Authors

  • Nilufar Sultonmurodova
    O’zMU Xorijiy filologiya fakulteti Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik yo’nalishi magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.62166

Keywords:

aloqa-aralashuv verbal aloqa vositalari noverbal aloqa vositalari imo-ishoralar

Abstract

          Ushbu maqola noverbal aloqa vositalari hamda ularning tarjima jarayonida qo’llanilishi haqida ma’lumot beradi. Qolaversa, ingliz va o’zbek tilida ishlatilinadigan noverbal aloqa vositalari o’rganiladi va chog’ishtirma metod (ikkita qardosh bo’lmagan tillar orasida qiyoslash) orqali tahlil qiladi. Bunda har ikkala tildagi badiiy asarlardagi nolisoniy bo’lgan aloqa-aralashuv vositalaridan foydalanildi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

516




INGLIZ VA O’ZBEK TILI TARJIMASIDA NOVERBAL ALOQA

VOSITALARINING AKSLANTIRILISHI

Sultonmurodova Nilufar Baxtiyorovna

O’zMU Xorijiy filologiya fakulteti Qiyosiy tilshunoslik,

lingvistik tarjimashunoslik yo’nalishi magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola noverbal aloqa vositalari hamda ularning tarjima jarayonida

qo’llanilishi haqida ma’lumot beradi. Qolaversa, ingliz va o’zbek tilida
ishlatilinadigan noverbal aloqa vositalari o’rganiladi va chog’ishtirma metod (ikkita
qardosh bo’lmagan tillar orasida qiyoslash) orqali tahlil qiladi. Bunda har ikkala
tildagi badiiy asarlardagi nolisoniy bo’lgan aloqa-aralashuv vositalaridan
foydalanildi.

Kalit so’zlar:

aloqa-aralashuv, verbal aloqa vositalari, noverbal aloqa

vositalari, imo-ishoralar, kinesika, proksemika, takesika, pantomimika, mimika,
tarjima.

Aloqa – bu odamlar bir-biri bilan o'zaro aloqada bo'lish jarayoni ularning turli

xil faoliyati davomida, har bir insonning jamiyatdagi faoliyati (ish, o'rganish, o'yin,
ijodkorlik va boshqalar) o'zaro ta'sir shakllarini o'z ichiga oladi. Shuning uchun, har
biri shaxsning jamiyatdagi o'rni, ishining muvaffaqiyati va obro'si bevosita uning
muloqot qilish qobiliyati bilan bog'liq. Bir qarashda oson ko'rinadigan shaxslararo
aloqa aslida inson hayoti davomida o'rganiladigan juda murakkab jarayon bo’lib,
sharhlash muloqotning psixologik jihatdan murakkab tabiati, deb yozadi
B.F.Parigin.

Bilamizki, paralingvistika – noverbal kommunikatsiya hisoblanadi. Tilda

(nutqda) ularning bir necha turlari mavjud bo’lib, ular nutqni obrazlantirishga xizmat
qiladi. Bular kinesika (hissiyotlarni tashqi tana azolari orqali ifodalanishi), imo-
ishoralar (tana qismlarining alohida harakatlari), proksemika (muloqotda insonlar
o’rtasidagi yaqinlik masofasi), takesika (muloqot vaqtida teginishlar, siypalash,
itarib yuborish), pantomimika (yurish harakatlari, qomatni tutish, egilish
harakatlari), mimika (yuz mushaklarining turli xil harakatlari) kabilar.

Imo-ishoralar xalq va elatlarning urf-odatlaridan kelib chiqqan holda bir-

biridan farq qiladi. Masalan, italyanlar kimdandir jahli chiqqanda kaftlarini tishlari


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

517




orasiga qo’yishsa, o’zbeklarda kaftlarini gorizontaliga bo’yinlariga qo’yish odati
bor. Yoki italyanlarning yana bir imo-ishorasi, ya’ni ko’rsatkich barmog’ini
chakkalariga qo’yib kulishlari ularning taom mazali chiqqanligini bildirsa, bu belgi
bizning xalqimizda uyat degan ma’noni bildiradi. Bunga o’xshash holatlar judayam
ko’p. Shuni ham aytib o’tish kerakki, Italiya xalqi yer yuzida eng ko’p imo-ishoralar
va yuz hamda qo’l harakatlarini ishlatuvchi xalq hisoblanadi, ularning biron-bir
gaplari va suhbatlarini imo-ishoralarsiz tasavvur qilish judayam qiyin. Qolaversa,
agarda kimda kim italyan tilida to’liq va bemalol so’zlashishni xohlasa xech
bo’lmaganda ularning qo’l harakatlarini o’rganib olishlariga to’g’ri keladi.

Ko’rib turganingizdek imo-ishoralar so’zlashuv jarayonida muhim

ahamiyatga ega, ular bir tarafdan o’sha xalqning ko’zgusi, uning urf-odatlarini
ko’rsatib bersa, boshqa tarafdan ular xalqning qon-qoniga singib ketgan va o’z-
o’zidan muloqot jarayonida yuzaga keladi.

Tilshunoslikda bu kabi vositalar paralingvistik vositalar deb ataladi.

Ma’lumotlarga ko’ra, paralingvistik vositalar harakat va holatni anglatadi hamda
ular gavda harakatlari, imo-ishoralar va tovush toni orqali ifodalanadi. Lekin ular
badiiy adabiyotdagina so’z bilan ifodalanishiga to’g’ri keladi, shuning uchun ham
ular qahramon tilidan emas, balki muallif tilidan berib o’tiladi. Masalan, bunga bir
nechta misollar keltirishimiz mumkin:

– Nega xabar bermadilaring? – ta’na qildi u. – Keyin muncha shoshildilaring?

– Iskandar akaning gapini ikkita qilmang dedik, - dedi Hafiza va qaynonasiga

ma’nodor qarab qo’ydi (O’. Umarbekov).

Ingliz tili ham paralingvistik vositalarga juda boy til hisoblanadi.

Paralingvistik vositalar gapda so’zlashuvchilarning fizik holatini ko’proq
ishlatilishi, so’zlarni esa kamroq ishlatishni talab qiladi. Ingliz tilida paralingvistik
vositalar asosan besh turga bo’linadi. Bular imo-ishoralar, yuz ifodalari, ko’z
ifodasi, tana ifodasi va muloqot masofasidir. Ularning har birini o’z ishlatish o’rni
va vazifasi bor.

Qo’lning gorizontal yo’nalishda qimirlatish imo-ishoralar ichida eng ko’p

ishlatilinuvchi hisoblanadi. Bu noverbal vosita asosan salomlashish va hayrlashish
ma’nolarida ishlatiladi. Masalan, quyidagi parchada qo’lni silkitish “hayrlashish”
ma’nosida ishlatilgan:


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

518




– They kissed their mother quietly, clung about her tenderly, and tried to wave

their hands cheerfully when she drove away.

1

– Ular onasini sekingina o’pib

qo’yishdi, uni mehr bilan quchoqlab olishdi va u mashina

haydab ketayotganda

qo’llarini quvonch bilan silkitishga harakat qilishdi.

Boshning ham muloqotda o’z o’rni bor. Bosh bilan bog’liq bo’lgan

paralingvistik harakatlar nafaqat o’zbek tilida, balki g’arb tillarida ham juda ko’p
uchraydi. Har bir bosh harakatining ishlatilish o’rni va ma’nosi bor. Masalan,
“boshni silkitish” yoki “chayqatish” noverbal vositalari “afsuslanish” ma’nosida
ishlatilgan:

– He shook his head. ‘I wish I could call her amiable. It gives me pain to

speak ill of a Darcy.

2

– U boshini chayqadi. “Men uni mehribon deb atashni

xohlardim. Darsi haqida yomon gapirish menga azob beradi.”

Ko’rsatkich barmoqni ko’tarib, uni labga tekkizib vertikal holatda ushlab

turish esa “tovush chiqarmaslik”, “sukut saqlash”ni ko’rsatish uchun foydalanib
kelinadi:

– ‘Hush!’ said Bernard suddenly, and lifted an index finger; they listened. ‘I

believe there’s somediv at the door,’ he whispered.

3

“Jim!” – to’satdan dedi

Bernard va ko’rsatkich barmog’ini labiga ko’tardi; ular quloq solishdi.
“Ishonamanki kimdur eshik oldida turibdi” – dedi u pichirlab.
Cho’lponning “Go’zal” nomli she’rining Obid Azam tomonidan tarjimasi:

Qorong`u kechada ko`kka ko`z tikib,

Eng yorug` yulduzdan seni so`rayman.

Ul yulduz uyalib boshini egib,

Ayta-dur men uni tushda ko`raman

4

I look at sky at night in darks,

And ask you from the brightest star.

