamoat transportu ustuvorligini
ta’minlash, jamoat transportlaridan oqilona foydalanish hamda har bir yo‘nalish
kesimida optimallashtirish choralari xususida so‘z boradi.
Abstract:
In this article, re-inventory of the network of existing routes in the
city of Andijan, reconsideration of the network of overlapping routes, ensuring the
priority of public transport in the routes, rational use of public transport and each
optimization measures are discussed in the section of the route.
Аннотация:
В
данной
статье
в
разделе
рассматриваются
переинвентаризация сети существующих маршрутов в Андижане, пересмотр
сети перекрывающихся маршрутов, обеспечение приоритета общественного
транспорта в маршрутах, рациональное использование общественного
транспорта и каждое мероприятие по оптимизации. маршрута.
Kalit so‘zlar so‘zlar va iboralar:
ekologiya, jamoat transporti, tender bitimi,
sxematik, ustuvorlik, yo‘nalishli taksi, tirbandlik, optimallashtirish, loyihalash.
Keywords words and phrases:
ecology, public transport, tender agreement,
schematic, priority, directional taxi, traffic, optimization, design.
Ключевые слова и фразы:
экология, общественный транспорт,
тендерное соглашение, схема, приоритет, маршрутное такси, дорожное
движение, оптимизация, проектирование.
KIRISH
Urbanizatsiya jarayonining jadallashuvi, megapolis shaharlarning ko‘payishi,
aholi sonining o‘sishi natijasida jamoat transportiga bo‘lgan talab va ehtiyoj yil sayin
oshib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida, jamoat transporti xizmati sifatini oshirish,
madaniyatini yuksaltirish, uni bugungi davr va sharoitga moslashtirishni taqozo
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 5, 2024. MAY
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
13
etmoqda. Jamoat transportining bo‘lgan e’tibor birgina yo‘lovchilarni tashishda
emas balki Respublikamizdagi ekologik muhitini o‘zgartirishiga ta’sir o‘tkazish
bilan bog‘liq. Ekologik muhitga birgina transportlar soni ortishi bilangina emas balki
sanoat ishlab chiqarish sohalaridagi keng ko‘lamli islohotlar sababli yuzaga
kelmoqda. Albatta keng ko‘lamli islohotlarga bir tomonlama emas balki bir necha
tomonlar orqali amalga oshirilsa, ekologik tizim kundan kunga yomonlashib
bormaydi.
Mavjud ekologik tizimlarni yaxshilash maqsadida hamda hududlarda jamoat
transporti ustuvorligini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2023 yil 16 fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-59-son Qarori qabul qilingan. Qarorning 3-ilovasida
Andijon shahrida jamoat transporti tizimini takomillashtirish bo‘yicha «Yo‘l
xaritasi» ishlab chiqilgan. Yo‘l xaritaning 11-bandi “Jamoat transporti ustuvorligini
ta’minlash maqsadida yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish” bo‘yicha 2023-
2025 yillar davomida Andijon shahrida jamoat transporti doimiy harakatlanadigan
ko‘chalarda alohida avtobus yo‘laklarini joriy etish ko‘zda tutilgan. Shunga asosan
2023-2025-yillar davomida Andijon shahrining A.Temur shoh ko‘chasi, Bobur shoh
ko‘chasi, Milliy tiklanish ko‘chasi, I.Karimov ko‘chasi, Y.Otabekov ko‘chasi hamda
Mustaqillik ko‘chasida jami 36,4 km uzunlikdagi alohida avtobus yo‘laklari tashkil
etilishi belgilangan [1].
Zamonaviy avtobuslar aholiga sifatli, arzon, hamyonbop xizmat ko‘rsatishi
bilan ajralib turadi. Albatta Respublikamiz bo‘ylab barcha shahar tumanlarda jamoat
transporti tarmog‘i qisman avtobus transport vositalariga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, 2021-2022 yillar davomida Andijon shahriga qo‘shimcha 80 ta
zamonaviy (10 ta
AZIASTAR
hamda 70 ta
ZHONG
TONG
rusumdagi) avtobuslar
olib kelinib yo‘nalishlarga aholiga sifatli jamoat transporti harakatini amalga oshirib
kelmoqda.
Bugungi kunda Andijon shahri hududida Andijon viloyati transport
boshqarmasi tomonidan berilgan tender bitimi asosida 9 ta yo‘nalishlarda jamoat
transporti harakatlari yo‘lga qo‘yilgan (1-jadval).
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 5, 2024. MAY
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
14
1-jadval
№ Yo‘nalish №
Transport
turi
(rusumi)
Yo‘nalishdagi
avtobus
yoki
elektrobuslar soni
1
1-“Gulshan-Shahar
markaziy
shifoxonasi”
Zhong Tong avtobus
(gaz)
va
Aziastar
(gaz)
20
2
22-“Pistamozor-Shahar
markaziy shifoxonasi”
Zhong Tong avtobus
(gaz)
20
3
75-“Pistamozor-36 post”
Zhong Tong avtobus
(gaz)
12
4
394-“Munduz-Qishloq xo‘jaligi
instituti”
Zhong Tong avtobus
(gaz)
20
5
8-“Taxtako‘prik-Jahon bozor”
Isuzu avtobus (gaz)
10
6
11-“Eski shahar-Bo‘ston”
Isuzu avtobus (gaz)
4
7
21-“Mirzayev-Jahon bozor”
Isuzu avtobus (gaz)
8
8
35-“Chilonmozor-Eski shahar”
Isuzu avtobus (gaz)
6
9
55-“Zavraq GES-Jahon bozor”
Isuzu avtobus (gaz)
10
Jami:
110
Statistik ma’lumotlar asosida shahar hududida 460 mingdan ziyod aholi
istiqomat qilib boshqa viloyatlarga to‘g‘ri keluvchi talabalar soni 35 mingdan
ziyoddir. Bu esa hududda 500 mingga yaqin aholi yashashini anglatadi.
