Authors

  • M.P Yuldashova
    Farg’ona davlat universiteti. b.f.f.d (PhD), dotsent
  • D.S. Abdug’aniyeva
    Farg’ona davlat universiteti. 2-bosqich magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.65384

Keywords:

algoflora taksonomika tur va tur xillari suv havzalari sholipoyalar tabiiy muhit suvo`tlar.

Abstract

Ushbu maqolada, Farg'ona viloyati Bag‘dod  tumani hududidagi sholipoyalar algoflorasi o'rganildi. Unga ko’ra, tadqiqot uchun belgilab olingan hududlardagi sholipoyalarda suvo‘tlarining 102 ta tur va tur xillari (79 ta tur, 13 ta variatsiya va 10 ta forma) ning uchrashi aniqlandi. Suvo‘tlari orasida tur va tur xillarining soni jihatidan Bacillariophyta (49), Cyanophyta (39), Chlorophyta 11) va Euglanophyta (1), Xanthopyta (1), Chrysophyta (1) bo‘limlariga mansub turlar uchradi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

120




SHOLIPOYALAR

ALGOFLORASINING TAKSONOMIK TAHLILI.

(Farg’ona viloyati Bag‘dod tumani hududi misolida)

Farg’ona davlat universiteti.

b.f.f.d (PhD), dotsent.

M.P.Yuldashova

,

Farg’ona davlat universiteti.

2-bosqich magistranti.

D.S.Abdug’aniyeva

Annotatsiya:

Ushbu maqolada, Farg'ona viloyati Bag‘dod tumani hududidagi

sholipoyalar algoflorasi o'rganildi. Unga ko’ra, tadqiqot uchun belgilab olingan
hududlardagi sholipoyalarda suvo‘tlarining 102 ta tur va tur xillari (79 ta tur, 13 ta
variatsiya va 10 ta forma) ning uchrashi aniqlandi. Suvo‘tlari orasida tur va tur
xillarining soni jihatidan Bacillariophyta (49), Cyanophyta (39), Chlorophyta 11) va
Euglanophyta (1), Xanthopyta (1), Chrysophyta (1) bo‘limlariga mansub turlar
uchradi.

Tayanch iboralar:

algoflora, taksonomika, tur va tur xillari, suv havzalari,

sholipoyalar, tabiiy muhit, suvo`tlar.

Abstract

: In this article, the algal flora of rice paddies in the Bagdad district of

the Fergana region was studied. According to it, 102 species and subspecies of algae
(79 species, 13 variations and 10 forms) were found in rice paddies in the areas
designated for the study. Among the algae, species belonging to the following
divisions were found in terms of the number of species and subspecies:
Bacillariophyta (49), Cyanophyta (39), Chlorophyta (11) and Euglanophyta (1),
Xanthopyta (1), Chrysophyta (1).

Key words:

algal flora, taxonomy, species and subspecies, water bodies, rice

paddies, natural environment, algae.

Kirish:

Hozirgi vaqtda sholini oziqlantirishda katta miqdorda mineral o‘g‘itlar,

begona o‘tlarga qarshi zaharli gerbitsidlar ishlatilmoqda. Bu esa sholi
yetishtiriladigan hududlarning tabiatiga, ekologiyasiga va mahsulot sifatiga keskin
salbiy ta’sir qiladi. Shuning uchun ham sholi hosilini kimyoviy o‘g‘itlarsiz
yetishtirish yoki biologik o‘g‘itlarni qo‘llab, ekologik toza sholi mahsulotlari
yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish, tuproq unumdorligini oshirish va
strukturasini

yaxshilash

hozirgi

kunning

dolzarb

muammolaridan

biri

hisoblanadi.Bu o‘rinda, suv havzalari orasida alohida ahamiyatga ega bo‘lgan


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

121




sholichilikda suvo’tlar turlarga boyligi bilan muhim hisoblanadi. Shunga ko‘ra,
sholichilik algoflorasining tur tarkibini aniqlash, sholichilik algoflorasini
farqlanishini ilmiy asoslash muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

Material va metodlar.

