“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
15
PIRLS XALQARO BAHOLASH DASTURI ASOSIDA BOSHLANG‘ICH
SINF O‘QUVCHILARINI O‘QISH VA MATNNI TUSHUNISH
KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK,
PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Namangan davlat pedagogika instituti
Ta‘lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
(boshlang‘ich ta‘lim) magistranti
Ahmadjonova Gulasal
Annotatsiya:
Maqolada PIRLS xalqaro baholash dasturida aqliy salohiyati
yuqori bo’lgan o’quvchilarning ishtiroki, uning ahamiyati, afzalliklari, imkoniyatlari
haqida, yurtimiz rivojiga ham muhim bir jarayon ekanligi haqida fikr yuritilgan.
Xalqaro tadqiqotlarda qatnashish uchun o’qituvchi va o’quvchilarga qo’yiladigan
talablar, metodlar, topshiriqlardan namunalar va fikr mulohazalar keltirilgan.
Qolaversa, o’quvchi bilan ish olib borganda qanday innovatsion metodlardan
foydalanish kerakligi, yakka tartibda yondoshish, ish jarayonini qat’iy reja asosida
olib borish, hamda ota -onaning bola tarbiyasidagi mas’uliyati haqida so’z
yuritilgan.
Kalit so’zlar:
Xalqaro baholash dasturi, tadqiqot,PIRLS, boshlang’ich ta’lim,
ma’naviyat.
Аннотация:
В статье обсуждается участие студентов с высоким
интеллектуальным потенциалом в международной оценочной программе
PIRLS, ее значение, преимущества, возможности, а также то, что это важный
процесс для развития нашей страны. Представлены требования к
преподавателям и студентам для участия в международных исследованиях,
методы, примеры задач и мнения. Кроме того, обсуждалось, какие
инновационные методы следует использовать при работе с учеником, как
подходить индивидуально, как вести рабочий процесс по строгому плану, а
также ответственность родителей в воспитании ребенка.
Ключевые слова:
Международная программа оценки, исследования,
PIRLS, начальное образование, духовность, педагог,pedagog.
Abstract:
In the article, the participation of students with high intellectual
potential in the PIRLS international evaluation program, its importance, advantages,
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
16
opportunities, and the fact that it is an important process for the development of our
country are discussed. Requirements for teachers and students to participate in
international studies, methods, examples of tasks and opinions are presented. In
addition, it was discussed what innovative methods should be used when working
with the student, how to approach individually, how to conduct the work process
based on a strict plan, and the responsibility of parents in raising a child.
Key words:
International assessment program, research, PIRLS, primary
education, spirituality, pedagogue,
Hozirgi davrda sodir bo‘layotgan ilmiy, innovatsion siyosiy va dunyoviy
jarayonlarda ta’lim va tarbiya tizimi ham jadal rivojlanib bormoqda. Ta’lim
jarayonidagi islohotlar o‘sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy va ma’naviy sog‘lom
o‘sishi uchun zamin yaratish bilan bir qatorda ularning eng zamonaviy intellektual
bilimlarga ega bo‘lgan, XXI asr talablariga to‘liq javob bera oladigan barkamol
avlodni voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyatlar, sharoitlar yaratib
berilmoqda. Shu boisdan xalqaro talablar asosida oʻquv dasturlarini
takomillashtirish va darsliklarning yangi avlodini yaratish, ta’lim mazmunini
tubdanisloh
qilish
maqsadida
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasida davlat va jamiyat
ahamiyatiga molik dolzarb masalalar qatorida ta’lim sifatini oshirishga, “2021–
yildagi xalqaro baholash jarayonlariga munosib tayyorgarlik ko‘rish” masalasiga
alohida e’tibor qaratildi.
Xalq ta’limi tizimida oʻquvchilarning bilimini baholash hamda ta’lim sifatini
oshirish uchun xalqaro baholash dasturlari (PISA, PIRLS, TIMSS, EGMA va
EGRA)da Oʻzbekistonning doimiy ishtirokini ta’minlash rejalashtirilgan. Bu
imkoniyatlar nafaqat sog‘lom, yetuk va aqliy salohiyati yuqori bo‘lgan kelajak
avlodni tarbiyalabgina qolmay, balki Yurtimiz ravnaqiga, siyosiy, iqtisodiy va
ma’naviy o‘sishiga zamin yaratiladi. Ta’lim sohasidagi rejalashtirilgan tadqiqotni
samarali amalga oshirishda eng katta mas’uliyat boshlang‘ich sinf o‘qituvchi
zimmasidadir. Hech kimga sir emaski, boshlang’ich sinf matematika darslarida
geometrik bilimlarga yuzaki qaraladi. Shu sababdan o’quvchi 4 – sinfga kelib,
darslikda berilgan geometrik mazmundagi topshiriqlar ular uchun murakkab holatda
bo’ladi. DTSda har bir sinflar kesimida o’quvchilarning egallashi lozim bo’lgan
talablar belgilab berilgan bo’lsada, amaliyotda bu ko’rsatkich qoniqarli darajada
emas.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
17
Respublikamizda amalga oshirilayotgan bu kabi islohotlarning natijasi ulkan
iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlariga erishishga olib keladi va bu holat malakali kadrlar
va yetuk mutaxassilarga bo’lgan ehtiyojning yanada oshib borishiga turtki
bo’layotganini guvohi bo’lyapmiz.
