Authors

  • Ro‘za Urazbayeva
    Urganch davlat pedagogika instituti Filologiya va tarix fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.62285

Keywords:

Yoshlar besh tashabbus talaba oila ong insoniy fazilatlar ezgu niyatlar qadriyatlar

Abstract

Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida talabalarning o‘qish va ishdan bo‘sh paytlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va ularni turli foydali kasb-hunarlarga o‘rgatishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning ahamiyati xususida so‘z yuritilgan.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

562




YOSHLARNING BO‘SH VAQTINI MAZMUNLI O‘TKAZISHDA

MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYANING ROLI

Urazbayeva Ro‘za Xajiboyevna

Urganch davlat pedagogika instituti

Filologiya va tarix fakulteti

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari

Annotasiya

. Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida talabalarning

o‘qish va ishdan bo‘sh paytlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun zarur shart-
sharoitlar yaratish va ularni turli foydali kasb-hunarlarga o‘rgatishda ma’naviy-
ma’rifiy tadbirlarning ahamiyati xususida so‘z yuritilgan.

Kalit soʻzlar.

Yoshlar, besh tashabbus, talaba, oila, ong, insoniy fazilatlar,

ezgu niyatlar, qadriyatlar,

Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo‘lidan ma’lumki, yurtning jadal

rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda
yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga bog‘liq. Shu
ma’noda, O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatda yoshlarning huquq va manfaatlarini
himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasida
mustahkam huquqiy baza yaratilgan va bu tizim zamon talablariga hamohang
ravishda takomillashtirib borilmoqda. Hususan, bugungacha parlament tomonidan
yoshlarga oid 40 dan ziyod qonun hujjatlari qabul qilingan bo‘lib, 30 dan ortiq
xaqlaro huquqiy hujjatlar ratifikatsiya qilingan.

Shunday ekan yoshlarimizning o‘qish va ishdan bo‘sh paytlarini mazmunli

o‘tkazishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va ularni turli foydali kasb-
hunarlarga o‘rgatish jamiyatimizni yuksaltirishning eng asosiy manbaidir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham o‘z nutqlarida yoshlarga qarata “Sizlarning
shijoat va intilishingizni ko‘rib, yonib turgan ko‘zlaringizga boqib, o‘zimga
bitmas-tuganmas kuch olaman”,-deya qayta-qayta ta’kidlaydilar. Albatta, hozirgi
yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish oson emas. Bu borada
mahallalardagi 6 milliondan ziyod o‘g‘il-qizlarimiz, ayniqsa, uyushmagan
yoshlarning iste’dodini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha Besh tashabbus olimpiadasi


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

563




yo‘lga qo‘yildi. Yoshlarni vaqtini qanday o‘tkazayotganligini ota-onalar, ustoz va
murabbiylar, mahalla faollari doimiy ravishda kuzatib borishlari shart. Chunki
jamiyatimizning yosh avlodlariga to‘g‘ri yo‘lni kattalar ko‘rsatmasa ularning
mafkurasini buzuvchilar topiladi.

Dinimizda ham ilm o‘rganish farz ekanligi ko‘p hadis va oyatlarda

keltirilgan. Xalqimizda shunday naql bor yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan
naqsh kabidir. Misol uchun bir niholni yerga ekib unga vaqtida parvarish berib
begana o‘tlardan tozalanmasa u nihol nozik va qiyshiq bo‘lib rivojlanadi va
kutilgan natijani bermaydi. Huddi shunday yoshlarni ham bo‘sh vaqtini qanday
ishlarga sarflayotganini o‘rganib ularni to‘g‘ri yo‘lga solmasak kelajagimizni
buyuk qila olmaymiz. Bu yo‘lda millatimmizning yorqin namoyondalrini
o‘zimizga o‘rnak bilib harakat qimo‘g‘imiz darkor. Bu borada Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoyevning yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga doir
belgilab bergan besh tashabbuslari ham mamlakatimiz rivojiga kata ta’sir ko‘rsatib
kelmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida
2019-yil 19 mart kuni yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat,
sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot
texnologiyalaridan toʻgʻri foydalanish koʻnikmasini shakllantirish, yoshlar
oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash
masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu yig‘ilishda
ularning taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi uchun zamonaviy sharoit va
imkoniyatlar yaratilishi ta’kidlandi. Shu bilan birga, yoshlarning boʻsh vaqtini
mazmunli oʻtkazishni tashkil etish dolzarb masala ekanligi prezidentimiz
tomonlaridan mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga vazifa qilib yuklandi. Yoshlar
qanchalik maʼnaviy barkamol boʻlsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham
shuncha kuchli boʻladi.

Maʼlumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi

ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari
surgan edi. Besh tashabbus o‘z ichiga sport, musiqa, kitobxonlik, xotin-qizlarga
keng imkoniyatlar yaratish kabilarni o‘z ichiga oladi. Bu ishlar Xorazm viloyatida
ham davom ettirilib, "Maʼrifat karvoni" tashkil etildi.

Ota-onalar o‘z farzandlarini oilasidan uzoq vaqtida qanday ishlar bilan

bantligini o‘rganib borishlari shart. Chunki yosh avlodni o‘z holicha qarovsiz
tashlab bo‘lmaydi. Bundan tashqari oila boshliqlari o‘z farzandlarini qiziqishlarini


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

564




to‘g‘ri baholab o‘z yo‘llarini tanlashlarida ko‘maklashishlari kerak. Prezidentimiz
ta’kidlaganlaridek telefondan qanday foydalanish kerak, uning vazifasi nima,
yoshlarimizning kompyuter savodxonligini oshirish va internet saytlaridan to‘g‘ri
foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish lozim. Zamon shiddat bilan rivojlanib
borayotgan shunday vaziyatda yosh avlodning dunyoqarashini o‘stirib bo‘sh
vaqtlaridan unumli foydalanishga odatlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Chunki dono xalqimizda “Vaqting ketdi-naqding ketdi” degan naql bor.
Yoshlarimizni bo‘sh vaqtlarini kitob mutolaa qilish, hunar o‘rganish, turli sport
o‘yinlariga
qiziqtirish uchun ularni kichikligidan shu narsalarga ko‘niktirib borish muhimdir.
Undan tashqari yoshlarimizni ozodalikka, mehnatsevarlikka o‘rgatishimiz lozim
va lobuddir.

Aks holda ular dangasa va tartibsiz bo‘lib ulg‘ayishadi. Shuning uchun har

yili xalqimizda umumxalq hasharlari, “Yashil makon” aksiyalari uyushtirilib
bunga ko‘plab yoshlarimiz jalb qilinadi. Bu hasharlarda keksalarimiz o‘z
boshchiligida kelajak avlodlarning mehnatga bo‘lgan layoqatini shakllanishida o‘z
hissalarini qo‘shadilar. Ozodalik avvalo o‘z xonasidan boshlanadi. Shuning uchun
talaba yoshlarning qanday uylarda va qay holatda yashayotgaliklarini kuzatib
boriladi. Ozodalik bo‘lgan joyda xotirjamlik bo‘ladi. Kayfiyat ham a’lo darajada
turadi. Ozodalikka rioya qilish dinimizda ham farz sanaladi. Ozodalik bo‘lgan
joyda yangi-yangi g‘oyalar, fikrlar vujudga keladi. Yoshlarimiz oilasidan uzoqda
yashab mustaqil hayotga o‘rganar ekan ularni bu yo‘lda kimlarni o‘ziga hamroh
qilishi juda muhim omildir. Ularning do‘sti kim? Nima bilan shug‘ullanyapti?
Bo‘sh vaqtini nimalarga sarflaydi? Zararli illatlari yo‘qmi? Ozodalikka rioya
qiladimi? Va shu kabi jihatlariga e’tibor qaratish lozim. Chunki ota-
bobolarimizdan qolgan bir naql “Menga do‘stingni qandayligini ayt, men seni
qandayligingni aytib beraman” bizni farzandlarimizni kimlar bilan do‘st
tutinayotgani haqida o‘ylashga majbur qiladi.

