“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
630
Ekologiyaning zamonaviy muammolari. Tuproq.
Safarboyeva Gulniso Ilhom qizi
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
Hayot faoliyat xavfsizligi kafedrasi 2-kurs talabasi
Anotatsiya
: Ushbu maqola ekologiyaning zamonaviy muammolaridan biri –
tuproq degradatsiyasi va uni saqlash muammolari hisoblanadi. Tuproq insoniyat
hayotining asosiy resurslaridan biri bo‘lib, uning sifati va unumdorligini pasayishi
qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi va atrof-muhit barqarorligiga salbiy ta’sir
ko‘rsatib kelmoqda. Maqolada tuproqni ifloslantiruvchi omillar, yerlarning
cho‘llanishi, kimyoviy moddalarning ta’siri ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, tuproqni
muhofaza qilish bo‘yicha zamonaviy usullar, ekologik barqarorlikni ta’minlashga
qaratilgan chora-tadbirlar va xalqaro tajribalar haqida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.
Mazkur maqola tuproq resurslarining ahamiyatini tushunishga hamda ularni asrash
yo‘llarini aniqlashga qaratilgan.
Kalit so‘zlar:
ekologiya, tuproq, oziq-ovqat, omil, kimyoviy moddalar,
cho‘llanish.
Anotation:
this article is one of the modern problems of ecology – the problems
of soil degradation and its preservation. Soil is one of the main resources of human
life, and the decrease in its quality and fertility has a negative impact on agriculture,
food security and environmental sustainability. The article will consider soil
polluting factors, land desertification, the effects of chemicals. There have also been
references to modern soil conservation methods, measures aimed at ensuring
environmental sustainability, and international experiments. This article is aimed at
understanding the importance of soil resources and determining ways to preserve
them.
Keywords:
ecology, soil, food, factor, chemicals, desertification.
Аннотация:
данная статья рассматривает одну из современных проблем
экологии – деградацию почвы и проблемы ее сохранения. Почва является
одним из основных ресурсов жизнедеятельности человека, и снижение ее
качества и продуктивности по-прежнему отрицательно сказывается на
сельском хозяйстве, продовольственной безопасности и экологической
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
631
устойчивости. В статье рассматриваются факторы, загрязняющие почву,
опустынивание земель, воздействие химических веществ. Также приводится
информация о современных методах охраны почв, мерах по обеспечению
экологической устойчивости и международном опыте. Данная статья
направлена на понимание важности почвенных ресурсов, а также на
определение путей их сохранения.
Ключевые слова
: экология, почва, еда, фактор, химикаты,
опустынивание.
Kirish
: Hozirgi kunda ekologik muammolar global miqyosda dolzarb
masalaga aylanib kelmoqda. Insoniyatning faoliyatidan kelib chiqadigan salbiy
oqibatlar atrof-muhitga, xususan, tuproq resurslariga jiddiy zarar yetkazib
kelinmoqda. Tuproq yer yuzidagi hayotning asosini tashkil etib, qishloq xo‘jaligi,
o‘rmon xo‘jaligi va boshqa ko‘plab sohalar uchun asosiy resurs hisoblanadi. Ammo
tuproq degradatsiyasi, ifloslanishi va unumdorligini yo‘qotishi ekologik
barqarorlikka tahdid solmoqda.
Adabiyotlar tahlili
: Tuproq qoplami – tirik mavjudotlarning yashash muhiti,
insoniyatni oziqovqat, kiyim-kechak va boshqa mahsulotlar bilan ta’minlaydigan,
biosferaning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Tuproq
unumdorligining rivojlanishida tirik organizmlar, jumladan yashil o’simliklar va
mikroorganizmlarning roli alohida ahamiyatga egadir. Shunga ko‘ra olimlar
tomonidan aytilgan tuproqning ta’rifini keltirishimiz mumkin: «Iqlim va tirik
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
632
organizmlar ta’sirida o‘zgargan va o‘zgarayotgan hamda unumdorlik qobiliyatiga
ega bo‘lgan yerning ustki g‘ovak qatlamiga tuproq deyiladi». Unumdorlik
tuproqning o’simliklarni turli oziq moddalar, suv, havo hamda issiqlik bilan
ta’minlash qobiliyati hisoblanadi.
1-rasm. Avlodlar o‘rtasida ekologiyani asrash.
Yer yuzi turli qobiqlari o‘rtasidagi aloqadorlik tuproq orqali amalga oshadi.
Tuproq tabiiy landshaftlarning asosi hisoblanadi. Biosferada bajaradigan faoliyatiga
qarab tuproqni organik hayot zanjirining eng muhim halqasi, deb yuritsa bo’ladi.
Tuproqda u yoki bu mikroelementlar etishmasligi yoki optiqchaligi organizmlarning
rivojlanishi va insonning sog'lig'iga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Tuproq kasallik
tarqatadigan ko’plab mikroorganizmlar uchun zarur hayot muhiti hisoblanadi.
Tuproqda sil, vabo, o'lat, ichterlama, burutsellioz va boshqa kasalliklarning
qo'zgatuvchilari bo'lishi mumkin. Biosferada tuproqning eng muhim roli shundaki,
barcha organizmlarning qoldiqlari tuproqda parchalanadi va yana mineral
birikmalarga aylanadi, Tuproq qatlamisiz yer yuzida hayotni tasavvur ham qilib
bo'lmaydi.Dehqonchilikning yuzaga kelishi bilan tuproqning kishilar hayotidagi
ahamiyati keskin oshib ketgan. Inson o'zi uchun zarur bo’lgan barcha oziq
mahsulotlari va ko’plab boshqa vositalarni bevosita yoki bilvosita tuproqdan oladi.
Yer yuzidagi hozirgi mavjud tuproq qatlami jamiyat taraqqiyoti natijasida kuchli
o'zgargan. Insoniyat tarixi davomida 2 mlrd. dan ortiq unumdor tuproqli yerlar
yaroqsiz holga keltirilgan. Har yili sayyoramizdagi qishloq xo‘jaligi uchun yaroqli
yerlar maydoni sho'r bosishi, emirilishi natijasida 5-7 mln.gektarga kamaymoqda.
Tuproqlarga inson ta'si-rining kuchayishi sug'oriladigan dehqonchilik va
chorvachilikning rivojlanishi bilan bog’liq. Sug'oriladigan (obikor) dehqonchilik
Movarounnahrda ham qariyib 5 ming yillik tarixga ega. Yer yuzida dehqonichilik
maqsadlarida ishlatiladigan yerlar mavjud yerlar hududining 10 foizini tashkil qiladi
va dunyo aholisi jon boshiga 0,5 ga dan to'g’ri keladi. Yer yuzi tuproq qatlamining
hozirgi holati birinchi navbatda kishilik jamiyatining faoliyati bilan belgilanadi.
Inson tuproqlarga ijobiy va salbiy ta'sir ko'rsatadi. Inson tuproqlarning hosildorligini
oshirishi, yerlarning holatini yaxshilashi mumkin. Shuning bilan birga shahar
qurilishi, atrof muhitning ifloslanishi, agrotexnik tadbirlarning talabga javob
bermasligi natijasida tuproqlar bevosita yo'q qilinishi, yaroqsiz holga kelishi,
emirilishi mumkin. Hozirgi kunda tuproqlar maydonining kamayishi uning
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
633
tiklanishidan minglab marta tezroq, amalga oshmoqda.Tabiatda shamol va suv
ta'sirida tuproqlarning emirilishi yoki eroziyasi kuzatiladi. Inson faoliyati natijasida
tezlashgan suv va shamol eroziyasi amalga oshadi. Antropogen erroziya tuproq
resurslaridan noto'g’ri foydalanishning oqibati bo'lib, uning asosiy sabablari o'rmon
va to'qaylarni qirqib yuborish, yaylovlarda chorva mollarini boqish normasiga amal
qilmaslik, dehqonchilik yuritishning noto'g’ri metodlaridan foydalanish va
boshqalardir. Turli ma'lumotlarga ko’ra har kuni yer yuzida eroziya natijasida 3500
gektar unumdor tuproqli yerlar ishdan chiqadi. Suv eroziyasi ko’proq, tog' oldi va
tog'li rayonlarda, shamol eroziyasi tekisliklarda kuzatiladi. Chang bo'ronlari
natijasida bir necha soat ichida tuproqning 25 santimetrgacha bo'lgan qatlamini
shamol butunlay uchirib ketganligi haqida malumotlar mavjud.Erroziya
jarayonlarining oldini olish va unga qarshi kurashish uchun ko'plab choratadbirlar
ishlab chiqilgan. Bularga o’simliklar qoplamini tiklash, agrotexnik tadbirlarni to’g‘ri
olib borish, yashil himoya qalqonlarini bunyod qilish, gidrotexnik tadbirlarni rejali
o'tkazish va boshqalar kiradi. Sug'oriladigan dehqonchilik rayonlarida tuproqlarning
sho'rlanishi asosiy ekologik muammolardan hisoblanadi. Tuproqlarning sho'rlanishi
sug'orishni noto'g'ri olib borganda yer osti suvlari sathining ko’tarilishi natijasida
ro'y beradi. Birlamchi va ikkilamchi sho'rlanish kuzatiladi. Ikkilamchi sho'rlanishda
suv kappilyarlar orqali ko’tarilib tuzi tuproqda qoladi yoki ortiqcha sug'orish
natijasida yer osti suvlari erigan tuzlar bilan sho'rlanadi. Ikkilamchi sho'rlanish
ko’proq zarar etkazadi. Tuproqlarning sho'rlanishi Osiyo, Amerika va Afrikaning
ko’pchilik mamlakatlarida kuzatiladi. Sho'rlanishning oldini olish uchun zovurlar
o'tkaziladi, yerlarning sho'ri yuviladi. Tuproqlarning botqoqlanishi asosan namlik
ko’p joylarda kuzatiladi. Suv omborlari atrofida ham botqoqlangan uchastkalar
vujudga keladi. Botqoqlarni quritish uchun maxsus melioratsiya tadbirlari
o'tkaziladi.Tuproqlarni ifloslanishdan saqlash muhim ahamiyatga ega. qishloq
xo'jaligini kimyolashtirish tuproqlarning turli kimyoviy birikmalar bilan
ifloslanishini kuchaytirib yuboradi. Mineral o'g'itlar to'g’ri tanlanmasa va me'yorida
ishlatilmasa tuproqning holati o'zgaradi, unumdorlik xususiyati buziladi. Ayniqsa,
zararkunandalarga qarshi, begona o'tlarga va o’simlik kasalliklariga chora sifatida
keng foydlaniladngan pestisidlar gerbisidlar, insektisidlar, defolliantlarni
me'yoridan ortiq ishlatish tuproqga juda salbiy ta'sir ko’rsatadi. Pestitsidlar
tuproqdagi foydali mikroorganizmlarni nobud qiladi va chirindining kamayishiga
olib keladi.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
634
2-rasm. Qurg‘oqchil tuproq.
Sayyoramizda antropogen omillar taʼsirida yuzaga kelayotgan ekologik
buzilishlar, iqlim oʻzgarishlari, qurgʻoqchilik va sahrolanish jarayonlari kuchayib
borayotgani dolzarb muammolardan biri. Ayniqsa, qishloq xoʻjaligi sohasi bundan
jiddiy zarar koʻrib, tuproq unumdorligi pasayishiga olib kelayotgani insoniyat oldiga
muhim vazifalar qoʻymoqda. Tuproqning nuragan togʻ jinslaridan farqi uning
unumdorligidadir. Ana shu unumdor yuzada inson uchun zarur oziq-ovqat
mahsulotining 95 foizga yaqini yetishtiriladi. Soʻnggi yillarda tabiiy hodisalar
oqibatida tuproq eroziyasi, sifati va unumdorligi yoʻqotilishi kuchayib bormoqda.
BMT tahlillariga koʻra, bugungi kunda sayyoramizdagi yer resurslarining 40 foizga
yaqini tanazzulga uchragan. Jahonda oziq-ovqat xavfsizligi kun tartibidan tushmay
qolgan hozirgi davrda bu jiddiy muammodir. Birgina choʻllanish, yer degradatsiyasi
va qurgʻoqchilik kabi oqibatlar 100 dan ortiq mamlakatda istiqomat qilayotgan 1
milliarddan ziyod aholi salomatligi va farovonligiga xavf solyapti. Qishloq xoʻjaligi
yerlari holatini yaxshilash, tuproqning xossa va xususiyatlarini maqbullashtirish,
unumdorligini chegaralovchi omillarni aniqlash, xususan, tuproq resurslaridan
oqilona va samarali foydalanish, sohani raqamlashtirishga yurtimizda davlat siyosati
darajasida eʼtibor qaralayotgani boisi shunda. Oxirgi yillarda bu borada huquqiy
asoslar ham yaratilib, koʻplab farmon va qarorlar qabul qilindi. Chunki, qishloq
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
635
xoʻjaligi sohasidagi natijadorlikning katta qismi tuproq sifatiga bogʻliq. Koʻp va
tabiiy toza mahsulot yetishtirish uchun, albatta, tuproq sogʻlom, unumdor boʻlishi
lozimligi oddiy insonlarga ham tushunarli. Taraqqiyot strategiyasida qishloq
xoʻjaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar
daromadini kamida 2 barobar oshirish, qishloq xoʻjaligining yillik oʻsishini kamida
5 foizga yetkazish maqsad qilib olingan. Bu maqsadga erishish uchun tuproq
unumdorligini oshirish va muhofaza qilish asosiy ustuvor yoʻnalishlar qatoriga
kiritilgan. Davlat dasturida esa “Tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilish
toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish vazifasi belgilangan edi. Kechiktirib
boʻlmaydigan bu qonun loyihasini Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar
instituti olimlari Qishloq xoʻjaligi vazirligi mutaxassislari bilan birgalikda ishlab
chiqdi hamda u Oliy Majlis Qonunchilik palatasida maʼqullandi. Hozir qonun
loyihasi Senatda koʻrib chiqilmoqda.
O‘rta Osiyo tuproqlari unumdorligini o‘rganishga doir vegetativ tajribalar
shuni ko‘rsatadiki, gumusga boy tipik bo‘z tuproqlar hamda o‘tloq va botqoqo‘tloq
tuproqlar ancha yuqori unumdorlikka ega bo‘lib, och tusli bo‘z tuproqlar kamroq va
taqirlar past unumdorlikka ega.
Основной
Основной
Основной
Основной
Основной
Основной
Основной
1 кв
Eng yaxshi
o'rtadan past
yaxshi
O'rtacha
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
636
Xulosa
: Tuproqni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish nafaqat
ekologik, balki iqtisodiy hamda ijtimoiy barqarorlik uchun ham juda muhim
hisoblanadi. Bu borada ekologik bilimlarni keng targ‘ib qilish va barqaror qishloq
xo‘jaligiga o‘tish muhim ahamiyat kasb etadi. Tuproq muammolarini hal qilish
uchun davlatlararo hamkorlik va ekologik tadqiqotlarni kengaytirish zarur
hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
H.T.Artikova Tuproqshunoslikning zamonaviy muammolari va
konsepsiyasi.“Universitet”. – B.: 2022. 251 b.
2.
Baratov P. Tabiatni muhofaza qilish. -T.: O'qituvchi, 1991.
3.
Tilovov T. Ekologiyaning dolzarb muammolari. –Qarshi: Nasaf
4.
To'xtaev A., Xamidov A. Ekologiya, biosfera va tabiatni
muhofaza qilish. –T.: O'qituvchi, 1995.
5.
Egamberdiev R. Ekologiya. –T.: O‘zbekiston, 1993.
6.
O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit muhofazasi va
tabiiy resurslardan foydalanishining holati to‘g‘risida: Mill. Mar.
UzRTMKDK, - Toshkent, 2006.
7.
Yer resurslarini boshqarish. O‘zbekiston respublikasida yerdan
foydalanish bo‘yicha qonun hujjatlari, me’yoriy hujjatlar. Toshkent, 2012.
8.
Большаков В.В. и др. Экология. – М.: Логос, 2005.
9.
Буровский А.М. Эволюция экологического образования:
взгляд философа // Экология и жизнь. – 2006. № 2.
