“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
116
ILK BOLALIK DAVRINING O'ZIGA XOS PEDAGOGIK VA
PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
University of Business and Sciense
Pedagogika va psixologiya yo’nalishi 4-kurs talabasi
Axmedova Zilola Ulug’bek qizi
tel: +99890 627 13 86
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning
psixologik xususiyatlari muhokama qilingan. Ayniqsa go‘daklik davrida bolalarda
paydo bo‘ladigan oliy psixik funksiyalarning paydo bo‘lish xususiyatlari keng
yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
go‘daklik, ilk bolalik, maktabgacha yosh davri, tafakkur,
xissiyot, idrok, iroda, intellekt.
PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF CHILDHOOD
ABSTRACT
This article discusses the psychological characteristics of
preschool children. The characteristics of the development of higher mental
functions in children, especially in infancy, are widely covered.
Keywords:
infancy, early childhood, preschool, thinking, emotions,
perception, will, intellect.
KIRISH
Ilk bolalik va maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik
xususiyatlarini ilmiy, nazariy jihatlarini o’rganish oliy pedagogic ta’limda muhim
amaliy ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan ta’kidlash lozimki, jamiyat - bu
insonlar, shu jumladan bolalar muammosi majmuidir. Demokratik jamiyatning
rivojlanishi va ma’naviy salohiyati ko’p jixatdan ana shu bolalarga beriladigan
psixologik, tarbiyaviy ta’lim mazmuniga bog’liq. Har bir bola jamiyatda yashar
ekan, u unda o’ziga xos o’rin va mustaqil mavqe egallashga intiladi, shuning uchun
u o’ziga xos intilish, layoqat va faollik, intelektual mehnat namunalarini namoyish
etadi. Bolalar o’rtasidaga o’zaro munosabatlarni hamda har bir shaxsning
jamiyatdaga o’rni va uning turlicha munosabatlari tabiatini o’rganuvchi qator
pedagogik fanlar mavjud bo’lib, ularning orasida psixologiya alohida o’rin
egallaydi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Psixologiya
fanida yosh davrlarini tabaqalash bo’yicha turlicha usullar mavjuddir. Bu inson
shaxsini tadqiq qilishga turli nuqtai-nazardan yondashuvi va mazkur muammoning
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
117
mohiyatini turlicha yoritadi. Shveysariyalik psixolog J.Piajening aql-idrok
nazariyasi, aql-idrok funksiyalari hamda uning davrlari haqidagi ta’limotni o’z
ichiga oladi. Aql-idrokning asosiy vazifalari, moslashish va ko’nikishdan iborat
bo’lib, bu uning doimiy vazifalar turkumini tashkil etadi. Muallif, bola aql-idrokini
quyidagi psixik rivojlanish davrlariga tasniflaydi: 1.sensomotor intellekti-
tug’ilgandan 2 yoshgacha; 2.operasiyagacha tafakkur-davri - 2 yoshdan 7
yoshgacha; 3.aniq operasiyalar davri-7,8 yoshdan 11, 12 yoshgacha; 4.rasmiy
operasiyalar davri. Fransuz psixologi A.Vallon esa yosh davrlarini quyidagi
bosqichlarga. ajratadi: 1) homilaning ona qornidagi davri; 2) impulsiv harakat davri
- tug’ilgandan 6 oylikkacha; 3) his-tuyg’u davri (emosional) - b oylikdan 1
yoshgacha; 4) sensomogor (idrok bilan harakatning uyg’unlashuvi) davri 1 yoshdan
3 yoshgacha; 5) personologizm (shaxsga aylanish) davri - 3 yoshdan - 5
yoshgacha;19 6) farqlash davri - 6 yoshdan - 11 yoshgacha; 7) jinsiy yetilish va
o’spirinlik davri - 12 yoshdan -18 yoshgacha. L.S.Vigotskiy psixologlarning yosh
davrlarini tabaqalash nazariyalarini tanqidiy tahlil qilib, muayyan rivojlanishni
vujudga keltiruvchi ruhiy yangilanishlarga tayanib, yosh davrlarini quyidagi
bosqichlarga ajratadi; 1. Chaqaloqlik davri inqirozm. 2. Go’daklik davri - 2 oylikdan
1 yoshgacha, bir yoshdagi inqiroz. 3. Ilx bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha - 3
yoshdagi inqiroz. 4. Maktabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha - 7 yoshdagi
inqiroz. 5. Maktab yoshi davri - 8 yoshdan 12 yoshgacha - 13 yoshdagi inqiroz. 6.
Puberdat (jinsiy yetilish) davri - 14 yoshdan 18 yoshgacha, yoshdagi inqiroz.
