Authors

  • Muxlisa Abduraimova
    Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Filologiya vatillarni o‘qitish: ingliz tili 3.23-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.65389

Keywords:

axloqiytarbiya zamonaviy axloqiy tarbiyaning yutuqlari va kamchiliklari shaxsiy erkinlik axloqiy chegaralar

Abstract

Axloqiy tarbiyaning ijtimoiy hayotdagi roli, uning yutuqlari va yuzaga kelayotgan muammolar ko'rib chiqiladi. Mazkur mavzu inson huquqlari, gender tengligi, ekologik mas'uliyat va global fikrlash kabi zamonaviy yutuqlarni yoritadi. Shu bilan birga, an'anaviy qadriyatlarning susayishi, individualizmning kuchayishi va texnologiyalarning axloqqa salbiy ta'siri kabi kamchiliklar tahlil qilinadi. Misollar va real hayotiy dalillar asosida zamonaviy axloqiy tarbiyaning ijobiy va salbiy jihatlari muhokama qilinib, an'anaviy va zamonaviy yondashuvlarni uyg'unlashtirish zarurligi ta'kidlanadi. Mavzu hozirgi jamiyatda axloqiy me'yorlarning ahamiyatini oshirish uchun dolzarb ahamiyatga ega.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

151




“Zamonaviy axloqiy tarbiyaning yutuqlari va kamchiliklari”

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Filologiya vatillarni o‘qitish:

ingliz tili

3.23-guruh talabasi Abduraimova Muxlisa


ANNOTATSIYA

: Axloqiy tarbiyaning ijtimoiy hayotdagi roli, uning

yutuqlari va yuzaga kelayotgan muammolar ko'rib chiqiladi. Mazkur mavzu inson
huquqlari, gender tengligi, ekologik mas'uliyat va global fikrlash kabi zamonaviy
yutuqlarni yoritadi. Shu bilan birga, an'anaviy qadriyatlarning susayishi,
individualizmning kuchayishi va texnologiyalarning axloqqa salbiy ta'siri kabi
kamchiliklar tahlil qilinadi. Misollar va real hayotiy dalillar asosida zamonaviy
axloqiy tarbiyaning ijobiy va salbiy jihatlari muhokama qilinib, an'anaviy va
zamonaviy yondashuvlarni uyg'unlashtirish zarurligi ta'kidlanadi. Mavzu hozirgi
jamiyatda axloqiy me'yorlarning ahamiyatini oshirish uchun dolzarb ahamiyatga
ega.

Kalit so'zlar

: axloqiytarbiya, zamonaviy axloqiy tarbiyaning yutuqlari va

kamchiliklari, shaxsiy erkinlik, axloqiy chegaralar.

KIRISH

Insonning axloqiy hayoti uning axloqiy tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liq.

Zero, axloqiy tarbiya insonning shaxs bo‘lib yetishuvini ta’minlaydigan uzluksiz
jarayonlardan biri. Bu jarayonda individ axloqiy qadriyatlarni anglaydi, o‘zida
axloqiy fazilatlarni shakllantiradi va axloqiy tamoyillar hamda me’yorlar asosida
yashashga o‘rganadi.

Axloqiy tarbiya insoniyat tarixi davomida ikki muhim masalaga javob izlaydi:
1. Qanday yashamoq kerak?
2. Nima qilmoq va nima qilmaslik lozim?
Ana shu savollarga javob izlash jarayoni axloqiy tarbiyaning amaliy

ko‘rinishidir. Tarbiya ona qornidan boshlanadi, degan gap bor. Uning asl ma’nosi
shundaki, avvalo ota-ona o‘zi axloqiy tarbiya ko‘rgan bo‘lishi kerak. Zero, qush ini
ko‘rganini qiladi. Ota-ona oilada yuqori axloqiy namuna ko‘rsatishi lozim.

Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, axloqiylik insonda faqat axloqiy tarbiya

vositasida vujudga keladi, degan moddiyatchilik qarashlar ko‘p yillar davomida
hukmronlik qilib keldi. To‘g‘ri, axloqiy tarbiyaning ahamiyati hayotda katta. Lekin


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

152




axloqiylik insonga uning insoniylik belgilaridan eng muhimi sifatida ato etilgan
ilohiy ne’matdir.

Axloqiy tarbiya barcha zamonlar uchun dolzarb bo‘lib, bu – ma’naviylik

tamoyili. Oilada, avvalo, yuqorida aytilganidek, ota-ona bolaga axloqiy namuna
bo‘lishi kerak. Maktab va oliy o‘quv yurtlarida esa muallimlar o‘zining ta’lim berish
usullari va hattoki mayda-chuyda xatti-harakatlarigacha shogirdlari tomonidan
shaxsiy namuna sifatida qabul qilinishini nazardan qochirmasligi lozim.