2022-2024 yilgi izlanishlar davomida Bog‘dod

tumanida o‘rganilayotgan xududlar sholipoya suv maydonlaridan suv kirish, suv
chiqish va o‘rta qismlarga bo‘lindi va joylardan 30 dan ortiq algologik namunalar
yig‘ildi. Algologik namunalarni yig‘ish davrida suv va havo harorati,
sholipoyalarning kengligi, suvning rangi va tiniqligi, shuningdek, ifloslantiruvchi
manbalar, suvda erigan kislorodning miqdori va suv muhiti (rN) ham hisobga olindi.

Bentos va perifiton suvo‘tlarining namunalarini yig‘ishda skalpel, lineyka va

suv batometridan foydalanildi.

Sholipoyalarning qirg‘oqlariga yopishib o‘sganlarini, suv yuzasida tuproqqa

yopishib, o‘sib turgan ipsimon, yashil, ko‘k-yashil, jigarrang plyonka hosil qilgan
suvo‘tlarini bevosita qo‘l bilan, 1 – 10 sm2 maydondagi joydan skalpel, pichoqlarda
qirqib va qirib oldik. Ularning uzunligini shu joyda lineyka yordamida o‘lchadik.
Namunalarni shisha idishlarga solib, sholichilik suvidan quyib, ustiga 3 – 4 tomchi
4% li formalin eritmasidan tomizib, fiksatsiya (konservatsiya) qildik.
Namunalarning bir qismini fiksatsiya qilmay tirik holda laboratoriyaga olib keldik.
Laboratoriya sharoitida olib kelingan algologik namunalardan preparatlar tayyorlab,
mikroskop ostida suvo‘tlarining turlar tarkibini aniqladik[4;5]. Namunalardan
preparat tayyorlash uchun dastlab Cyanophyta, Chrysophyta, Xanthophyta,
Euglenophyta, Chlorophyta suvo‘tlari, so‘ngra namunalarni turli aralashmalarda
tozalab, Bacillariophyta suvo‘tlarini aniqladik. Bacillariophyta suvo‘tlaridan doimiy
preparatlar asosan qizdirish – kuydirish metodi asosida tayorlandi [1;2;4].
Formalindan yuvilgan material buyum oynasiga yupqa qilib surtilib, 23 soatga elektr
plitkaga qo‘yiladi va doimiy preparatlar V.S.Sheshukova usulida tayyorlanadi.
Namunalarni uzoqroq mudatda saqlash uchun buyum oynachasining atrofiga
glitserin surtib qo‘ydik[4;5].

Algofloradagi turlar tarkibini,ularning taksonomik o’rnini aniqlashda suvo’tlari

aniqlagichlari yordamida aniqlanildi[4;5].

Tadqiqot natijalari.

Bag’dod tumani hududidagi sholipoyalar algoflorasi turlar

tarkibining taksonomik tahlili kanal algoflorasi birmuncha o‘ziga xos tarkibga
egaligini ko‘rsatdi. Suvo‘tlarining 6 ta bo‘lim, 12 ta sinf, 15 tartib, 31 ta oila, 47 ta
turkumga xos 102 ta tur va tur xillari (63 - tur, 31 - variatsiya, 8 - forma) aniqlandi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

122




Ulardan Cyanophyta - 39, Chrysophyta - 1, Bacillariophyta - 49, Xanthophyta - 1,
Euglenophyta - 1, Chlorophyta - 11 ta tur va tur xillarini tashkil etdi.

