“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
134
OVQATLANISH VA IMMUNITET
Ibraximova H.R., Mo’minov I.X., Niyazmetov T.O.
Annotatsiya
Maqolada toʻgʻri ovqatlanishning goʻdak sogʻlom oʻsishi
va rivojlanishidagi oʻrni va ona sutining tarkibiy tuzilishi va uning xususiyatlari
haqida ma'lumotlar keltirilgan.Shuningdek bolalar immun tizimining shakllanishida
sut tarkibidagi oligasaxaridlaring oʻrni ytib oʻtilgan.
Kalit so'zlar
: ona suti, bolalar, ovqatlanish, ozuqa, oshqozon-ichak,
gormonlar.
Goʻdakni sogʻlom oʻsishi va rivojlanishidagi muxim omillardan biri bu uni
sifat va miqdor jihatdan toʻlaqonli ovqatlantirishdir. Sifat va miqdor jihatdan toʻgʻri
ovqatlantirish gudakning gormonik oʻsishi va rivojlanishi, tashqi muhitning oʻzgarib
boruvchi faktorlariga moslashuvi, hamda yuqori immunologik rezistentligining
asosiy garovi. Shuni yodda tutish lozimki, bir yoshgacha boʻlgan bolalar
ovqatlanishning buzilishiga juda sezgir boʻladilar. Bu shu bilan bogʻliqki, bir
yoshgacha boʻlgan davrda organizm a'zolarida intensiv ravishda yangi xujayralar
paydo boʻlish jarayoni kechadi. Bu jarayonda etarlicha xujayralar paydo boʻlishi oʻz
vaqtida ta'minlanmasa, keyinchalik ular oʻrnini toʻldirib boʻlmaydi. Bunga ayniqsa,
markaziy asab sistemasini juda sezgirligi aniqlangan. Chunonchi, etilib tugʻilgan
chaqaloqda bosh miya xujayralarining 2/3 qismi shakllangan boʻlib, qolganlari 1-
oylar davomida shakllanadi. Mana shu 1-oylar davomida ochlik oʻtkazgan bolalarda
ruxiy rivojlanishning orqada qolishi kuzatiladi. Demak, erta yoshlik bolalarda
ovqatlantirishni toʻgʻri tashkil qilish juda ham zaruriy profilaktik ahamiyatga ega.
Ilk yoshdagi bolalar organizmi uchun fiziologik, morfologik, biokimyoviy
xususiyatlariga toʻla mos keladigan ozuqa bu ona sutidir. Bolani ona suti bilan
ovqatlantirishga tabiiy ovqatlantirish deyiladi.
Ona suti bola uchun muhim ozuqa omilidir. Koʻkrak suti tarkibidagi
komponentlar miqdori va ularning oʻzaro nisbati shunday tizimdaki, bu tizim
instensiv oʻsib, rivojlanib borayotgan bolaning talabini toʻla qondira oladi. Tabiiy
ovqatlantirishda boʻlgan bolaning gormonik rivojlanishi, hamda uning organizmi
immun tanachalarining etarlicha miqdorda ishlab chiqarishga qodir boʻlmagan
dastlabki oylarda, goʻdakni yuqumli kasalliklardan asrashda asosiy oʻrin egallaydi.
Faqat ona suti bilan boqilayotgan koʻkrak yoshidagi bolalarning sun'iy aralash
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
135
ovqatlantirilayotgan bolalarga nisbatan 2,5 marta kamroq kasallanishi, oshqozon-
ichak tizimi kasalliklari bilan esa 25 barobar kam kasallanishi bunga aniq dalildir.
Bundan tashqari ona bilan bolaning doimiy jismoniy kontakti yangi tugʻilgan
chaqalokda doimiy iliqlik tuygʻusini, onada esa mehrini uygʻonishiga bu esa
kelgusida bolani sosial muxitga, onani esa xomiladorlik davrida xomila tugʻilgandan
keyingi davrga moslashishini engillashtiradi. Chaqaloq tugʻilgandan keyin dastlabki
3-4 kun ichida ona koʻkragidan ogʻiz sutini, 6-7 kundan boshlab esa etuk ona sutini
oladi. Ogʻiz suti etuk ona sutiga nisbatan quyuqrok och-sariq rangdagi suyuqlikdir.
Etuk ona sutiga nisbatan ogʻiz suti oʻz tarkibida yangi tugʻilgan chaqalok qon
plazmasi tarkibidagi oqsilga yaqin koʻp miqdordagi oqsilni tutadi. Ogʻiz suti
tarkibida oqsilning albumin, globulin fraksiyalari kazein fraksiyalaridan koʻkrak
sutidagi yogʻning tarkibiy qismi bola tanasidagi yogʻ toʻqimasi tarkibiga mos. Ona
suti tarkibida 34-37% toʻyingan yogʻ kislotalari xususan palmitin (17-25% 31-43%
olein va palmitaolein, 12-26% toʻyinmagan yogʻ kislotalaridan iboratdir. Yogʻ
kislotalarining nisbati koʻkrak bilan oziqlantirishning bosqichi va onaning
ovqatlanishi bilan bogʻliq xolda oʻzgarib turadi. Lipidlar dastlabki oylarida
yashayotgan bolalar uchun energiya manbai va xujayra membranasi qurilish
materiali boʻlib hisoblanadi. Gormonlar shakllanishida va vitamin va
mikroelementlar soʻrilishida ishtirok qiladi.
DHA dokozageksaenoik va alfa - linolenovoy kislotasi miya va koʻzlarning
sogʻlom ishlashi uchun zarur boʻlgan omega toʻyinmagan yogʻ kislotasidir.Bu
miyaning asosiy tarkibiy qismi boʻlib u kognitiv funksiyani, xotirani va kayfiyatni
saqlashda muxim rol oʻynaydi. Modda almashinuv jarayonini stimullaydi. Yurak
qon tomir kasalliklariga chalinishni oldini oladi. Oʻta muxim boʻlgan ushbu
moddalarning etishmasligi bolada teri va asab tizimi, koʻz bilan bogʻliq
muammolarning paydo boʻlishi va uyquning buzilishi va allergik kasalliklarning avj
olishiga olib keladi.
Koʻkrak suti tarkibidagi uglevodalar asosan laktoza va oligisaxaridlardan
tashkil topadi. Koʻkrak sutidagi uglevodlarning 6,8% ni laktoza 1% oligisaxaridlar
tashkil qiladi. Laktoza kalsiyning soʻrilishida koʻmaklashadi. Laktoza glyukoza va
galaktozagacha parchalanadi va goʻdak miyasining oʻsishida muhim rol oʻynaydi.
oligisaxaridlarning 130 dan ortiq turi boʻlib, ular koʻkrak sutining bifidus-faktori
boʻlib
hisoblanadi.
Ular
oʻzlashtirilmaydi
va
oziqlanish
vazifasini
bajarmaydi.Oligasaxaridlar koʻkrak sutining laktoza va yogʻlardan keyingi 3 lamchi
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
136
kamponenti hisoblanadi. Etuk ona sutida oligasaxaridlarning miqdori 10-15 g/l ni
tashkil qiladi. Ximiyaviy tuzilishiga koʻra oligisaxaridlar 3 grupaga ajratiladi:
Neytralfukolizirlangan (2FL)-2fukozilaktoza, Neytral fukolizirlanmagan (LNnT),
kislotali sializirlangan (3-SL).Shunday qilib neytral oligisaxaridlar ona suti
oligisaxaridlarining 75% ni tashkil qiladi.2FL oligasaxaridi eng koʻp (30%dan ortiq)
uchrovchi oligisaxariddir. Ilmiy tekshirishlarda aniqlanishicha 70-80% immun
quvvatlovchi xujayralar bolaning ichakida joylashadi. Goʻdak ovqatidagi
oligasaxaridlar ichakga tushgach oʻzining funksiyalarini bajara boshlaydi.