Islom dinida axloqiy tarbiyaga katta ahamiyat berilgan bo‘lib, Qur’on va

hadislar orqali axloqiy qadriyatlar keng yoritib berilgan.

Qur’ondagi axloqiy tarbiya
1. Yaxshi xulqning fazilati: Qur’onda insonlarga yaxshi xulq-atvor, sabr,

kechirimlilik va mehribonlik kabi fazilatlar targ‘ib qilinadi:

“Albatta, Alloh odil bo‘lishni, ezgulik qilishni va qarindoshga yaxshilik

qilishni amr qiladi...”

(Nahl surasi, 90-oyat).
2. Kibr va manmanlikdan chetda bo‘lish: Qur’on insonlarni kibrdan uzoq

bo‘lishga chaqiradi:

“Yer yuzida kibr bilan yurma! Chunki sen yerning yorig‘ini tesha olmaysan va

tog‘lardan baland bo‘lolmaysan.”

(Isro surasi, 37-oyat).
Axloqiy tarbiya bo‘yicha asosiy tavsiyalar
1. Halollik va rostgo‘ylik: Rost so‘zlash va halol hayot kechirish axloqning

asosi hisoblanadi.

2. Oila va jamiyatda hurmat: Oila a’zolariga, qo‘shnilarga va atrofdagilarga

nisbatan hurmat va mehribonlik ko‘rsatish tavsiya qilinadi.

3. Nafsi ustidan g‘alaba qozonish: Nafsni yomon xatti-harakatlardan tiyib,

yaxshi fazilatlarni rivojlantirish muhimdir.

Islomda axloqiy tarbiya har bir insonning jamoat va jamiyatda baxtli hayot

kechirishiga hissa qo‘shadi. Shu sababli, Qur’on va sunnatga amal qilish
musulmonlar uchun ustuvor axloqiy yo‘nalishdir.

Zamonaviy axloqiy tarbiyaning yutuqlari
1. Shaxsiy erkinlik va hurmat: Insonlarning diniy e’tiqodi, kiyinish uslubi va

turmush tarziga hurmat oshmoqda. Masalan, ish joylarida xodimlarning millati yoki
e’tiqodidan qat’i nazar, teng huquqlar kafolatlanmoqda.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

153





2. Gender va ijtimoiy tenglik: Ayollarning rahbarlik lavozimlarida faoliyat

yuritishi odatiy holga aylanmoqda.


3. Texnologiyalardan foydalanish: Ijtimoiy tarmoqlarda ekologiyani muhofaza

qilish yoki hayotiy mas’uliyatni oshirish bo‘yicha kampaniyalar keng tarqalgan.


4. Ekologik mas’uliyat: Plastik mahsulotlardan voz kechish, qayta ishlanadigan

resurslardan foydalanishni targ‘ib qilish orqali ko‘plab odamlar ekologik axloqni o‘z
hayotiga tatbiq etmoqda.


5. Global xabardorlik: Ijtimoiy adolat, irqiy tenglik yoki qashshoqlikka qarshi

kurash bo‘yicha global kampaniyalar odamlarni birlashtiradi.

Zamonaviy axloqiy tarbiyaning kamchiliklari
1. An’anaviy qadriyatlarning yo‘qolishi: Ba’zi yoshlar oilaviy an’analarga va

qadriyatlarga e’tibor bermayapti. Masalan, avval ota-onalarga hurmat yuqori
darajada bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda ba’zi joylarda bu zaiflashmoqda.

Foydalanilganadabiyotlar

:

1.Tojiboyev N. "Zamonaviy jamiyatda axloq va ma'naviyat "Nashriyot

:Ma'rifat jurnali,2019

2.Sobirov A. "Axloqiy tarbiya: nazariya va amaliyot "Nashriyot: Toshkent,

Ma'naviyat, 2020.

3.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.T.O'zbekiston.1992
4.Karimov.I.A. Barkam avlod O'zbekiston taraqqiyotining poydeviri. T.,Sharq

Nashriyot -matbaa konserni.1998


References

Tojiboyev N. "Zamonaviy jamiyatda axloq va ma'naviyat "Nashriyot :Ma'rifat jurnali,2019

Sobirov A. "Axloqiy tarbiya: nazariya va amaliyot "Nashriyot: Toshkent, Ma'naviyat, 2020.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.T.O'zbekiston.1992

Karimov.I.A. Barkam avlod O'zbekiston taraqqiyotining poydeviri. T.,Sharq Nashriyot -matbaa konserni.1998