Vol. 2 No. 11 (2024)
Articles
SOYA O'SIMLIGIDAGI DUKKAKLAR SONI: ADABIYOTLAR TAHLILI VA NAZARIY YONDASHUV
Ushbu maqolada soya o'simligidagi dukkaklar soniga ta'sir etuvchi omillar, ularning shakllanish jarayoni va hosildorlikka ta'siri bo'yicha mavjud ilmiy adabiyotlar tahlil qilingan. Dunyo miqyosida olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida dukkaklar sonining genetik, ekologik va agrotexnik omillarga bog'liqligi o'rganilgan.
O’ZBEKISTON MOLIYA BOZORIGA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARINING KIRIB KELISHI BOZORNI UNGA MOSLASHTIRISHI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI
Jahon moliya bozorlarida raqamli texnologiyalarning tez sur’atlarda rivojlanishi O‘zbekiston moliya tizimiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Raqamli texnologiyalarning kirib kelishi moliya bozorining samaradorligini oshirish, yangi xizmatlarni yaratish va moliyaviy inklyuziyani kengaytirish imkoniyatlarini yaratadi. Biroq, bu jarayon bilan bog‘liq muammolar va tahdidlar ham mavjud. Mazkur maqolada O‘zbekiston moliya bozoriga raqamli texnologiyalarning ta’siri, bozorning unga moslashishi va uni takomillashtirish yo‘llari tahlil qilinadi
XUSUSIY MULK HUQUQI
Hususiy mulk huquqi shaxsning mulkini qonuniy ravishda egallash, undan foydalanish va boshqarish huquqlarini ta'minlaydi. Ushbu maqolada hususiy mulk huquqining asosiy xususiyatlari, uning jamiyatdagi roli va iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Mulk huquqi jamiyatda shaxsiy erkinliklar va umumiy manfaatlar o‘rtasidagi muvozanatni ta'minlashga xizmat qiladi. Shuningdek, hususiy mulk huquqi ijtimoiy va siyosiy o‘zgarishlarga qarab yangilanishi kerakligi, shuningdek, texnologik va raqamli mulk bilan bog‘liq yangi normativ-huquqiy talablar keltirilgan.
BOLALARDA ANOREKSIYA: KLINIK KO'RINISHLARI, DIAGNOSTIKASI VA DAVOLASH YO'LLARI
Ushbu maqolada bolalarda uchraydigan anoreksiya nervoza kasalligi, uning rivojlanish sabablari, klinik belgilari, diagnostikasi va zamonaviy davolash usullari ko'rib chiqilgan. Adabiyotlar tahlili asosida kasallikning bolalardagi o'ziga xos xususiyatlari, asoratlari va profilaktikasi masalalari yoritilgan
Oʻzbekiston Respublikasining oziq-ovqat sanoati rivojlanishining hududiy xususiyatlari va takomillashtirish yoʻllari
Oʻzbekiston Respublikasining oziq-ovqat sanoati mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmogʻidir. Ushbu soha rivojlanishida hududiy xususiyatlar, tabiiy resurslar, iqlim sharoitlari va aholi soni kabi omillar katta rol o‘ynaydi. Annotatsiyada Oʻzbekistonning turli hududlarida oziq-ovqat sanoatining rivojlanish darajasi, mavjud imkoniyatlar va muammolar o‘rganiladi. Bundan tashqari, tadqiqotda oziq-ovqat sanoatini takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilib, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashni rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirish kabi takliflar beriladi. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ekologik toza mahsulotlarni ishlab chiqarish va aholining sog‘lom ovqatlanishi uchun zarur choralar ko‘rish zarurati ham ta’kidlanadi. Ushbu tadqiqot natijalari Oʻzbekiston oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi va davlat siyosatini shakllantirishda foydali bo‘ladi. Ushbu maqola orqali Oʻzbekiston Respublikasidagi oziq-ovqat sanoati rivojlanishini chuqurroq o‘rganamiz va uning istiqbollarini belgilaymiz.
TO'QIMACHILIK SANOATIDA ILMIY TADQIQOTLARNING NATIJADORLIGI VA RIVOJLANISH IMKONIYATLARI
Ushbu maqolada to‘qimachilik sanoatida ilmiy tadqiqot ishlarining samaradorligi va ularning sanoat rivojlanishiga ta’siri tahlil qilinadi. Xususan, mamlakatimizda standart talablariga asoslangan holda sifatli to‘qimachilik olovbardosh matosi ishlab chiqarilganligi va ushbu matoning fizik-mexanik xossalari tadqiq etilganligi keltirilgan. Ilmiy tadqiqotlarning innovatsion yondashuvlari, texnologik jarayonlarni modernizatsiya qilishdagi roli va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ilmiy izlanishlar orqali sanoatdagi ekologik masalalarni hal qilish, resurslardan tejamkor foydalanish va mahsulot sifatini yaxshilash usullari o‘rganilgan. Maqolada tadqiqot natijalari asosida to‘qimachilik sohasida ilmiy faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Ushbu izlanish to‘qimachilik sanoati uchun barqaror rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishda nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
TURLI YOSHDAGI FARZANDLARDA HASAD HISSI NAMOYON BO‘LISHI: DINIY VA FALSAFIY QARASHLAR
Ushbu maqolada turli yoshdagi farzandlarda hasad hissi namoyon bo‘lishi, uning psixologik, diniy va falsafiy asoslari tahlil qilinadi. Maqolada hasadning paydo bo‘lishi, uning yosh guruhlaridagi o‘zgarishi va diniy falsafiy qarashlar asosida hasadni bartaraf etishning yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Islom dinida hasadning salbiy ta’siri va undan saqlanish zarurligi ta’kidlanadi, falsafiy qarashlarga ko‘ra esa, hasad insonning axloqiy zaifligi sifatida tasvirlanadi. Farzandlar tarbiyasida hasadni oldini olish uchun sabr, rahm-shafqat, o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish, hamkorlikni rivojlantirish va ijtimoiy muloqotning o‘rni muhimligi tushuntiriladi. Maqola, bolalarning psixologik va axloqiy rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan diniy va falsafiy yondashuvlarning amaliy ahamiyatini ko‘rsatadi.
RUS OLIMLAR TADQIQOTLARIDA XASAD MUAMMOSINING O‘RGANILGANLIGI
Ushbu maqola rus olimlarining xasad hissini o‘rganishdagi yondashuvlarini va bu hissiyatning psixologik, ijtimoiy va axloqiy jihatlarini tahlil qiladi. Xasadning kelib chiqishi, rivojlanishi va uning individual va ijtimoiy hayotga ta’siri haqida ko‘plab rus olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar mavjud. Maqolada xasadning inson psixologiyasi va uning ijtimoiy munosabatlarga ta’siri o‘rganiladi. Tadqiqotda, xasadning o‘zaro munosabatlar, o‘z-o‘zini qadrlash va axloqiy me’yorlarga ta’siri bo‘yicha o‘zgaruvchanliklar tahlil qilinadi. Shuningdek, xasadni bartaraf etish uchun psixologik va pedagogik yondashuvlar ko‘rsatilgan.
