Authors

  • Subanov Olimjon Suyarkul o‘g‘li
    O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish Instituti Yuridik fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.62165

Keywords:

Odam savdosi jinoyat kodeksi jinoyatchilik profilaktika Odam savdosiga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonuni ekspluatatsiya.

Abstract

Mazkur maqolada odam savdosi jinoyatining tushunchasi va 
uning ijtimoiy xavfli ko‘rinishlari yoritilgan


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

501




ODAM SAVDOSI JINOYATINING TUSHUNCHASI VA UNING

IJTIMOIY XAVFLI KO‘RINISHLARI.

Subanov Olimjon Suyarkul o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish Instituti

Yuridik fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi

Annotatsiya:

Mazkur maqolada odam savdosi jinoyatining tushunchasi va

uning ijtimoiy xavfli ko‘rinishlari yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

Odam savdosi, jinoyat kodeksi, jinoyatchilik, profilaktika,

Odam savdosiga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonuni,

ekspluatatsiya.

Bizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasida,

“O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi,
ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz
huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi” deyilgan. Ularning huquq va erkinliklari davlat
muhofazasida ekanligi belgilab berilgan. O‘zbekistonda odamlardan qonunga xilof
tarzda foydalanishga, ularning g‘ayriqonuniy mehnat migratsiyasiga va odam
savdosiga qarshi kurash yuzasidan davlatimiz tomonidan tadrijiy, aniq chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ammo bugungi kunda tez sur’atlar bilan rivojlanib
borayotgan uyushgan transmilliy jinoyatchilik ko‘rinishlaridan biri, odamlardan
qonunga xilof tarzda foydalanish va odam savdosidir. Mazkur muammo ko‘pqirrali
bo‘lib

uning yechimini topish ko‘p qirrali yondashuvni talab qiladi. Odamlardan

xalqaro miqyosda foydalanish uchun ularni yollash, ya’ni odam savdosi deb
ataladigan bu jinoyat ham qurol-yarog‘ va giyohvandlik vositalari yoki psixotrop
moddalari bilan bog‘liq serdaromad jinoyatlarga o‘xshash bo‘lib, bu boradagi
uyushgan jinoiy faoliyat mo‘may daromad keltirishi, amalga oshirish usullari esa
o‘ta maxfiy va xavfli ekanligi bilan ajralib turadi.

Odam savdosi inson, uning sha’ni, qadr-qimmati, osoyishta turmushi hamda

kelajagiga tahdid solayotgan transmilliy uyushgan jinoyatchilik ko‘rinishlaridan biri
bo‘lib, o‘zining chegara tanlamasligi hamda girdobiga asosan yoshlarni va ayollarni
tortayotganligi bilan barchada katta tashvish va xavotir uyg‘otmoqda. Shu o‘rinda
Shu o‘rinda huquqshunos A.Sharofutdinovning ushbu jinoyatlarni sodir etilish
nafaqat bir shaxsning sha’ni va qadrqimmatini poymol qiladi, balki u davlatimizni
xalqaro miqyosida obro‘-e’tiboriga ham katta putur yetkazadi, degan fikrlariga
qo‘shilamiz. Ta’kidlash joizki, odam savdosi – bugungi kunda eng katta global


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

502




muammolardan biridir. Huquqshunos M.A.Rajabovaning fikricha, o‘tgan asrdan
yigirma birinchi asrga transmilliy tashkiliy jinoyatchilikning uchta eng xavfli turi
“meros” bo‘lib o‘tdi, ular terrorizm va din niqobi ostidagi zo‘ravonlik ruhi kuch
ishlatish, ya’ni, estremistik, fundamentalisti, separatistik xurujlar turadi. Keyingisi
esa narkobiznes va eng so‘nggisi odam savdosi, traffik bilan shug‘ullanuvchi yirik-
yirik jinoyatchi tashkilotlardir. Odam savdosi keng tarqalgan jinoyat bo‘lib, dunyoda
mavjud barcha mamlakatlarda sodir etiladi. Sababi ushbu jinoyat tufayli dunyoda
daromadi yuzasidan uchunchi o‘rinni egallaydigan ijtimoiy xavfli qilmish sodir
etiladi. Bu orqali inson deb atalmish mavjudodning erkinligi cheklanadi, sha’ni qadr
– qimmati toptaladi. Shu tufayli odam savdosi jinoyatini aniqlash, ushbu jinoyatni
sodir etganlarni jinoiy javobgarlikka tortish orqali jazoning muqarrarligini
ko‘rsatish, uni oldini olish, oqibatlarini imkon qadar kamaytirish, odam savdosidan
jabrlanganlarga nisbatan profilaktik choralarni ko‘rish zarur hisoblanadi.