Oligasaxaridlar bola organizmi uchun birinchi tabiiy probiotikdir (faqat organizm
uchun
foydali
mikobakteriyalar
uchungina
ozuqa
vazifasini
bajaradi)
Oligasaxaridlar potogen bakteriyalar uchun tuzoq vazifasini bajaradi.
Oligasaxaridlar organizm xujayralarini infeksion agentlarga qarshilik
qilish xususiyatini oshiradi,immun xujayralar oʻrtasidagi aloqani kuchaytiradi va
sogʻlom immunitetni yaratishga koʻmak beradi. Ilmiy tekshirishlarda aniqlanishicha
70-80% immunquvvatlovchi xujayralar bolaning ichakida joylashadi.Goʻdak
ovqatidagi oligasaxaridlar ichakga tushgach oʻzining funksiyalarini bajara
boshlaydi. OS bola organizmi uchun birinchi tabiiy probiotikdir (faqat organizm
uchun foydali mikobakteriyalar uchungina ozuqa vazifasini bajaradi) Oqsillar
asosan aminokislotalardan iborat boʻlib xar bir aminokislota bolaning oʻsishi va
rivojlanishida muxim oʻrin tutadi.Ona suti tarkibidagi oqsillar 0.9-1.0%ni tashkil
qilib ,sigir sutiga qaraganda 2-3 marta kamroqdir.Laktatsiyaning ilk kunlarida
zardob oqsillari kazeinga nisbatan koʻp (90:10). Etuk sutda esa (60:40) nisbatda
boʻladi. Koʻkrak suti keng qamrovli immun faktorlarga egadir. Koʻkrak sutidagi
asosiy immunoglobulin bu YgAdir .Ushbu immunoglobulinlar asosan bolaning
mikroblar kirish darvozasi boʻlmish shilliq qavatlarni infeksiyalardan ximoyalash
vazifasini bajaradi.Sekretor YgA OIT ning fermentlariga chidamli boʻlib shilliq
qavatda oʻzining ximoyalovchi qoplamasini hosil qiladi. Koʻkrak yoshidagi bolalar
kuniga ona suti bilan 0,5 gr sekretor YgA qabul qiladi.patogen mikroblarga qarshi
lizosim va laktoferrin fermentlari ham muximdir. Laktoferrin ona sutiningning 10-
15% ni tashkil qiladi.Ona sutida 600 dan ortiq foydali bakteriya mavjud boʻlib,katta
koʻpchiligini
bifidobakteriyalar
tashkil
qiladi.Oligasaxaridlar
ichak
mikroflorasining shakllanishiga yordam beradi va bevosita potogenlarga qarshilik
xususiyatiga ega. Boshqa sut emizuvchilarga qaraganda koʻkrak sutida uning
miqdori 10-100 martagacha koʻpdir.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
137
Xulosa
Goʻdak organizmi toʻla qonli oʻsishi va rivojlanishi uchun ozuqa
moddalarining toʻliq majmuasiga muxtoj boʻlishidan tashqari tugʻilganidan keyin
uni kutayotgan koʻplab infeksiyalardan himoya qilish ,shuningdek immunitetini
shakllantirishda qoʻllab quvatlash lozim. Koʻkrak suti va u bilan ovqatlantirishning
iloji boʻlmagan hollarda toʻgʻri tanlangan sun'iy adaptiv sutli aralashmalarning
tanlovi –goʻdak sogʻlom oʻsish va immunitetning garovidir.
Foydalaniladigan adabiyotlar
1. Umumiy amaliyot shifokori uchun qoʻllanma. F.G.Nazirov, A.G.Gadoev tahriri
ostida. GEOTAR, Media, M.2007.
2. Umumiy amaliyot shifokori uchun pediatriya. A.V.Alimov tahriri ostida oʻquv
qoʻllanma. Toshkent, 2005.
