Authors

  • Zuxra Otakuzieva
    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor v.b.
  • Lobar Xakimova
    Mirzo Ulug‘bek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universiteti huzuridagi Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi, hisobchi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.62273

Keywords:

raqamlashtirish iqtisodiyotni raqamlashtirish raqamli texnologiyalar transaksion sektor moliya-bank tizimi tranzaksiyalar moliyaviy texnologiyalar raqamli banking raqamli moliyaviy aktivlar operatsion daromadlar

Abstract

Ushbu maqola hozirgi kunda dunyo amaliyotidagi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha xorij tajribasiga, xususan, O‘zbekiston uchun ularning ahamiyatli jihatlariga bag’ishlangan


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

487




RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA XORIJ

TAJRIBASI VA UNING AMALIY AHAMIYATI

(YAPONIYANING “TOSHIBA” KORPORATSIYASI MISOLIDA)

ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ РАЗВИТИЯ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ

И ЕГО ПРАКТИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ

(НА ПРИМЕРЕ ЯПОНСКОЙ КОРПОРАЦИИ «TOSHIBA»)

FOREIGN EXPERIENCE IN DIGITAL ECONOMY DEVELOPMENT

AND ITS PRACTICAL IMPORTANCE

(BASED ON THE EXAMPLE OF THE JAPANESE CORPORATION

«TOSHIBA»)

Otakuzieva Zuxra Maratdaevna

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va

tadbirkorlik oliy maktabi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor v.b.

e-mail: zukhra.otakuzieva@rambler.ru

Tel: +998 91 163 51 15

Xakimova (Isayeva) Lobar Baxodirovna

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universiteti huzuridagi

Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi, hisobchi

Tel: +998 94 603 38 83

Annotasiya.

Ushbu maqola

hozirgi kunda dunyo amaliyotidagi raqamli

iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha xorij tajribasiga, xususan, O‘zbekiston uchun
ularning ahamiyatli jihatlariga bag’ishlangan.

Kalit so‘zlar:

raqamlashtirish, iqtisodiyotni raqamlashtirish, raqamli

texnologiyalar, transaksion sektor,

moliya-bank tizimi,

tranzaksiyalar, moliyaviy

texnologiyalar, raqamli banking, raqamli moliyaviy aktivlar, operatsion daromadlar

Аннотация.

Данная статья посвящена зарубежному опыту развития

цифровой экономики в современной мировой практике, в частности, их
значимым для Узбекистана аспектам.

Ключевые слова:

цифровизация, цифровизация экономики, цифровые

технологии, транзакционный сектор, финансово-банковская система,
транзакции, финансовые технологии, цифровой банкинг, цифровые
финансовые активы, операционный доход


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

488




Abstract.

This article is devoted to foreign experience in the development of

the digital economy in modern world practice, in particular, their significant aspects
for Uzbekistan.

Key words:

digitalization, digitalization of the economy, digital technologies,

transaction sector, financial and banking system, transactions, financial
technologies, digital banking, digital financial assets, operating income

Taraqqiy etgan mamlakatlarda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va

korxonalar faoliyatini raqamli texnologiyalar asosida strategik takomillashtirish
borasida katta tajriba to‘plangan.

Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda so‘nggi 10-15-yil ichida raqamli

iqtisodiyot rivojlanishi tez va intensiv kechmoqda. Bu, avvalo, iqtisodiyotda axborot
sektorining muttasil va nisbiy o‘sishida, uning doimiy diversifikatsiyasi bilan birga
namoyon bo‘ladi. Bu barcha aniq iqtisodiy ko‘rsatkichlarda o‘z aksini topadi:
umumiy xizmat ko‘rsatish va axborot sohasida band bo‘lganlar sonining oshishi,
xususan, tegishlicha ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot (YaIM) tuzilishining
miqdoriy qiymati va moddiy jihatidan o‘zgarishi, milliy iqtisodiyotda band
bo‘lganlar kasb-hunar va malaka tuzilmasining o‘zgarishi va boshqalar.