Ta’kidlash lozimki, o’quvchilarning bilim va malakasini umumiy ravishda
tahlil qilish mamlakatdagi ta’lim sifati darajasini belgilaydi. Shu maqsadda o’quv
yili davomida har bir ta’lim muassasasida ichki va tashqi monitoring o’tkazib
boriladi. Uning natijasiga ko’ra, eng namunali maktablar ketma-ketligi,
o’qituvchilar salohiyati va o’quvchilarning o’zlashtirish darajasi aniqlanadi. Bu
jarayon ta’lim taraqqiyotini belgilovchi muhim mezon bo’lgani uchun Maktabgacha
va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan umumiy o’rta ta’lim maktabi
o’quvchilari bilimini baholash bo’yicha xalqaro dasturlarni amaliyotga joriy etish
maqsadida ilk qadamlar tashlandi. Ya’ni, o’quvchilar bilimini xalqaro talablarga
yetkazish, unga mosligini o’rganib borish maqsadida xalqaro baholash dasturlarini
keng qo’llash rejalashtirilmoqda. Bunday talabning qondirilishi, o’z navbatida,
o’quvchilar o’rtasida kitobxonlik va darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va
o’qituvchilarning har tomonlama ta’lim tarbiyaga e’tiborini kuchaytirishning
zamonaviy ijtimoiy innovatsiyalar orqali amalga oshirish ehtiyojini vujudga
keltirmoqda.
Xususan, dunyoda ta’lim sifati, saviyasi va darajasini aniqlab beruvchi PISA
(O’quvchilarni ta’limdagi yutuqlarini baholash xalqaro dasturi), TIMSS (Maktabda
matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring), PIRLS
(matnni o’qish va tushunish sifatini aniqlash xalqaro tadqiqoti), ISSS (fuqarolik
ta’limi sifatini aniqlash xalqaro tadqiqoti), TALIS (o’qituvchilar korpusi sifatini
xalqaro taqqoslash tadqiqoti), ICILS (kompyuter va information savodxonlikni
aniqlash xalqaro tadqiqoti) mavjud bo’lib, ular rivojlangan davlatlardagi ta’lim
sifatini yanada oshirishdagi mezon sifatida qo’llanilib kelinmoqda. PIRLS (Progress
in International Reading and Literacy Study) tadqiqotida 50 dan ortiq davlatlar
ishtrok etib kelmoqda.
Mazkur xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta’lim tizimidan iborat bo’lgan
davlatlardagi boshlang’ich maktab o’quvchilarining matnni o’qish va qabul qilish
bo’yicha tayyorgarligi hamda o’quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab
bo’luvchi ta’lim tizimidagi o’ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat.
Mazkur tadqiqot o’quv yutuqlarini baholash xalqaro Assosatsiyasi tomonidan
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
18
tashkil etilgan. Tadqiqotda ishtirok etadigan maktablar ikkita parallel sinfi bo’lgan
umumiy maktablar orasidan maxsus metodologiya asosida kompyuter yordamida
tasodifiy tanlanadi. PIRLS tadqiqoti jarayonida ikki turdagi o’qish baholanadi:
adabiy o’qish tajribasini egallashga qaratilgan o’qish;
ma’lumotlarni o’zlashtirish va ulardan foydalanish maqsadiga qaratilgan
o’qish. Tadqiqotning konseptual g’oyalariga asosan badiiy va ilmiy-ommabop
matnlarni o’qish darajasini baholashda 4 turdagi o’qish ko’nikmalari baholanadi:
- yaqqol ko’rinishda berilgan ma’lumotlarni toppish;
- o’qilgan matn asosida xulosalarni shakllantirish;
- axborotlarni umumlashtirish va interpretatsiya qilish;
- matnning strukturasi, tilga xos xususiyatlarni mazmunini baholash va taxlil
qilish.
PIRLS doirasida bajarilgan ishlarni miqdor va sifat ko’rsatkichlari asosida
baholash maqsadida quyidagi baholash tizimidan foydalaniladi:
- javobini tanlashga oid topshiriqlar 1 ball bilan;
- voqea xodisalarning ketma-ketligiga oid topshiriqlar va qarorlar 1 ball bilan;
- javobi yoziladigan ochiq turdagi konstruktive xarakterdagi topshiriqlar
qiyinchilik darajasiga ko’ra 1 balldan 3 ballgacha baholanadi . Albatta bunday
tadqiqot xalq ta’limi sohasidagi ishchilar, olimlar, metodistlar, o’qituvchilar,
otaonalar va jamoat vakillari uchun katta ahamiyatga egadir.
