“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
660
KONSTITUTSIYA – FAXRIMIZ , G‘URURIMIZ
Normo‘minov Muhiddin Ekin o‘g‘li
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili ) yo‘nalish talabasi
Ilmiy maslahatchi: f.f.f.d (PhD)
Madiyeva Madina Yusupovna
xolmurodovmuxiddin45@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida Konstitutsiyasi
umumiy
mohiyati,
ahamiyati
va
Konstitutsiyamiz
mustaqilligimizni
mustahkamlash, xalqimizning tinch-osuda, farovon hayotini ta’minlashning muhim
asosi ekanligi bundan tashqari faxrimiz ila yo‘g‘rilgan g‘ururimiz ekanligi haqida
ma’lumot olishingiz mumkin.
Kalit so‘zlar:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, davlat va jamiyat,
demokratiya” va “demokratik”, referendum, Yangi Konstitutsiya,insonparvarlik,
Qadimgi Rim va boshqalar.
THE CONSTITUTION IS OUR PRIDE
Abstract:
In this article, you can learn about the general essence and
significance of the Constitution of the Republic of Uzbekistan, and the fact that our
Constitution is an important basis for strengthening our independence, ensuring a
peaceful and prosperous life for our people, and is also our pride and joy.
Keywords:
Constitution of the Republic of Uzbekistan, state and society,
democracy” and “democratic”, referendum, New Constitution, humanism, Ancient
Rome, etc.
КОНСТИТУЦИЯ – НАША ГОРДОСТЬ
Аннотация:
В данной статье вы сможете получить информацию об
общем характере и значении Конституции Республики Узбекистан и о том, что
наша Конституция является важной основой укрепления нашей
независимости, обеспечения мирной и благополучной жизни нашего народа,
это также наша гордость.
Ключевые слова
: Конституция Республики Узбекистан, государство и
общество, демократия» и «демократический», референдум, Новая
Конституция, гуманизм, Древний Рим и др.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
661
Konstitutsiyamiz mustaqilligimizni mustahkamlash, xalqimizning tinch-osuda,
farovon hayotini ta’minlashning muhim asosidir. Uning hayotimizdagi o‘rni va
ahamiyatini keng targ‘ib etish, aholi, ayniqsa, yoshlar ongu shuurida Vatanga
sadoqat,
qonunlarimizga
hurmat
tuyg‘usini
mustahkamlash
maqsadida
o‘tkazilayotgan uchrashuv, davra suhbati, ochiq muloqot va boshqa madaniy-
ma’rifiy tadbirlar yuksak samaralar bermoqda.
Odatda ko‘p davlatlar Konstitutsiyasi nufuzli ekspertlar, deputatlar tomonidan
ishlab chiqilib, so‘ngra parlamentda qabul qilinadi. Bunday hujjatlar mutaxassis
nuqtai nazaridan yuqori baholarga sazovor bo‘lsa-da, unda xalqchillik, xalq ruhiyati
yetishmaydi.
Ayrim davlatlar hatto o‘z asosiy qonunlarining referendumda, xalq ishtirokida
qabul qilingani bilan faxrlanishadi. Albatta, bu eng oliy darajadagi qaror. Biroq bu
jarayonda xalq oldida faqat ikki savoldan biriga javob berish imkonigina bo‘ladi:
Konstitutsiya matnini tasdiqlash yoki rad etish.
O’zbekiston Konstitutsiyasining o‘ziga xosligi shundaki, u ikki marotaba xalq
muhokamasida yurtdoshlarimiz xohish-irodasi bilan boyitildi. Umumxalq
muhokamasi davomida Konstitutsiya loyihasi yuzasidan jami 6 mingdan ortiq taklif
va mulohaza bildirilgan.
Ma’lumki, davlat va jamiyat hayotida ba’zi bir narsalar bo‘ladiki, u Vatanimiz
kabi yagonadir: bayrog‘imiz, gerbimiz, madhiyamiz, shuningdek Konstitutsiyamiz
ham yagonadir. Bularning har biri o‘z timsolida ona Vatanimiz, xalqimizning ezgu-
maqsadlarini o‘zida aks ettiradi. Shu ma’noda Konstitutsiyamiz har bir fuqaro uchun
bayrog‘imiz, gerbimiz, madhiyamiz kabi muqaddasdir.
Bosh qomusimiz muqaddimasida mamlakatimiz fuqarolarining munosib hayot
kechirishlarini ta’minlashga intilish, demokratik huquqiy davlat barpo etish,
fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash maqsadida Konstitutsiya qabul
qilinganligi qayd etilgan. Ya’ni Konstitutsiyamizning asosiy mohiyati insonga
munosib hayot sharoitlari yaratish, uni baxtli qilishdan iborat.
Yana muhim hamda xalqaro ekspertlar tomonidan e’tirof etiladigan xususiyat
– bu Konstitutsiyaning “O‘zbekiston xalqi” deb boshlanishidir. Bunday jumlalarni
boshqa
biron
bir
qonunda
uchratmaymiz.
Buning
o‘zi
ham
xalq
hokimiyatchiligining yorqin dalolati.
Konstitutsiyamizning yana bir eng muhim xususiyati – bu xalq suvereniteti
e’tirof etilganligidadir. Asosiy qonunimizning 7-moddasida xalq davlat
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
662
hokimiyatining birdan bir manbai ekani muhrlangan. Asosiy qonunimizda
“demokratiya” va “demokratik” so‘zlari 7 marta, “xalq” so‘zi 24 marta qo‘llangan.
G‘arb olimlari dunyo konstitutsiyalari tahlili natijasida 70 ta asosiy mavzuning
qamrab olinishi bo‘yicha 190 davlat konstitutsiyasi va konstitutsiyaviy
ahamiyatdagi boshqa hujjatlarni o‘rganganda davlatimiz Asosiy qonuni 0,59 natijani
ko’rsatib, nisbatan ko‘proq mavzularni qamrab olgani ayon bo‘ldi. Bu jihatdan
Avstriya Konstitutsiyasi 0,57, AQSH Konstitutsiyasi 0,49, Buyuk Britaniyaning
konstitutsiyaviy ahamiyatdagi hujjatlari 0,43 natijani ko‘rsatgan.
Konstitutsiyamizda inson manfaatlari ustun qo’yilgan. Asosiy qonunimizni
sinchiklab o‘rgangan har bir shaxs bevosita guvohi bo‘ladiki, uning butun mazmun-
mohiyati insonga xizmat qilishga qaratilgan. Konstitutsiyamizning biron bir joyida
“davlatning huquqi” yoki “fuqarolar davlat hoxish-irodasini bajarishi shart”
qabilidagi qoidalar uchramaydi. Aksincha, Asosiy qonunimizda “Davlat xalq
irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va
mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar”, “Davlat fuqarolarning
Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini
ta’minlaydi” kabi davlatning majburiyatlarini uchratamiz.
Konstitutsiyamiz o‘zining insonparvarligi bilan ham ajralib turadi. Unga ko‘ra
voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalarning huquqlari
davlat himoyasidadir. Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining
vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o‘qitishni ta’minlaydi,
bolalarga bag‘ishlangan xayriya faoliyatlarni rag‘batlantiradi.
Konstitutsiyamizning yana bir muhim jihati, bu uning barqarorligidadir. Qayd
etish joizki, o‘tgan 27 yil mobaynida Konstitutsiyamizning asosiy prinsiplari, inson
va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari, jamiyat va shaxs
munosabatlari, ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishiga oid normalari o‘zgarmadi.
O‘tgan davr mobaynida unga 12 ta o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilgan bo‘lsa-da,
bularning deyarli barchasi davlat hokimiyatini tashkil etish bo‘limiga kiritilgan
tuzatishlar bo‘lib, u ham bo‘lsa mamlakatimizda konstitutsiyaviy prinsip bo‘lgan
xalq hokimiyatchiligini kuchaytirish, davlat hokimiyatini tashkil etish va faoliyat
ko‘rsatishida fuqarolarning bevosita va bilvosita ta’sirini oshirish, parlamentning
davlat ichki va tashqi siyosatidagi rolini kengaytirish, inson huquq va erkinliklarini
himoya
qilishda
konstitutsiyaviy
va odil sudlovning o‘rnini yanada
mustahkamlashga oid tuzatishlardir.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
663
Qadimgi Rim yuristlarining fikricha, qonun qisqa, lo‘nda bo‘lishi lozim.
Dunyoda eng ko‘p so‘z ishlatilgan Konstitutsiya Hindiston Asosiy qonuni bo‘lib,
mutaxassislar fikriga ko‘ra unda 146 ming 385 so‘z ishlatilgan. AQSH
Konstitutsiyasida 7 ming 762, Frantsiya Konstitutsiyasida 10 ming 180 so‘z
ishlatilgan. O‘zbekiston Konstitutsiyasida esa 7 ming 550 so‘z qo‘llanilgan.