TA’LIM MUASSASALARIDA ENERGIYA TEJASHNI TA’MINLASHNING CHORA-TADBIRLARI TAXLILI
Maqolada ta’lim muassasalarida energiya tejashni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan chora-tadbirlarning taxlili keltirilgan. Energiya resurslaridan samarali foydalanish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi, ayniqsa ta’lim muassasalari kabi jamoat binolarida. Tadqiqot davomida energiya tejashning iqtisodiy, texnologik va ekologik jihatlari ko‘rib chiqilgan. Binolarning issiqlik izolyatsiyasi, energiya samarador qurilmalar, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy etish kabi chora-tadbirlar o‘rganilgan. Shuningdek, ushbu chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida kutilayotgan iqtisodiy tejam va ekologik samaralar ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada ta’lim muassasalarida energiya tejash bo‘yicha strategik yondashuvlarni shakllantirishga qaratilgan tavsiyalar taqdim etiladi.
CONCEPTUAL METAPHOR: BRIDGING LANGUAGE AND THOUGHT"
Conceptual metaphors serve as a powerful framework for understanding how humans think, reason, and communicate. By linking abstract concepts to concrete experiences, metaphors shape the way we perceive the world and make sense of complex ideas. This theme explores the cognitive and linguistic foundations of conceptual metaphors, highlighting their role in everyday language, cultural understanding, and problem-solving. It provides insights into how metaphors structure our thoughts, influence behaviors, and reflect underlying cultural values. Through this lens, we can better appreciate the interplay between language and cognition in shaping human experiences.
Semantic Features of Translation: A Comprehensive Overview
Translation is more than a mere transfer of words from one language to another; it is a delicate process of conveying meaning, context, and cultural nuances. At its core lies semantics, the branch of linguistics concerned with meaning. Understanding the semantic features of translation is crucial for producing translations that are accurate, culturally relevant, and contextually appropriate
АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ МЕТОДИКИ ОБУЧЕНИЯ РУССКОГО И УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКОВ
В данной статье анализируются современные проблемы преподавания русского и узбекского языков. Рассмотрены недостатки в подготовке учителей, несовместимость старых методик с современными требованиями, а также то, как языковые и культурные изменения влияют на процесс обучения. Также анализируются такие проблемы, как мотивация студентов, нехватка ресурсов, неиспользование современных методов с использованием технологий. В статье подчеркивается необходимость совершенствования методических подходов к преподаванию русского и узбекского языков, интеграции современных технологий, вовлечения учителей в постоянное профессиональное развитие. Данное исследование определяет современные направления повышения эффективности системы обучения языку.
LEGAL ASPECTS OF THE RESOLUTION OF CONTRACTUAL DISPUTES ARISING FROM THE CROSS-BORDER USE OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE, AUTOMATED DECISION MAKING AND SMART CONTRACTS
This article analyzes the role of artificial intelligence technologies and smart contracts in legal relations, and the legal mechanisms for resolving disputes that arise during their use. Proposals for improving national legislation in this area have also been developed.
TURLI YoSHDAGI BOLALARNING TANASINING ANTROPOMETRIK KOʻRSATKICHLARI
Maqolada ortirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS) va uning turli yo‘llar orqali, jumladan, vertikal tarzda onalikdan bolaga yuqish holatlari tahlil qilingan. Homilador ayollarda va tug‘ilgan bolalarda OITSning oldini olish bo‘yicha diagnostika, perinatal nazorat, tekshiruvlar va davolash choralari muhokama qilingan. OITS bilan tug‘ilgan bolalarning immun tizimi, antropometrik va anatomik o‘zgarishlari, ayniqsa 7-12 yosh davridagi murakkabliklari ko‘rib chiqilgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va YUNISEF tomonidan bunday bolalarga alohida e’tibor qaratilishining ahamiyati ta’kidlangan.
Boshlangʻich sinflarda masal janri ustida ishlash
Maqolada boshlangʻich sinflarda masal janri va uning taʼlimiy -tarbiyaviy ahamiyati, masal janriga hissa qoʻshgan adiblar haqida soʻz boradi. Masal janrini oʻqitish bolalar dunyoqarashini shakllantirishi, boshlangʻich sinf darsliklarida berilgan buyuk masalnavis adibning mashhur masallari tahlili bu maqolaning mazmunini tashkil etadi.
ОСНОВНЫЕ РЕКОМЕНДАЦИИ ПО СОВЕРШЕНСТВОВАНИЮ ПРЕПОДАВАНИЯ УДАРЕНИЙ В РУССКОМ И УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКАХ
Преподавание ударений в русском и узбекском языках играет важную роль в правильном восприятии и использовании этих языков. Ударение не только влияет на произношение, но и может изменять смысл слов и грамматические структуры, что делает его ключевым аспектом в обучении. В русском языке ударение часто нестабильно, что требует особого внимания и тщательной проработки, в то время как в узбекском языке ударение, как правило, фиксированное, но существует множество исключений, связанных с заимствованными словами.
3-sinf oʻqish savodxonligi darsligidagi xalq ogʻzaki ijodi namunalari
Ushbu maqolada 3-sinf oʻqish savodxonligi darsligidagi xalq ogʻzaki ijodi namulari va ular nima maqsadda berilgani haqida soʻz yuritiladi
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA AJDODLARIMIZ MEROSINI O‘RGANISH ORQALI O‘QUVCHILAR SAVODXONLIGINI OSHIRISH IMKONIYATLARI
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining savodxonligini oshirishda ajdodlarimizning madaniy merosidan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda xalq og‘zaki ijodi, maqollar, dostonlar va milliy qadriyatlarga asoslangan matnlarning o‘quv jarayoniga integratsiyasi o‘quvchilarning o‘qish tezligi, matnni tushunish darajasi va qiziqishini oshirishda muhim rol o‘ynashi ko‘rsatilgan. Eksperimental usulda olib borilgan sinov natijalariga ko‘ra, ajdodlar merosidan foydalanish o‘quvchilar savodxonligini oshirishning samarali usullaridan biri sifatida qayd etildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, milliy meros o‘quvchilarni o‘z tarixiy ildizlariga yaqinlashtiradi va ular orasida milliy g‘urur va madaniy identifikatsiyani rivojlantiradi.
AJDODLARIMIZ MEROSINI O‘RGANISH JARAYONIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING SAVODXONLIK KO‘NIKMASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
Mazkur maqola ajdodlarimizning madaniy merosidan foydalanish orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining savodxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda xalq og‘zaki ijodi namunalaridan – maqollar, dostonlar va ertaklardan foydalanishning o‘quv jarayoniga ta’siri o‘rganilgan. Eksperimental va nazorat guruhlarida olib borilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, xalq og‘zaki ijodidan foydalanish o‘quvchilarning o‘qish tezligi, matnni tushunish va yozma ifoda ko‘nikmalarini sezilarli darajada yaxshilaydi. Maqolada ajdodlarimizning madaniy merosidan foydalanishni ta’lim jarayonida samarali qo‘llash usullari hamda bu yo‘nalishni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etilgan.
Xalqaro tijorat arbitrajining o‘tmishi, hoziri va kelajagi
Mazkur maqola orqali Lex Mercatoria tushunchasi, uning xalqaro tijorat arbitrajidagi o‘rni hamda xalqaro tijorat arbitrajining tarixiy rivojlanishi, hozirgi kunda yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar, jumladan, arbitraj qarorlarini ijro etish, kiberxavfsizlik masalalari va uning kelajagida yangi texnologiyalar, masalan, sun’iy intellekt va onlayn arbitrajning roliga oid masalalar yoritib beriladi. Shuningdek, kelajakda Lex Mercatoria tamoyillarini rivojlantirish va xalqaro arbitraj jarayonini takomillashtirishga qaratilgan takliflar taqdim etiladi.