PIRLS o'qish ta'limi takomillashuv jarayonida dalillarga asoslangan qarorlar
qabul qilish imkoniyatini beradi. Davlatlar PIRLS dan quyidagi maqsadlarda
foydalanadilar:
• ta'lim tizimi darajasidagi yutuqlarning tendensiyalarini global miqyosda
kuzatib borish;
• qayta ko'rib chiqilgan yoki yangi ta'lim siyosatining ta'sirini kuzatib borish;
• jarayonning kuchsiz nuqtalarini belgilash va o'quv islohotini amalga
oshirish;
• PIRLS ma'lumotlarini tadqiq va tahlil qilish orqali o'qitish va o'qishni
takomillashtirish;
• adolatlilikni kuzatish yoki qo'shimcha sinflarda o'quvchilarni usgbu
yo’nalisgdagi bilmlarini baholash kabi tegishli ishlarni olib borish;
• o'qishni va o'qitishni o'rganish.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
19
PIRLS loyihasi Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA —
International Association for the Evaluation of Educational Achiyevement)
tomonidan yaratilgan. Xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish uchun Chestnut Hill
(Massachusets, AQSh) Boston kolleji mas'ul hisoblanadi. Xalqaro tadqiqot uchun
topshiriqlarni tayyorlash Gamburgdagi (Germaniya) ma'lumotlar markazida amalga
oshiriladi. Ozbekistonda ushbu tadqiqot Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan
hamkorlikda amalga oshiriladi. O'quvchi sinov jarayonning faol qatnashuvchisi
bo'ladi, matn ustida mushohada yuritishadi va samarali o'qish strategiyalarini ongli
ravishda tanlab qo'llashadi. Har bir matn turi odatiy shakl va qoidalarga amal qilgan
holda o'quvchiga matnni sharhlashga yordam beradi. Har qanday matn turli shaklga
ega bo'lishi mumkin. Bular an'anaviy kitoblar, jurnallar, hujjatlar va gazetalar,
shuningdek, raqamli ko'rinishdagi yozma shakllarni ham o'z ichiga oladi.
PIRLS tadqiqotida o'quvchilarning dars vaqtida va maktabdan tashqari
vaqtlarida o'qishini ikki turi baholanadi:
1. O'quvchining adabiy tajribasini baholash maqsadida o'qish;
2. Ma'lumotni o'zlashtirish va undan foydalanish maqsadida o'qish. Tadqiqot
qoidalariga muvofiq, badiiy va informatsion matnlarni o'qiyotganda o'qish
qobiliyatining to'rtta guruhi baholanadi:
• aniq ko'rsatilgan ma'lumotlarni topish;
• xulosalarni shakllantirish;
• ma'lumotlarni talqin va sintez qilish;
• mazmuni, til xususiyatlari va matn tuzilishini tahlil qilish va baholash
Hozirgi vaqtda PIRLS ta'rifiga ko'ra, o'qish savodxonligi jamiyat tomonidan
talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish
va ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda ma'no hosil qila
olish qobiliyati hamdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limini boshqarish
tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-
538-son Farmoni.2018-yil 5-sentabr.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
20
2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi.“Xalq ta`limi tizimida
ta`lim sifatini baholash sohasidagi tadqiqotlarni tashkil etish chora- tadbirlari
to`g`risida”qaror. 2018-yil, 8-dekabr.
3. Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish
milliy markazi. Xalqaro tadqiqotlarda boshlang‘ich sinf o`quvchilarining o`qish
savodxonligini baholash. Boshlang`ich sinf o`qituvchilari, metodistlar va soha
mutaxassislari uchun metodik qo‘llanma. ‘Sharq’ nashriyot-matbaa Aksiyadorlik
kompaniyasi. Toshkent – 2019
4. A.A.Ismailov va boshqalar .Xalqaro tadqiqotlarda o`quvchilarning
matematik savodxonligini baholash (metodik qo`llanma). Ta’lim inspeksiyasi
huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo`yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish
milliy markazi. – Toshkent, 2019- yil. “Sharq”-mail: info@ xtv.uzedu.uz
5.“Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish – inson kapitalini rivojlantirish
omilidir” mavzusidagi xalqaro vebinar. Sidorova Galina Aleksandrovna, Rossiya
ta‟lim akademiyasining ta’limni rivojlantirish strategiyasi instituti, ta’lim sifatini
baholash markazining katta ilmiy xodimi, pedogogika fanlari nomzodi. e-mail:
centeroko@mail.ru Veb-sayt www.centeroko.ru
6. “PIRLS 2021 xalqaro solishtirma tadqiqoti doirasida o’qish savodxonligini
shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlari” nomli taqdimot. Kuznetsova Marina
Ivanovna, Rossiya ta’lim akademiyasi Ta’limni rivojlantirish strategiyalari instituti
Boshlang’ich ta’lim markazi yetakchi ilmiy xodimi. e-mail: centeroko@mail.ru
Veb-sayt www.centeroko.ru
7. Xalqaro tadqiqotlarda boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’qish
savodxonligini baholash (Boshlang’ich sinf o’qituvchilari, metodistlar va soha
mutaxassislari uchun metodik qo’llanma). Ta’lim inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim
sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi.
Toshkent, 2019-yil. 92 b.