Qayd etish joizki, dunyodagi eng rivojlangan davlatlar Konstitutsiyalari bilan
raqobatlashadigan Konstitutsiyani ishlab chiqish va qabul qilish masalaning bir
jihati. Masalaning boshqa bir muhim tomoni, qabul qilingan hujjatni hayotimizga
samarali tatbiq etishda namoyon bo‘ladi. Bu Konstitutsiyada ko‘zlagan
maqsadlarimizning eng muhim shartidir.
Qadimdan huquqshunoslikda “huquq, qonun hushyor, ogoh, g‘ayratli odamlar
uchun yoziladi, g‘aflatda qolganlar uchun emas. Kim huquqlaridan foydalanmasa,
ko‘rgan zarari uchun o‘zi aybdor” degan qarashlar mavjud.
Shunday ekan, Konstitutsiyamiz va qonunlarimizda kafolatlangan huquqlardan
har birimiz o‘z o‘rnida foydalana olsak, hamisha har yerda huquqlarimiz
ta’minlanishiga erishamiz.
Konstitutsiyamizning 32-moddasida fuqarolarimizning siyosiy huquqlari
sifatida jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali
ishtirok etish huquqlari mustahkamalanib qo‘yilgan. 23-bob, 117-moddasida
fuqarolarimizning saylash va saylanish huquqlari mustahkamlangan.
Hammamizga ma’lumki, mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon - joriy
yilning 22 dekabr kuni yangi qabul qilingan Saylov kodeksi asosida Oliy Majlis
Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatligiga
saylovlar bo‘lib o‘tadi. “Yangi O‘zbekiston, yangi saylovlar!” shiori ostida
o‘tkazilayotgan muhim siyosiy kampaniyaga juda qizg‘in hozirliklar ko‘rilmoqda.
Bu jarayonda Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish va
uning saylov tizimiga oid normalarini hayotimizda to‘la qonli aks ettirish, aholi keng
qatlamlari, ayniqsa, saylovlarda ilk marta ishtirok etadigan yoshlarning huquqiy
savodxonligi va saylov qonunchiligidan xabardorligini oshirish har bir tumanimiz
faoli oldida turgan juda ham muhim vazifadir.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Asosiy Qomusimiz jamiyatimizdagi
osoyishta
va
tinch
hayotimiz,
ijtimoiy-iqtisodiy
barqarorligimiz
va
taraqqiyotimizning kafolati sifatida beqiyos ahamiyatga ega. Buni har birimiz
yurakdan his etib, Asosiy Qomusimizni yanada chuqur va atroflicha o‘rganishimiz,
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
664
uning har bir normasidagi talablarga kundalik hayotimizda qat’iy amal qilishimiz
zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2023- yil 30- aprel.
2. Mirziyoev Shavkat – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 1
maydagi “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60
yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi farmoni.
3. Xaitov Aktam - Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi Spikeri o‘rinbosari,
O‘z.Lider fraksiyasi rahbari - “Konstitutsiya - farovon hayotimiz taraqqiyotining
asosiy poydevori” - lider.uz /uz/ ro‘znomasi maqolasi bosh sahifa . 09.12.2020 yil.
№ 1030.
4. A.Rahimov - “Konstitutsiya inson huquq va erkinliklarining kafolati” “Xalq
so‘zi” ro‘znomasidagi maqolasi. 09.12.2021 yil. 2- bet. 479 ISSN 2181-063X /
Impact Factor 4.047 (SJIF 2021) "Oriental Art and Culture" Scientific Methodical
Journal / https://oac.dsmi-qf.uz Volume 4 Issue 6 / December 2023
5. Abdikarimova Sayyora – O‘z. Oliy Majlis Senati a’zosi - “Konstitutsiya -
taraqqiyotimiz va farovonligimiz kafolati” – O‘z. Ru. En. Constitution.
Uz/uz/pages/, bosh sahifa.
6. “Konstitutsiya - farovon hayotimiz va taraqqiyotning asosiy poydevori”. -
O’z.Res. Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi - “Xalq so‘zi” ro‘znomasi, maqola,
24.11.2021 yil № 926. 2- bet.
7.
https://toshloq.uz/site/view/news/815
8. https://toshkent-vil.adliya.uz/uz/news/detail.php?ID=52559