Yoshlarimizning har bir o‘tkazayotgan vaqtlariga kattalar befarq

bo‘lmasalar, ular o‘z to‘g‘ri yo‘llaridan adashmaydilar. Unutmaylik, qaysi
jamiyatda yoshlar kattalarning e’tiborida bo‘lib, yoshligini ilmu-hunar o‘rganishga
sarflasa bu jamiyat yuksaladi, aksincha, biron jamiyatda befarqlik va loqaydlik avj
olsa o‘sha jamiyat tanazzulga yuz tutadi. Bu borada 20-asr boshlarida yurtimizdan
yetishib chiqqan Jadidchilik harakati nomoyondalaridan biri Muhmudxo‘ja


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

565




Behbudiy “Dunnyoda turmoq uchun dunyoviy ilmlarni o‘rganmoq lozim” degan
edi. Agar biz yoshlarning bo‘sh vaqtlarini foydali ilmlarni o‘rganishlariga
yo‘naltira olsak o‘ylaymanki diyorimizdan yana Ibn Sinolar, Xorazmiylar,
Beruniylar, Navoiylay ko‘plab yetishib chiqadi. Bu sohada hozirda o‘qiyman,
hunar o‘rganaman degan har bir yoshga O‘zbekistonimizda yatarlicha shart-
sharoitlar yaratib qo‘yilgan. Shu o‘rinda bir savol tug‘ilishi tabiiy albatta. Nima
uchun shunday erkinlik va tinchlik xukm surgan jamiyatda yuksalish uchun nima
qarshilik ko‘rsatyapti? Buning birgina javobi o‘tayotgan vaqtimizning qadriga
yetmasligimizdir. Bir tasavvur qiling, millatimizdan yetishib chiqqan buyuk
ajdodlarimizda hozir bizda bo‘lgan sharoitlar bo‘lganmi? Har birimizning
ongimizga shu savolni eshitishimiz bilanoq beixtiyor yo‘q degan javob keladi.
Chunki ular bizningdek yorug‘ va shinam uylarda emas tor va sovuq kulbalarda
kechasi oy shulasida bo‘lsa ham o‘qib izlanishgan. Kunduzlari o‘z kasbu- korlari
bilan mashg‘ul bo‘lishgan. Xo‘sh, bizni nima to‘sib turibdi ilm olishdan.

Talaba yoshlar darsdan bo‘sh vaqtlarini o‘z yotoqxonalaridan chiqmay

turib ham mazmunli
o‘tkazishlari mumkin. Masalan, kitob o‘qishlari, shashka va shaxmat aqlni
charxlovchi o‘yinlarni o‘ynashlari, onlayn til kurslarini tomosha qilishlari va shu
kabi o‘zi qiziqqan boshqa foydali mashg‘ulotlar bilan band bo‘lishlari foydadan
holi bo‘lmaydi. Prezidentimiz ham bu borada talaba yoshlarimizning bo‘sh
vaqtlaridan unumli foydalanishlari uchun ularni o‘qishdan keyingi paytlarda o‘z
sohalari bo‘yicha ishlashga imkoniyat berdilar. Tashabbuskor tadbirkorlarni jalb
qilgan holda, kompyuter oʻyinlari markazlarini tashkil etish, ularda bolalar va
yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan test,
viktorina, rivojlantirish strategiyalari va boshqa foydali dasturlar boʻlishi
zarurligini o‘z yig‘ilishlarida alohida taʼkidlab o‘tdilar. Yoshlarda bolalik
chogʻidan kitobga mehr uygʻotish, mustaqil fikr va keng dunyoqarashni
shakllantirish ularning hayot yoʻllarida mustahkam zamin boʻladi.

Ma’naviy-axloqiy tarbiya mazmunida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni

tiklash masalasining kun tartibiga qo‘yish zaruriyatining yuzaga kelganligi
munosabati bilan tub o‘zgarishlar yuz berdi. Eng muhim qadriyat inson omili
hisoblanadi. Hayot insonga bir marta beriladi. Shuning uchun ham milliy va
umuminsoniy qadriyatlarda uni mazmunli, o‘zgalar va o‘zining hayoti ma’nosini
anglagan holda o‘tkazish kerakligi haqida ko‘plab rivoyat, hikmat va pand-


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

566




nasihatlar mavjud. Ma’naviy-axloqiy tarbiyada yana bir eng qimmatli qadriyat
erkinlikdir. Ta’limni demokratlashtirish bilan birga shaxs erki va huquqini hurmat
qilish rivojlanadi. Bu esa o‘z navbatida farzand shaxsida mas’uliyatni his etish,
ongli intizomga rioya etish ko‘nikmalarini tarbiyalaydi. Shuningdek,
vatanparvarlik, xalqlar o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik, mas’uliyatni his etish,
burch, or-nomus, vijdonlilik, tartiblilik, adolatlilik va boshqa xislatlar tarbiyasi
katta ahamiyatga ega. Yoshlar bilan ishlash faoliyatida yosh avlodni axloqiy
tarbiyalash masalalari azaldan Sharq xalqlari, xususan, Markaziy Osiyo xalqlari
tajribasida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ayniqsa, ko‘plab mutafakkirlarimiz
asarlarida xalkimizning murakkab tarixiy – madaniy tajribasi mobaynida yuz
bergan voqea – hodisalar mohiyatini jamiyatning ilk bo‘g‘ini bo‘lgan oiladan izlash
an’anasini uchratamiz. Xususan, oila va oilaviy tarbiyaga oid fikrlar Abu Nasr
Farobiyning “Fozil odamlar shahri”, Abu Rayxon Beruniyning “ “Mineralogiya ”,
“Geodeziya”, “Hindiston”, “O‘tgan avlodlar obidalari”, Abu Ali ibn Sinoning
“Axloq”, “Axloq fani”, “Oila xo‘jaligi”, Alisher Navoiyning “Hayrat – ul – abror”
va “Mahbub – ul – qulub” asarlarida o‘z ifodasini topgan. Millatimiz boshiga
tushgan ko‘pgina achchiq qismatlar dastavval oila tarbiyasidagi kamchiliklar
oqibati ekanini ma’rifat ahllari yaxshi anglashgan. Bizning ham fikrimizcha,
bundan xolos bo‘lishda oila tarbiyasi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Fitratning
“Oila yoki oilani boshqarish tarbiyalari” asarida bu haqda ibratli mulohazalar ilgari
suriladi. “Har bir millatning saodati va izzati, shu xalqning ichki intizomi va
totuvligiga bog‘liq” – deb yozadi u, tinchlik va totuvlik esa shu millat oilalarining
intizomiga tayanadi. Oilada farzandning ma’naviy-axloqiy hislatlarni
shakllantirishga nisbatan ehtiyoj bo‘lishi shart.

Xulosa qilib aytganda yoshlarning ma`naviy axloqiy barkamol bo‘lib

shakllanishida tyutorlar va Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlarining
o`rni alohida ahamiyatga ega ammo barcha talaba yoshlarimiz qalbida mehr-
muruvvat va rahmdillik tuyg‘ularini shakllantirish va kamol toptirish tuyg‘ularini
printsipial mohiyatga ega bo‘lib, bu vazifaning izchil amalga oshirilishi ota-ona
zimmasidir. Zero ota-onaning burchlaridan eng oliysi ana shu ma’naviy tarbiya
orqali, qadriyatlar orqali, vatanga sodiq farzandlarning tarbiyalash va ularda
vataniga, o‘z xalqiga nisbatan faxrlanish tuyg‘usini uyg‘otishdir.



background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

567




ADABIYOTLAR

1.

“YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI TO‘G‘RISIDA”gi O‘zbekiston
Respublikasi qonuni, 14.09.2016 yildagi O‘RQ-406-son

2.

Karimova V. Oilaviy hayot psixologiyasi: O‘quv qo‘llanma. – T.: 2006 – 142 b.

3.

Umarova M.M. O‘smirlarda oilaviy qadriyatlar to‘g‘risidagi tasavvurlar
shakllanishining

ijtimoiy-psixologik

shart-sharoitlari:

Dis....

psixol.fan.nomzodi:

4.

https://lyceum.tma.uz/besh-muhim-tashabbus/

References

“YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI TO‘G‘RISIDA”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni, 14.09.2016 yildagi O‘RQ-406-son

Karimova V. Oilaviy hayot psixologiyasi: O‘quv qo‘llanma. – T.: 2006 – 142 b.

Umarova M.M. O‘smirlarda oilaviy qadriyatlar to‘g‘risidagi tasavvurlar shakllanishining ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlari: Dis.... psixol.fan.nomzodi: