Authors

  • Muzaffar Karakulov
    Menejment va zamonaviy texnologiyalar universiteti magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.62151

Keywords:

samaradorlik korxona mehnat muhofazasi shikastlanish

Abstract

Global kasbiy sog‘liq va xavfsizlik koalitsiyasi hamkorligida sanoat ishlab chiqarishda ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish istiqbollari tahlil qilingan. Kasbiy sog‘liq va xavfsizlikni ta’minlash hamda uning oqibatida kelib chiqadigan xarajatlardan saqlanish bilan yuqori iqtisodiy o‘sishga erishishning ijtimoiy-iqtisodiy yechimlari o’rganilgan. Olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida mehnat muhofazasi jarayonlarini raqamlashtirishga oid tegishlicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilgan.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

413




GLOBAL KASBIY SOG‘LIQ VA XAVFSIZLIK KOALITSIYASI

HAMKORLIGIDA SANOAT ISHLAB CHIQARISHDA IJTIMOIY-

IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISH ISTIQBOLLARI

Karakulov Muzaffar Abduvaliyevich

Menejment va zamonaviy texnologiyalar universiteti magistranti

Telefon: +998 99 083 63 45

m.karakulov@mail.ru

Annotatsiya:

Global kasbiy sog‘liq va xavfsizlik koalitsiyasi hamkorligida

sanoat ishlab chiqarishda ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish istiqbollari
tahlil qilingan. Kasbiy sog‘liq va xavfsizlikni ta’minlash hamda uning oqibatida
kelib chiqadigan xarajatlardan saqlanish bilan yuqori iqtisodiy o‘sishga erishishning
ijtimoiy-iqtisodiy yechimlari o’rganilgan. Olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida
mehnat muhofazasi jarayonlarini raqamlashtirishga oid tegishlicha takliflar va
tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

samaradorlik, korxona, mehnat muhofazasi, shikastlanish,

baxtsiz hodisa, hodim, salomatlik, kasb kasalliklari.

Hozirgi kunda jahon YaIMning 33 foizi aynan qurilish, sanoat va ishlab

chiqarishda yaratilmoqda. 2030 yilga kelib jami yaratilgan ish hajmi 65 foizga ortib
(8 trln. AQSh dollari) umumiy aylanma 15,5 trln. AQSh dollarini tashkil etishi
kutilmoqda

1

. 2024 yilda jahon sanoatida 780 million nafar ishchi-xodim band bo‘lib

umumiy ish kuchining 7,9 foizini tashkil etmoqda

2

. Bevosita mehnat faoliyati bilan

2 mln. nafar xodim ish joylarida bevaqt hayotdan ko‘z yummoqda. Shuningdek, 160
million nafar xodim ish jarayonida turli xil kasb kasalliklariga chalingan

3

. MDH

mamlakatlarida esa halokatli kasb kasalliklari soni 11 mingdan ortiq holatni tashkil
etgan. Kasbiy sog‘liq va xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatlar yiliga 65 ming nafar
xodimning o‘limga sabab bo‘lgan

4

. Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, dunyo bo‘yicha

umumiy zarar yiliga jahon YaIMning o‘rtacha 4 foiz (1,25 trln. AQSh

1

1http://www.globalconstruction2030.com/assets/press/2030/GC2030_Press_Release

2

ttps://constructionblog.autodesk.com/construction-industry-statistics/

https://data.worldbank.org/indicator/SL.TLF.TOTL.IN

3

https://www.ilo.org/global/about-the-ilo/newsroom/news/WCMS_007969/lang--en/index.htm

4

http://www.ilo.org/moscow/areas-of-work/occupational-safety-and-ealth/WCMS_249278/lang--en/index.htm


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

414




dollari)yo‘qotilishiga olib kelmoqda. Shu jumladan, qurilish sanoatida yiliga 337
million baxtsiz hodisalar yuz berib umumiy zarar 890 mln. AQSh dollarini tashkil
etgan

5

.

Bugunki kunda jahon miqyosida kasbiy sog‘liq va xavfsizlikni ta’minlash

tizimining xalqaro integratsiyalashuvini tubdan takomillashtirish maqsadida o‘tish
davri iqtisodiyoti va rivojlanayotgan mamlakatlar sanoat ishlab chiqarishida xavfsiz
ish muhiti va madaniyatini shakllantirish asosiy vazifalardan hisoblanadi.
Shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni oldini olish va
aniqlashda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish, ishchilarning mushak
taranglashuvi va ruhiy zo‘riqish muammolarini hal qilish natijasida inson kapitalini
rivojlantirishga oid xalqaro ilmiy tadqiqotlar muhim islohotlardan biriga
aylangan[8].

