Authors

  • Zumrad Quranboyeva
    Urganch Davlat Universiteti sport faoliyati va pedagogika psixologiya fakulteti amaliy psixologiya yoʻnalishi 2-bosqich talabasi.
  • Zamira Atamuratova
    Ilmiy rahbar

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.62261

Keywords:

GAS metabalizm kartizol stressga bardoshlilik distress eustress

Abstract

"Stress - bu bizning hayotimizdagi tabiiy bir qismdir; muhim bo'lgan narsa, uni qanday boshqarishimizdir." "Stressni qanday boshqarishni o'rganish, hayotimizdagi eng muhim ko'nikmalardan biridir."  "Ba'zan stressni eng yaxshi dori sifatida ko'rishimiz mumkin; u bizni harakatga keltiradi va o'zgarishga undaydi." Chunki stressning hozirgi kundagi dolzarbligi bir qator omillar bilan bogʻliq. Zamonaviy turmush sharoitlari, ish va shaxsiy hayotdagi talablar, ijtimoiy oʻzgarishlar va texnologik rivojlanish stress darajasini oshirishi mumkin. Quyida stressning dolzarbligi haqida baʼzi asosiy jihatlar: ijtimoiy, iqtisodiy omillar, ish joyidagi bosim, shaxs hayotidagi oʻzgarishlar, texnologik rivojlanish, ruhiy salomatlik taʼsir koʻrsatish jihatlari keltirib oʻtildi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

417




Oʻsmir va oʻspirin yoshda stressga bardoshlilik

Quranboyeva Zumrad Ravshanbekovna

Urganch Davlat Universiteti sport faoliyati

va pedagogika psixologiya fakulteti amaliy

psixologiya yoʻnalishi 2-bosqich talabasi.

quranboyevazumradxon@gmail.com

Ilmiy rahbar: Zamira Atamuratova


Annotatsiya:

"Stress - bu bizning hayotimizdagi tabiiy bir qismdir; muhim

bo'lgan narsa, uni qanday boshqarishimizdir." "Stressni qanday boshqarishni
o'rganish, hayotimizdagi eng muhim ko'nikmalardan biridir." "Ba'zan stressni eng
yaxshi dori sifatida ko'rishimiz mumkin; u bizni harakatga keltiradi va o'zgarishga
undaydi." Chunki stressning hozirgi kundagi dolzarbligi bir qator omillar bilan
bogʻliq. Zamonaviy turmush sharoitlari, ish va shaxsiy hayotdagi talablar, ijtimoiy
oʻzgarishlar va texnologik rivojlanish stress darajasini oshirishi mumkin. Quyida
stressning dolzarbligi haqida baʼzi asosiy jihatlar: ijtimoiy, iqtisodiy omillar, ish
joyidagi bosim, shaxs hayotidagi oʻzgarishlar, texnologik rivojlanish, ruhiy
salomatlik taʼsir koʻrsatish jihatlari keltirib oʻtildi.

Kalit soʻzlar

: GAS, metabalizm, kartizol, stressga bardoshlilik,distress,

eustress

Gans-Sele -" stress" tushunchasini ilk bora fanga kiritilgan olimlardan biri

hisoblanadi.Gans Sele (Hans Selye, 1907–1982) — stress nazariyasini yaratgan
taniqli olim va fiziolog. U Avstriya-Vengriyada tug‘ilgan va keyinchalik Kanadada
ishlagan. Selye inson organizmining stressga javobini tadqiq qilib, bu sohada
poydevor yaratgan. U " General adaptation syndrome" (GAS) modelini ishlab
chiqadi. Bu model stressning 3 bosqichini alarm, resistance va exhaustion oʻz ichiga
oladi. General Adaptation Syndrome (GAS) – bu stressga javob berish jarayonini
tushuntiruvchi model bo'lib, GAS uchta asosiy bosqichdan iborat:

1. Alarm Reaction (Ogohlantirish Reaktsiyasi):

• Bu bosqich stressor (tashqi yoki ichki omil) ta'sir qilganda boshlanadi.

Organizm "jang yoki qochish" (fight or flight) reaktsiyasini ko'rsatadi, bu esa


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

418




adrenalinni va boshqa stress gormonlarini chiqarishga olib keladi. Bu gormonlar
yurak urishini tezlashtiradi, qon bosimini oshiradi va energiya zaxiralarini
faollashtiradi.

2. Resistance (Qarshilik):

• Agar stressor davom etsa, organizm uning ta'siriga moslashishga harakat

qiladi. Bu bosqichda organizm o'z resurslarini stressga qarshi kurashish uchun
ishlatadi. Biroq, bu jarayon uzoq davom etsa, organizmning resurslari kamayadi va
stressga qarshi kurashish qiyinlashadi.

3. Exhaustion (Charchoq):

Agar stressor uzoq vaqt davom etsa va organizmning moslashuvchanlik

qobiliyati tugasa, charchoq bosqichi boshlanadi.Bu bosqichda organizmning
energiya zaxiralari tugaydi va immun tizimi zaiflashadi.Natijada, organizm turli
kasalliklar va sog'liq muammolariga duch kelishi mumkin.GAS modeli stressning
inson salomatligiga ta'siri va organizmning stressga qanday javob berishini
tushunishga yordam beradi.

Gans Sele oʻz tadqiqotlarida stressga javob berish jarayonida yuzaga keladigan

garmonal oʻzgarishlar xususan, kortizol miqdoring oʻzgarishini taʼkidlaydi. Kortizol
– bu inson organizmida ishlab chiqariladigan asosiy stress gormoni bo'lib, u adrenal
bezlarida sintezlanadi. U ko'plab muhim funksiyalarga ega va organizmning stressga
javob berishida muhim rol o'ynaydi. Kortizolning asosiy vazifalari quyidagilarni o'z
ichiga oladi:

1. Metabolizmni boshqarish: Kortizol, uglevodlar, yog'lar va oqsillar

metabolizmini tartibga solishda ishtirok etadi. U energiya zaxiralarini (masalan,
glyukoza) oshirishga yordam beradi.

2. Stressga javob: Stress holatida kortizol darajasi oshadi, bu esa organizmga

"jang yoki qochish" reaktsiyasini amalga oshirish imkonini beradi. Bu jarayon yurak
urishini tezlashtiradi va qon bosimini oshiradi.

3. Immun tizimiga ta'siri: Kortizolning yallig'lanishga qarshi xususiyatlari bor,

shuning uchun u immun tizimining faoliyatini tartibga solishda ham muhimdir.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

419




Biroq, uzoq muddatli yuqori kortizol darajalari immun tizimini zaiflashtirishi
mumkin.

4. Suyak va mushak sog'lig'i: U suyak zichligini kamaytirishi va mushak

massasi yo'qotilishiga olib kelishi mumkin, agar darajalari uzoq vaqt davomida
yuqori bo'lsa.

5. Ruhiy holat: Kortizol darajalari ruhiy holatga ham ta'sir qiladi. Yuqori

darajadagi kortizol depressiya va tashvish kabi ruhiy holatlarni kuchaytirishi
mumkin. Kortizol darajalari kundalik hayotda tabiiy ravishda o'zgaradi, masalan,
ertalab yuqori bo'lishi va kechqurun pasayishi odatiy holatdir. Biroq, uzoq muddatli
stress yoki boshqa omillar kortizol darajasining doimiy ravishda yuqori bo'lishiga
olib kelishi mumkin, bu esa sog'liq uchun salbiy oqibatlarga sabab bo'lishi mumkin.

Stress haqida ba'zi terminlar va iqtiboslar keltirib o'tiladi:
1. Stress - bu shaxsning muhitdagi talablar yoki bosimlarga qarshi kurashish

qobiliyati va resurslari o'rtasidagi nomutanosiblik holati.

2. Eustress - ijobiy stress, bu motivatsiya va energiya beruvchi, shaxsning

rivojlanishiga yordam beruvchi stress turidir.

3. Distress - salbiy stress, bu insonning ruhiy va jismoniy salomatligiga zarar

yetkazuvchi, noqulaylik va xavotir keltiruvchi stressdir.

Stress boʻyicha olimlar tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlar koʻplab sohalarda

jumladan: psixologiya, nevrologiya , tibbiyot va sotsiologiya kabi sohalarda amalga
oshirilgan. Ushbu tadqiqotlar stressning sabablarini uning inson salomatligiga
taʼsirini va stressni boshqarish usullarini oʻrganishga qaratilgan. Stress orqali
insonning muayyan vaziyatlarga yoki tashqi omillarga javoban his qiladigan ruhiy
va jismoniy holati. U har bir inson uchun oʻziga xosdir va uni boshqarish
koʻnikmalari ham oʻziga xosdir. Koʻp stressga tushgan insonlarda stress
zoʻriqishining oqibatlari quyidagi holatlarda namoyon boʼlishi keltirib oʼtilgan:

-diqqatni jamlay olmaslik

- ishda xatoliklarga yoʻl qoʻyish

- xotiraning yomonlashuvi

- charchash holati koʻp kuzatiladi


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

420




- tez tez gapirish

- fikrni jamlay olmaslik

- ishtaxani yoʻqolishi kabi holatlar koʻp kuzatiladi. Mutaxassislarning

taʼkidlashlaricha kasalliklarning 70% emotsional buzilishlar ya' ni stress holati bilan
bogʻliq ekan. Yevropa mamlakatlarida yiliga millionga yaqin insonlar stressogen
vaziyatlar tufayli, yurak faoliyati buzilishidan vafot etar ekan. Xususan oʻspirinlik
yosh davrida stressli vaziyatga uchragan yoshlarning stressni qabul qilmaslik
oqibatida, yuzaga keladigan surunkali uyqu ehtiyojining ortishi yoki tajanglik
bosqichida tez asabiylashish, tushkunlik holatlari hukm surishi kuzatiladi.

Biz ham ushbu fikrlarni dalillash maqsadida jami (.45) nafar oʻspirin yosh

davridagi i sinaluvchilarda tadqiqot oʻtkazdik. Unda stressni oʻrganishga
moʻljallangan PSM-25 metodidan foydalandik. Quyida jadvalda gender tafovutga
koʻra natijalar tahlili keltirilgan:

PSM-25 metodikasi yosh davrlari natijalar tahlili (Styudent-T mezoni

bo‘yicha n=45)

Shkalalar

Yoshi

N

O‘rtacha
rang

t

p

Stressga bardoshlilik
darajasi

O‘smirlar

22

90,5909

2,807

0,008**

O‘spirinl

ar

2

3

69,8696

Izoh: **p<0,01

Tadqiqotimiz natijalar tahliliga ko‘ra, stressga bardoshlilik darajasi shkalasi

boʻyicha o‘smirlik va o‘spirinlik yosh davridagi sinaluvchilar orasida ahamiyatli
tafovutlar kuzatildi (t=2,807; p<0,01). Mazkur holat oʻsmir va oʻspirin yoshdagilar
stressga bardoshlilik darajasi boʻyicha farqlanishi bir qancha omillarga bogʻliq.
Oʻsmirlar, odatda, hayot tajribasi va hissiy rivojlanish nuqtai nazaridan koʻproq
resurslarga

ega

boʻlishadi,

bu

esa

ularning

stressga

bardoshliligini

oshiradi.Oʻsmirlarda stressga bardoshlilik darajasi yuqori bo‘lishi mumkin, lekin har
bir shaxsning individual xususiyatlari va hayot sharoitlari ham muhim rol o‘ynaydi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

421




Xulosa qilib aytganda, oʻsmirlar ko‘proq resurslarga ega bo‘lishlari sababli

stressga bardoshlilik darajalari yuqori bo‘lishi mumkin. Ularning hissiy va ijtimoiy
ko‘nikmalari, shuningdek, hayotdagi turli tajribalar stressli vaziyatlarda samarali
muomala qilishlariga yordam beradi. Biroq, har bir shaxsning individual
xususiyatlari, sharoitlari va stressga nisbatan reaksiyalari farq qilishi mumkin. Shu
sababli, o‘smir va o‘spirin yoshdagilar orasida stressga bardoshlilik darajasi har xil
bo‘lishi mumkin va bu holatlarni yaxshiroq tushunish uchun individual yondashuv
zarur.

Foydalangan adabiyotlar

1.Гамезо М.В, Домашенко И.А Атлас по психологии М; «Просвещение»

1986 г

2.Гиппенрейтпер Ю. Б, Введение в общую психологию: Курс лекций:

Учебное пособие для вузов. — М.: ЧеРо, 1997.

3.Davletshin M.G Umumiy psixologiya T-2002 y
4.Джемс В. Психология.- М., 1991
5. Ergash Gʻoziyev "Umumiy psixologiya" T- 2002y
6.Karimova V.M. Psixologiya T-2002 y





References

Гамезо М.В, Домашенко И.А Атлас по психологии М; «Просвещение» 1986 г

Гиппенрейтпер Ю. Б, Введение в общую психологию: Курс лекций: Учебное пособие для вузов. — М.: ЧеРо, 1997.

Davletshin M.G Umumiy psixologiya T-2002 y

Джемс В. Психология.- М., 1991

Ergash Gʻoziyev "Umumiy psixologiya" T- 2002y

Karimova V.M. Psixologiya T-2002 y