Authors

  • Madina Radjabova
    Xiva Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.62302

Keywords:

Yangilanayotgan O‘zbekiston besh tashabbus yoshlar barkamol avlod jamiyat taraqqiyot islohotlar.

Abstract

Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan yoshlarni bo‘sh vaqtlarini unumli tashkil qilish yuzasidan 5 ta muhim tashabbuv va uning bugungi kundagi yoshlar tarbiyasidagi amaliyotga tadbig’i yoritildi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

680




YOSHLARGA OID 5 MUHIM TASHABBUSNING AMALIYOTGA

TADBIG’I

Radjabova Madina Gaibnazarovna

Xiva Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi

texnikumi o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari

Annotatsiya.

Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat

Mirziyoev tashabbusi bilan yoshlarni bo‘sh vaqtlarini unumli tashkil qilish
yuzasidan 5 ta muhim tashabbuv va uning bugungi kundagi yoshlar tarbiyasidagi
amaliyotga tadbig’i yoritildi.

Kalit so‘zlar:

Yangilanayotgan O‘zbekiston, besh tashabbus, yoshlar,

barkamol avlod, jamiyat, taraqqiyot, islohotlar.

Аннотация.

В статье рассматриваются 5 важных принципов по

инициативе Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева по
эффективной организации молодежного досуга и его роли в воспитании
современной молодежи.

Ключевые слова:

Обновленный Узбекистан, пять инициатив, молодежь,

гармонично развитое поколение, общество, развитие, реформы.

Annotation.

The article discusses 5 important principles at the initiative of the

President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev for the effective
organization of youth leisure and its role in the education of modern youth.

Keywords:

Renewed Uzbekistan, five initiatives, youth, harmoniously

developed generation, society, development, reforms.

Bugun O‘zbekiston o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lidan borib yangi bosqichga

qadam qo‘ymoqda. Mamlakatimizda fuqarolarga o‘z iqtidorini namoyon qilish va
orzularini ro‘yobga chiqarish imkon beradigan tizim shakllandi. Har qanday
davlatning taqdiri, kelajagi yosh avlodga, uning jismoniy, ma’naviy kamolotiga
bog‘liq. Chunki jismonan baquvvat, iymon-e’tiqodli, bilimli, ma’naviyati yuksak,
vatanparvar, barkamol avlod – jamiyat taraqqiyotining asosi hisoblanadi. Shuning
uchun ham yurtimizda yoshlarning o‘z imkoniyatlarini namoyon etishlari uchun
zarur sharoitlar yaratilib, ko‘pgina ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

681




kunda mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, sog‘lom va barkamol
avlodni tarbiyalash, voyaga etmaganlar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini
keng targ‘ib qilish, yoshlarimizning dunyoqarashi va kayfiyati, ularning hayotga
munosabatini tubdan o‘zgartirish va yuksaltirish, ayniqsa ma’lum bir kasb bilan
shug‘ullanishlariga keng imkoniyatlar yaratish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar

tashkil etadi. Ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng sharoit
yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil
etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik ma’naviy barkamol bo‘lsa,
ularda turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev rahbarligida “Yoshlar

bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot
texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni
amalga oshirish to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor majlisida quyidagi 5 ta
muhim tashabbusni ilgari surgan edi:

Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning

boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat
qiladi.

Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida

qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.

Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va

internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida

kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga
yo‘naltirilgan.

Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda

tutadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Vatan oldidagi asosiy

burchlari

mamlakatimiz

Qomusi

-

O‘zbekiston

Respublikasi

Konstitutsiyasining 59, 60, 61, 62, 63, 64 - moddalarida belgilab berilgan. Ya’ni,
ular «Fuqarolar Konstitutsiya va Qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

682




huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr qimmatini hurmat qilishga majburdirlar.
Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab-
asrashga majburdirlar. O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish - O‘zbekiston
Respublikasi har bir fuqarosining burchidir, fuqarolar Qonunda belgilangan tartibda
harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar” [1, 18-19-bb.], – deyilgan.

Xalqimizning ma’naviy merosi hisoblanadigan mehnatsevarlik, mehr-

oqibatlilik, birodarlik, insonparvarlik, mardlik, halollik, iymon-e’tiqodlilik kabi
fazilatlarni, Abu Rayhon Beruniy, Najmiddin Kubro, Mahmud az-Zamaxshariy,
Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Imom al-Buxoriy, imom at-
Termiziy, Bahouddin Naqshband va shu kabi mutafakkirlarimizning ma’naviy
merosini avaylab-asrash, asrlar davomida qadriyat darajasiga ko‘tarilgai milliy
ma’naviy merosni kelajak avlodga etkazish har birimizning jamiyat oldidagi,
insoniyat oldidagi, kelajak avlod oldidagi burchimizdir.

Vatan - bu har bir kishining tug‘ilib o‘sgan muborak joyi, mahallasi, qishlog‘i,

shahri, ona yurtidir. U yashayotgan zamindir. Mana shu vatanni himoya qilish,
vatanning gullab-yashnashi uchun halol mehnat qilish, kerak bo‘lsa, vatan himoyasi
uchun jonini fido qilish O‘zbekistonda yashayotgan har bir fuqaroning burchidir.

Insonning eng katta boyligi bu - Vatandir. Shuningdek, burch – ado etilishi

majburiy bo‘lgan insoniy vazifalar va insoniylik yuzasidan bajarilishi mumkin
bo‘lgan axloqiy qoidalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Ulamolarning bayon qilishicha:
“Ota-onaning farzandiga nisbatan saksonta haqi bor ekan. Ularning qirqtasi tiriklik
vaqtida va qolgan qirqtasi o‘lgandan keyin amalga oshiriladi. Tiriklik chog‘idagi
qirqta haqning o‘ntasi tanga, o‘ntasi tilga, o‘ntasi dilga va o‘ntasi molga taalluqlidir”
[2, 30-b.].

Xiva Abu Ali ibn Sino nomidahi jamoat salomatligi texnikumida Muhtaram

Prezidentimiz tomonidan taklif qilingan barcha tashabbuslar bo‘yicha imkoniyatlar
yaratilgan. Jumladan, ikkinchi tashabbus - yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning
sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratilgan,
uchinchi tashabbus - yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan
samarali foydalanish, to‘rtinchi tashabbus - yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular
o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish va


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

683




beshinchi tashabbus – yoshlar va xotinqizlarni ish bilan ta’minlash masalalariga
alohida e’tibor qaratilgan.

Xulosa sifatida aytish joizki, mamlakatimiz kelajagi yoshlar qo‘lida ekan,

bundan buyon ham oila, ta’lim muassasi, mahallalar yoshlarning har

tomonlama

barkamol insonlar etib tarbiyalashdagi rolini yanada oshirish, talabalarning

madaniy-ma’rifiy, siyosiy-huquqiy bilimlarini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtlarini
mazmunli tashkil etish orqaligina ko‘zlangan natijaga erishish mumkin.

Adabiyotlar:

1.

http://www.uzdaily.uz/uz/post/5328

.

Президент: ёшларни тарбиялашдаги муҳим 5 та ташаббус.

2.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - Toshkent, Adolat, 2023.

3.Abdulla Avloniy. Odob bo‘stoni va ahloq gulistoni. – Toshkent; Fan, 1994.

References

Президент: ёшларни тарбиялашдаги муҳим 5 та ташаббус.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - Toshkent, Adolat, 2023.

Abdulla Avloniy. Odob bo‘stoni va ahloq gulistoni. – Toshkent; Fan, 1994.