O‘zbekistonda ham barcha soha tashkilotlarida baxtsiz hodisalar sonining

ortib borishi nafaqat ish beruvchiga iqtisodiy zarar keltirishi balki, ishchilar
hayotining yuqori xavf ostida qolishida ijtimoiy yo‘qotishlar hatto, hayotdan bevaqt
ko‘z yumish holatlari muntazam uchrab turibdi. Shunga ko‘ra, mehnat muhofaza
jarayonlarida xalqaro standartlarni joriy etish va baxtsiz hodisalarni oldini olishda
raqamli tehnologiyalarni qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan
Respublikamizdagi barcha sohaviy tashkilotlar va sanoat ishlab chiqarish
korxonalarida mehnat muhofazasi jarayonlarini samarali boshqarishda raqamli
texnologiyalardan foydalanish dolzarb hisoblanadi[7].

Sanoat ishlab chiqarishda mehnat muhofazasi va uni xavfsizligini ta’minlash

borasida ilmiy-tadqiqotlar olib borgan xorijiy iqtisodchi olimlardan K. Sulaymon, P
Xages, E. Ferett, D.Valterz, S. Villiams, N. Alkanam, M. Kxeni, K. Koji, J.
Serbitzer, X. Vua, K. Liu, L. Zang, J. Skebnevskiy, Yu.Vang kabilarning izlanishlari
diqqatga sazovor

6

.

5

Bilal Kaassis and Adel Badri. Development of a Preliminary Model for Evaluating Organizational Health and

Safety in small and medium-sized enterprises. Safety journal February 1.2023.

6

Khairuddin Sulaiman. A study of building Procurement Process as a potential tool to Enhance safety practice In the

construction industry Malaysia, 2008.; Phil Hughes, Ed Ferrett. Introduction to Health and Safety in Construction.
Second edition, Oxford, UK, 2008.; Stephen Williams. Health and safety in construction, London, UK, 2006.;
Nongiba Alkanam Kheni. Impact of health and safety management on safety performance of small and medium-sized
construction businesses in Ghana. Loughborough University, London, UK, 2008.; J. Serbitzer, X. Wua, Q.Liu, L.
Zhang, J. Skibniewski, Y. Wang. Prospective safety performance evaluation on construction sites. Accident Analysis
and Prevention, 2015.; Occupational health and safetyan annotated bibliography of research and related literature
(1998 - 2003).


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

415




Shunigdek, Buyuk Britaniya, AQSh, Yevropa Ittifoqi, Kanada, Yaponiya,

Xitoy, Rossiya, va Turkiya kabi iqtisodiyoti ilg‘or mamlakatlar tajribalari hamda bir
qator xalqaro tashkilotlar amaliyoti jumladan, BMTning Umumjahon inson
huquqlari dekloratsiyasi, BMTning Yangi ming yillik taraqqiyot dasturi (UN New
Millennium Goal), XMT, Xalqaro mehnat konferensiyasi, BSST, Xalqaro
ergonomika assotsiatsiyasi, BMT sanoatni rivojlantirish tashkiloti, tashkiloti, Global
kasbiy sog‘liq va xavfsizlik Koalitsiyasi (The Global Coalition for Safety and Health
at Work), Kasbiy sog‘liq bo‘yicha xalqaro komissiya (International Commision on
Occupational Health), 2030 yillar uchun qurilish sanoatining global bashoratlari (A
global forecast for the construction industry to 2030), Inson resurslari yillik hisoboti
(Human Resources Annual Report), Inson resurslari hisoboti (Human Resources
Report), Global sog‘liq 50/50 hisoboti (The Global Health 50/50 Report), Jahon ish
bilan ta’minlash ijtimoiy qarashlar trendi (World Employment Social Outlook
Trends), Jahon sog‘liq statistikasi (World health statistics), Scopus va Sciencedirect
platformasidagi bir qattor ilmiy maqolalar, hamda bir qator global indekslar tadqiq
etilgan.

Shu bilan birga, MDH mamlakatlari olimlaridan V.N.Bekasova, S.I. Borovik,

N.V. Glotova, V.G. Davlyatshin, V.G. Zelenkin, L.M. Kiseleva, I.S. Okrainskaya,
I.P. Palatinskaya, G.I.Belyakov, A.V. Xashkovskiy, N.A. Xusainova, V.V. Gafner,
O.N. Kulikov, Ye.I. Rolin, N.M. Fateeva, N.N. Malyarchuk, T.V. Sazanova,
M.V.Plotnikova, T.A. Gluxix, V.I. Grens, S.N. Glazunovalarning ilmiy ishlari
atroflicha o‘rganilgan

7

.