L.S.Vigotskiy o’zining yosh davrlarini tabaqalash nazariyasini ilmiy asoslab,
ta’riflab bera olgan. Olim eng muhim psixik yangilanishlar haqida Ilmiy va amaliy
ahamiyatga molik mulohazalar bildirgan. Biroq, bu mulohazalarda ancha
munozarali, bahodi o’rinlar ham mavjud. Umuman L.S.Vigotskiyning yosh
davrlarini nazariyasi Ilmiy tarixiy ahamiyatiga ega, uning rivojlanishni amalga
oshiruvchi inqirozlar to’g’risidagi mulohazali va olga surgan g’oyalari hozirgi
kunning talablariga mosdir.
NATIJALAR
Go’daklik davri bolaning tug’ilganidan bir yoshlarigacha
bo’lgan davrni o’z ichiga olib, bu davrda bola tashqi muhitga moslashishi uchun
ma’lum darajada yetilgan nerv tizimi bilan tug’iladi. Go’daklik davri inson
hayotidagi organik ehtiyojlarni (kislorodga, ovqatga, issiq yoki sovuqqa)
qondirishga nisbatan yo’naltirilgan xatti harakatlarning tug’ma, instinktiv shakllari
sof holda kuzatiladigan yagona davr hisoblanadi. Insonga xos bo’lgan xatti-
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
118
harakatlar, yangi tajribalarni egallash uchun beqiyos imkoniyatlarning borligi
go’daklik yoshidagi bolalarning asosiy xususiyatlaridir. Agar organiq ehtiyojlar
yetarli darajada qondirib borilsa, ular o’zlarining asosiy bo’lish ahamiyatini
yo’qotadi: to’g’ri Tashqil etilgan kun tartibi, rejim va tarbiya natajasida bola psixik
rivojlanishi uchun asos bo’ladigan taassurotlarga, harakatta, muloqotga nisbatan
yangi turdagi ehtiyojlar turkumi yuzaga keladi. Bola tug’ilishning birinchi
haftasidanoq uning ko’rish va eshitish sezgilari jadal suratda rivojlanadi. Bola
harakatlanayotgan narsani kuzata boshlaydi. U turli ovozlarga, jumladan,
kattalarning tovushlariga e’tibor bera boshlaydi, Yangi tug’ilgan chaqaloqning miya
og’irligi kattalar miyasining ¼ qismiga to’g’ri keladi, nerv hujayralarning soni esa
xuddi kattalarniki kabi bo’lib, lekin ular yetarli darajada rivojlanmagan bo’ladi. Ilk
go’daklik davri - bu bolaning himoyasiz, kam harakat, harakat holatidan juda jadal
ravishda rivojlanadigan, quvnoq bolaga aylanish davridir. U qisqa vaqt ichida23
kattalar bilan munosabat o’rnatadi, predmetlarni ushlashga va ulardan foydalanishga
o’rganadi. U atrof olamdagi narsalarni kuzatadi, predmetlarni qo’li bilan ushlab,
o’larni qandayligini bilishga intiladi, tovushlarga e’tibor beradi va predmetlar
yordamida shu tovushlarni o’zi yaratishga harakat qiladi. U o’z onasi va boshqa
yaqinlari bilan emosional munosabatga qirishadi. Go’dak yoshidagi bola ham
jismonan, ham psixik, ham ijtimoiy jihatdan juda tez rivojlanadi. Juda qisqa vaqt
ichida atrofidagi hodisalarga juda kam reaksiyasi bo’lgan boladan, faol, tez
ilgaydigan, harakatchan yordamga chaqira oladigan, kattalarning yaqin kelishidan
quvonadigan bolaga aylanadi.
MUHOKAMA
Go’daklik davridagi bolaning hayoti to’liq kattalar bilan
hamqorlikdagi emosional munosabat bilan bog’liq bo’lib, bola kayfiyatining yaxshi
bo’lishiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatadi. 4-5 oyligidan boshlab, bola o’z
yaqinlarini begonalardan ajrata boshlaydi. Kattalar bilan emosional munosabat shu
yoshdagi bolalarning asosiy yetakchi faoliyati bo’lib, bola psixik taraqqiyotining
asosi bo’lib hisoblanadi. Kattalarning doimiy ravishda bola bilan birga bo’lishi, unga
nisbatan didatik qaratilishiga odatlanishi, uning o’yinchoqlarga nisbatan
qiziqishning susayishiga olib kelishi mumkin. Tarbiyaning to’g’ri olib borilishi
bolaning kattalar bilan bo’ladigan muomala-munosabatini predmetlar, o’yinchoqlar
bilan munosabatining almashinishiga olib keladi. Kattalar yordami bilan
bajariladigan barcha xatti-harakatlari bolaning kelgusi psixik rivoji uchun asos
bo’ladi. Kattalarning bolaga nisbatan emosional munosabati, ularning gaplariga
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
119
bolaning o’z diqqatini qaratish, javob qaytarishga harakat qilishi, ba’zi so’zlarni
yodida saqlab qolib, emosiya bildirishi, diqqat, xotira, nutq va boshqa bilish
jarayonlarining rivojlanishiga zamin bo’ladi. Ikki oylik davridan boshlab bolada
oddiy ranglarni ajratish, 3-4 oyligidan boshlab, esa predmetlarning shaklini ajratish
layoqati yuzaga kela boshlaydi, Go’dak bola 2 oylik vaqtidan boshlab, o’z onasining
yuzini va ovozini o’zgalarnikidan ajrata boshlaydi. 2-3 oylikdan boshlab esa,
onasining tabassumi va kulgusiga tabassum va turli harakatlar bilan javob qaytaradi.