Odam savdosi jinoiy faoliyatning o‘ta xavfli va shaxsni tahqirlovchi turidir.

Tahqirlanish shunda namoyon bo‘ladiki, mazkur jinoyat qullikka o‘xshash
shakllarda sodir qilinadi. Bundan tashqari, insonni ekspluatatsiya qilish, “tovar”
sifatida sotish, inson omilidan foydalanish yo‘li bilan daromad orttirish bilan
bog‘liqligi sababli tahqirlovchi mazmun kasb etadi. Bunday faoliyatning ingliz
tilidagi nomi dunyoning ko‘p tillariga o‘zgarishsiz o‘tib kelgan. Xususan, xalqaro
jinoyat huquqida jinoiy faoliyatning bu turiga nisbatan “traffik” atamasi ishlatiladi.
Aslida, “Traffik” lotin tilidagi “traffiso” so‘zidan olingan bo‘lib, dastlab uni
italiyaliklar muomalaga kiritgan. “Traffiko” – italyancha “tijorat”, “savdo”
ma’nosida ishlatilgan. Dastlab bu atama “tabak traffik” shaklida qo‘llanilib, tamaki
savdosi, tamaki bilan tijorat qilish ma’nosida ishlatilgan. Keyinchalik italiyaliklar
uni qisqacha “traffik” deb atashgan. Darhaqiqat, shu so‘z o‘zagi asosida traffikant,
ya’ni savdo qiladigan do‘kon egasi, do‘kondor so‘zi kelib chiqqan.

Odam savdosi tushunchasiga ta’rif va ushbu jinoyat uchun javobgarlik

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 135-moddasida berilgan bo‘lib,
O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 17-apreldagi “Odam savdosiga qarshi
kurash to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan ushbu modda
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga yangi tahrirda berildi. Shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 17-aprelda qabul qilingan “Odam savdosiga
qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-154-son Qonuniga o‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritildi hamda 2020-yil 17-avgustda O‘zbekiston Respublikasining


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

503




“Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-633-sonli Qonuni yangi
tahrirda qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 135-moddasi avvalgi tahririda

faqat ekspluatatsiya qilish maqsadida aldash yo‘li bilan odam yollash uchun
javobgarlik nazarda tutilib, unda xalqaro huquqiy hujjatlarda zikr qilingan odamlar
savdosi bilan bog‘liq bo‘lgan jinoiy qilmishlar kompleksi qamrab olinmagan edi. Bu
hol amalda fuqarolar erkinligi, sha’ni va qadr-qimmatini to‘liq muhofaza qilinishini
ta’minlay olmas edi. Bundan tashqari, fohishalarni ekspluatatsiya qilish maqsadida
amalga

oshiriladigan

odam

savdosi

to‘g‘risidagi BMTning 1949-yilgi

Konvensiyasidan farqli ravishda, O‘zbekiston Respublikasi JK 135-moddasi yangi
tahririda odamlarni har qanday maqsadda ekspluatatsiya qilganlik uchun aniq
javobgarlik nazarda tutildi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-
moddasida nazarda tutilgan odam savdosi jinoyati – insonlarning ozodligi, sha’ni va
qadr-qimmatiga qarshi qaratilgan jinoyatlardan biridir.

Odam savdosi, ya’ni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish

maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish – o‘g‘irlash,
zo‘rlik ishlatish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoxud majburlashning boshqa
shakllarini qo‘llash orqali, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib,
xizmat mavqeidan foydalanib, jabrlanuvchini O‘zbekiston Respublikasining Davlat
chegarasidan olib o‘tish yoki uni chet elda qonunga xilof ravishda ushlab turish,
qalbaki hujjatlardan foydalanish, jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni
olish, yashirish yoxud yo‘q qilib yuborish, kishi a’zolarini kesib olish, boshqa
kishiga ko‘chirish (transplantatsiya) kabi harakatlarini qamrab oluvchi ijtimoiy
xavfli qilmishdir.

Odam savdosi – inson, uning sha’ni, qadr-qimmati, osoyishta turmushi hamda

kelajagiga tahdid solayotgan transmilliy uyushgan jinoyatchilik ko‘rinishlaridan biri
bo‘lib, o‘zining chegara tanlamasligi hamda girdobiga asosan yoshlarni va ayollarni
tortayotganligi bilan barchada katta tashvish va xavotir uyg‘otmoqda.