Mamlakatimiz olimlarining tadqiqotlarida ham iqtisodiyot tarmoqlarida

mehnat xavfsizligi ta’sirining

ayrim jihatlari o‘rganilgan. Xususan,

Q.Abdurahmonov, S.G‘ulomov, B.Umurzakov, Sh.Qurbaniyazov, D.Baxromova,
A.Igamberdiev, Sh.Xolmo‘minov, N.Aimbetov, T.Jiemurotov, O.Abdurahmonov,
A.Parmonov,

A.Igamberdiev,

G.Dadaev,

G.Abdurahmonova,

M.Qodirov,

7

Бекасова В.Н., Боровик С.И., Глотова Н.В., Давлятшин В.Г., Зеленкин В.Г., Киселева Л.М., Окраинская И.С.,

Палатинская И.П., Хашковский А.В. Безопасность жизнедеятельности В дипломных проектах. Окраинской
И.С., Челябинск, ЮУрГУ, 2007.; Феоктистова О.Г., Феоктистова Т.Г., Мерзликин И.Н. Безопасность
жизнедеятельности Организация охраны труда. – М.: Московский государственный технический университет
гражданской авиации, 2015.; Хусаинова Н.А., Гафнер В.В. Мониторинг становления профессиональной
компетентности учителя безопасности жизнедеятельности. Автореферат диссертации на соискание ученой
степени кандидата педагогических наук Екатеринбург – 2005.; Куликов О.Н., Ролин Е.И, Безопасность
жизнедеятельности в строительстве, Москва, Академия, 2009.; Фатеева Н.М., Малярчук Н.Н., Сазанова Т.В.,
Плотникова М.В., Глухих Т.А., Гренц В.И., Глазунова С.Н. Безопасность жизнедеятельности, Тюмень, 2012.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

416




I.Nigmatov, S.G‘oyibnazarov, M.Tojiev, D.Xudoev, Q.O‘lmasov, O.Qudratov,
S.Tairov, Z.Gaibnazarova, R.Saloxo‘jaev, Sh.Akramova va A.Magrupovlarning
ilmiy ishlari shular jumlasidandir

8

.

Ammo, sanoat ishlab chiqarish korxonalarida mehnat muhofazasi

jarayonlarini samarali tashkil qilish va boshqarishda raqamli texnologiyalardan
samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar yetarli emasligiga amin bo‘lamiz.
Shu jihatdan sanoat ishlab chiqarish korxonalarida mehnat muhofazasi jarayonlarini
samarali tashkil etishda raqamli texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha tadqiqot
olib borish mazkur mavzuning dolzarbligini ko‘rsatadi[6].

Mamlakatimiz ishlab chiqarish sanoatida mehnat muhofazasi va xavfsizlikni

birinchi o‘ringa qo‘yish natijasida xavfsiz ish muhitini barpo etish zarur. Bu esa,
aynan ishchilar salomatligi va xavfsizlik munosabatlarini diversifikatsiyalash hamda
yangicha rivojlanish bosqichiga olib chiqish bilan ahamiyatlidir.

Mamlakatimiz ishlab chiqarish sanoatida ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni

oshirishda kasbiy sog‘liq va xavfsizlikni ta’minlashning konseptual asoslarini
takomillashtirish masalalari bir qator innovatsiyalarga muhtoj. Sohada
raqobatbardoshlikni oshirish yo‘lida ta’lim, fan va amaliyotning (Education, Science
and Business) o‘zaro integratsiyalashuvi bo‘yicha xorijiy amaliyot muhim ahamiyat
kasb etmoqda.

Xorijiy mamlakatlar tajribasi, xalqaro tashkilotlar amaliyoti va yutuqlaridan

samarali foydalangan holda mamlakatimiz qurilish sanoatida inson hayotini saqlab
qolish, bilimlarini oshirish, turli xatarlardan himoya qilish va mehnat unumdorligini
oshirishda yagona ish tizimini tashkil etish ahamiyatlidir. Shu nuqtai-nazardan
qurilish sanoatida mehnat muhofazasi ning konvension mazmuni va yangi talqindagi
izohi, zamonaviy tushuntirishga oid yondashuvlari va ularga aniqliklar kiritish yoki

8

Ғойипназаров С.Б. Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорликда меҳнатни муҳофаза қилишнинг илмий