TAJRIBA ISHLARI NATIJALARIGA STATISTIK ISHLOV BERISHDA STYUDENT KRITERIYSIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI
ushbu maqola tajriba ishlari natijalariga statistik ishlov berish, ishonchlilik intervalini aniqlash hamda, tajriba ishi mavzusi bo‘yicha o‘zaro funksional bog‘liqliklar grafiklarini grafiklarini chizgan holda va tajriba ishi natijalari tahlili asosida, tajriba ishini ilmiy xulosalar bilan yakunlashga bag‘ishlangan.
Xotira jarayonining yosh davrlarida rivojlanish omillari
Maqolada xotira haqida nazariyalar, uning mexanizmlari, nerv-fiziologik asoslari, yosh davrlarida xotira xususiyatlari haqida yoritilgan
ТУРЛИ СЕЛЕКЦИЯЛИ ТОЛАЛАР ФИЗИК-МЕХАНИК ХОССАЛАРИНИНГ ТАДҚИҚИ
ушбу мақолада турли селекция навли пахта толаларининг физик механик хоссалари “Материалшунослик ва стандартлаштириш” кафедраси синов лабораториясида аниқланган. TEXTECHNO тизимида пахта толасининг сифати O’zDst 604-2016 га асосан баҳоланиб таҳлил этилган
ҲУДУДЛАРНИ ИЖТИМОИЙ-ИҚТИСОДИЙ РИВОЖЛАНТИРИШДА ЙИРИК СОЛИҚ ТЎЛОВЧИЛАРНИ ДИФФЕРЕРИЦАЛ ЁНДАШУВ ОРҚАЛИ РИВОЖЛАНТИРИШ ЙЎЛЛАРИ
Мазкур мақола йирик солиқ тўловчилар томонидан тўланадиган мол-мулк ва ер солиғининг маҳаллий бюджетлар таркибига тўлиқ ўтиши ва ушбу жараённинг маҳаллий бюджетлар молиявий ресурсларини бошқаришдаги аҳамиятига бағишланган. Мақолада солиқ тушумларининг маҳаллий бюджетларга ўтказилишига доир ҳуқуқий ва амалиётдаги жараёнлар, бунинг маҳаллий иқтисодиёт ва молия сиёсатига таъсири атрофлича таҳлил қилинади. Маҳаллий бюджетлар таркибига солиқ тушумларининг тўлиқ интеграцияланиши маҳаллий ҳокимиятларнинг молиявий мустақиллигини таъминлайди ва инфратузилма, соғлиқни сақлаш, таълим каби ижтимоий соҳаларни ривожлантириш учун зарур бўлган молиявий захираларни мустаҳкамлайди.
ANFIS YORDAMIDA EKINLARNI AVTOMATIK SUG‘ORISH TIZIMLARI: KONSEPTUAL YONDASHUV VA AMALIYOT
Ekinlarni sug‘orish jarayoni zamonaviy qishloq xo‘jaligida muhim rol o‘ynaydi, chunki suvni samarali boshqarish ekinlarning o‘sishi va mahsuldorligini ta’minlashga yordam beradi. Ushbu maqolada ANFIS (Adaptive Neuro-Fuzzy Inference System) yordamida ekinlarni avtomatik sug‘orish tizimi ishlab chiqildi. Tizim harorat va namlikni hisobga olgan holda ekinlarni sug‘orish rejimini boshqaradi. Fuzzy mantiq va chiziqli regressiya usullari yordamida, harorat va namlikning turli darajalarida suv sarfi bashorat qilinadi. Maqolada, tizimning ishlash prinsipi, foydalanilgan metodologiyalar va python dasturlash tilida yaratilgan loyiha tahlil qilinadi
INGLIZ VA O’ZBEK TILI TARJIMASIDA NOVERBAL ALOQA VOSITALARINING AKSLANTIRILISHI
Ushbu maqola noverbal aloqa vositalari hamda ularning tarjima jarayonida qo’llanilishi haqida ma’lumot beradi. Qolaversa, ingliz va o’zbek tilida ishlatilinadigan noverbal aloqa vositalari o’rganiladi va chog’ishtirma metod (ikkita qardosh bo’lmagan tillar orasida qiyoslash) orqali tahlil qiladi. Bunda har ikkala tildagi badiiy asarlardagi nolisoniy bo’lgan aloqa-aralashuv vositalaridan foydalanildi.
ODAM SAVDOSI JINOYATINING TUSHUNCHASI VA UNING IJTIMOIY XAVFLI KO‘RINISHLARI.
Mazkur maqolada odam savdosi jinoyatining tushunchasi va
uning ijtimoiy xavfli ko‘rinishlari yoritilgan
TURIZM INDUSTRIYASIDA MARKETINGDAN FOYDALANISH XUSUSIYATLARI
Bu maqolada turizm industriyasida marketingdan foydalanish
xususiyatlari
haqida so’z yuritiladi
ZAMONAVIY METODIKALARDA LOTIN TILINI O‘QITISHNING DOLZARB MASALALARI
Lotin tili jahon ilm-fani va madaniyati rivojida muhim o‘rin tutib
kelgan, shuningdek, zamonaviy tilshunoslik, tibbiyot, huquqshunoslik va boshqa
fanlar uchun asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda lotin tilini
o‘qitishning samaradorligini oshirish va talabalarda bu tildan amaliy foydalanish
ko‘nikmasini shakllantirish uchun innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash
zaruriyati tug‘ilmoqda. Mazkur maqola lotin tilini zamonaviy o‘qitish usullari,
jumladan, integratsiyalashgan ta’lim, interfaol dars metodlari, multimediya
vositalaridan foydalanish va talabalarning mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini
rivojlantirish masalalariga qaratilgan.
NOGIRONLIGI BO‘LGAN BOLALARNING PSIXOLOGIK RIVOJLANISHIGA INKLYUZIV TAʼLIMNING TAʼSIRI
Ushbu maqolada inklyuziv taʼlimni nogironligi bo‘lgan bolalarning psixologik
rivojlanishiga taʼsiri bayon qilingan. Inklyuziv taʼlim modeli bolalarning o‘z-o‘ziga
ishonchini oshirish, ijtimoiy moslashuvini yaxshilash va psixologik barqarorligini
mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada inklyuziv taʼlimning ijobiy va
salbiy jihatlari, mavjud muammolar hamda ularni hal qilish yo‘llari tahlil qilingan.
INKLUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY QILISHNING YUTUQ VA KAMCHILIKLARI
Maqolada mamlakatimizda inklyuziv ta’limni amaliyotga joriy
qilinishining zarurati, mazkur tizimni joriy etish oldida turgan muammolar va ularni
bartaraf etish yo‘llari bayon etilgan.