Raqamli iqtisodiyot amaliy va nazariy muammolarini ko‘rib chiqish u yoki bu

darajada axborot nazariyasi sohasidagi tadqiqotlarga asoslangan.

XX asr boshida, axborot texnologiyalari bozorlarida mamlakatlarning ikki

guruhi:

1) fundamental fani rivojlangan ilg‘or mamlakatlar (AQSh, Buyuk Britaniya,

Germaniya, Yaponiya va boshqalar);

2) birinchi guruh mamlakatlar (Tayvan, Xitoy, Janubiy Koreya va

boshqalar)ning innovatsiya va texnologiyalaridan foydalanadigan mamlakatlar
samarali faoliyat yuritganlar.

Keyinchalik uchinchi guruh mamlakatlar ham paydo bo‘ldi: Finlyandiya,

Shvesiya, Norvegiya, Irlandiya va Isroil, ular ta’lim, ilm-fan va axborot
texnologiyalari tizimlarini samarali modernizatsiya qilish orqali jahon bozorlariga
chiqishga muvaffaq bo‘ldilar. Bugungi kunda, raqamli iqtisodiyotda ilg‘or va
yetakchi mamlakatlarga Norvegiya, Shvesiya va Shveysariyani kiritish mumkin.
TOP 10 talikka AQSh, Buyuk Britaniya, Daniya, Finlyandiya, Singapur, Janubiy
Koreya va Gonkong ham kiradi. AQShda raqamli iqtisodiyotning ulushi 10,9 foiz,
Xitoyda 10 foiz, Yevropa Ittifoqida 8,2 foiz, Braziliyada 6,2 foiz, Rossiyada esa 3,9
foizni tashkil etadi.

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘lida bir qator mamlakatlar, jumladan

2000-yilda – Daniya, 2005-yilda – Singapur, 2008-yilda – Avstraliya, Gonkong,
Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, 2009-yilda – YeI, 2010-yilda – Kanada, 2012-


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

489




yilda – Malayziya, 2013-yilda – Janubiy Koreya, Meksika, 2014-yilda – Kanada,
Kolumbiya, Chili, Isroil, Singapur, Estoniya, 2015-yilda – Xitoy, Hindiston,
Qozog‘iston, 2017-yilda – Germaniya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston o‘z
dasturlarini qabul qildilar. Hozirda iqtisodiyotni raqamlashtirishga o‘tishi shartlari
va mexanizmlarini aniqlash dolzarb bo‘lib qolmoqda. Bu esa, raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirish imkoniyatlarini aniqroq baholashni taqozo etadi.

AQSh iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulotning uchdan bir qismi (33 foizi)

raqamli texnologiyalar ta’siri ostida va AQSh moliya sektorining katta ulushi (60
foizi) raqamli asosga o‘tkazilgan, shuning uchun AQSh moliya sektori dunyoda eng
rivojlangan hisoblanadi. Unga yaqin aloqa sohasi bo‘lib, u uzoq muddatli rivojlanish
uchun zamonaviy, barqaror raqamli platformani yaratishga va uning ahamiyatini
sezilarli darajada oshirishga intilmoqda. Raqamlashtirish sohasida Amerika
Qo‘shma Shtatlarining asosiy raqobatchisi Xitoy hisoblanadi, 2018-yilda uning B2C
(Business-to-consumer) raqamli bozori daromadi 765 mlrd. dollardan ortiqni tashkil
etdi va shu tariqa mamlakat jahon bozori yetakchisiga aylandi. 2018-yilda raqamli
bozor AQShda 700 mlrd. dollardan ortiq daromad keltirdi, yevropaning 5 ta
mamlakati (Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya)da esa raqamli
bozor daromadi 500 mlrd. dollardan ortiq bo‘ldi.