асосларини такомиллаштириш, Тошкент, 2018.; Қурбаниязов Ш.К. Қурилиш материаллари саноатида
корпоратив бошқарувнинг ташкилий-иқтисодий механизминин жорий этиш самарадорлиги. Иқт. фан.
фалсафа доктори (PhD). илм. дар. олиш учун дисс. – Т.: ТДИУ, 2018. – 126 б.; Баҳромова Д.Б. Аҳолини
ижтимоий ҳимоялашнинг асосий йўналишларини иқтисодий-статистик таҳлили. Иқт. фан. фалсафа доктори
(PhD) илм. дар. олиш учун дисс.. – Т.: ТДИУ, 2018. – 151 б.; Аимбетов Н.Қ. Мураккаб экологик шароитда
иқтисодий ва ижтимоий жараёнларни моделлаштириш. Иқт. фан. доктори илм. дар. олиш учун дисс.. – Т.:
ТДИУ, 2000. – 278 б.; Жиемуротов Т.П. Корхона бошқаруви жараёнида ахборот таъминотини жорий этишни
такомиллаштириш. Иқт. фан. ном. илм. дар. олиш учун автореферат – Т.: ТДИУ, 2010. – 26 б.; Quvondiqova
D.E., Jumayeva H.Sh. Hayot faoliyati xavfsizligi, Navoiy 2013.; Пармонов А., Игамбердиев А., Дадаев Г.,
Қодиров М. Hayot Faoliyati Xavfsizligi, Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent 2007.;
Nigmatov I., Tojiyev M. Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi, Toshkent, Iqtisod-Moliya, 2011.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

417




kamchiliklarni to‘ldirish bilan konseptual asoslarini tubdan isloh qilish mumkin.
Buning uchun uch asosiy sektordagi mavjud kamchiliklarni aniqlab, ularni o‘zaro
uyg‘unlashuviga ko‘makalashuvchi imkoniyatlarni aniqlash lozim[4].

Ilmiy izlanishlar olib borishning globallashuv jarayonlarida tadqiqotlarning

asosiy iboralarini ingliz tilidagi halqaro qabul qilingan shakllarini tizimlash lozim.
Zero, mamlakatimiz qurilish sonatida ishchilarga qulay mehnat sharoitlarini barpo
etish, ularning xavfsizligini ta’minlashda “Mehnat muhofazasi”, “Mehnatni
muhofaza qilish”, “Hayot xavfsizligi”, “Fuqaro muhofazasi”, “Texnika xavfsizligi”,
“Yong‘in xavfsizligi”, “Hayot faoliyati xavfsizligi”, “Sanoat xavfsizligi” , “Hayot
faoliyat xavfsizligi”, “Mehnat muhofazasi va ishlab chiqarish xavfsizligi”, “Mehnat
sharoitlarini yaxshilash va mehnatni muhofaza qilish”, “Fuqarolar himoyasi va
mehnat muhofazasi”, “Mehnat muhofazasi va xavfsizlik”, “Fuqaro muhofazasi va
mehnatni muhofaza qilish”, “Xavfsizlik texnikasi”, “Elektr xavfsizligi”, “Hayot
faoliyati xavfsizligi va mehnat gigienasi” kabi turli shakldagi tushunchalar
qo‘llanilib kelinmoqda.

Mamlakatimiz ilm-fan tizimi yuqorida keltirilgan barcha so‘z birikmalarini

kasbiy sog‘liq va xavfsizlik (Helath and safety) tushunchasiga almashtirgan holda
ilmiy tadqiqotlarni olib borish quyidagi innovatsion yondashuvlarni o‘z ichiga olishi
lozim deb hisoblaymiz:

1. An’anaviy ilmiy tadqiqot usullari va yo‘nalishlaridan xalqaro reyting

agentliklar amaliyotiga o‘tish.

-Quantitative method;
-Harvard style;
-IEEE Referencing Style.
2. Xorijiy tillarni jumladan, ingliz tili va kompyuter texnologiyalarni

mukammal o‘zlashtirgan yosh olim va ilmiy tadqiqotchilar faoliyatini rivojlantirish.
Masalan, Scopus bazasida bir yilda o‘rtacha chop etilayotgan ilmiy maqolalar
hajmiga e’tibor beradigan bo‘lsak, holat quyidagicha:

-Ingliz tilida-40,255000 ta
-Nemis tilida-1,616000 ta
-Rus tilida -901,516 ta144
3. Xalqaro ilmiy qarashlar va nazariyalar bilan hozirgi kun mamlakatimiz

qurilish sanoati amaliyoti o‘rtasidagi tafovutning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini
baholash[1].


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

418




4. Inson salomatligi, qulay mehnat sharoitlari, xavfsiz ish muhiti va

madaniyati, qurilish sanoati ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligiga oid muhim bog‘liq
va mustaqil o‘zgaruvchilarni aniqlash.