Bunga birgina

misol sifatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlarga ko‘ra, 2014-yilning
o‘zida dunyo bo‘yicha odam savdosi jinoyatidan jabrlanganlarning 51% ayollar,
21% erkaklar, 20% voyaga yetmagan qizlar, 8% bolalar tashkil etadi3 . I.B.Fozilov
odam savdosiga quyidagicha ta’rif beradi: “Odam savdosi-odamga nisbatan
qonunga xilof bitimni amalga oshirish yoxud odamni ekspulatatsiya qilish
maqsadida yollash, tashish, qabulqilish, yashirish yoki ushlab turish tushuniladi”,


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

504




degan ta’rifni bermoqda. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2000-yil 15-
noyabrdagi 55/25-sonli rezolyusiyasi bilan qabul qilingan “Transmilliy uyushgan
jinoyatchilikka qarshi kurash to‘g‘risida”gi Konvensiyada (mazkur xalqaro hujjat
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan (2001-yil 28-iyunda ratifikatsiya qilingan) esa
odam savdosi tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Odam savdosi –
odamlardan foydalanish uchun ularni yollash, tashish, berish, yashirish yoki
odamlarni qo‘rqitish asosida kuch bilan boshqa vositalarni qo‘llash orqali yoki
boshqa majburlov vositalari, o‘g‘irlik, tovlamachilik, aldov, hokimiyatni suiiste’mol
qilish, yoxud mansab mavqeidan foydalanib, sotib olish yo‘li bilan qo‘lga kiritishni
anglatadi”. Odamlar savdosi – bu alohida shaxsni (yoki guruhni) yollash, ularni bir
davlat chegarasi doirasida yoki chegarasidan tashqariga olib ketish bilan bog‘liq
bo‘lgan barcha harakat yoki maqsadlar bo‘lib, u o‘z ichiga sotish, sotib olish,
topshirish, bunday harakatlarni foyda ko‘rish yoki shunchaki bunday shaxsni
keyinchalik aldab yoki majburlab (zo‘rlik ishlatib yoki zo‘rlik ishlatish bilan
qo‘rqitib), shuningdek, xizmat mavqeini suiiste’mol qilish yo‘li bilan ishlatish
maqsadida ushlab turishni, shuningdek, shaxsni hohishiga qarshi holda qulchilik
sharoitida haq to‘lash yoki to‘lamasligidan qat’i nazar ushlab turishni ham o‘z ichiga
oladi. Odam savdosi xalqaro hamjamiyat tomonidan inson, oila va jamiyat
farovonligiga xavf tug‘diruvchi akt sifatida baholanadi.

Yuqoridagi ta’rif va tushunchalarga ko‘ra, odam savdosi quyidagi xatti-

xarakatlarni o‘z ichiga oladi:

a) odamlardan foydalanish maqsadida ularni jismoniy kuch ishlatish, ruhiy

ta’sir ko‘rsatish, aldash, firibgarlik qilish yo‘li bilan o‘g‘irlash;

b) o‘g‘irlangan yoxud aldangan odmlarni yollash, tashish, topshirish, yashirish

yoki qabul qilish;

v) shaxsning moddiy qiyin axvolga tushib qolganidan foydalangan xolda uni

moddiy manfaatdor qilish yo‘li bilan o‘ziga og‘dirib olish;

g) odam savdosiga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida xokimiyat vakolatini

suiiste’mol qilish;

d) odam savdosini amalga oshirish uchun fohishalardan foydalanish;
ye) bolalar va ayollardan odam savdosida foydalanish uchun ularning

yaqinlarini (ota-onasi, xomiy yoki vasiylari, eri yoxud xotini yoki boshqa yaqin
qarindoshlarini pul evaziga og‘dirib olish;

j) inson organlari yoki to‘qimalarini ajratib olish;


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

505




z) insonni erksiz yoki qullik xolatiga tushiradigan xattixarakatlarni sodlir qilish

tushuniladi. Odam savdosi deganda, odamni olish-sotish yoki odamni ekspulatatsiya
qilish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish tushuniladi.

Oldi-sotdi tariqasidagi odam savdosi odamning bir shaxs tomonidan

boshqasiga pul, boshqa moddiy qimmatliklar (mulk), mulkiy xarakterdagi xizmatlar,
mulkiy yoki pul shaklidagi qarzdan voz kechish va x.k.lar sifatidagi haq evaziga
berilishi to‘g‘risida yozma yoki og‘zaki bitim tuzilishini nazarda tutadi. Bunday
ko‘rinishdagi odam savdosida odam qanday maqsadlarda sotib olinganligi
(sotilganligi) huquqiy ahamiyat kasb etmaydi.

