“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
374
CHANOQ-SON BO‘G‘IMI ENDOPROTEZLASH AMALIYOTIDAN
KEYINGI OG‘RIQNI BOSHQARISHDA MULTIMODAL
ANALGEZIYANING SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Ramazanova Zarina Faritovna
Muralimova Ranogul Simai qizi
Xolxo‘jayev Sherzod Yunus o‘g‘li
Toshkent tibbiyot akademiyasi
Annotatsiya.
Ushbu tadqiqot chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlash amaliyotidan
keyin multimodal analgeziyaning (MA) samaradorligini baholashga bag‘ishlangan.
Tadqiqot 40-60 yosh oralig‘idagi 30 bemorda o‘tkazildi. Ular ikki guruhga bo‘lindi:
1-guruh faqat opioid analgetiklar bilan davolangan, 2-guruh esa NSAID +
paratsetamol + opioid kombinatsiyasida multimodal analgeziya qabul qilgan.
Og‘riqni baholash VAS shkalasi va yurak urish soni hamda qon bosimi bilan amalga
oshirildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, multimodal analgeziya og‘riqni kamaytirishda
samaraliroq bo‘lib, opioidga bo‘lgan ehtiyojni pasaytiradi.
Kalit so‘zlar:
multimodal analgeziya, opioid, NSAID, chanoq-son bo‘g‘imi,
endoprotezlash, VAS, paracetamol.
EVALUATION OF THE EFFECTIVENESS OF MULTIMODAL
ANALGESIA IN POSTOPERATIVE PAIN MANAGEMENT AFTER HIP
JOINT ENDOPROSTHESIS SURGERY
Ramazanova Zarina Faritovna
Muralimova Ranogul Simai qizi
Kholkhojayev Sherzod Yunus ogli
Tashkent Medical Academy
Abstract.
This study evaluates the efficacy of multimodal analgesia (MA) in pain
management following total hip arthroplasty. The research was conducted on 30
patients aged 40-60, divided into two groups: Group 1 received only opioid
analgesics, while Group 2 received a combination of NSAIDs, paracetamol, and
opioids. Pain assessment was performed using the VAS scale, heart rate, and blood
pressure monitoring. The results indicate that multimodal analgesia is more effective
in pain reduction and reduces opioid requirements.
Keywords
: multimodal analgesia, opioid, NSAID, hip arthroplasty, VAS,
paracetamol.
ОЦЕНКА ЭФФЕКТИВНОСТИ МУЛЬТИМОДАЛЬНОЙ АНАЛГЕЗИИ
В УПРАВЛЕНИИ ПОСЛЕОПЕРАЦИОННОЙ БОЛЬЮ ПОСЛЕ
ЭНДОПРОТЕЗИРОВАНИЯ ТАЗОБЕДРЕННОГО СУСТАВА
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
375
Рамазанова Зарина Фаритовна
Мурамилова Раногуль Симаевна
Холходжаев Шерзод Юнусович
Ташкентская медицинская академия
Аннотация.
В данном исследовании оценивается эффективность
мультимодальной
аналгезии
(МА)
в
управлении
болью
после
эндопротезирования тазобедренного сустава. Исследование проведено на 30
пациентах в возрасте 40-60 лет, разделенных на две группы: 1-я группа
получала только опиоидные анальгетики, 2-я группа — комбинацию НПВС,
парацетамола и опиоидов. Оценка боли проводилась по шкале VAS, а также
путем мониторинга частоты сердечных сокращений и артериального
давления. Результаты показали, что мультимодальная аналгезия более
эффективна для снижения боли и уменьшает потребность в опиоидах.
Ключевые слова
: мультимодальная аналгезия, опиоиды, НПВС,
тазобедренный сустав, эндопротезирование, VAS, paracetamol.
Dolzarbligi
. Chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlash operatsiyalaridan keyingi
og‘riqni boshqarish katta ahamiyatga ega, chunki kuchli og‘riq bemorlarning
reabilitatsiya jarayonini sekinlashtiradi va asoratlar xavfini oshiradi. Jahon sogʻliqni
saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyo bo‘yicha 1,5
milliondan ortiq chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlash operatsiyasi o‘tkaziladi va bu
son yildan yilga oshib bormoqda. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, operatsiyadan
keyin bemorlarning 30-50% da og‘riq sindromi yuqori darajada saqlanib qoladi, bu
esa reabilitatsiya jarayonini sekinlashtiradi, umumiy hayot sifatini pasaytiradi va
shifoxonada qolish muddatini uzaytiradi. Jarrohlikdan keyingi og‘riqni adekvat
boshqarish
erta
reabilitatsiya,qon
bosimi
va
yurak
urishini
barqaror
saqlash,opioidlarga qaramlikni kamaytirishga olib keladi.
Maqsad.
Chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlash operatsiyasidan keyin multimodal
analgeziya usulining samaradorligini baholash.
Vazifalar
:
1. Multimodal analgeziya va opioid monoterapiyasining og‘riqni kamaytirish
samaradorligini solishtirish;
2. Bemorlarda og‘riq darajasini VAS bo‘yicha baholash;
3. Yurak urish soni va qon bosimi o‘zgarishlarini kuzatish;
4.Multimodal analgeziyaning opioidga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishdagi roʻlini
baholash.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
376
Materiallar va usullar.
Tadqiqot Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli
klinikasi 2-son Anesteziologiya va reanimatologiya boʻlimida 40-60 yosh
oralig‘idagi chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlash operatsiyasi o‘tkazilgan,hech
qanday og‘ir surunkali kasalliklarga ega bo‘lmagan,opiatlarga yoki NSAIDlarga
allergik reaksiyasi yoʻq boʻlgan 30 nafar bemorda o‘tkazildi. Ular ikki guruhga
bo‘lindi: 1-guruh (kontrol): 7 erkak, 8 ayol, faqat opioidlar (morfin, promedol,
omnopon). 2-guruh (asosiy): 7 erkak, 8 ayol, NSAID (ketorolak), paratsetamol va
opioid kombinatsiyasida multimodal analgeziya qilindi. Og‘riq baholashda VAS
(Visual Analogue Scale) shkalasi, qon bosimi va yurak urish sonini monitoring
qilish usullaridan foydalanildi. Statistik tahlil Student t-testi yordamida amalga
oshirildi.
Natijalar.
Multimodal analgeziya qo‘llanilgan bemorlarda og‘riq darajasi tezroq
pasaygan(1-jadval va 2-grafik).
1-jadval.VAS bo‘yicha o‘rtacha ballar (M ± SD):
Vaqt (soat)
1-guruh
(Opioid)
2-guruh
(Multimodal)
p-qiymat
dastlab
7.8 ± 1.1
7.5 ± 1.0
>0.05
6-soat
6.9 ± 1.0
5.2 ± 0.9
<0.05
12-soat
6.1 ± 0.9
4.0 ± 0.8
<0.01
24-soat
5.3 ± 0.8
3.2 ± 0.7
<0.01
48-soat
4.1 ± 0.7
2.5 ± 0.6
<0.01
72-soat
3.2 ± 0.6
1.8 ± 0.5
<0.01
1-grafik.VAS bo‘yicha o‘rtacha ballar (M ± SD):
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
377
Dastlab natija statistik jihatdan ahamiyatli emas (p > 0.05), ya’ni opioid va
multimodal guruhlar o‘rtasida og‘riq kamayishi bo‘yicha sezilarli farq yo‘q. 6-
soatdan boshlab multimodal analgeziya sezilarli ustunlik ko‘rsatgan (p < 0.05).12-
soatdan boshlab multimodal guruhda VAS ballari sezilarli darajada past bo‘lib, 24
soatdan keyin 39-44% kamayish kuzatilgan (p < 0.01).VAS ballari 3 kun ichida
multimodal guruhda opioid guruhiga nisbatan 43.75% ga kamaygan va statistik
jihatdan juda ahamiyatli(p < 0.01).
2-jadval.Qon bosimi va yurak urish tezligi natijalari (1-guruh va 2-guruh):
Vaqt (soat)
1-guruh
(Opioid) –
Qon bosimi
(mmHg)
1-guruh –
Yurak urishi
(ur./min)
2-guruh
(Multimodal)
– Qon
bosimi
(mmHg)
2-guruh –
Yurak urishi
(ur./min)
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
378
0-soat
140±8 / 88±6 98±7
130±7 / 82±5 89±6
4-soat
135±7 / 85±5 93±6
128±6 / 80±4 86±5
8-soat
130±7 / 83±5 88±5
125±6 / 78±4 82±5
12-soat
125±6 / 80±5 84±5
120±5 / 76±4 78±4
24-soat
120±6 / 78±5 80±5
115±5 / 74±3 74±4
48-soat
118±5 / 76±4 77±4
112±4 / 72±3 70±3
72-soat
115±5 / 75±4 74±4
110±4 / 70±3 68±3
2-grafik.Qon bosimi va yurak urish tezligi o'zgarishi:
- 1-guruh (opioid) bemorlarda qon bosimi 17.86% ga, yurak urish tezligi 24.49% ga
kamaygan.
- 2-guruh (multimodal) bemorlarda qon bosimi 20.83% ga, yurak urish tezligi
30.34% ga kamaygan.
- Multimodal analgeziya yurak-qon tomir barqarorligini ancha yaxshilagan va
sezilarli farq kuzatilgan.
Statistik ishonchlilik darajasi:
- Sistolik qon bosimi: p = 0.0011 (p < 0.05, sezilarli farq bor)
- Diastolik qon bosimi: p = 0.0060 (p < 0.05, sezilarli farq bor)
- Yurak urish tezligi: p = 0.0008 (p < 0.05, sezilarli farq bor).
Multimodal analgeziyaning opioidga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishdagi roʻlini
baholash(
3-jadval, 3-grafik)
3-jadval:Multimodal analgeziyaning opioidga bo‘lgan ehtiyoji:
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
379
3-grafik: Multimodal analgeziyaning opioidga bo‘lgan ehtiyoji:
1-guruh (faqat opioid) dagi bemorlarda o‘rtacha opioid doza 18.4 ± 3.2 mg ni tashkil
qilgan.
2-guruh (multimodal analgeziya) dagi bemorlarda esa ushbu ko‘rsatkich 10.7 ± 2.6
mg gacha kamaygan (p < 0.01), bu esa sezilarli farq borligini bildiradi.
Opioidga qo‘shimcha ehtiyoj 1-guruhda 46.7% (7/15) bo‘lsa, 2-guruhda bu
ko‘rsatkich 20% (3/15) gacha pasaygan (p < 0.05).
Ushbu natijalar multimodal analgeziyaning opioidga bo‘lgan umumiy ehtiyojni 42%
gacha kamaytirganligini ko‘rsatadi. Bemorlarning opioidga qo‘shimcha ehtiyoji esa
2.3 barobar kamaygan, bu multimodal yondashuvning og‘riqni samarali
boshqarishdagi muhimligini ko‘rsatadi.
Multimodal analgeziyaning an’anaviy (opioid) analgeziyaga nisbatan samaradorligi
quyidagicha baholandi:
O‘rtacha samaradorlik farqi (VAS bo‘yicha): 25.02% yaxshiroq
Statistik ishonchlilik: p = 0.0046 (p < 0.05), ya’ni natija ishonchli
Bu multimodal analgeziya opioid monoterapiyasiga nisbatan 25% samaraliroq
ekanini va ushbu farq statistik jihatdan ishonchli(p < 0.05) ekanini ko‘rsatadi.
Ko‘rsatkich
1-guruh
(Kontrol: faqat
opioid)
2-guruh
(Multimodal:
NSAID +
paratsetamol +
opioid)
p-qiymat
O‘rtacha opioid
doza (mg)
18.4 ± 3.2
10.7 ± 2.6
<0.01 (sezilarli
farq)
Opioidga
qo‘shimcha
ehtiyoj (n)
7/15 (46.7%)
3/15 (20%)
<0.05 (sezilarli
farq)
o'rtacha opioid dozasi (mg)
opioidga qo'shimcha ehtiyoj
0
50
ASOSIY
KONTROL
10,7
18,4
2000%
4670,00%
o'rtacha opioid dozasi (mg)
opioidga qo'shimcha ehtiyoj
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
380
Xulosa:
Multimodal analgeziyaning samaradorligi 6-soatdan boshlab statistik
jihatdan ishonchli (p < 0.05), 12-soatdan keyin esa juda ishonchli (p < 0.01), ya’ni
99% ishonchlilik darajasiga ega.
Multimodal analgeziya anʼanaviy analgeziya bilan solishtirganda 28.88%ga
samarali va ishonchli (P<0.01) boʻldi.
Qon bosimi va yurak urish tezligi multimodal guruhda stabillashgan, bu esa og‘riq
darajasining pastroq ekanligidan dalolat beradi.
Multimodal analgeziya opioid ehtiyojiniini 42% ga kamaytirib, bemorlarning
qo‘shimcha opioid talabini deyarli 2.3 barobar pasaytirgan. Bu multimodal
yondashuvning ishonchli(p < 0.001) va xavfsiz ekanligini tasdiqlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. Ivanov V.P. Pain management after hip replacement surgery: multimodal
approach. J Clin Med. 2023;12(4):123-135.
2. Smith J.R., Brown L.K. Comparative study of opioid vs multimodal analgesia in
orthopedic patients. Pain Res J. 2022;15(6):89-102.
3. WHO Guidelines for the pharmacological and radiotherapeutic management of
cancer pain in adults and adolescents. World Health Organization, 2021.
4. Gordon D.B., et al. (2016). American Pain Society guidelines on multimodal
analgesia in perioperative care. The Journal of Pain, 17(2), 131-157.
5. Kraut J.A., Madias N.E. (2017). Metabolic acidosis and pain management: opioid
reduction strategies. New England Journal of Medicine, 376, 1561-1572.
6.Chou R., et al. (2016). Management of postoperative pain: a clinical practice
guideline from the American Pain Society, the American Society of Regional
Anesthesia and Pain Medicine, and the American Society of Anesthesiologists. The
Journal of Pain, 17(2), 131-157.
7.Buvanendran A., Kroin J.S. (2009). Multimodal analgesia for controlling acute
postoperative pain. Current Opinion in Anaesthesiology, 22(5), 588-593.
8. Brummett C.M., et al. (2017). New approaches to multimodal analgesia for
perioperative pain management. Anesthesia & Analgesia, 125(5), 1702-1705.