Iqtisodiy zararlar indeksi:

▪ davolanish xarajatlari (ming. so‘m);
▪ erta nafaqaga chiqqan ishchilar uchun to‘lovlar (ming. so‘m);
▪ o‘lim xarajatlari (ming. so‘m);
▪ har bir jarohat uchun yo‘qotilgan ish soatlari oqibati zarar miqdori (ming.

so‘m);

▪ har bir jarohat uchun yo‘qotilgan ish kunlari oqibati zarar miqdori (ming.

so‘m);

▪ yo‘qotilgan ish haqi miqdori (ming. so‘m);
▪ atrof-muhitga yetkazilgan zarar miqdori (ming. so‘m);
▪ sug‘urta to‘lovlari miqdori (ming. so‘m);
▪ ishchi-xodimlarga to‘lanadigan kompensatsiyalar miqdori(ming. so‘m);
▪ baxtsiz hodisalar tufayli ko‘rilgan jami zarar miqdori ( ming. so‘m).
Ammo, xalqaro amaliyot ko‘proq Buyuk Britaniya va uning ittifoqchilari ilm-

fan yutuqlari asosida shakllangan bo‘lib, dunyo mintaqalarida yagona ta’lim tizimi
va amaliyoti bilan o‘zaro muvofiqlashgan holda e’tirofga molik yuksak natijalar
ilmiy maqolalar va nufuzli universitetlar darsliklarida o‘z aksini topgan. Demak,
mazkur natijalar orqali hozirgi kun mamlakatimiz oliy ta’lim tizimidagi milliy
harakatlarni qanchalik ulkan darajada isloh qilish lozimligini anglash qiyin emas.
Jadvalga ko‘ra mutlaqo yangicha tadqiqot va ta’lim yo‘nalishlari asosida dunyo
mintaqalarida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda ustunlikka ega bo‘layotgan
universitetar amaliyoti biz uchun izohsiz qoladi albatta[5].

Shu bilan birga qisqa muddatli o‘quv kurslari va treninglar, xalqaro diplom va

sertifikatlar joriy etish masalalari dolzarbligicha turibdi. 36 va 120 soatga
mo‘ljallangan qisqa o‘quv kurslarini bitirib xalqaro darajada mehnatni muhofaza
qilish mutaxassisligi asosida ishlash imkonini beruvchi sertifikatar va diplomlar
albatta shu sohada yangi ish o‘rinlarini barpo etilishi hamda kasb egalarini yagona
ibora ostida umumiy birlashishga erishishni ta’minlaydi.

Shu sababdan bugungi kuchli raqobat sharoitida har bir tashkilotda o‘lim xavfi

yuqori turuvchi ishlab chiqarish korxonalarida baxtsiz hodisalarni kamaytirish orqali
iqtisodiy samaradorlikni yanada oshirish mumkinligi va zarurligidan kelib chiqib, 2


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

419




muhim shart bajarilishi –

kasbiy sog‘liq va xavfsizlikni ta’minlash

hamda

uning

oqibatida kelib chiqadigan xarajatlardan saqlanish

bilan yuqori iqtisodiy o‘sish

kalitiga ega bo‘lishni asosiy maqsadga aylantirmoq lozim.

1-jadval

Mamlakat

Identifikatsiya tartibi

Identification method

1

AQSh

Ijtimoiy xavsizlik raqami

Social Security Number

2

Belgiya

Milliy qaydnoma raqami

National Register Number

3

Buyuk

Britaniya

Milliy sug‘urta raqami

National Insurance Number

4

Irlandiya

Shaxsiy davlat xizmatlari
raqami

Personal

Public

Service

Number

5

Kanada

Ijtimoiy sug‘urta raqami

Social Insurance Number

6

Koreya

Respublikasi

Rezidentlikni

qayd

etish

raqami

Resident's

Registration

Number

7

Qozog‘iston

Yagona

identifikatsiya

raqami

Individual

Identification

Number

8

Rossiya

Yagona

identifikatsiya

raqami

Individual

Identification

Number

9

Singapur

Shaxsni qayd etish milliy
kartasi

National Registration Identity
Card

10 Turkiya

Identifikatsiya raqami

Identification Number

11 Ukraina

Yagona

identifikatsiya

raqami

Individual

Identification

Number

12 Finlandiya

Shaxsni aniqlash kodi

Personal Identity Code

13 Fransiya

Ijtimoiy sug‘urta raqami

Social Insurance Number

14 Xitoy

Identifikatsiya kartasi

ID card

15 Hindiston

Yagona

identifikatsiya

raqami

Unique

Identification

Authority


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

420




16 Shveysiya

Shaxsni aniqlash raqami

Personal Identity Number

17 Yaponiya

Milliy identifikatsiya raqami

National

Identification

Number

Xorijiy mamlakatlarda ishchilarning ijtimoiy xavfsizlik va himoyalash milliy

tizimlarini o‘rgangan holda milliy ijtimoiy identifikatsiya raqamini joriy etish zarur.

Hozirgi kun amalda bo‘lgan OHSAS 18001:2007 kasbiy sog‘liq va xavfsizlik

standarti uch tomonlama integratsiyalashuvda korxona-tashkilotlar faoliyati bir
tomonda va xonadon-xovlilarda qurilish sanoati faoliyati bilan shug‘ullanayotgan
jismoniy shaxslarning sog‘lig‘ini saqlash va xavfsizligini ta’minlash ikkinchi
tomonda turgani yalpi muammolarni hal qilishda ojizlik qilmoqda.

Ishlab chiqarish korxona va tashkilotlarida mehnat muhofazasi asoslari

raqamlashtirishni isloh qilish orqali raqobatbardoshlikni oshirishda quyidagilarga
e’tibor qaratish lozim:

- “Sanoatda kasbiy sog‘liq va xavfsizlik” tushunchasini joriy etish;
- “Sanoatda kasbiy sog‘liq va xavfsizlikni boshqarish” tushunchasini joriy

etish;

- “Xavfsizlik birinchi o‘rinda” deb nomlanuvchi milliy harakatni joriy etish;
- “Sariq chiziq bu-xavf” deb nomlanuvchi milliy shiorni joriy etish;
- ishchilarga doimiy ravishda ish joylaridagi xavf-xatarlarning barcha mavjud

shakllari haqida to‘liq ma’lumot berib borish;

- mehnat muhofazasida kasbiy sog‘liqni saqlash va xavfsizlikni ta’minlash

ajralmas tushuncha sifatida qabul qilish;

- ish jarayonida uchraydigan risklarning barcha shaklarini baholash va ularni

oldini olishga xalqaro amaliyot tizimini joriy etish;

- xavfga kutilmaganda chalinish yoki sodir etish hatto odam tanlamasligi

oqibatida baxtsiz hodisa qayd etgan inson aynan, o‘zi bo‘lishi mumkinligini doimo
yodda tutish;

- bilimsizlik va e’tiborsizlikni bartaraf etib e’lon, yo‘riqnoma, belgi, buyruq

va tavsiyalarga doimo amal qilib qulay mehnat sharoitida xotirjam ishlash;

- ish jaryonida o‘zi va boshqa ishchilar uchun xavfli hudud yoki ish muhitini

tuzoq sifatida qurishning oldini olish;


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

421




- sanitariya va gigiena qoidalariga past nazarda qaramasdan professional

kasalliklarga uchrashdan muntazam himoyalanish;

- sodir bo‘layotgan baxtsiz hodisa va qayd etilayotgan o‘limdan har bir ishchi

jabrlanayotgan shaxsning o‘rnida bo‘lishi mumkinligidan saboq olib korporativ
javobgarlikni keskin oshirish;

- trening va o‘quv kurslarida faollik bilan ishtirok etish shuningdek, natijalar

qoniqarsiz bo‘lsa, takroriy o‘qishdan bosh tortmaslik[3].

XMT standartlariga muvofiqlashtirilgan holda milliy tizimning konseptual

asoslarini xalqaro amaliyot va ilmiy-texnika tarqqiyoti bilan uyg‘unlikda bog‘lash
mumkin. Avvalambor, milliy qonunchilik tizimi, korxonalar ish jarayonlaridagi
xavfsizlik tizimi va ularga qo‘yiladigan talablar keng doiradagi hamkorlik
murojaatlari natijasida yangicha tus olishi jahon amaliyotida allaqachon o‘z isbotini
topgan.

Xalqaro ko‘rgazmalar va amaliy tadbirlar misolida agar o‘rganadigan bo‘lsak,

unda mahalliy ishchi-xodimlarimizning ishtirok etishi kun tartibidagi dolzarb
masalalarning mohiyati, erishilgan yangi natijalar va kelajak istiqboldagi rejalarni
amalga oshirish yo‘l xaritalarini tezda anglab olish imkoniyatlarini beruvchi yuksak
yutuqlarimiz bo‘lishi mumkin.

Konsepsiyaning 7 ta oltin qoidasini chuqur o‘rgangan holda mamlakatimiz

sanoat korxona va tashkilotlarida “

Sog‘liq va xavfsizlik xizmati dasturi

ishlab

chiqildi. Dastur 11 qismdan iborat bo‘lib, ish jarayonida ishchi-xodimlar sog‘liq va
xavfsizlik munosabatlarining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini to‘liq qamrab olgan
(3.2.1-ilova).Unga ko‘ra:

1- qism. Ish muhitini baholash
2-qism. Xavf-xatar va tahdidlar
3-qism. Ishchilar sog‘lig‘i va xavfsizligiga investitsiya sarflash
4-qism. Samaradorlikka to‘sqinlik qiluvchi omillar
5-qism. Qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi jarayonlar
6-qism. Qurilish jarayonlari
7-qism. Boshqaruv tizimi
8-qism. Xalqaro hamkorlik va integratsiyalashuv
9-qism. Zararlar bo‘yicha hisob-kitoblar yuritish
10-qism.Samaradorlik
11-qism. Kutilayotgan natijalar.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

422




Ushbu dastur xalqaro amaliyotga mos ravishda ishlab chiqilib o‘z ichiga qator

ishlanmalarni qamrab olgan. Bu esa, “Vision zero” Konsepsiyasi talablarini
mamlakatimiz sanoat korxona va tashkilotlar amaliyotiga qo‘llash orqali ijtimoiy-
iqtisodiy samaradorlikni oshirish uchun umumiy imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu
esa, o‘z-o‘zidan mamlakatimiz qurilish sanoatida inson kapitalini rivojlantirishga
yangi yo‘lak ochadi[2].

Mehnat muhofazasi jarayonlarini raqamlashtirishga oid quyidagi takliflarni

ilgari surish mumkin:

- ishchilarni ilk xavfsizlik talablari bilan tanishtirish;
- ishchi-xodimlarni sog‘lig‘i, bilimi, tajribasi, malakasi va toifasiga qarab

mehnatga yollash;

- ishchi-xodimlar ijtimoiy sug‘urta raqamini taqdim etgandagina ish joyiga

kiritish;

- ishchi-xodimlar xavfsiz ish faoliyatini olib borish testidan o‘tgan holatda

beriladigan “maxsus ruxsatnoma” (Card) taqdim etgan holatda ish hududiga kirishga
ruxsat etish;

- ishchilarga istalgan oddiy ko‘ringan xavfli hodisa sodir bo‘lsa-da, u haqda

rahbariyatga xabar berish majburiyatini yuklash.

Ishlab chiqarish ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirishda mehnatni

muhofaza qilish va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha quyidagi jiddiy muammolar
ahamiyatli hisoblanadi:

-Mazkur sohaga oid me’yorlar va talablarning global kasbiy sog‘liq va

xavfsizlik Koalitsiyasi amaliyotiga mos kelmasligi;

-Ish jarayonida kasbiy sog‘liq va xavfsizlik xizmati uchun moliyaviy

ajratmalarning qisqartirilishi yoki taqsimot rejasiga umuman kiritilmasligi;

-Mehnat muhofazasi inspektorlarining zamonaviy bilim va ko‘nikmalari

xalqaro amaliyotga mos kelmasligi;

-Ish jarayonida “Risk analizi”ni o‘tkazmasdan ishchilarga ish boshlashga

ruxsat berish;

-Ishchilarni majud xavf-xatarlardan muntazam ravishda ogohlantirish ularni

yetarli darajada ma’lumot olishlari bo‘yicha turli shakldagi xavfsizlik belgilarining
mavjud emasligi;

-Jarohatlarni nol darajagacha pasaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab

chiqilmagan;


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

423




-Sanitariya va gigiena xizmatini professional darajada tashkil etish yuzasidan

ishchilar bilimini oshirish va ijtimoiy munosabatlari chegarasining buzilishi;

-Ish joylarida raqobatbardoshlik va inklyuziv rivojlanishni ta’minlashga

qaratilgan sog‘liq va xavfsizlik dasturining mavjud emasligi;

-Xorijiy tajribalar va hozirgi kun xalqaro amaliyot asosida ijtimoiy-iqtisodiy

samaradorlikni oshirish yuzasidan bilim va ko‘nikmalarni takomillashtirish
bo‘yicha o‘quv qo‘llanamalarining yetarli emasligi;

-Ish joylarida ishchilar o‘rtasida ijtimoiy munosabatlarining keskin tus olib

borishi.

-Ishchilar sog‘liq holatini muntazam monitoring qilib borish, ular bilim va

ko‘nikmalarini rivojlantirish, ustoz-shogird munosabatlarini yaxshilashga
investitsiya hajmining yetarli darajada emasligi sabab bo‘lmoqda.

Xulosa

Xodimlarning ish joyidagi xavfsizligini ta’minlashda mehnat muhofazasi va

mehnat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha olib borilgan ishlar natijasida quyidagi
xulosalarga kelindi:

Sanoat ishlab chiqarishda mehnat muhofazasi va mehnat xavfsizligini

ta’minlash ish joylarida ishchi-xodimlarning turli kasalliklarga chalinishini tartibga
solish, baxtsiz hodisalarni nol darajagacha pasaytirish, favqulodda xatarli vaziyatlar
yaratmaslik natijasida xavfsiz ish muhiti va madaniyatini rivojlantirib resurlardan
takror foydalanishning oldini olish bo‘yicha ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni
targ‘ib qiladi.

Mehnat muhofazasi va mehnat xavfsizligi munosabatlari qator iqtisodchi

olimlar, xorijiy tajribalar va hozirgi kun xalqaro amaliyotni o‘rgangan holda
quyidagi mualliflik ta’rifi ishlab chiqildi: ”mehnat muhofazasi va xavfsizlik - bu ish
joylarida mavjud xavfning yuqori darajada ahamiyatligini bildiruvchi sariq qalin
chiziqlar chizish orqali ishchi-xodimlarni xatarlardan muntazam ogohlantirish, turli
darajadagi professional kasalliklar va baxtsiz hodisalarning oldini olish natijasida
umumiy ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash tizimidir.”

“2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta

ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida” ishchi-xodimlarning ijtimoiy
munosabatlarini ishchi-xodimlarning ijtimoiy munosabatlarini takomillashtirish
masalalari dolzarb vazifalar qatoridan o‘rin olgan bo‘lib, qurilish sanoatida


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

424




raqobatbardoshlikni oshirish, salomatlikni ta’minlash, qulay mehnat sharoitlarini
yaratish, ishchilar salomatligini ta’milash, turli xavf-xatarlardan xoli ish muhitlarini
tashkil etish, ishchilar malakasini oshirish va ularni o‘quv-trening kurslarida qayta
o‘qitish borasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari ilgari surilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 areldagi

“Mehnatni muhofaza qilish sog‘asidagi xizmatlar bozorini yanada rivojlantirish
to‘g‘risida”gi qarori // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 yil,
17-son.

2.

”Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligin boshqa

xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risida”gi nizom // O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyundagi “Ishlab chiqarishdai
baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligin boshqa xil zararlanishini tekshirish va
hisobga olish to‘g‘risida nizom to‘g‘risida”gi qarori // http: // lex.uz.

3.

A.Zikriyoev. Monorgafiya. Inson kapitalini rivojlantirishda kasbiy sog‘liq

va mehnat xavfsizligini ta’minlash [Matn] «ZUXRA BARAKA BIZNES», 2022-
205 bet.

4.

Bilal Kaassis and Adel Badri. Development of a Preliminary Model for

Evaluating Organizational Health and Safety in small and medium-sized enterprises.
Safety journal February 1, 2018.

5.

Xusainova

N.A.,

Gafner

V.V.

Мониторинг

становления

профессионалной компетентности учителя безопасности жизнедеятелности.
Автореферат диссертатсии на соискание ученой степени кандидата
педагогических наук Екатеринбург – 2005.; Куликов О.Н., Ролин Е.И,
Безопасност жизнедеятелности в строителстве, Москва, Академия, 2009.

6.

G‘oyipnazarov S.B. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda mehnatni

muhofaza qilishning ilmiy asoslarini takomillashtirish. Iqt. fan. falsafa doktori
(PhD). ilm. dar. olish uchun diss.. – T.: TDIU, 2018. Toshkent, 2018.

7.

http://www.gov.uz (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati).

8.

http://www.stat.uz (O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika

qo‘mitasi).

References

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 areldagi “Mehnatni muhofaza qilish sog‘asidagi xizmatlar bozorini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarori // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 yil, 17-son.

”Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligin boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risida”gi nizom // O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyundagi “Ishlab chiqarishdai baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligin boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risida nizom to‘g‘risida”gi qarori // http: // lex.uz.

A.Zikriyoev. Monorgafiya. Inson kapitalini rivojlantirishda kasbiy sog‘liq va mehnat xavfsizligini ta’minlash [Matn] «ZUXRA BARAKA BIZNES», 2022-205 bet.

Bilal Kaassis and Adel Badri. Development of a Preliminary Model for Evaluating Organizational Health and Safety in small and medium-sized enterprises. Safety journal February 1, 2018.

Xusainova N.A., Gafner V.V. Мониторинг становления профессионалной компетентности учителя безопасности жизнедеятелности. Автореферат диссертатсии на соискание ученой степени кандидата педагогических наук Екатеринбург – 2005.; Куликов О.Н., Ролин Е.И, Безопасност жизнедеятелности в строителстве, Москва, Академия, 2009.

G‘oyipnazarov S.B. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda mehnatni muhofaza qilishning ilmiy asoslarini takomillashtirish. Iqt. fan. falsafa doktori (PhD). ilm. dar. olish uchun diss.. – T.: TDIU, 2018. Toshkent, 2018.

http://www.gov.uz (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati).

http://www.stat.uz (O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi).