“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 9, 2024. SEPTEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
99
ASRNING ASL SOZANDASI – TURGʻUN ALIMATOV.
Yunus Rаjаbiy nomidаgi milliy musiqа sаn’аti instituti
“Mаqom cholg‘u ijrochiligi” kаfedrаsi mudiri, dotsenti
Ilyos Аrаbov
Аnnotаtsiyа:
Ushbu maqola O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi
faxriy professori, milliy musiqa san’atimiz tarixida yorqin iz qoldirgan
namoyandalar safidan o‘rin olgan benazir sozanda, mohir bastakor, mehrli ustoz,
milliy cholg‘ular ijrochiligini yanada yuqoriroq pog‘onaga ko‘tarishga beminnat
xizmat qilgan, hayotligidayoq afsonaviy san’atkorga aylangan, “XX asr
tanburchisi”, “Tillo noxun” kabi oliy darajadagi ta’riflarga sazovor bo‘lgan ,
Turg‘un Alimatov haqidadir.
Kаlit so`zlаr:
Tanbur, dutor, sato, nola, ijrochilik mаktаblаri, Turg‘un
Alimatov, ijodiy yutuqlаr, ijodiy meros.
Аннотация:
Данная статья посвящена Тургуну Алиматов, народному артисту
Узбекистана и почетному профессору Узбекистанской государственной
консерватории. Он занимает выдающееся место в истории национального
музыкального искусства как уникальный музыкант, талантливый композитор
и добрый учитель. Алиматов неустанно способствовал развитию
исполнительского мастерства национальных инструментов, став легендарной
фигурой еще при жизни. Он удостоен высших наград и титулов, таких как
"Танбурист XX века" и "золотой нохун".
Ключевые слова:
Танбур, дутор, сато, нола, исполнительские школы,
Турғун Алиматов, творческие достижения, творческое наследие.
Аbstrаct:
This article focuses on Turğun Alimatov, a People's Artist of Uzbekistan and
an honorary professor at the Uzbekistan State Conservatory. He holds a prominent
place in the history of national music art as a unique musician, skillful composer,
and kind mentor. Alimatov tirelessly contributed to the advancement of performance
techniques for national instruments, becoming a legendary figure during his lifetime.
He has received high honors and titles, such as "Tanburist of the 20th century" and
"Golden Nail."
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 9, 2024. SEPTEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
100
Keywords:
Tanbur, dutor, sato, nola, performance schools, Turgun Alimatov,
creative achievements, creative legacy.
KIRISH
Bugungi kunda O‘zbekistonda san’at va madaniyatga e’tibor – ijtimoiy
islohatlarning bosh mezoni sifatida ko‘rilayotgani hech kimga sir emas. So‘nggi
yillarda O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan chiqarilayotgan farmon va
qarorlar bevosita san’at va madaniyat sohasini yanada taraqqiy toptirishga xizmat
qiladi. Jumladan, sohani yanada rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustda “O‘zbekiston
Respublikasi madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirish to‘g‘risida”gi
PQ3920-sonli qarori, 2018-yil 28-noyabrda “O‘zbekiston Respublikasi milliy
madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4038-
sonli qarori, 2020-yil 26-mayda “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi
o‘rni va ta’sirini yanada oshirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6000-sonli farmoni
qabul qilindi.
Shu bilan birga, 2021-yil 9-dekabrdagi “Madaniyat va san’atni rivojlantirishni
qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ36-sonli qarori
hamda 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga
doir qo‘shimcha choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-112-sonli qarorlarda ham sohaga
oid dolzarb masalalar belgilangan bo‘lib, ularni amalga oshirishda soha
mutasaddilariga juda katta vazifalar yuklatilgan. Shulardan bir qatorda 2023-yil 11-
sentabrda “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi PF-158-son farmonida
Respublikamizda 2030-yilgacha madaniyat va san’at sohasida amalga oshirilishi
kerak bo‘lgan islohatlar aniq belgilab berilgan.