Internet foydalanuvchilarining asosiy ulushi Osiyoda joylashgan, ammo aholi

orasida internetdan foydalanuvchilar ulushi bo‘yicha Osiyo ikkinchi o‘rinda turadi,
aholining faqat yarmi internetdan foydalanadi (49,7 foiz). Ushbu ko‘rsatkich
bo‘yicha Shimoliy Amerika birinchilardan bo‘lib, uning internet foydalanuvchilari
mintaqa aholisining 88 foizini tashkil etadi. Internetdan foydalanuvchilarning eng
yuqori darajada o‘sishi Shimoliy Yevropa (94 foiz), G‘arbiy Yevropa (90 foiz) va
Shimoliy Amerikada (88 foiz) kuzatilmoqda.

Rivojlangan mamlakatlarda, xususan, AQSh, Yevropa Ittifoqi, Yaponiyada

internetdan foydalanuvchilar aholining o‘rtacha 81 foizini, rivojlanayotgan
mamlakatlarda internetdan foydalanish ulushi esa 40 foizni, Rossiya, MDH va
Sharqiy Yevropa kabi o‘tish iqtisodiyotini boshdan kechirayotgan mamlakatlarda 15
foizni tashkil etmoqda. Xitoyga aholi soni bo‘yicha (aholisining 55,8 foizi)
dunyodagi eng yirik internet auditoriya, shu jumladan, mobil banking
foydalanuvchilari (97,5 foiz) tegishlidir.

Raqamli texnologiyalar internet orqali savdo va xizmatlar ko‘rsatishda

o‘zlarini yorqinroq namoyon etdi. Xitoy Alibaba Group kompaniyasi internet-
tijoratni rivojlantirish bo‘yicha dunyoda yetakchi hisoblanadi. Internet xizmatlarini
rivojlantirish bo‘yicha – Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya – raqamli
sanoatni rivojlantirishda qiziquvchi ishlab chiqaruvchilarni keng jalb qilish orqali
innovatsion yechimlar rivojlanishini ta’minlaydigan infratuzilmani faol yaratishda


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

490




ilg‘or hisoblanadi. Yevropa komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, raqamli iqtisodiyot
“Katta yigirmatalik” guruhi mamlakatlarida 3,2 trln. yevroga baholanmoqda va yalpi
ichki mahsulotning taxminan 8 foizni tashkil etib, rivojlanish hamda ish o‘rinlarini
yaratishni rag‘batlantirmoqda. Bundan tashqari, Internetda yaratilgan qo‘shimcha
qiymatning 75 foizdan ortig‘i an’anaviy tarmoqlarga tegishli bo‘lib, bu esa ularning
yuqori mehnat unumdorligi bilan bog‘liqdir.

Moliyaviy sohada raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga doir misollarni

banklar o‘rtasida elektron hisob-kitoblar va to‘lovlardan foydalanishni keltirish
mumkin. Jumladan, 200 mamlakatdan 9000 dan ortiq kredit muassasalarini o‘z
ichiga olgan SWIFT tizimi har yili 2,5 mlrd.dan ortiq to‘lovlarni amalga oshiradi.
2007-yilda TARGET 1 tizimini almashtirgan TARGET 2 to‘lov tizimi Yevropa
Ittifoqiga a’zo davlatlar 28 ta Markaziy bankining axborot oqimlarini birlashtiradi,
bu esa to‘lovlarni onlayn tarzda tez amalga oshirish imkonini beradi. Real vaqt
tartibida bruto-hisob-kitoblarni o‘tkazadigan Fedwire – Federal avtomatlashtirilgan
pul o‘tkazmalari tizimidan pul vositalarini 6 mingta banklar o‘rtasida o‘tkazishda va
AQShdagi kredit muassasalariga barcha to‘lovlarning 99 foizni amalga oshirishda
foydalaniladi.

Moliya sohasida internet orqali nafaqat bank xizmatlarini, balki boshqa

xizmatlarni ham ko‘rsatish mumkin. Sug‘urta sohasida ham onlayn xizmatlar
ko‘rsatila boshlandi. Sug‘urta kompaniyalari saytida ko‘rsatilgan xizmatlar bilan
tanishish, anketa to‘ldirish, eng yaxshi sug‘urta shartlarini tanlash va sug‘urta
polisini sotib olish mumkin. Bir qator mamlakatlarda umumiy portal mavjud bo‘lib,
unda barcha sug‘urta kompaniyalari haqida ma’lumot topish mumkin, bu esa
mijozlarga mavjud kompaniyalar mahsulotlarini solishtirish imkonini beradi.

Quyida 1.1-jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinadiki, “Toshiba”

korporatsiyasida 2018-2022-yillarda mahsulotlarni sotish hajmini pasayish
tendensiyasi kuzatilgan. Bu esa, birinchi navbatda, koronavirus pandemiyasi tufayli
korporatsiya tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarga nisbatan jahon bozorlarida
talabning pasayib ketganligi bilan izohlanadi.

1.2-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, “Toshiba” korporatsiyasida

operatsion daromadlar miqdori 2021-yilda 2020-yilga nisbatan sezilarli darajada
kamaygan. Ammo, 2022-yilda operatsion daromadlar miqdori 2021-yilga nisbatan
sezilarli darajada ko‘paygan. Bu esa, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida
koronavirus pandemiyasi munosabati bilan joriy qilingan cheklovlarni
yumshatilganligi yoki olib tashlanganligi bilan izohlanadi.

Korxonalar faoliyatiga raqamli texnologiyalarni joriy qilinishi mahsulotlar

tannarxini pasaytirishi bilan birga, korxonalarning joriy aktivlari va joriy passivlari


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

491




o‘rtasidagi nisbatning ijobiy o‘zgarishiga olib kelishi lozim. Bu esa, kompaniyaning
likvidliligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.

1.1-jadval

“Toshiba” korporatsiyasida (Yaponiya) sotish hajmi va operatsion

daromadlar, mlrd. iyen

1

Ko‘rsatkichlar

2018-y.

2019-y.

2020-y.

2021-y.

2022-y.

Sotish hajmi

3 947

3 693

3 389

3054

3 336

Operatsion
daromadlar

86

35

130

104

158

1.1-rasm ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, “Toshiba” korporatsiyasida 2020-

2022-yillarda joriy aktivlar miqdorining o‘sish tendensiyasi kuzatilgan. Bu esa,
korporatsiyaning likvidliligini ta’minlash nuqtai-nazaridan ijobiy holat hisoblanadi.
Shuningdek, ushbu korporatsiyada 2019-2021-yillarda joriy majburiyatlar
miqdorining pasayish tendensiyasi kuzatilgan. Bu esa, korporatsiya faoliyatini
takomillashtirish nuqtai nazaridan ijobiy holat hisoblanadi.

Ta’kidlash joizki, Toshiba korporatsiyasi faoliyatiga innovatsion

texnologiyalarni, shu jumladan, innovatsion raqamli texnologiyalarni joriy etish
uzluksiz jarayon hisoblanadi. Bu esa, korporatsiya faoliyatini takomillashtirishda
muhim o‘rin tutmoqda.

Toshiba korporatsiyasi faoliyatiga Bluetooth Developer Studio uchun

ulanadigan modelni joriy qilinishi Bluetooth komponentlari asosida ishlaydigan
Buyumlar interneti va boshqa tizimlarni qurilmalarini ishlab chiqarish vaqtini
qisqartirdi.

1

Jadval mualliflar tomonidan “Toshiba” korporasiyasining yillik hisobotlari ma’lumotlari asosida tuzilgan.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

492




1.1-rasm.

