Authors

  • Джабборов Н.Н
    Toshkent tibbiyot akademiyasi
  • Акбарова М.А
    Toshkent tibbiyot akademiyasi
  • Эргашев С.Т
    Toshkent tibbiyot akademiyasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.62135

Keywords:

OITS OIV infeksiyasi vertikal yuqish immunitet tizimi bolalar sog‘lig‘i

Abstract

Maqolada ortirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS) va uning turli yo‘llar orqali, jumladan, vertikal tarzda onalikdan bolaga yuqish holatlari tahlil qilingan. Homilador ayollarda va tug‘ilgan bolalarda OITSning oldini olish bo‘yicha diagnostika, perinatal nazorat, tekshiruvlar va davolash choralari muhokama qilingan. OITS bilan tug‘ilgan bolalarning immun tizimi, antropometrik va anatomik o‘zgarishlari, ayniqsa 7-12 yosh davridagi murakkabliklari ko‘rib chiqilgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va YUNISEF tomonidan bunday bolalarga alohida e’tibor qaratilishining ahamiyati ta’kidlangan.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

313




TURLI YoSHDAGI BOLALARNING TANASINING

ANTROPOMETRIK KOʻRSATKICHLARI

Джабборов Н.Н., Акбарова М.А., Эргашев С.Т.

Toshkent tibbiyot akademiyasi

Annotatsiya:

Maqolada ortirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS) va uning turli yo‘llar

orqali, jumladan, vertikal tarzda onalikdan bolaga yuqish holatlari tahlil qilingan.
Homilador ayollarda va tug‘ilgan bolalarda OITSning oldini olish bo‘yicha
diagnostika, perinatal nazorat, tekshiruvlar va davolash choralari muhokama
qilingan. OITS bilan tug‘ilgan bolalarning immun tizimi, antropometrik va anatomik
o‘zgarishlari, ayniqsa 7-12 yosh davridagi murakkabliklari ko‘rib chiqilgan. Jahon
sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va YUNISEF tomonidan bunday bolalarga
alohida e’tibor qaratilishining ahamiyati ta’kidlangan.

Kalit so‘zlar:

OITS, OIV infeksiyasi, vertikal yuqish, immunitet tizimi, bolalar

sog‘lig‘i, perinatal nazorat, diagnostika, JSST, YUNISEF.

Orttirilgan immun tanqisligi sindromi

(OITS) - retrovirus guruhiga

mansub

virus

qoʻzgʻatadigan kasallik- ikki davrga boʻlinadi: OITV infeksiyasi va

bevosita OITS (SPID) davri. OITV infeksiyasi davri odam organizmida virus bor,
lekin, kasallik alomatlari hali namoyon boʻlmagan davr. Virus deyarli bir vaqtda
Parijda professor Lyuk Montanye hamda AQShda professor Gallo boshchiligidagi
olimlar tomonidan kashf etilgan (1983). Bu virus odamning

immunitet

tizimiga

taʼsir koʻrsatadi, ayniqsa, SD4+ immun hujayralariga qirgʻin keltiradi. Virus odam
organizmiga tushgach, 2-3 kundan soʻng, 25-30% hollarda birlamchi infeksiya
davriga xos alomatlar kuzatilishi mumkin. Bu "oʻtkir serokonversiya sindromi" deb
ataladi, bunda harorat koʻtariladi, tunda terlash, boʻgʻimlar va bosh ogʻrigʻi,
loxaslik, qayt qilish, ich ketishi, badanda, ayniqsa, uning yuqori qismida toshmalar
paydo boʻlishi mumkin. Bu alomatlar odam organizmiga tushgan virus taʼsiriga
immunitet tizimi maʼlum darajada javob qaytarish reaksiyasi bilan bogʻliq. Lekin bu
davrda antitelolarni aniqlash natija bermaydi, chunki immunitet tizimining javobi
hali toʻliq shakllanmagan boʻladi. Kasallikning bu davri 8-10 yilgacha, baʼzan undan
ham uzoq davom etishi mumkin. Hozirgi kunda amaliyotda OITV infeksiyasi
tashhisini qoʻyish qonda kasallik virusiga qarshi paydo boʻlgan antitelolarni


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

314




aniqlash, immun ferment taxlili (IFT) reaksiyasiga asoslangan. Dastlabki antitelolar
virus organizmga tushgach, 3 haftadan soʻng shakllana boshlasa ham, qoʻllanadigan
diagnostikalar ularni ilgʻay olmaydi. Shu bois, odamga ushbu infeksiya ilashgani
toʻgʻrisida virus organizmga tushganidan soʻng 90 kun oʻtkazib olingan tekshirish
natijasiga qarab xulosa chiqarish mumkin.