Jamoat transportlari soni har 1000 kishiga to‘g‘ri keluvchi aholiga nisbatan
ancha kam albatta. Prezidentimiz tomonidan surilayotgan tadbirlar asosida hududda
jamoat transporti ustuvorligini ta’minlash yuzasidan ishlar amalga oshirilishi
belgilangan.
Shunday qilib, shahar jamoat transporti yo‘nalishlarini loyihalashda ma'lum
yondashuvlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, mavjud usullar turli tamoyillarga asoslanadi.
Bu turli shaharlarda jamoat transportining turli xil ish sharoitlarini maksimal
darajada hisobga olish zarurati bilan bog‘liq. Qadimgi yo‘l tarmog‘ining muhim
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 5, 2024. MAY
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
15
ulushiga ega bo‘lgan shaharlar uchun shahar yo‘lovchi tashish transportining
marshrut sxemasini loyihalashda hisobga olinishi kerak bo‘lgan qo‘shimcha shartlar
mavjud [2].
1-rasm. Andijon shahridagi avtobus yo‘nalishlarining sxematik joylashuvi
Mavjud transportlar oqimini hisobga olgan holda hududga kirib keluvchi
transportlarni shaharning chekka qismida olib qolib ichki yo‘nalishlarda jamoat
transporti ustuvorligini ta’minlash zarur [3].
Bugungi kunda Andijon shahridagi jamoat transportini tahlil etishda birinchi
navbatda uning qanday tuzilganligini anglab yetishimiz zarur. Quyidagi 1-rasmda
Andijon shahridagi avtobus yo‘nalishlarining sxematik joylashuvi keltirilib o‘tilgan
Sxematik ko‘rinish asosida Andijon shahrida quyidagi:
-
jamoat transporti yo‘nalishlariga to‘g‘ri keluvchi yoki parallel tushuvchi
yo‘nalishli taksi yo‘nalishlarini yopish.
-
tirbandliklar yuzaga keluvchi ko‘cha yo‘l tarmoqlarida jamoat transporti
ustuvorligini ta’minlash.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 5, 2024. MAY
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
16
-
ko‘cha yo‘l tarmoqlarida jamoat transporti ustuvorligini beruvchi axborot
ishora belgilari sonini orttirish.
-
shaharning tirbandliklar yuzaga kelayotgan ko‘chalariga parallel ko‘cha yo‘l
tarmoqlarini shakllantirish.
-
jamoat transportidan unumli foydalanish.
-
yo‘nalishli taksi yo‘nalishlarini optimallashtirish.
-
jamoat transporti yo‘nalishlarida avtobus bekatlarini loyihalash.
-
Jamoat
transporti
yo‘nalishlarida
parallel
tushuvchi
qismlarni
optimallashtirish
-
jamoat transporti yo‘nalishlaridan oqilona foydalanish kabi ishlarni bajarish
zarurligini ko‘rsatmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 fevraldagi “Jamoat
transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-59-son Qarori.
2.
М.В.
Буйлова.
ФОРМИРОВАНИЕ
МАРШРУТНЫХ
СЕТЕЙ
ГОРОДСКОГО
ОБЩЕСТВЕННОГО
ТРАНСПОРТА.
3.
Rustamjon o‘g, T. R. H. (2023). ANDIJON SHAHAR HUDUDIDAGI
EKOLOGIK
MUAMMOLAR
ASOSIDA
SHAHAR
TRANSPORTINI
TARTIBGA SOLISH. Scientific Impulse, 2(13), 397-399.
4.
Rustamjon o‘g, T. R. H. (2023). METHODOLOGY OF FACTORS
AFFECTING THE PRIORITY OF PUBLIC TRANSPORT IN ANDIJAN CITY IN
THE EXAMPLE OF BUS DIRECTION NUMBER 21. JOURNAL OF SCIENCE,
RESEARCH AND TEACHING, 2(11).
5.
Turabayev, K. (2023). ANDIJAN CITY PUBLIC TRANSPORT TO
PROVIDE PRIORITY OF MOVEMENT. Solution of social problems in
management and economy, 2(11), 162-164.
6.
Zakirovich, N. I., & Azamatjon Ulug‘bek o‘gli, M. (2024). ANDIJON
SHAHRINING YO‘NALISHLARI UCHUN AVTOBUSLARNING SIG‘IMI VA
HARAKATLANISH INTERVALINI MAQBULLASHTIRISH. Journal of new
century innovations, 49(1), 189-193.
7.
Турабоев Х. Олимжонов, М. (2023). СУЩЕСТВУЮЩЕЕ СОСТОЯНИЕ
АВТОБУСНЫХ ОСТАНОВОК В ГОРОДЕ АНДИЖАНЕ. Science and
innovation in the education system, 2(11), 127-129.