3. Педиатрия для врача общей практики. A.V.Alimov tahriri ostida oʻquv
qoʻllanma. Toshkent, 2005.
4. Zokirxoʻjaev A.X. Bolalar yuqumli kasalliklari. T., 2008.
5.
Ibrakhimova H.R., ., & Oblokulov A.R., . (2020). Pathogenetic Bases And
Prevalence Of Parasitic Infections In Children: Literature Review. The American
Journal of Medical Sciences and Pharmaceutical Research, 2(10), 87–95.
https://doi.org/10.37547/TAJMSPR/Volume02Issue10-14
6.
Ibraximova, H. R., & Sadullayev, S. E. (2023). AHOLI ORASIDA O ‘TKIR
ICHAK
KASALLIKLARINING
TARQALISHI.
Новости
образования:
исследование в XXI веке
,
2
(15), 115-119.
7. Igamova, M. A., & Oblokulov, A. R. Ibroximova HR (2023). Teniarinxoz
tashhislangan turli yoshdagi bemorlarda immun va sitokin statusiga tavsif.
Tibbiyotda yangi kun-2023.-5 (55)-P, 613-618.
8. Ibraximova H. R., Nurllayev R. R., Matyaqubova O. U. KICHIK
YOSHDAGI
BOLALAR
ORASIDA
ICHAK
PARAZITAR
KASALLIKLARINING EPIDEMIOLOGIK XUSUSIYATLARI //Новости
образования: исследование в XXI веке. – 2023. – Т. 2. – №. 15. – С. 109-114.
9. Ibrakhimova, H. R., and R. R. Nurllayev. "A METHOD FOR OBTAINING
PRECIPITATING SERUMS FOR THE DETECTION OF HUMAN SEMINAL
FLUID USED IN THE STUDY OF PHYSICAL EVIDENCE IN FORENSIC
BIOLOGICAL LABORATORIES."
World Bulletin of Management and Law
19
(2023): 42-44.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
138
10. Юсупов, Ш. Р., Ибрагимова, Х. Р., Машарипова, Ш. С., Якубова, У. Б.,
& Рахимбаев, М. Ш. (2015). Особенности этиологической структуры острых
диарейных заболеваний в условиях Южного Приаралья.
Вісник проблем
біології і медицини
, (3 (1)), 246-248.
11.Artikov, I. A., Sadullaev, S. E., Ibrakhimova, H. R., & Abdullayeva, D. K.
(2023).
RELEVANCE OF VIRAL HEPATITIS EPIDEMIOLOGY. IMRAS, 6 (7),
316–322
.
12.
Ibrakhimova H. R. et al. HELMINTISES IN CHILDREN AMONG THE
POPULATION IN UZBEKISTAN //IMRAS. – 2023. – Т. 6. – №. 7. – С. 323-327.
13.
Аскарова, Р. И., Юсупов, Ш. Р., & Ибрахимова, Х. Р. (2020). Анализ
причин развития туберкулеза у детей и подростков.
Главный редактор–ЖА
РИЗАЕВ
,
27
.
14.
Матякубова, О. У., Машарипова, Ш. С., Ибрахимова, Х. Р., &
Нуруллаев, Р. Р. (2022). КЛИНИЧЕСКОЕ ТЕЧЕНИЕ ТУБЕРКУЛЕЗА У
БОЛЬНЫХ ГЕПАТИТОМ В.
Новости образования: исследование в XXI
веке
,
1
(5), 565-568.
15.
Ibrakhimova, H. R. (2023). THE PREVALENCE OF PARASITES IN THE
CHILD POPULATION WITH THE DEVELOPMENT OF FUNCTIONAL
PATHOLOGY OF ORGANS.
Finland International Scientific Journal of
Education, Social Science & Humanities
,
11
(4), 1-5.
16.
Oblokulov, A., Kholov, U., Oblokulova, Z., & Ibrakhimova, X. (2019).
Clinical and laboratory characteristics of giardiasis in adults.
New day in medicine.
Scientific and practical journal
,
1
(1).