Yuqoridagi keltirilgan ma’lumotdagi insonga tegishli bo’lgan barcha natijalar,

bir homilador ayolga tegishli bo’lsa, uning qornidagi bolaga ham OITS/OITV
vertikal tarzda qornidagi bola orqali yuqadi. Yoki, o’sha ayol bolasini tug’ish
natijasida jinsiy a’zo orqali, tug’ulgandan keyin bolani o’z ko’krak suti orqali
oziqlashtirsa o’sha bolaga ham kasallik yuqadi. Bolaga yuqishi natijasida unda ham
kasalliklarga kurashish immune tizimlari ishdan chiqishi mumkin. OIV bilan
kasallangan onalardan tug'ilgan bolalar shifokor nazorati ostida bo'lishi kerak.
Perinatal aloqada bo'lgan bolalarni nazorat qilish OITSning oldini olish va unga
qarshi kurashish shahar markazining pediatri tomonidan amalga oshiriladi. Sankt-
Peterburgdagi Sog'liqni saqlash qo'mitasi va Sanitariya-epidemiologiya nazorati
markazining 2002 yil 4 fevraldagi 29-r / 4-son buyrug'iga binoan tavsiya etilgan
tekshiruv muddati: tug'ilganda, 1 oyda, 3, 6, 9, 12, 18, 24 oy. OIVning klinik va
laboratoriya belgilari 12 oyligida aniqlansa, 15 oyligida qo'shimcha tekshiruv
o'tkaziladi. Belgilangan muddatlarda bolaning jismoniy va psixomotor rivojlanishi
baholanadi, qon testlari (klinik va biokimyoviy, immunologik - CD4, CD8, CD4 /
CD8), siydik sinovlari tekshiriladi, OIV infektsiyasi bilan bog'liq kasalliklar qayd
etiladi. Gepatit B va C, HSV, CMV, toksoplazmoz belgilari uchun Elishay
tomonidan serologik qon testini vaqti-vaqti bilan takrorlash lozim. CMV uchun
tupuk va siydikning sitologik tekshiruvini o'tkazish. Immunoglobulinlarning tarkibi
va proteinogramma parametrlari har 6 oyda bir marta aniqlanadi.

OITS ga chalingan ona qornidagi bolalarni ushbu kasalligidan himoya qilish

uchun turli tajribalar olib boriladi. Lekin, katta ehtimollik natijasida OITS bolaga
ham yuqadi va u rivojlangani sari immun tizimida va boshqa rivojlanishlarida salbiy
o’zgarishlar yuz bera boshlaydi. Ayniqsa, uning eng rivojlanish payti 7-12 yoshida
unda juda ham ko’p salbiy o’zgarishlar yuzaga keladi. Har bir shu yoshdagi bolaning
organizmi antropometrik va anatomik o’zgarishlarga muhtoj bo’lib qoladi, aynan
shu davrda bolalar o’sish, suyaklar harakati, va boshqa sog’liqdagi o’zgarishlarni
boshdan o’tkazadilar. Ammo, OITS bilan tugu’ulgan bolalar bu davrda ko’p
qiyinchiliklarni boshdan o’tkazadilar, chunki ularning sog’likdagi kamchiliklari


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

315




tufayli bu ularda og’ir kechadi. Jahon sog’liqni saqlash vazirligi va UNICEF
tomonidan har yili shunday bolalarga katta e’tibor qaratiladi.


Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Абидова 3. М.. Азимова Ф. В. “Определение видового состава

возбудителейорофарингеального кандидоза у больных ВИЧ-инфекцией".
Журнал “Дерматовенерология и эстетическая медицина”. 2 0 1 1.Л'°1-2,с. 93-
94.

2.

Азизов Б. С.. Исмаилова Г. А. “Видовой спектр возбудителей при

гнойничковых поражениях кожи у больных с ВИЧ-позитивным и ВИЧ-не-

гативным статусом”. “Новости дерматовенерология и репродуктивного

здоровья”. 2010.М’ I -2.с.6-9.

3.

Axmedov К. R. “SPID” nima? - T.:”Meditsina”. 1990.

4.

Arifov S., Eshboyev E. “Teri va tanosil kasalliklari”. - Т . : 2010.

5.

Атабеков H.C. и др. “Возрастные особенности ВИЧ-инфекции в

Узбекистане “. В кн. “Материалы Республиканской научно-практической

конференции “Актуальные вопросы инфекционных болезней и

ВИЧ/СПИ- Да”.201 I .e.367-368.

6.

Атабеков Н.С. и др. “Болаларда ОИВ-инфекциясининг профилак-

тикаси”. В кн. “Материалы Республиканской научно-практической
конференции “Актуальные вопросы инфекционных болезней и ВИЧ/СПЙ-
Да”. 201 I.e. 365-367.

7.

Атабеков Н.С. и др. “Об эффективности профилактическихи

противоэпидемических мероприятий по борьбе со СПИДом в Республике”. В
кн. “Материалы Республиканской научно-практической конференции
“Актуальные вопросы инфекционных болезней и ВИЧ СПИДа”.2 0 1 1, с.370-
371

References

Абидова 3. М.. Азимова Ф. В. “Определение видового состава возбудителейорофарингеального кандидоза у больных ВИЧ-инфекцией". Журнал “Дерматовенерология и эстетическая медицина”. 2 0 1 1.Л'°1-2,с. 93-94.

Азизов Б. С.. Исмаилова Г. А. “Видовой спектр возбудителей при гнойничковых поражениях кожи у больных с ВИЧ-позитивным и ВИЧ-не-

гативным статусом”. “Новости дерматовенерология и репродуктивного здоровья”. 2010.М’ I -2.с.6-9.

Axmedov К. R. “SPID” nima? - T.:”Meditsina”. 1990.

Arifov S., Eshboyev E. “Teri va tanosil kasalliklari”. - Т . : 2010.

Атабеков H.C. и др. “Возрастные особенности ВИЧ-инфекции в Узбекистане “. В кн. “Материалы Республиканской научно-практической

конференции “Актуальные вопросы инфекционных болезней и ВИЧ/СПИ- Да”.201 I .e.367-368.

Атабеков Н.С. и др. “Болаларда ОИВ-инфекциясининг профилак- тикаси”. В кн. “Материалы Республиканской научно-практической конференции “Актуальные вопросы инфекционных болезней и ВИЧ/СПЙ- Да”. 201 I.e. 365-367.

Атабеков Н.С. и др. “Об эффективности профилактическихи противоэпидемических мероприятий по борьбе со СПИДом в Республике”. В кн. “Материалы Республиканской научно-практической конференции “Актуальные вопросы инфекционных болезней и ВИЧ СПИДа”.2 0 1 1, с.370-371