“Toshiba” korporatsiyasida (Yaponiya) joriy aktivlar va joriy

majburiyatlar miqdori, mlrd. iyen

2

Bluetooth Developer Studio (BDS) – bu Bluetooth SIG guruhi tomonidan

tarqatiladigan ilovalarni ishlab chiqish uchun qo‘llaniladigan instrumentdir. Bu esa,
ishlab chiquvchilarga turli mikrosxemalar va platformalar uchun Bluetoothning
standartlashgan xizmatlari va ilovalarini yaratishga yordam beradi.

Bluetooth Special Interest Group tomonidan yaratilgan BDS ilovasi personal

kompyuterlarda ishlaydi va foydalanuvchilarga BLE profili uchun grafik
loyihalashning to‘liq imkoniyatlarini taqdim etadi.

Toshibaning BDS uchun ulanadigan moduli serverdan foydalanuvchi

mijozlarga katta qulayliklar yaratish imkonini beradi.

1.2-jadvalda

keltirilgan

ma’lumotlardan

ko‘rinadiki,

“Toshiba”

korporatsiyasida pul mablag‘larining joriy aktivlar hajmidagi ulushi 2022-yilda
2021-yilga nisbatan sezilarli darajada kamaygan. Biroq, mazkur davrda kreditor
qarzdorlikning joriy majburiyatlar hajmidagi salmog‘i ham sezilarli darajada
kamaygan.

1.2-jadvalda

keltirilgan

ma’lumotlardan

ko‘rinadiki,

“Toshiba”

korporatsiyasining joriy majburiyatlari hajmida kreditor qarzdorlikning salmog‘i
2019-2021-yillarda oshish tendensiyasiga ega bo Toshibalgan. Biroq, ushbu
ko‘rsatkich 2022-yilda 2021-yilga nisbatan sezilarli darajada pasaygan. Bu esa,

2

Rasm mualliflar tomonidan “TOSHIBA” korporasiyasining yillik hisobotlari ma’lumotlari asosida tuzilgan.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

493




Kompaniya faoliyatining barqarorligini ta‘minlash nuqtai nazaridan ijobiy holat
hisoblanadi.






1.2-jadval

“Toshiba” korporatsiyasida (Yaponiya) pul mablag‘larining joriy aktivlar

hajmidagi ulushi va kreditor qarzdorlikning joriy majburiyatlar hajmidagi

ulushi, foizda

3

Ko‘rsatkichlar

2019-y.

2020-y.

2021-y.

2022-y.

Pul mablag‘larining joriy aktivlar
hajmidagi salmog‘i

44,0

18,4

24,6

18,6

Kreditor

qarzdorlikning

joriy

majburiyatlar hajmidagi salmog‘i

35,1

35,9

38,4

31,9

Korxonalar faoliyatini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish

xususidagi ilmiy-nazariy qarashlarni tadqiq qilish shuni ko‘rsatdiki:

– korxona miqyosidagi raqamli transformasiya an’anaviy IT xizmatdan

insonga yo‘naltirilgan ochiq tizimga o‘tishni anglatadi va buning natijasida axborot
va raqamli texnologiyalar korxonaning ichki resursi hamda aktivi vazifasi bilan
cheklanib qolmaydi, balki tovarlar va xizmatlarning yangi bozorlarini shakllantirish
va rivojlantirishning muhim omiliga aylanadi;

– korxonalarda biznes faoliyatini raqamlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan

tahdidlardan biri bo‘lib, axborot xavfsizligini ta’minlash hisoblanadi va mazkur
tahdid texnologik risklar bilan bog‘liqdir;

– korxonalar faoliyatiga raqamli texnologiyalarni joriy qilish to‘lovlar

qiymatini pasaytirish va yangi daromad manbalarini ochish imkonini beradi, global
bozorga chiqishni osonlashtiradigan omillar yuzaga keladi.

Адабиётлар рўйхати

1.

Norman A. Information Society. Kluwer Academic Publishers, 2008.P. 240.

2.

Aвдeeнкo Т.В., Aлeтдинoвa A.A.. Цифрoвизaция экoнoмики нa ocнoвe
coвeршeнcтвoвaния экcпeртныx cиcтeм упрaвлeния знaниями.//
Нaучнo-тexничecкиe

вeдoмocти

Caнкт-Пeтeрбургcкoгo

3

Jadval mualliflar tomonidan “Toshiba” korporasiyasining yillik hisobotlari ma’lumotlari asosida tuzilgan.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

494




гocудaрcтвeннoгo пoлитexничecкoгo унивeрcитeтa Пeтрa Вeликoгo.
Экoнoмичecкиe нaуки.-Тoм 10, №1, 2017. – С.9.

3.

Cтapoдубцевa Е.Б., Мapкoвa О.М.. Цифровая трансформация мировой
экономики//Веcтник Acтpaxaнcкoгo гocудapcтвеннoгo теxничеcкoгo
унивеpcитетa. Cеpия: Экoнoмикa,
2018. - С. 124-129.

4.

Кaтacoнoв В. Oцифpoвaнный

миp

денег. URL:

https://kv-

journal.su/content/ocifrovannyy-mir-deneg (дaтa oбpaщения: 14.09.2020).

5.

Payment systems//www.ecb.eu.

6.

Тчаро Хоноре, Воробьев А.Е., Воробьев К.А. Цифровизация нефтяной
промышленности: базовые подходы и обоснование «интеллектуальных»
технологий//Вестник Евразийской науки. – Москва, 2018. No2.

https://esj.today/PDF/88NZVN218.pdf

.

7.

Otakuziyeva Z.M. Development of information economy in Uzbekistan.
Global science. Development and novelty. Collection of scientific papers, on
materials of the IV international scientific-practical conference December
25, 2016.Lisbon.Ed. SPC "LJournal", 2016. – 13-17 p.

8.

Otakuziyeva Z.M. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini ta’minlashda
korxona faoliyatini strategik takomillashtirish // Iqtisodiyot va ta’lim -
Toshkent, 2021. - №5. 370-380-

References

Norman A. Information Society. Kluwer Academic Publishers, 2008.P. 240.

Aвдeeнкo Т.В., Aлeтдинoвa A.A.. Цифрoвизaция экoнoмики нa ocнoвe coвeршeнcтвoвaния экcпeртныx cиcтeм упрaвлeния знaниями.// Нaучнo-тexничecкиe вeдoмocти Caнкт-Пeтeрбургcкoгo гocудaрcтвeннoгo пoлитexничecкoгo унивeрcитeтa Пeтрa Вeликoгo. Экoнoмичecкиe нaуки.-Тoм 10, №1, 2017. – С.9.

Cтapoдубцевa Е.Б., Мapкoвa О.М.. Цифровая трансформация мировой экономики//Веcтник Acтpaxaнcкoгo гocудapcтвеннoгo теxничеcкoгo унивеpcитетa. Cеpия: Экoнoмикa, 2018. - С. 124-129.

Кaтacoнoв В. Oцифpoвaнный миp денег. URL: https://kv-journal.su/content/ocifrovannyy-mir-deneg (дaтa oбpaщения: 14.09.2020).

Payment systems//www.ecb.eu.

Тчаро Хоноре, Воробьев А.Е., Воробьев К.А. Цифровизация нефтяной промышленности: базовые подходы и обоснование «интеллектуальных» технологий//Вестник Евразийской науки. – Москва, 2018. No2. https://esj.today/PDF/88NZVN218.pdf.

Otakuziyeva Z.M. Development of information economy in Uzbekistan. Global science. Development and novelty. Collection of scientific papers, on materials of the IV international scientific-practical conference December 25, 2016.Lisbon.Ed. SPC "LJournal", 2016. – 13-17 p.

Otakuziyeva Z.M. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini ta’minlashda korxona faoliyatini strategik takomillashtirish // Iqtisodiyot va ta’lim - Toshkent, 2021. - №5. 370-380-