3-4 oyligidan boshlab, bolalar yaqinlariga o’z harakatlari bilan ko’rish, eshitish yoki
gapirishni xohlayotganligini ko’rsatadilar, 8 oyligidan boshlab esa, bola o’zgacha
muhit va begonalar qo’liga tushsa, o’z xavotirini yigasi orqali namoyon etadi. Bu
xavotir 14-18 oyligida asta-sekinlik bilan kamaya boshlaydi. 2-3 oylik bolalarda
gozaga keladigan narsalarni ushlay olish harakatlarining shakllanishi ularda
predmetlarning shakli va xajmini idrok qilishlarini rivojlanishiga olib keladi. Bir
yeshga yettan bolada atrof muhitni bilishga qiziqishi va rivojlanayotgan bilish
faolligi ko’zga tashlanadi.
XULOSA
Yoshning ulg’ayib borishi, psixik jarayonlarning inson
rivojlanishidagi qonuniyatlari, undagi yetakchi omillar hamda inson hayot yo’lining
turli bosqichlarida uning shaxsiga xos xususiyatlar yosh davrlari psixologiya
fanining tadqiqot predmeti hisoblanadi. Ma’lumki, shaxs tarkib topish jarayonining
psixologik qonuniyatlarini, uning ilmiy asoslarini mukammal bilmay turib, ta’lim va
tarbiyaning nazariy hamda amaliy masalalarini muvaffaqiyatli hal etib bo’lmaydi.
Ayniqsa go‘daklik davrida vujudga keladigan psixologik xususiyatlarni tadqiq
etmasdan turib, ayni shu yosh davrida paydo bo‘layotgan turli ko‘rinishdagi
muammolarni bartaraf etish imkonsiz.
REFERENCES
1. Goziyev, E. (2010). Umumiy psixologiya. Yangi asr avlodi.
2. Davletshin, M. (2002). Umumiy psixologiya. TDPU.
3. Suyarov, A. (2017). The present condition of tourism in Samarkand, the
results of research survey from tourists in region. SCOPE Acad. HOUSE BM Publ.
103, 41–46.
4. Samarova Shoxista Rabidjanovna, Rakhmonova Muqaddas Qahramanovna,
Mirzarahimova Gulnora, Ikromovna, Maratov Temur Gayrat ugli, Kamilov Bobir
Sultanovich. (2020). Psychological aspects of developing creative personality and
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
120
the concept of reduction of creativity to intellect. JCR. 7(17): 498-505. doi:
10.31838/jcr.07.17.69
5. Jabbor Usarov. (2019, June). Using Teaching Methods for Development
Pupil Competencies. International Journal of Progressive Sciences and
Technologies, 15(1), 272-274.
6. Jabbor Eshbekovich Usarov. (2017). Formation Competence at Pupils as the
Factor of Increase of Education’s Efficiency. Theoretical & Applied Science, 53(9),
79-82.
7.
Yakubjonovna, N. M., & Shamsitdinovna, M. A. (2024). BO'LAJAK
O'QITUVCHILARNI
PEDAGOGIK
KOMPETENTLIK
SIFATLARINI
RIVOJLANTIRISHNING
PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK
USULLARI.
ОБРАЗОВАНИЕ
НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
,
47
(3), 105-110.
8, Yakubjonovna, N. M., & Farhod og’li, X. A. (2024). YOSH AVLODNI
TARBIYALASHDA
OILA,
MAHALLA
VA
MAKTAB
HAMKORLIGIDA
O’QITUVCHINING KASBIY KOMPETENTLIGINI OSHIRISH.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
,
47
(3), 149-153.
9. Jurayev, X. O. (2023). O ‘smirlarda xarakter aksentuatsiyasi tiplarining
deviand xulq-atvor shakllanishiga ta’sirining psixologik mexanizmlari. Oriental
renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(9), 560-569.
10. Odilboyevich, J. X. (2024). O’SMIRLIK YOSH DAVRIDA SHAXSDA
SUITSID
XOLATLARINI
PROFILAKTIKA
QILISH
YO’LARI.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 47(3), 111-
114.