That star inclining head remars:

I always dream of her afar.

O’tkir Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” asarining ingliz tiliga

tarjimasidan olingan parchada:

1

Alcott L.M. Little women. – L.:2021. – B. 188.

2

Austen J. Pride and Prejudice. – L.: 2019. – B.103.

3

Huxley A. Brave new world. – L.: 2020. – B.49.

4

Yunusov Ch. She’rlar kitobi. – T.: 2000. – B.41.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

519




“Darvinga e’tiroz ” – “Darvin ta’limoti noto’g’ri. Odam maymundan emas,

maymun odamdan tarqagan, oyog’i yerdan uzilmaganlar odam bo’lib qolgan,
oyog’i yerdan uzilganlar esa maymun bo’lib daraxtga chiqib ketgan… Bu jarayon
hamon davom etmoqda”.

5

“The conception of Darwin is not true. Human did not appear from monkey

wise verse monkey appeared from Human. Those whose legsa are not removed from
the ground have become a man. Those whose legs are removed from the ground
have turned into monkey and climbed up the tree. This process is still going on”.

On Miss Lucs’s persevering, however, she added, “Very well, if it must be so,

it must.” And gravely glancing at Mr.Darcy, “There’s a fine old saying, which
everydiv here is of course familiar with: “Keep your breath to cool your porridge”;
and I shall keep mine to swell my song.”

6

Asardan olingan bu parchada qo’llanilgan “

gravely glancing at Mr. Darcy

vositasi so’zlovchi aytmoqchi bo’lgan gapi Mister Darsiga uchun tegishli ekanligini
anglatmoqda.

Yoki boshqa misollarda:

“Ayiqdek lapanglab vagonga tomon birinchi bo’lib yurdi” – “Was the first to

walk awkwardly towards the wagon like a bear”.

“Bu qandoq sharmandalik, bu qandoq sharmandalik! – deya baqirdi” – “What

a shame, what a shame! – he cried angrily”.

Ingliz tilidan o’zbek tiliga tarjima qilish jarayonida noverbal aloqa vositalari

bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, paralingvistik vositalar bo’lmish imo-

ishoralar, yuz ifodalari, qo’l va oyoq harakatlari, gavda holatlari muloqotda keng
qo’llaniladi. Xususan, o’zbek va ingliz tillarida mavjud bo’lgan barcha noverbal
elementlar muloqotda o’z ifodasini topadi. Ta’kidlash joizki, noverbal vositalar
muloqotni to’ldiradi va yoritib beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

Abduazizov A.A. Tillar olamiga sayohat. – T ., 1988.

2.

Abzuazizov A.A. Tilshunoslikka kirish. – T ., 2010.

3.

G’aybulla as-Salom. Tarjima tashvishlari. – T ., 1983.

5

Hoshimov O’. Daftar hoshiyasidagi bitiklar. – T.: 2016. – B.27.

6

Jane Austen. Pride and Prejudice. - T.: 2023. – B.13.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

520




4.

G’aybulla as-Salom. Til va tarjima. – T, 1966.

5.

Irisqulov M.T. Tilshunoslikka kirish. – T ., 2008.

6.

Nurmonov A. O'zbek tilining paralingvistik vositalari. – Andijon., 1980.

7.

Nurmonov A., Saidxonov M. . Паралингвистические средства выражения
утверждения и отрицания. – Советская тюрколония, 1986.

8.

Rahimov G’.H. Tarjima nazariyasi va amaliyoti. – T ., 2016.

9.

Saidxonov M. Aloqa-aralashuv va imo-ishoralar. – T ., 2008.


References

Abduazizov A.A. Tillar olamiga sayohat. – T ., 1988.

Abzuazizov A.A. Tilshunoslikka kirish. – T ., 2010.

G’aybulla as-Salom. Tarjima tashvishlari. – T ., 1983.

G’aybulla as-Salom. Til va tarjima. – T, 1966.

Irisqulov M.T. Tilshunoslikka kirish. – T ., 2008.

Nurmonov A. O'zbek tilining paralingvistik vositalari. – Andijon., 1980.

Nurmonov A., Saidxonov M. . Паралингвистические средства выражения утверждения и отрицания. – Советская тюрколония, 1986.

Rahimov G’.H. Tarjima nazariyasi va amaliyoti. – T ., 2016.

Saidxonov M. Aloqa-aralashuv va imo-ishoralar. – T ., 2008.