Shubha yo‘qki, Milliy musiqa san’atimizni yangi bosqichga olib chiqishda
o‘tgan ulug‘ ustozlarimizning ijodi va faoliyatini, ularning o‘ziga xos va betakror
ijrochilik mahoratini har tomonlama chuqur o‘rganish va targ‘ib etish uchun katta
imkoniyatlar yaratildi. XIX asr oxiri – XX asr davomida Ota Jalol Nosirov (1845-
1928), Hojji Abdulaziz Rasulov (1852-1936), Ota G‘iyos Abdug‘ani (1859-1927),
Levi Boboxonov (1873-1926), Usta Olim Komilov (1875-1953), Abdusoat Vahobov
(1875-1934), Shorahim Shoumarov (1876-1969), Domla Halim Ibodov (1878-1940),
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 9, 2024. SEPTEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
101
Berkinboy Fayziyev (1885-1945), Rizqi Rajabiy (1887-1977), Matyusuf Xarrotov
(1889-1953), Imomjon Ikromov (1891-1980), Jo‘rabek Saydaliev (1905-), Orif
Qosimov (1909-2001), G‘anijon Toshmatov (1913-1994), Faxridin Sodiqov (1914-
1977), Fattohxon Mamadaliev (1923-1999), Orifxon Hotamov (1927-2002),
Rasulqori Mamadaliev (1928-1976) va boshqa maqomdon san’atkorlarning ijrochilik
faoliyati tahsinga sazovor.
Turg‘un Alimov nomi ham tarixda yorqin iz qoldirib, ana shunday mashhur
ijodkorlar safiga qo‘shildi. Turg‘un Alimatov nafaqat zamondoshlari, balki navqiron
avlodlarning musiqiy tafakkurini boyitishga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Benazir
sozandaning jahon sahnalarida jonli ijrosi orqali qozongan muvaffaqiyatlari mumtoz
musiqamiz dovrug‘ini dunyoga keng yoyildi. Turg‘un Alimatov nafaqat tanbur, balki
sato va dutor cholg‘ularining har birini maromiga yetkazib ijro etish mahoratiga ega
bo‘lgan.
Turg‘un Alimatovning dastlabki ijrochiligi dutor bilan bog‘liq bo‘lib, u ushbu
asbobni o‘ziga xos uslubda chalardi. Uning ijrosida boshqa musiqachilardan farqli
ravishda, kuy jarayonida ohangning noladorligini ta’minlashga alohida e’tibor
berilgan. U shuningdek, parda ketma-ketligini uzmasdan, glissando usuli bilan
sirg‘antirib ijro etardi. Ushbu yondashuv dutor torlarining bir-biriga mutanosibligini
saqlab, ma’lum bir pardada ikkita torni uyg‘unlashtirib ijro qilishga imkon yaratgan.
Ijro jarayonida nafaqat birinchi tor, balki ikkinchi tor ham birinchi torning pardalariga
moslashtirib chalinardi.
Darhaqiqat, Turg‘un Alimatov chinakam milliy ijodkor edi. U o‘ziga xos va
betakror ijodiy uslubini yaratgan, mustaqil ijrochilik yo‘lini topa olgan buyuk
san’atkordir. Zamondosh ko‘p sozandalar orasida beqiyos salohiyati bilan ajralib
turuvchi Turg‘un Alimatov ijrochilarga xos bo‘lgan holat, kuy-ohang bezaklari
haqida quyidagi ajoyib fikrlar bilan o‘rtoqlashgan: “Milliy musiqamizning tabiati
shundayki, unga noziklik, dard, nola baxsh etilmasa, u qurq bir tovushga o‘xshab
qoladi. Shuning uchun uni bitta sozning o‘zida chalganida ham dunyo eshitadigan
qilish mumkin”. Ustoz mulohazalarini davom ettirar ekan: “Dutor va tanburimizda
ana shu dardni tashqariga chiqaradigan barcha imkoniyatlar bor” – deb bejiz
ta’kidlamagan. Turg‘un Alimatov o‘z ijodiy-ijroviy yondashuvining sirlarini
quyidagi tarzda bayon etgan: “Men cholg‘uchi bo‘lmasimdan avval eshitgan
kuylarimning ohanglari yuragimga o‘rnashib qolgan. Qo‘limga cholg‘u asbobini
olganimdan keyin, o‘sha yuragimga o‘rnashgan narsalarni qo‘lda ifoda eta
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 9, 2024. SEPTEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
102
boshlaganman. Toki, o‘sha ko‘nglimdagi darajaga yetadigan bo‘lguncha
chalaverganman. Shu sababli, – deya davom etadi ustoz, – asl musiqani ijro etayotgan
narsa qo‘lim emas, qalbim! Uzluksiz chalaverishimdan keyin o‘zidan-o‘zi pishib,
ma’lum bir kuy shakliga kirib qoladi”. Milliy musiqa ijrochiligida qo‘llaniladigan
bezaklarning maxsus atamalar bilan nomlanishi ko‘pchilikka ma’lum. Masalan,
“qochirim”, “to‘lqinlatish”, “nolish”, “kashish” va boshqalar. Turg‘un Alimatov
mazkur musiqiy bezaklarni o‘z o‘rnida ishlata oldi. Chunki ushbu musiqiy bezaklar
majmui tovushlarning ta’sirchanlik sifatini belgilaydi. Musiqa bezaklari yuzasidan
izohlarni professor Rifatilla Qosimovning “An’anaviy tanbur ijrochiligi” darsligidan
to‘liq kiritishga jazm etdik. Mazkur kitobda aynan Turg‘un Alimatovning ijodiy-
ijroviy maktabiga tayangan holda yozilganini bildik: Qochirim – oddiy va murakkab
melizm (kuyni turlicha qisqa tovushlar bilan bezatuvchi belgi)larning barcha turini
o‘z ichiga oladi:
1. Bezaklar – forshlag turlari;
2. Bidratma – trellar turlari;
3. Sayqal – mordentlar turlari.
Rifatilla Qosimov mazkur darsligida o‘zbek an’anaviy musiqa ijrochiligida
bezaklarni uch guruhga bo‘lgan:
1) oddiy;
2) qo‘sh;
3) uchtalik.
Demak, bular bir, ikki, yoki uch tovushlardan tashkil topadi. Ijro jarayonida
bunday bezaklar yangrashi lozim bo‘lgan asosiy tovushlar hisobida bo‘ladi, – deya
izoh beradi darslik muallifi. Bidratma – ikki yonma-yon tovush tebranishidan hosil
qilinadi. U eng qisqa va eng uzun tebranishdan iborat bo‘lishi mumkin. Tanburda
noxunni tor simlariga urib va urmasdan chalish uslubi bidratmaga ham taalluqlidir.
To‘lqinlatish – vibrato. Tanbur, sato, g‘ijjak ijro etiluvchi ifodaviy usullardan biri
hisoblanadi. Tanburda barmoqni pardaga bosib noxun bilan urilgandan so‘ng
barmoqning o‘zida torni vertikal holda bosib titratish yo‘li bilan hosil qilinadi.
Shuningdек, ushbu bezakdan butun, yarimtallik, choraktalik va nimchorak notalarni
ijro etishda foydalanish mumkin. Bundan tashqari, mazkur usulning badiiy ahamiyati
shundan iboratki, ahamiyatsiz holda takrorlanib turadigan ko‘tarilish va pasayishga
erishilgan egiluvchanlik, tovushning to‘la-to‘kisligi va mazmunga boyligi uning
tembrini o‘zgartiradi. To‘lqinlatish eshitish qobiliyatiga aynan tembrning tarkibiy
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 9, 2024. SEPTEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
103
qismi, tovushning bo‘yog‘ı sifatida qabul qilinadi. U ko‘pincha mustahkam, ya’ni
nisbatan uzoq yangrovchi tonlarda qo‘llanilib, ijro etilayotgan musiqa xarakteriga
mos bo‘lishi lozim. Nolish – yarim ton chegarsigacha bo‘lgan o‘ziga xos yirik
bidratma (vibrato). Tanburni chalganida bu usul chap qo‘l barmoqlarini bir tekisda
dastada vertikal, chuqurroq bosib harakatlantirish bilan ijro etiladi. Molish – (silab
o‘tmoq) – bir tovushdan ikkinchisiga sekinlashgan holda sirpanish usuli, glissandoga
yaqin. To‘lqinlatish, nolish va qo‘chirim unsurlari bilan uyg‘unlashib ishlatiladi.
Badiiy talqin etishning o‘ta muhim vositalaridan biri bo‘lib qolgan. Kashish –
(cho‘zim) – yarim ton doirasida amalga oshiriladigan bezak usuli. Bunda barmoqlar
tanbur dastasida pardaga bosiladi va ikkinchi barmoq bilan vertikal holda yarim ton
gacha tor eziladi. Ushbu ijro etish ifoda vositalarining yorqin sifat ko‘rinishi, rango-
rang ishlatilishi Turg‘un Alimatovning tanbur, dutor va sato ijrochiligida kuzatiladi.
Kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, Turg‘un Alimatovning ijodiy va ijroviy merosida
quyidagi bastakorlarga xos yo‘nalishlar asosiy o‘rin egallaydi:
Masalan, “Fabrika”, “Bilaguzuk”, “Jigar pora”, “Tanovar”ning turli yo‘llari,
jumladan, “Farg‘ona tanovari”, “Qo‘qon tanovari”, “Adolat tanovari” va boshqalar;
Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llarini bastakorona qayta ishlash natijasida o‘ziga xos
ijro talqinini yaratish. Bunga “Segoh”, “Navrozi Ajam”, “Eshvoy”, “Kurd”,
“Chorgoh”, “Toshkent Irog‘i”, “Cho‘li Iroq”, “Girya 1,2” misol bo‘lib xizmat qiladi;
Shashmaqom cholg‘u va ashula yo‘llaridagi asarlarni ijro etish jarayonida noyob
talqiniga erishish. Masalan, “Navo”, “Saraxbori Buzruk”, “Samoi Dugoh”,
“Samarqand Ushshog‘i” va.b. kabilar; Zamondosh bastakorlarning asarlarini qayta
idrok etish. Masalan, mashhur xalq ashulalaridan “Ey sabo” Doni Zokirov musiqasi,
“Guluzorim” Hoji Abdulaziz Rasulov musiqasi, “Kuygay” Yunus Rajabiy musiqasi,
“Yolg‘iz” To‘xtasin Jalilov musiqasi kabi namunalardir. Noyob asarlar ijod etish.
Masalan, “Dutor navosi”, “Tanbur navosi”, “Sato nolasi”, “Improvisatsiya” va
boshqalar.
O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faxriy professori
Turg‘un Alimatov milliy musiqa san’atimiz tarixida yorqin iz qoldirgan
namoyandalar safidan o‘rin olgan. U benazir sozanda, mohir bastakor, mehri va ustoz
sifatida milliy cholg‘ular ijrochiligini yanada yuqoriroq pog‘onaga ko‘tarishga
beminnat xizmat qildi. Shuning uchun ham u hayotligida afsonaviy san’atkorga
aylanishga, “XX asr tanburchisi”, “Tillo noxun” kabi oliy darajadagi ta’riflarga
sazovor bo‘ldi. Shubhasiz, hassos san’atkor ijro va ijod bobida mahorati, mumtoz
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 9, 2024. SEPTEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
104
musiqa san’atidagi ko‘p yillik mehnati tufayli yangi-yangi kuy talqinlari, noyob
chalish uslubi yuzaga kelishiga zamin hozirladi. Ustoz-sozanda asarlarni o‘rganish va
amaliy o‘zlashtirishdan tortib, tinglovchilar hukmiga olib chiqguncha murakkab va
mashaqqatli, ayni paytda go‘zal va lazzatli jarayonni boshdan kechirgan desak
mubolag‘a bo‘lmaydi. Shuning uchun ham Turg‘un Alimatov musiqasi tinglovchini
o‘ziga rom etadi va qalbiga rohat baxsh etadi. Balki shu sababdan ham sozandalik
san’atini puxta egallagan Turg‘un Alimatov san’ati bugungi kunda ham o‘z qadr-
qimmatini yo‘qotmay, xalq mehri to‘ridan joy olganligi bilan ajralib turadi.
Sozandaning ijro san’ati xalqaro ko‘lamda tanildi. Turg‘un Alimatovni
hayotining so‘nggi davrida ko‘plab chet ellarga ijodiy safarlarga jalb etishdi.
Jumladan, Rossiya, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSH, kabi mamlakat
sahnalaridagi chiqishlari, ijodiy uchrashuvlari esda qolarli voqealarga aylangan.
O‘zbek mumtoz kuylarini tanbur, dutor va satoda faqat mohirlik bilan ijro etishi g‘arb
tinglovchilarini qizg‘in olqishlariga sazovor bo‘ldi. Bugungi kunda afsonaviy
sozanda Turg‘un Alimatovni nafaqat yurtimizda, mintaqamizda, balki uzoq elatlarda
ham milliy san’at darg‘asi sifatida yaxshi bilishadi. Ayniqsa, Ustoz-sozandaning
o‘zbek mumtoz musiqa an’analariga tayanib, samarali ijod qilib kelganligi alohida
e’tiborga loyiq. Betakror sozanda ijrosidagi asarlar orqali o‘zbek xalqining dil
tuyg‘ularini dunyo xalqlari qalbiga tutashtirishga xizmat qilib kelgan. Turg‘un
Alimatovga bag‘ishlangan ilmiy-ma’rifiy ishlar nafaqat respublika miqyosida, balki
xorij davlatlarda ham borligi bizni quvontiradi. Ammo bunday adabiyotlar juda kam.
Sevimli xalq san’atkori martabasiga musharraf bo‘lgan buyuk sozanda, mohir
bastakor, mehrli ustoz bo‘lishi iqtidor egalari uchun ta'sir ko‘rsatishi nihoyatda kuchli
edi. U umrining oxirigacha O‘zbekiston davlat konservatoriyasida tanburchi
shogirdlariga saboq berib keldi. Shogirdlarining kamoli ustoz uchun baxt sanaladi.
Turg‘un Alimatov kabi Ustozdan turli davrlarda saboq olgan, keyinchalik mashhur
xonanda, sozanda va malakali o‘qituvchi bo‘lib yetishib chiqqan shogirdlar soni
ko‘pchilikni tashkil qiladi. Jumladan, O‘zbekiston xalq xofizlari Hasan Rajabiy va
Mahmudjon Tojiboev, Milliy cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha shuhrat qozongan
zamondosh sozandalar qatorida ma'lum ma'noda Abduhoshim Ismoilov, Abdurahim
Hamidov, Ustoz – farzandlari Alisher Alimatov, Valisher va G‘anisher, nabirasi
Abror Zufarov, hozirda professor sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan tanburchi Abdulla
Umarov, O‘zbekiston xalq artisti, sozanda Toir Qoziyev va boshqa san’atkorlar
nomlarini sanab o‘tish lozim. Benazir san’at ustasi Turg‘un Alimatov ana shunday
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 9, 2024. SEPTEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
105
yetuk salohiyatli, mohir ijrochi bo‘lib jonbozlik ko‘rsatgan sozandalarni tarbiyaladi.
U yaratgan musiqiy ijrochilik yo‘li hamda ijodkorlik uslubi endilikda nabira, abira
shogirdlari tomonidan davom ettirilmoqda. Tanbur, sato, dutor chalishda faqat
bo‘lgan Turg‘un Alimatov siymosi buyuk sozanda, bastakor, ustoz sifatida shogirdlari
qalbida mangu qoladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI
1.
“O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. 2017-yil 17-noyabr.
Xalq so‘zi gazetasi. 2017 yil 18 noyabr soni.
2.
Abdulaziz I. Dutor navosi. //Arzhumand. "Sharq". T., 2012 yil.
3.
Abdulaziz I. Turg‘un Alimatovning ko‘ngil mulki. //Jannatmakon jurnali. T.,
2006 yil.
4.
Ahmadov M. Hoji Abdulaziz Rasulov (1852-1936). T., "O‘qituvchi" 1974 yil.
5.
Alimatov A., Akrom S. San’atga baxshida umr. "MERIYUS". T., 2017 yil.
6.
Alimatov T. Soz vasfi. //“Sharq yulduzi” jurnali, 1996 yil, 1 son.
7.
Alimatov T. Ustozlar iborati yoshlarga o‘rnak. //Shashmaqom saboqlari. T.,
2005 yil.
8.
Ibrohimov O. Benazir san’atkor. //Shashmaqom saboqlari. T., 2005 yil.
9.
Karimova N. Turg‘un Alimatov va uning ijodiy-ijroiy merosi. Magistrlik
dissertatsiya. T., 2013 yil.
10.
Матякубов О. Додекаграмма. Т., Издательство “Истиқлол”, Т., 2005 год.
11.
Olimboeva-Ahmedova K. O'zbek ayoli hayotida musiqa //O'zbek xalq
xonanda va sozandalari. Turg‘un Alimatov. "Yozuvchi". T., 1996 yil.
12.
Oripov Z. Ilk qadamlar. "Sovet O'zbekiston san’ati" jurnali, 1978 yil, 9 son.
13.
Qosimov R. An’anaviy ijrochilik.-T., 2007.
14.
Rajabiy H. Ba'rying to'la navo sening. //“Sovet O'zbekiston san’ati” jurnali,
1981 yil, 5 son.
15.
Rajabiy Yu. O‘zbek xalq muzikasi. V tom. Buxoro maqomlari – T.: 1959.
16.
Rajabiynoma. Tuzuvchi Hasan Rajabiy. – Toshkent, "Art press", 2016.
17.
Rajabov I. Maqomlar – T.: 2006.
18.
Sh.M.Mirziyoyev Erkin va faravon demokratik O‘zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz. “O‘zbekiston” NMIU, 2016y.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 9, 2024. SEPTEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
106
19.
Sh.Mirziyoyev Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt
20.
Yunusov R. Faxriddin Sodiqov. "UNESCO". T., 2005 yil.
21.
Yunusov R. O‘zbek xalq musiqa ijodi – T.: 2000.
22.
Yunusov R. Turg‘un Alimatov va uning musiqasi. "The Bukharian Times"
gazetasi, Nyu-York, 2012 yil, 518 son.
23.
Zufarov A. "Tanovar"da aks etgan umr. Guliston jurnali, 2022 yil 1-son.
