Authors

  • Malika Sharafatdinova
    Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakulteti 3-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.61267

Keywords:

Data infografika statistika fakt diagramma

Abstract

Mazkur   maqolada   Qoraqalpog’istona   OAVlarida   data jurnalistikaning o’rni va qo’llanilishi haqida so’z yuritiladi. Shuningdek, Kazinform,Kruz.uz va Kar24.uz internet nashrlarida e’lon qilingan materiallar tahlil qilinadi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

134




QORAQALPOG’ISTON INTERNET JURNALISTIKASI

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Qoraqalpoq filologiyasi va

jurnalistika fakulteti 3-bosqich talabasi

Sharafatdinova Malika Berdaq qizi

Annotatsiya:

Mazkur maqolada Qoraqalpog’istona OAVlarida data

jurnalistikaning o’rni va qo’llanilishi haqida so’z yuritiladi. Shuningdek,
Kazinform,Kruz.uz va Kar24.uz internet nashrlarida e’lon qilingan materiallar tahlil
qilinadi.

Kalit so’zlar:

Data, infografika, statistika, fakt, diagramma.

Data jurnalistika jurnalistikaning bir turi bo'lib, unda muxbirlar katta

ma'lumotlar to'plamidan foydalangan holda hikoyalar yaratadilar. Bu axborotni
ishlab chiqarish va tarqatishda raqamli ma'lumotlarning ahamiyati ortib
borayotganini, shuningdek, jurnalistlar va dizayn, informatika va statistika kabi
kasblar o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rsatadi. Infografika va ma'lumotlar
vizualizatsiyasidan foydalanish orqali esa ma'lumotlar jurnalistikasi murakkab
hikoyani aytib berishga yordam beradi.13Data jurnalistika hozir Markaziy Osiyo
davlarida sekin astalik bilan rivojlanib kelmoqda. Birnechta davlat media vakillari
esa ushbu sohani allaqachon yaxshi o’zlashtirib bo’lib qiziqarli data materiallar
tayyorlab kelmoqda. Lekin ushbu soha Qoraqalpg’iston mediasida yaxshi
ommalashgan deb aytish qiyin.

Chunki hozir Qoraqalpogostinning biron bir mediasida data materiallar

uchratmaysiz. Ushbu soha bo’yicha shug’illanadiagan biron-bir data jurnalist ham
yo’q. Lekin bundan birnechta yillar avval Kazinform internet nashrida ko’plab data
materillar e’lon qilingan. Ya’ni ushbu saytni data materiallar tayyorlashda eng
ko’zga ko’ringan internet nashri sifatida aytishimiz mumkin.

Saytdagi dastlabki infografika esa 2017-yili “Tumanlardagi aholi sonini

bilasizmi?” sarlafhasi bilan e’lon qilingan. Unda Qoraqalpog’istondagi tumanlarda
qancha aholi yashashi haqida umumiy ma’lumotlar beriladi. Infografika —inglizcha
axborot grafikasi, ma’lumotlarning vizual tasviri degan ma’noni anglatadi.
Infografikada ma’lumotlar doiraviy diagrammalar va shtrixli grafiklar, minimal
matn va tasvirlar ko‘rinishida beriladi. Bа’zi mаnbаlаrdаesаinfоgrаfikа-аxbоrоt
bilim

mа’lumоtlаrni

grаfikаko‘rinishdаyetkаzish

deyаtа’riflаnаdi.

Shundanboshlan nashrda yangiliklarni infografika shaklida berish ommalashgan.
Shu sababdan ham Respublikada data materillar e’lon qilishdaeng asosiy sayt
sifatida ham ushbu nashrni aytishimiz mumkin. Chunki saytdagi yangiliklarni


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

135




ko’zdan kechirish davomida ko’plab infografikalarga ko’zimiz tushdi.Keling ular
orasida ko’pchilikda qiziqish uyg’otgan bitta data materialni tahlil
qilsak.“Qoraqalpog‘istonda so‘nggi 30 yil ichida tug‘ilgan chaqaloqlarga
berilgan nomlarning tarixiy statistik tahlili” sarlavhali material eng yaxshi
tayyorlangan data materiallardan biridir.. Mazkur maqolani tayyorlash jarayonida
jurnalist 1 206 603 maqolani o‘rganib, qayta ishlab chiqqan va eng saralarini
taqdim etgan.

Undagi keltirlgan tahlil qilingan materuallar esa Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Davlat xizmatlari agentligining materiallari asosida tayyorlangan.
Maqolada dastlab 1991-2020-yillarda tug‘ilgan o‘g‘il va qiz bolalarga eng ko‘p
berilgan ismlar bo‘yicha statistik ma’lumotlarni yig‘iladi va ularning TOP-10
ni yaratiladi. Ularni aniq tushuntirish maqsadida esa infofrafika animatsiya
tarzida tayyorlanadi. Ushbu materialga jurnalist professional tarizda yondashgan
va taqdim etmoqcihi bo’lgan yangiligini ochiq ta’rizda yetkazib bera olgan. Ushbu
data materialning ko’pchilikda qiziqish uyg’otishigsa sabab vizualizatsiya yaxshi
qilingan. Infografikada ranglar ham yaxshi tanlangan.Shuningdek 2022-yillarda
ushbu saytdan tashqari mediada ma’lumotlarni infografika shaklida berishda
Kruz.uz vaMakan.uz internetnashrlari ham faol bo’lishgan. Lekib bu tahlil
qilingan materiallar emas balki statistika agentligi tominidan e’lon qilingan
ochiq ma’lumotlar hisoblanadi. Ammo Kar24.uz saytida esa nafqat infografika balki
qiziqarli data material ham tayyorlangan. Masalan, shu paytgacha Google’dan
“Qoraqalpoq tili“ so‘zi 3111 marotaba izlangan” sarlavhali maqolani ko‘rib
chiqsak. Ushbu material Google Trends orqali tayyorlangan noaditiy
materiallardan biridir.

Maqolada 2011-yildan 2021-yilgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Google

qidiruv tizimi orqali butun dunyo bo‘ylab “Kaракалпаксийязик“ so‘zi qancha
marotaba qidirilgani aniqlanadi. Bundan tashqari, Qoraqalpog‘istondagi 132
qal’aga qachon turistlar keladi? Nomli data material ham Qoraqalpoq mediasida
e’lon qilingan dastlabki data materiallar hisoblanadi. Unda asosan
Qoraqalpog‘istonda qancha tarixiy obidalar borligi aniqlanadi. Shundan so‘ng esa
ularning

qanchasiga

turistlar

kelishi

haqida

ham

ma’lumotlar

beriladi.Aniqlanishicha, so‘nggi 4-5-yilda Qoraqalpog‘istonga kelgan sayyohlar
asosan Savitskiy muzeyi, yoki Mo‘ynoqdagi “Kemalar qabristoni”, va yoki
Amudaryodagi “Chilpiq”dan qaytadi.

Aslida bu maskanda 132 dan ziyod arxeologik obyektlar mavjud bo’lib

ulardan faqat 37 tasiga xorijiy va mahalliy sayyohlar borar ekan. Buning sabab
o’rganilganda esa ko’p turistik joylarning xaritaga kiritilmaganligi aniqlangan.
Ushbu data materillar bundan bir necha yil ilgari tayyorlangan. Lekin yaqin


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

136




yillardan buyon biron bir mediada data materiallar umuman ko’zga tashlanmayabdi.
Hattoki qisqa formatda infografikalar ham yo’q. Qoraqalpog’istonda data
jurnalistika bo’yicha seminar treyninglar tashkillashtirilgan va Respublikadagi
univevrsittda data jurnalistika fani talabalarga o’rgatilsa ham haligacga ijobiy
natiyja ko’rinmayabdi. Ushbu sohani yaxshi o’zlashtirgan jurnalistlardan so’rab
ko’rganimizda esa ochiq ma’lumotlarnin kamligi va data material tayyorlash uzoq
vaqtni olishini ma’lum qildi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, jurnalistning so‘zi, yozayotgan

maqolasi, tayyorlayotgan ko‘rsatuv va eshittirishi jamiyatda hal qiluvchi kuchga
ega. U davlat va xalqning ayni davrdagi kayfiyatini o‘zida aks ettiradi. Shunday
ekan, jurnalist o‘z pozitsiyasiga ega bo‘lishi, jamiyat manfaatini shaxsiy
manfaatidan ustun qo‘yishi, savodli, kuzatuvchan bo‘lishi lozim. Jurnalistikaning
rivojini nazariyasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Yuqorida ta’kidlanganidek, internet-
jurnalistika sohada yangi davrni boshlab berdi. Mamlakatda internet OAVlar soni
ko‘payib borayotgani kishini quvontiradi. Biroq, bu sohada kadrlar tanqisligi
sezilayotgani, jurnalistika fakultetlarida onlayn-jurnalistika bo‘yicha mutaxassislar
tayyorlashga e’tiborning sustligi, O‘zMU Jurnalistika fakultetida Internet
jurnalistikasi kafedrasi faoliyatining tugatilganligi, nazariy va amaliy bilimga ega
bo‘lgan pedagoglarning yetishmasligi, o‘zbek tilidagi o‘quv qo‘llanmalar, sohaga
oid adabiyotlarning ozligi sohada qator muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shu
bois:
– jurnalistika fakultetlarida onlayn-jurnalistika kafedralarini tiklab, nazariy va
amaliy bilim hamda tajribaga ega mutaxassislarni dars jarayonlariga jalb etish,
darslarni saytlar tahririyatlarida tashkil etish;
– internet OAVlarida tarqalayotgan xabarlarning chek-chegarasi yo‘qligi, qamrovi
kengligi, yolg‘on axborotlar ham yashin tezligida dunyoning narigi chekkasiga yetib
borayotganini inobatga olib, bunday axborotlarning tarqalishiga nisbatan vaksina
sifatida har bir internet OAV ta’sis hay’ati yoki tahririyat kengashiga jurnalist
diplomiga ega bo‘lgan bitta bo‘lsa ham professional jurnalistni kiritish;
– O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi OAVlarda muxbir, “kopirayter”, tarjimon
reportyorlar bazasini yaratish, ommaviy axborot vositalari uchun professional
jurnalistlar taqsimotini yo‘lga qo‘yish;
– jurnalistika fakultetlarini tugatgan, ammo ish bilan ta’minlanmagan kadrlar uchun
alohida aloqa markazi yoki portal tashkil etish;
– mavjud OAVga doir milliy qonunchilikka internet OAVga daxldor o‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritish;
– milliy professional jurnalistlar etikasi qoidalarini ishlab chiqish;


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

137




– internet jurnalistikaga doir o’quv qo‘llanma va darsliklar chop etish kabilarga keng
ahamiyat qaratish joiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

Majumder.

P.

What

is

Data

Journalism

all

about?

-

URL:

https://www.analyticsvidhya.com/blog/2022/01/what-is-data-journalism-all-about/
(15.03.2022).
2. Районлардағы халықтың санын билесиз бе? (Инфографика). – URL:
https://t.me/karinformuz/613 (14.12.2017).
3. Mcguire.S. What Are the 9 Types of Infographics? (+Infographic Templates).—
URL:

https://venngage.com/blog/9-types-of-infographic-template/

4.Qоsimоvа N. Оnlаyn Jurnаlistikа.-T. Dаrslik. 253-bet.
5. Shu paytgacha Google’dan “Qoraqalpoq tili“ so‘zi 3111 marotaba izlangan. –
URL: https://t.me/Kar24Uz/18238 (05.12.2021).

References

Majumder. P. What is Data Journalism all about? - URL: https://www.analyticsvidhya.com/blog/2022/01/what-is-data-journalism-all-about/ (15.03.2022).

Районлардағы халықтың санын билесиз бе? (Инфографика). – URL: https://t.me/karinformuz/613 (14.12.2017).

Mcguire.S. What Are the 9 Types of Infographics? (+Infographic Templates).— URL: https://venngage.com/blog/9-types-of-infographic-template/

Qоsimоvа N. Оnlаyn Jurnаlistikа.-T. Dаrslik. 253-bet.

Shu paytgacha Google’dan “Qoraqalpoq tili“ so‘zi 3111 marotaba izlangan. – URL: https://t.me/Kar24Uz/18238 (05.12.2021).