Bag’dod tumani hududida tadqiqot jarayonlarida aniqlangan

algofloraning taksonomik tahlili

Bo‘lim

Sinf

tartib

Oila

Turkum

Tur

1

Cyanophyta

4

5

10

15

39

2

Chrysophyta

1

1

1

1

1

3

Bacillariophyta

2

3

13

21

49

4

Euglenophyta

1

1

1

1

1

5

Xanthophyta

1

1

1

1

1

6

Chlorophyta

3

4

5

8

11

Jami:

12

15

31

47

102


Bag’dod tumani hududidagi sholipoyalar suvo‘tlarining taksonomik tuzilishiga
ko‘ra, suvo‘tlarining bo‘limlari ichida Bacillariophyta - 49 ta suvo‘tlari yetakchilik
qiladi va umumiy tur va tur xillari (40 – tur, 8 – variatsiya, 1 - forma) sonining
48,04 % ini tashkil etadi.

Hududlarda aniqlangan algofloraning bioxilma-xilligi

Bo‘lim

Tur

var

for

Jami tur

va tur

xillari

Uchrash

darajasi%

1

Cyanophyta

28

2

9

39

38,24%

2

Chrysophyta

1

-

-

1

0,98%

3

Bacillariophyta

40

8

1

49

48,04 %

4

Euglenophyta

-

1

-

1

0,98%


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

123




5

Xanthophyta

1

-

-

1

0,98%

6

Chlorophyta

9

2

-

11

10,78%

Jami:

79

13

10

102

100 %

Adabiyotlar ro’yxati

1. Эргашев А.Э. Определитель протокковых водорослей Средней Азии. Кн. I,
II. (Тетраспоровые Tetrosporales и Хлорококковые – Chlorococcales). –
Ташкент: Фан, 1979 а, б. – 344 с; 384 с.
2. Музафаров A.M. Флора водорослей водоемов Средней Азии. -Ташкент: Изд-
во Наука. 1965. - 580 с.
3. Музафаров A.M., Эргашев А.Э., Халилов С. Определитель синезеленых
водорослей Средней Азии. Кн. 11. -Ташкент: Фан, 1988 а. - С. 406-815.
4. Мошкова Н.О. Определитель пресноводных водорослей Украинской ССР.
Вып.6. Улотриксовые и кладофоровые водоросли. – Киев: Наукова думка,
1979. – 500 с.
5. Определитель пресноводных водорослей СССР. Вып. I. 1951; II. 1953; III.
1954; IV. 1951; VI. 1954; VII. 1955; VIII. 1959; X.(1) 1986; XI. 1982; XII.
6. Юлдашова М., Мўйсинова Х., Каримжонова Г., & Абдуғаниева Д. (2023).
Фарғона вилояти водил қишлоғида жойлашган кўл альгофлорасининг
таксономик таҳлили. Educational Research in Universal Sciences, 2(16
SPECIAL), 549–552. Retrieved from

http://erus.uz/index.php/er/article/view/5035

References

Эргашев А.Э. Определитель протокковых водорослей Средней Азии. Кн. I, II. (Тетраспоровые Tetrosporales и Хлорококковые – Chlorococcales). – Ташкент: Фан, 1979 а, б. – 344 с; 384 с.

Музафаров A.M. Флора водорослей водоемов Средней Азии. -Ташкент: Изд-во Наука. 1965. - 580 с.

Музафаров A.M., Эргашев А.Э., Халилов С. Определитель синезеленых водорослей Средней Азии. Кн. 11. -Ташкент: Фан, 1988 а. - С. 406-815.

Мошкова Н.О. Определитель пресноводных водорослей Украинской ССР. Вып.6. Улотриксовые и кладофоровые водоросли. – Киев: Наукова думка, 1979. – 500 с.

Определитель пресноводных водорослей СССР. Вып. I. 1951; II. 1953; III. 1954; IV. 1951; VI. 1954; VII. 1955; VIII. 1959; X.(1) 1986; XI. 1982; XII.

Юлдашова М., Мўйсинова Х., Каримжонова Г., & Абдуғаниева Д. (2023). Фарғона вилояти водил қишлоғида жойлашган кўл альгофлорасининг таксономик таҳлили. Educational Research in Universal Sciences, 2(16 SPECIAL), 549–552. Retrieved from http://erus.uz/index.php/er/article/view/5035