2020-yil 17-avgustdagi O‘zbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi

kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-633-sonli Qonunda “odam savdosi” tushunchasi
“yollash”, “tashish”, “toshirish”, “yashirish”, “qabul qilish” qilmishlari (harakat
shakli) holda berilgan.

2020-yil 17-avgustdagi O‘zbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi

kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-633-sonli Qonunining 3-moddasida, “odam savdosi
— kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud majburlashning boshqa
shakllaridan foydalanish, o‘g‘irlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatni suiiste’mol
qilish yoki vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali yoxud boshqa shaxsni
nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun to‘lovlar yoki manfaatdor etish
evaziga og‘dirib olish yo‘li bilan odamlardan foydalanish maqsadida ularni yollash,
tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish. Odamlardan foydalanish boshqa
shaxslarning fohishaligidan foydalanishni yoki ulardan shahvoniy foydalanishning
o‘zga shakllarini, majburiy mehnatni yoki xizmatlarni, qullikni yoxud qullikka
o‘xshash odatlarni, erksizlik holatini yoxud inson a’zolarini, to‘qimalarini va (yoki)
hujayralarini ajratib olishni anglatadi”, deb berildi. Shu o‘rinda odam savdosida
uchraydigan ayrim atamalarga to‘xtaladigan bo‘lsak, odam savdosida ko‘p
ishlatiladigan o‘zbek tilidagi “Odamlardan foydalanish uchun ularni yollash” degan
yuridik atama rus tilidagi matniga to‘la mos deb bo‘lmaydi. Xususan rus tilidagi
tahrirdagi “ekspluatatsiya” degan so‘z, o‘zbek tilida “foydalanish” deb ishlatilgan.
Foydalanish so‘zi lug‘aviy ma’noda mehnatning biror-bir foydali turi bilan ixtiyoriy
ravishda shug‘ullanishni anglatadi. “Ekspluatatsiya” esa, odam kuchidan
foydalanish, ishlab chiqarish vositalari egalarining boshqalar mehnati mahsulotini
o‘zlashtirib olinishi natijasida majburiy ishlatishdir. Demak, “ekspluatatsiya” degan
so‘z “foydalanish” degan so‘zdan ma’no va mazmun jihatidan mutlaqo farq qiladi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

506




Shuning uchun mazkur jinoyat tushunchasini o‘zbek tilida ifoda etishda, bizningcha
“ekspluatatsiya” so‘zini ishlatish o‘rinli. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi
Jinoyat kodeksining “Atamalarning huquqiy ma’nosi” deb nomlanuvchi sakkizinchi
bo‘limida odamlardan

foydalanish bu “Boshqa shaxslarning fohishaligidan foydalanish yoki ulardan

shahvoniy foydalanishning boshqa shakllari, majburiy mehnat yoki xizmatlar, qullik
yoki qullikka o‘xshash odatlar, erksiz holat yoxud inson a’zolari yoki to‘qimalarini
ajratib olish”, deb berilgan. Bu borada “yollash” tushunchasiga to‘xtalib o‘tadigan
bo‘lsak, ko‘plab yuridik adabiyotlarda mazkur jinoyat haqida so‘z yuritilganda,
ayrim olimlar “odamlarni yollash” degan tushuncha o‘rniga “odamlar
kontrabandasi” degan tushunchadan foydalanganlar. Bizningcha, “odamlar
kontrabandasi” degan tushuncha to‘g‘ri emas, chunki ushbu jinoyat predmeti
xususan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 246-moddasida ko‘rsatib
o‘tilgan. Unga ko‘ra, kontrabanda predmetiga kuchli ta’sir qiluvchi zaharli,
zaharlovchi, radioaktiv, portlovchi moddalar, portlatish qurilmalari, qurol-yarog‘,
o‘qotar qurol yoki o‘q-dorilarni, shuningdek, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop
moddalarni yoki diniy ekstremizm, separitizm va aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi
materiallar kiritilgan. Shu sababli biz insonni bevosita uni bu jinoyat predmeti
qatoriga kiritishni to‘g‘ri, deb hisoblay olmaymiz. Qolaversa, odam savdosi, ya’ni
odamni olish-sotish alohida jinoiy tarkibni tashkil etadi.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, odam savdosining ijtimoiy xavfliligi, uning

O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizligiga tahdidi va uni oldini olishning milliy
va xalqaro qonunchiligi bilan himoya qilishni taqozo etadi.

REFERENCES

1. Ushbu maqola shxsiy fikrlar asosida yozilgan. Subanov Olimjon Suyarkul

o‘g‘li 2024.

References

Ushbu maqola shxsiy fikrlar asosida yozilgan. Subanov Olimjon Suyarkul

o‘g‘li 2024