Oilaviy huquqiy nizolarda advokat ishtiroki
Ma'lumki, oilaviy nizolar ko'pincha hissiyotlar bilan bog'liq bo'lgan murakkab jarayonlardir. Advokatlarning vazifasi shundaki, ular mijozning manfaatlarini yuridik jihatdan himoya qilish bilan birga, kelishuvlarga erishishda va muammoni tinch yo‘l bilan hal etishda yordam berishlari kerak. Ushbu maqolada advokatlarning rolini ko'rib chiqamiz. Shuningdek maqolada oilaviy huquqiy nizolarda advokatning ishtiroki va uning roli tahlil qilinadi. Oilaviy nizolar, masalan, ajralish, farzandlarni tarbiyalash, mulkni taqsimlash kabi muammolar bilan bog‘liq bo‘lib, bu jarayonlarda advokatlarning professional yordami juda muhimdir. Advokatlar nafaqat huquqiy maslahatlar berish, balki mijozning manfaatlarini himoya qilishda ham faol ishtirok etadilar
AVTOMOBIL YO'LLARI BO'YLAB JOYLASHGAN SERVIS BINOLARIGA ARXITEKTURAVIY TA'SIR ETUVCHI OMILLAR VA TALABLAR
Ushbu maqolada avtomobil yo'llari bo'ylab joylashgan servis binolarining arxitekturaviy yechimlari, ularga ta'sir etuvchi omillar va loyihalash talablari tadqiq etilgan. Zamonaviy servis binolarining funksional-texnologik tashkil etilishi, arxitekturaviy-rejaviy yechimlari va qurilish me'yorlari tahlil qilingan
TEPLOFIZIK JARAYONLARNI ANSYS TIZIMIDA MATEMATIK MODELINI ISHLAB CHIQISH.
Ushbu maqolada teplofizik jarayonlarni ANSYS dasturiy ta'minotida matematik modelini yaratish jarayoni ko‘rib chiqiladi. ANSYS-bu CAE (Computer-Aided Engineering) uchun keng qo‘llaniladigan dasturiy ta'minot bo‘lib, unda teplofizik, mexanik va gidrodinamik jarayonlarni modellashtirish va tahlil qilish imkoniyati mavjud.
Harakter
Ushbu maqolada harakterning mohiyati, uning shakllanish omillari va inson hayotidagi o‘rnini o‘rganish to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan o'tilgan. Mazkur mavzuda harakterning psixologik asoslari, uning tipologiyasi va shakllanish jarayonlari keng tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida shaxsiy misollar va ilmiy manbalardan foydalanilib, harakterni o‘zgartirish va rivojlantirish yo‘llari ham ko‘rib chiqiladi. Mavzu insonni chuqur tushunish, o‘zini tarbiyalash va maqsad sari intilishda muhim ahamiyatga ega.
Hujayra fiziologiyasi va oʻsimlik hujayrasining oʻziga xos xususiyatlari
Hujayra fiziologiyasi hujayralarning turli biologik jarayonlarini, masalan, ovqatlanish, metabolizm, hujayra bo’linishi va signal uzatishni o’rganadigan ilmiy soha. O’simlik hujayralari hayvon hujayralaridan bir qator o’ziga xos xususiyatlar bilan farq qiladi. O’simlik hujayralari oʻziga hos turli xil vazifalarni bajaradi bu esa oʻz navbatida organizmni bir butun yaxlit sistema koʻrinishida ishlashini taʼminlaydi
TABIIY GEOGRAFIYA KURSI DARSLIKLARI BILAN ISHLASHDA TA’LIM VOSITALARIDAN FOYDALANISH USULLARI
Ushbu maqola tabiiy geografiya fanini o‘qitish jarayonida yangi ta’lim vositalaridan foydalanish usullari va uning samaradorligini o‘rganishga bag‘ishlangan. Ta’lim texnologiyalarining tez rivojlanishi ta’lim jarayonini zamonaviylashtirish va uning sifatini oshirishga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, tabiiy geografiya kursi darsliklari bilan ishlashda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, talabalarning ta’lim faoliyatini faollashtirish, bilim olishning samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada ta’lim texnologiyalarining eng zamonaviy usullari va metodlari, shu jumladan multimedia, interaktiv platformalar va onlayn resurslar haqida fikrlar keltirilgan.
BIOMEDITSINA SIGNALLARI VA TIBBIY TASVIRLARGA RAQAMLI ISHLOV BERISHNING ILG‘OR USULLARINI TADQIQ QILISH
Mazkur maqola tibbiy diagnostika jarayonlarini takomillashtirish uchun biomeditsina signallari va tasvirlariga ishlov berishda zamonaviy raqamli texnologiyalarni tadqiq qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda Xaar veyvlet, Dobeshi veyvlet va splayn funksiyalari asosida tahlil usullari o‘rganilgan. Ushbu usullar EEG (elektroensefalografiya), gastroenterologik signallar va qon tasvirlarini qayta ishlashda qo‘llanilib, diagnostika aniqligi va samaradorligini oshirishda an’anaviy usullarga nisbatan ustunlik ko‘rsatgan.
IMPROVEMENT OF THE REGENERATOR USED IN CLEANING COTTON FROM IMPURITIES
The article presents the results of research work on the development of a new cotton regenerator for the extraction of cotton volatiles from waste cleaners. The main distinguishing features of the design and technological process of the new cotton regenerator for the extraction of cotton volatiles from waste cleaners are described.
JALOLIDDIN MANGUBERDI - VATAN HIMOYACHISI
Ushbu maqolada tariximizdagi ulug‘ zotlardan biri mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi mardonavor kurashgan, Vatan ozodligi yo‘lida jon fido qilgan, Mankburni nomi bilan atalgan Jaloliddin Manguberdi haqida so`z yuritiladi.
GLOBAL KASBIY SOG‘LIQ VA XAVFSIZLIK KOALITSIYASI HAMKORLIGIDA SANOAT ISHLAB CHIQARISHDA IJTIMOIY-IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISH ISTIQBOLLARI
Global kasbiy sog‘liq va xavfsizlik koalitsiyasi hamkorligida sanoat ishlab chiqarishda ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish istiqbollari tahlil qilingan. Kasbiy sog‘liq va xavfsizlikni ta’minlash hamda uning oqibatida kelib chiqadigan xarajatlardan saqlanish bilan yuqori iqtisodiy o‘sishga erishishning ijtimoiy-iqtisodiy yechimlari o’rganilgan. Olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida mehnat muhofazasi jarayonlarini raqamlashtirishga oid tegishlicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
YURAK-QON TOMIR KASALLIKLARINI OLDINI OLISH VA ZAMONAVIY DAVOLASH USULLARI
Ushbu maqolada yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olish va ularni davolashning zamonaviy usullari haqida so‘z boradi. Yurak-qon tomir kasalliklari global sog‘liqni saqlash tizimi uchun jiddiy tahdid bo‘lib, yurak ishemik kasalligi, gipertoniya, insult va boshqalar ko‘plab insonlarning hayot sifatini pasaytiradi. Tadqiqotlar va yangi davolash texnologiyalari kasalliklarni erta bosqichda aniqlash va samarali davolash imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Maqolada sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish, muntazam jismoniy faollik va zararli odatlarni tark etishning profilaktik roliga e'tibor qaratiladi. Shuningdek, minimal invaziv jarrohlik usullari, angioplastika, stent qo‘yish, farmakologik terapiya va reabilitatsiya kabi zamonaviy davolash usullari ko‘rib chiqiladi. Maqola tibbiyot xodimlari va kasallik xavfi yuqori bo‘lgan shaxslarga amaliy tavsiyalar beradi.
YANGI TURDAGI TRIKOTAJ TO‘QIMASINI VA UNI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASINI YARATISH
Ushbu maqolada trikotaj to‘qimalari tuzilishi va ularni to‘qilish jarayoni tahlil qilingan. Tadqiqot natijalai bo‘yicha yaratilgan yangi turdagi trikotaj to‘qimasi va uni ishlab chiqarish texnologiyasi keltirilgan
Актёрлик санъатида сўзнинг ўрни
Мақола театр санъатида саҳна нутқининг аҳамияти хақида сўз юритилади. Нутқ актёр ижодининг тожи ҳисобланади. Сўз устида ишлаш жараёнида режиссёр ва актёр нималарга эътибор берилиши лозимлиги, партнёр билан мулоқатда тасаввурнинг ўрни, оҳанг сўз ости маъносини англаш орқали топилишига эътибор қаратилади.
QUYI VOLGA VA SHARQIY YEVROPA HUDUDLARIDA ETNOMADANIY JARAYONLARDA XORAZMLIKLAR DIASPORASI O‘RNI
Mazkur maqolada IX – XI asrlarda Xorazm davlatining Xazar davlati bilan siyosiy va savdo – iqtisodiy aloqalarining yozma manbalarda qay darajada aks etganligi xususida so‘z yuritiladi. Umuman IX – XI asrlarda Xazar davlati siyosiy – iqtisodiy munosabatlari muammosi hozirgi kunda nafaqat O‘zbekiston balki, O‘rta Osiyo xalqlari tarixining ham dolzarb muammolaridan biri hisoblanib, bu mavzuga oid birorta yakuniy tadqiqot yo‘q. SHu jihatdan olganda mazkur maqolada IX – XI asrlarda Xazar – Xorazm siyosiy va iqtisodiy munosabatlari mavzusi turli manbalar ma’lumotlari asosida tahlil qilingan va xulosalar chiqarilgan.
INTERNET MATERIALLARIDA FEYK XABAR QANDAY ANIQLANADI?
Maqolamning mazmuni shundan iboratki, internet materiallaridagi feyk xabarlar haqida to’liq bayon etilgan.
BYUDJETDAN TASHQARI JAMG`ARMALAR MABLAG`LARI HISOBI VA NAZORATINING NAZARIY ASOSLARI
Davlat byudjetiga chet el valyutasida to`lanadigan soliqlar, yig`imlar va majburiy to`lovlar, shuningdek byudjet tashkilotlarining chet el valyutasida tushadigan byudjetdan tashqari mablag`lari G`aznachilikning bankdagi valyuta hisob varaqlariga kiritiladi. Byudjetni g`azna ijrosiga o`tilishi byudjet mablag`lari bilan birga byudjetdan mablag` oluvchi tashkilotlarning byudjetdan tashqari mablag`lari ham to`laligicha g`azna ijrosiga qamrab olindi.
ILK BOLALIK DAVRINING O'ZIGA XOS PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlari muhokama qilingan. Ayniqsa go‘daklik davrida bolalarda paydo bo‘ladigan oliy psixik funksiyalarning paydo bo‘lish xususiyatlari keng yoritilgan.
ВЛИЯНИЕ НЕСЪЁМНЫХ КОНСТРУКЦИЙ ОРТОПЕДИЧЕСКИХ ПРОТЕЗОВ НА СОСТОЯНИЕ ПУЛЬПЫ И ПАРОДОНТ ОПОРНЫХ ЗУБОВ
Несмотря на внушительные успехи, достигнутые в деле совершенствования разработки и внедрения в широкую практику новых принципов и методов протезирования различных дефектов зубных рядов, ключевой вопрос клинической пародонтологии в сочетании с патологией пульпы препарированных зубов не теряет до настоящего времени своей актуальности и требует дальнейших комплексных исследований, направленных на оптимизацию защиты твердых тканей препарированных зубов и маргинального пародонта.
ОЦЕНКА ФУНКЦИОНАЛЬНОГО СОСТОЯНИЯ ПАРОДОНТА У ПАЦИЕНТОВ С ЭЛАЙНЕРАМИ
Красивые зубы стали неотъемлемой частью имиджа современного человека, одним из показателей его образованности, благополучия и здоровья (Malik ОН. et al., 2013), в результате чего на фоне высокой распространенности зубочелюстных аномалий ортодонтическое лечение становится одним из самых востребованных видов стоматологической помощи (Арсенина О.И., 2007).
Web texnologiyalar asosida GIS ma’lumotlarini taqdim etish
Bu maqolada, web texnologiyalari yordamida GIS ma'lumotlarini taqdim etishga oid muhim masalalar keltiriladi. GIS ma'lumotlari, xaritalar va geografik ma'lumotlar internetda muvaffaqiyatli yoritilish uchun bir qator vositalardan foydalaniladi. Ushbu maqolada, OpenLayers va Leaflet kabi ochiq kodli web-xaritalash dasturlari haqida ma'lumotlar, GeoServer kabi GIS serverlar va PostGIS kabi GIS ma'lumotlarini qayta ishlash uchun ma’lumotlar keltirildi.
XORIJIY DAVLATLARDA SUV BOYLIKLARIDAN FOYDALANISH MASALALARIDA OLIB BORILGAN TADQIQOTLAR.
Ushbu maqolada, suv resurslaridan samarali foydalanishda xorij tajribalari keltirilgan hamda suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Frazeologizmlerdi oqıtıwda interaktiv metodlar
Bu maqolada qoraqalpoq tilida maktablarda frazeologiyani qanday usullar orqali dars o’tish masalasini tahlil qildik. Fraeologiya tushunchasining ózi haqida ham malumotlar keltirib ótildi va interaktiv usullardan foydalanish haqida malumotlar berildi.
Становление теории семантического поля и изучение названий цветов на этой основе
В данной статье рассматривается формирование теории семантического поля и изучение названий цветов на этой основе. Теория семантического поля возникла в европейской лингвистике и стала популярной во всем мире. В частности, узбекские лингвисты эффективно использовали эту теорию и ее методы исследования при исследовании лексики. В данной статье отмечены интересные мнения, данные понятию семантического поля различными государственными лингвистами, а также высказаны определения, данные этому термину узбекскими учеными.
Зулфия Мўминова шеърларида ватанпарварлик ғоялари
Мақолада Зулфия Мўминова адабий-эстетик оламида ижтимоийлик тамойили, ватанпарварлик, миллатпарварлик туйғулари ҳақида мулоҳазалар берилган.
QORAQALPOG’ISTON INTERNET JURNALISTIKASI
Mazkur maqolada Qoraqalpog’istona OAVlarida data jurnalistikaning o’rni va qo’llanilishi haqida so’z yuritiladi. Shuningdek, Kazinform,Kruz.uz va Kar24.uz internet nashrlarida e’lon qilingan materiallar tahlil qilinadi.
MINTAQA IQTISODIYOTI TUSHUNCHASI VA UNING IJTIMOIY-IQTISODIY MOHIYATI
Mintaqa iqtisodiyoti - bu ma'lum bir geografik yoki ijtimoiy hududdagi iqtisodiy faoliyatlarni o‘rganish va tahlil qilish jarayonidir. Ushbu tushuncha iqtisodiyotning mintaqaviy xususiyatlarini, resurslar taqsimotini, ishlab chiqarishni, xizmat ko‘rsatish sohalarini va aholi farovonligini o‘z ichiga oladi. Mintaqa iqtisodiyotining asosiy maqsadi – hududlarda iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni rag'batlantirish va aholi hayot sifatini oshirishdir. Mintaqa iqtisodiyotining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati shundaki, u iqtisodiyotning faqat raqamlar va statistikalar bilan chegaralanmay, balki insonlar hayoti, ularning ehtiyoji, madaniyati va jamiyat taraqqiyotiga ham aloqador ekanligini ko‘rsatadi. Bunda mintaqaning ijtimoiy strukturalari, mehnat bozori, ta'lim tizimi va sog'liqni saqlash kabi omillar ham muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, mintaqaviy siyosat va strategiyalarni ishlab chiqishda mintaqa iqtisodiyotining tahlili juda muhimdir. Bu jarayon ichida mintaqaviy resurslardan samarali foydalanish, investitsiyalarni jalb qilish va innovatsion rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar ko‘rib chiqiladi. Umuman olganda, mintaqa iqtisodiyoti tushunchasi nafaqat iqtisodiyotning samaradorligini oshirishga yordam beradi, balki jamiyatning ijtimoiy barqarorligini ta'minlashda ham muhim ahamiyatga ega.
Гармонизация процессуального права в международном коммерческом арбитраже
Международный коммерческий арбитраж – частное судебное система, набирающая обороты в сфере альтернативного разрешения споров. Основанием привлекательности международного коммерческого арбитража являются, такие факторы как: права выбора арбитров, нормы материального права, минимальные издержки, конфиденциальность, ускоренная процедура рассмотрения споров, также окончательность решение. Всем известно, международный коммерческий арбитраж рассматривает споры с участием иностранного элемента и в ходе рассмотрения спора применения процессуальных норм: назначения, формирование состава арбитров, рассмотрения, взыскание издержек и расходов, внесения решение, признание решение и исполнение имеет немаловажную роль. В данной статье описывается информация касательно гармонизации процессуального права в международном коммерческом арбитраже, в целях улучшения и упрощения арбитражных процедур.
INGLIZ HUQUQI VA O‘ZBEKISTON QONUNCHILIGIDA SHARTNOMA TUZISH ASOSLARINING QIYOSIY HUQUQIY TAHLILI
Ushbu maqolada Ingliz huquqi va O‘zbekiston qonunchiligida shartnoma tuzish asoslarining qiyosiy huquqiy tahlili o‘tkazilgan. Maqolada shartnomaviy munosabatlarning har ikkala huquq tizimidagi o‘ziga xos jihatlari, umumiy va farqli tomonlari, shartnoma tuzish tartibi va shartlari batafsil ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, zamonaviy xalqaro amaliyot va milliy qonunchilik tahlil qilingan.
ILMIY TADQIQOT METODOLOGIYASIGA KIRISH
Ushbu tadqiqot metodologiyasiga kirish bo'yicha maqolada ilmiy tadqiqotlarning asosiy tamoyillari va metodologik yondashuvlari ko'rib chiqiladi. Metodologiyaning mohiyati, ilmiy izlanishlarda foydalaniladigan usullar, strategiyalar va texnikalar o'rganiladi. Tadqiqot jarayonida ma'lumot to'plash, tahlil qilish va natijalarni baholash jarayonlari batafsil yoritiladi. Shuningdek, tadqiqotning turli bosqichlarida metodologik qarorlar qabul qilishda muhim omillar hamda ilmiy izlanishlar uchun kerakli bo'lgan etik tamoyillar haqida ham ma'lumot beriladi. Ushbu maqola ilmiy tadqiqotchilar, talabalar va barcha qiziquvchilar uchun foydali manba bo'lib xizmat qiladi, chunki u ilmiy tadqiqotning asoslarini tushunishga yordam beradi va samarali metodologik yondashuvlarni qo'llash imkoniyatini yaratadi.
Bo‘lajak tibbiyot hamshiralarida kasbiy kompetentlik haqidagi tasavvurlarni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik omillari
Ushbu maqola bo‘lajak tibbiyot hamshiralarida kasbiy kompetentlik haqidagi tasavvurlarni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik omillarini o‘rganishga qaratilgan. Tibbiyot sohasida samarali faoliyat ko‘rsatish uchun hamshiralar o‘z kasbiy bilimlari, malakalari va kompetentsiyalarini rivojlantirishlari zarur. Ushbu jarayonda ijtimoiy muhit, ta'lim tizimi, oila va do‘stlar ta'siri kabi omillar muhim rol o‘ynaydi. Maqolada, birinchidan, kasbiy kompetentlik tushunchasi va uning tarkibiy qismlari bayon etiladi. Ikkinchidan, ijtimoiy-psixologik omillarning bo‘lajak hamshiralar ta'limiga qanday ta'sir ko‘rsatishi tahlil qilinadi. Shuningdek, ijtimoiy muloqot, motivatsiya va shaxsiy tajribalar kabi faktorlar kasbiy kompetentlikni shakllantirishda qanday ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatiladi. Natijada, ushbu tadqiqot bo‘lajak tibbiyot hamshiralarining kasbiy tayyorgarligini yanada takomillashtirish uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy-psixologik muhitni yaratishning ahamiyatini ta'kidlaydi. Maqola amaliy tavsiyalar bilan to‘ldirilgan bo‘lib, kelajakda tibbiyot sohasida malakali kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ТАШҚИ САВДО ОПЕРАЦИЯЛАРИДА МОЛИЯВИЙ ҲОСИЛАВИЙ ВОСИТАЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ
Ушбу мақолада Ўзбекистон Республикасида ташқи савдо операцияларида валюта хосилавий воситаларидан фойдаланиш истиқболлари таҳлил қилинган. Бозор иқтисодиёти шароитида валюта курсларининг тебранишлари ташқи савдо билан шуғулланувчи корхона ва ташкилотлар учун хавф туғдиради. Валюта хосилавий воситалари (форвард ва фьючерслар шартномалар) мазкур хавфларни камайтириш ёки бартараф этиш воситаси сифатида кўриб чиқилади. Ушбу воситаларнинг асосий фойдаланиш соҳалари ва уларнинг молиявий бошқарувдаги афзалликлари ҳақида маълумот берилган. Ўзбекистонда валюта деривативлар бозорини ривожлантиришнинг асосий йўналишлари ҳамда бунга тўсқинлик қилаётган омиллар ҳамда келгусидаги ривожланиш истиқболлари таҳлил этилган.
SANOAT KОRXОNALARIDA MAHSULOT SIFATI BOSHQARUVINI TAKOMILLASHTIRISH
Maqolada sanoat korxonalarida mahsulot sifatini boshqarish usullari, nazorat qilish jarayonida qo‘llaniladigan tekshiruv usullari nazariy jihatdan o‘rganilgan. ISO 22000 seriyali xalqarо standartlar tizimi asоsida shakllantirilgan оziq-оvqat sanоati kоrxоnasida mahsulоt sifatini bоshqarish tizimining samaradorligi yoritilgan.
РЕМЕСЛЕННИКИ ТАШКЕНТСКОГО ОАЗИСА: ШКОЛА И ТРАДИЦИИ
Ташкентский оазис на протяжении веков был важным центром ремесленного производства, где сформировались уникальные школы и традиции. Мастера оазиса развивали такие ремесла, как ковроткачество, керамика, ювелирное дело и обработка металлов, опираясь на многовековые традиции и культурные обмены с другими регионами. Передача знаний от мастера к ученику способствовала сохранению высокого уровня искусства. В условиях индустриализации и глобализации ремесленные традиции столкнулись с новыми вызовами, однако они сохраняются и возрождаются благодаря усилиям государства и международных организаций. Настоящая статья анализирует развитие ремесел Ташкентского оазиса, их культурное значение и современные тенденции в сохранении ремесленного наследия.
BOLANING KAMOL TOPISHIDA PSIXOLOGIK YONDASHUV
Sizga ma’lumki, ko’pgina ota-onalar farzandlarini tarbiyalashda turli xil to’siqlarga uchraydilar.Farzandni dunyoga keltirib, ularni voyaga yetkazib katta qilish va ilm zinapoyalaridan qadamma-qadam yetaklab, dunyoni tanitishda ota-onadan og’ir mehnatni, mashaqqatni talab etadi.
ZAMONAVIY TA'LIMDA "MA'NAVIYAT DAQIQASI"NING O'RNI
Shiddat bilan rivojlanib borayotgan davr deganda, birinchi navbatda zamonaviy ta'lim tizimiga qaratilayotgan e'tibor nazarda tutiladi. Yangi davlat ta'limi standartlarining paydo bo'lishi, darsliklarning zamonaviy, dunyo ta'limi darajasida raqobatlasha oladigan, yangi metodlarga asoslanib nashr etilganligi buning yaqqol misolidir
ОСОБЕННОСТИ ПРИМЕНЕНИЯ ВЫСОКОТЕХНОЛОГИЧНЫХ ВМЕШАТЕЛЬСТВ В ПОСТЭХИНОКОККОВЫХ ПОЛОСТЯХ ПЕЧЕНИ
Диагностика и лечение полостных образований печени - довольно трудная задача из-за полиэтиологического возникновения патологического процесса и необходимости дифференцированного лечения (2,4,10,14).
Существует несколько методов лечения полостных образований печени: оперативное вмешательство (цистэктомия, атипичные резекции печени, комбинированное вмешательство, цистоэнтероанастомоз), однократная и многократная чрескожная, чреспеченочная пункция под контролем современных средств интраскопии (ультразвуковое исследование - УЗИ, рентгентелевидение, компьютерная томография - КТ), чрескожное чреспеченочное дренирование (1,3,9).
TA’LIM NATIJALARI SIFATINI BAHOLASHNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARIDAN MATEMATIKA FANIDA SAMARALI FOYDALANISH METODIKASI
Ushbu maqolada ta’limiy natijalar sifatini baholashda innovatsion vositalar sifatida bilimlar sifatini baholashning bugungi kundagi ommalashgan reyting tizimi, test, o‘quv portfoliosidan foydalanish, undagi kamchiliklarni bartaraf etishga berilgan takliflar haqida so‘z boradi.
TUGALLANGAN IKKI TURDAGI IQTISODIYOT
Ushbu maqolada Iqtisodiy o‘sishda ijtimoiy-iqtisodiy modellar, Janubiy Koreyaning samarali rivojlanish tajribasi, O‘sishning sekinlashish sabablari haqida yoritib berildi.
TA’LIM METODLAR VA ULARNING MAZMUN MOHIYATI
Ushbu maqolada bugungi kundagi zamonaviy ta’lim tizimining asosini tashkil qiluvchi o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikda ta’lim olishini taminlovchi ta’lim metodlari tushunchasi, qo‘llanilishi, rivojlanishi, olimlar tamonidan o‘rganilishi va tasnifi joy olgan.
Boshlang’ich sinfda bolalar o‘yinlari tasnifi
Mazkur maqolada boshlang’ich sinflarda bolalar o‘yinlari tasnifi va o‘yinlar vositasida boshlang’ich sinf o‘quvchilarining ijodiy faoliyatini rivojlantirish xususida so‘z yuritiladi.
BO’GIM SINDROMI. BO’GIM SINDROMI BILAN KECHUVCHI KASALLIKLARNI KLINIKASI, DIAGNOSTIKASI, DISPANSERIZASTIYASI, REABILITASTIYA VA PROFILAKTIKASI
Ushbu maqola bo‘g‘im sindromining asosiy jihatlarini, jumladan, kasallik klinikasi, diagnostikasi, dispanserizatsiya, reabilitatsiya va profilaktika choralarini o‘rganadi. Bo‘g‘im sindromi ko‘pincha artrit va boshqa muskuloskelet kasalliklari bilan bog‘liq bo‘lib, harakatlanish cheklanishi va og‘riqqa olib keladi. Maqolada bo‘g‘im sindromi bilan kechuvchi kasalliklar, ular bilan bog‘liq simptomlar va asoratlar yoritiladi. Shuningdek, diagnostika usullari, jumladan, rentgen, MRI va laborator tahlillardan foydalanish, kasalliklarni aniq aniqlash va samarali davolashga yordam beradi. Reabilitatsiya va dispanserizatsiya bo‘g‘im kasalliklari bilan yashayotgan bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va kasallikning takrorlanishini oldini olish uchun muhimdir. Profilaktika choralariga esa sog‘lom turmush tarzini olib borish, jismoniy mashqlar, ortiqcha vaznni nazorat qilish kiradi.
Boshlang‘ich sinflarda she'riy matnlar ustida ishlash
Boshlang‘ich sinflarda she'riy matnlar ustida ishlash — bolalarning til, adabiyot va estetik tafakkurini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan didaktik jarayondir. She'rlar bolalar qalbini tarbiyalash, ularning dunyoqarashini kengaytirish, hissiy va aqliy rivojlanishiga yordam beradi. She'riy matnlar, shuningdek, o‘quvchilarga ritm, ohang, tilning go‘zalligi va ma'nosini his qilishda yordam beradigan vosita hisoblanadi.
TURLI TARKIBLI PAXTA VA IKKILAMCHI TOLALAR ARALASHMASIDAN OLINGAN IPLARNING UZISH KUCHI, VA UZILISHDAGI UZAYISHINING О‘ZGARISHI
Маqоlada turli tarkibli tolalardan pnevmomexanik yigirish mashinasida olingan iplarning fizik-mexanik xossalari tadqiq etilgan bo’lib, bunda ipdagi tolalar tarkibi: qaytimlardan 25% ikkilamchi tola+ 75% paxta tolasidan, 20% ikkilamchi tola+80% paxta tolasidan, 30% ikkilamchi tola+70% paxta tolasidan, 15% ikkilamchi tola+85% paxta tolasidan bo’lgan iplarning xossasiga berilgan 400 br/m, 500 br/m, 600 br/m buramlarning ta’siri aniqlngan.
KIMYO ASOSLARI: DAVRIY QONUN VA ATOM TUZILISHI
Kimyo - moddalar, ularning xossalari, tarkibi, tuzilishi va o‘zgarishini o‘rganadigan fan. Maktab kursida atomning davriy qonuni va tuzilishini o‘rganishga alohida e’tibor beriladi, chunki bu mavzular kimyoviy reaktsiyalar va moddalarning xususiyatlarini tushunish uchun asosiy hisoblanadi. Ushbu maqolada davriy qonun bilan bog‘liq asosiy tushunchalar, atomning tuzilishi va davriy sistemada kimyoviy elementlarning joylashishining o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rib chiqiladi.
SWIFT VA UNING XALQARO PUL O‘TKAZMALARI SAMARADORLIGI
Maqolada xalqaro pul o'tkazmalarini osonlashtirishda SWIFT(Society for Worldwide Interbank Financial Telecommunication) tizimi samaradorligi o'rganiladi, uning global ta'sir doirasi, standartlashtirilgan xabar almashish va mustahkam xavfsizlik choralarini ishlab chiqish bo'yicha tavsiyalar berilgan. SWIFTda transchegaraviy tranzaksiyalar uchun ishonchli platformani taqdim etishi hamda SWIFT gpi(Global Payments Innovation) tomonidan kiritilgan yaxshilanishlarga qaramay, tranzaksiya tezligi va xarajatlari kabi muammolar saqlanib qolmoqda. SWIFTning o'rnatilgan tizimiga potensial raqobatni keltirib chiqaradigan tezroq, tejamkorroq yechimlarni va'da qiladigan yangi blokcheyn alternativlari haqida ma’lumotlar berilgan.
Xalqaro tadqiqotlar asosida ona tili darslarini takomillashtirishning usul va vositalari
Ushbu maqolada xalqaro tadqiqotlarda ko‘zlangan asosiy maqsad haqida fikr yuritilib, o‘qib tushunishni rivojlantirishga qaratilgan dars usuli va uni 7-sinf ona tili darsligi bilan ishlash haqida so‘z boradi.
ELEKTROTEXNIKA VA ELEKTRONIKA ASOSLARI FANINI O‘QITISHNING RAQOBATBARDOSH HARBIY KADRLARNI TAYYORLASHDAGI O‘RNI
Ushbu maqolada elektrotexnika va elektronika asoslari fanidan mashg‘ulotlarni tashkillashtirishning bugungi holati tahlil qilib chiqilgan. Shuningdek, tayyorlanayotgan kadrlarning sifatini rivojlantirish ta’lim tizimining muhim vazifalaridan biri ekanligi ta’kidlab o‘tilgan. Zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish va shu orqali ta’lim oluvchilarning mustaqil fiklash hamda ijodiy qobiliyatlarini maqsadga mufofiqligi aytib o‘tilgan.
Talabalarda stressga qarshi barqarorlikni o`rganishning ilmiy-nazariy asoslari
Maqolada oliy o‘quv yurti talabalarida o‘quv faoliyati jarayonida yuzaga keladigan stressogen vaziyatlar (shaxsning stress holatiga tushishiga sabab bo’luvchi hayotiy va ta’limga oid murakkab vaziyatlar) va unga nisbatan bildiriladigan reaksiyalarning psixologik jarayonlari yoritilgan. Shuningdek, stress bilan bog‘liq vaziyatlardan chiqib ketishda shaxsda mavjud bo‘lgan xulq-atvor xususiyatlarining ahamiyati psixologik jihatdan ochib berilgan.
Болалар кўрсатувларининг ўзига хос хусусиятлари
Ушбу мақолада телевидениеде болалар учун кўрсатувларнинг ўзига хослигини кўрсатиб берадиган асосий омиллар, болалар кўрсатувлари вазифалари, жамияда болаларни тарбиялашдаги ўрни масалалари таҳлил қилинган. Бундан ташқари, болалар кўрсатувларига қўйиладиган талаблар, болалар кўрсатувларининг ўзига хосликлари маҳаллий телеканал мисолда таҳлилга тортилган.
Mеdiаtsiyа xаlqаrо nizоlаrni hаl qilishning muqоbil usuli sifаtidа
Mеdiаtsiyа, xаlqаrо nizоlаrni hаl qilishdа muhim vа sаmаrаli bir usul sifаtidа tаnilgаn. Bu jаrаyоn, tаrаflаr о‘rtаsidаgi mulоqоtni rаg‘bаtlаntirish vа ulаrni bir-birigа yаqinlаshtirishgа qаrаtilgаn. Mеdiаtsiyа, аn'аnаviy sud jаrаyоnlаridаn fаrqli о‘lаrоq, kо‘pinchа tеzrоq vа kаmrоq xаrаjаt bilаn аmаlgа оshirilаdi, shuningdеk, tаrаflаr о‘rtаsidа dо‘stоnа munоsаbаtlаrni sаqlаshgа yоrdаm bеrаdi. Ushbu mаqоlаdа Mеdiаtsiyа xаlqаrо nizоlаrni hаl qilishning muqоbil usuli sifаtidа ishtirоk еtishi hаqidа ilmiy mа’lumоtlаr tаdqiq еtilgаn.
Exploring the Grammatical Category of Nouns. A Comprehensive Linguistic Analysis
Nouns are a fundamental component of language, representing people, places, objects, and abstract concepts. Their classification into subcategories—such as common and proper nouns, countable and uncountable nouns, and collective nouns—highlights the complexity of this grammatical category. This article provides a comprehensive analysis of nouns, examining their definitions, classifications, morphological and syntactic characteristics, and functions within sentences. By exploring nouns through various linguistic frameworks, this study enhances our understanding of their pivotal role in communication. A deeper insight into nouns is essential for linguists and language learners alike as they navigate the intricacies of language structure and use. Through this investigation, we aim to contribute to broader discussions in linguistics, language acquisition, and pedagogy
XALQARO SAVDO VA XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLAR
Ushbu maqolada xalqaro savdo va xalqaro iqtisodiy munosabatlar muhimligi, rivojlanishi va mamlakatlar o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar tahlil qilinadi. Maqola, shuningdek, xalqaro savdoning iqtisodiy o'sishga ta'siri, savdo siyosatlari va iqtisodiy integratsiya jarayonlari haqida ma'lumot beradi. Tadqiqotning asosiy maqsadi mamlakatlar o'rtasidagi savdo aloqalarini chuqurroq o'rganish va zamonaviy iqtisodiy sharoitlarda ulardan qanday foyda olish mumkinligini ko'rsatishdir.
SH.SEYTOVTIŃ «XALQABAD» ROMANÍNDAǴÍ FONETIKALÍQ QUBÍLÍSLAR
Jámiyette eń zárúrli hám oǵada áhmiyetli xızmetti adamlar ortasında qarım-qatnas jasaw quralı wazıypasın atqaratuǵın til - seslerden quraladı. Oylawdıń pútkilley shınlıqqa aylanıwı til arqalı, yaǵnıy sonıń ishinde, til sesleri arqalı da ámelge asadı. Sonlıqtan da, til biliminde fonetika tarawınıń ornı óz aldına.
MARKAZIY OSIYODA ENERGETIKA SOHASIDAGI NIZOLARNI HAL QILISHDA ARBITRAJNING O'RNI
This article presents important issues and proposals on the importance of arbitration institutions in resolving disputes arising in the energy sector, i.e., disputes arising between states, contractual and non-contractual disputes in the countries of Central Asia such as Uzbekistan, Kazakhstan, Turkmenistan, Tajikistan, and Kyrgyzstan, as well as their importance in resolving disputes.
QO’LLANILISH DOIRASI CHEGARALANGAN LEKSEMALARNING USLUBIY XUSUSIYATI
Ushbu maqola orqali qo’llanilishi chegaralangan leksemalarning xususiyati o’rganamiz. Bunday leksemalarga eskirgan va yangi, sheva va kasb hunarga oid leksemalar, atamalar, jargon, argo, vulg’ar va varavar leksemalar kiradi. Nutqda bu kabi leksemalar ham muhim uslubiy vazifa bajaradi. Arxaizm badiiy yoki ommabop asarlarda nutqqa kinoya, hajv ruhini berish uchun qo’llansa, tarixiy leksemalardan o’tmish voqeligini jonli ifodalash maqsadida foydalaniladi. Sheva leksemalari mahaliy ruhni ifodalashda qo’llanilsa, atama ilmiy va badiiy asarda fan-texnikaga oid tushunchalarni ifodalashda uchun qo’llaninladi, jargon esa, ma’lum toifaga mansub kishilar nutqini berish uchun zarur. Bu-qo’llanishi chegaralangan leksemalarning badiiy uslubdagi vazifasi hisoblanadi.
INTERNET JURNALISTIKASI RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Mazkur maqolada O‘zbekistonda jurnalistikaning rivojlanish tarixi va bosqichlari haqida fikr-mulohazalar yurutilgan