Authors

  • Sarvinoz Abdurasulova
    Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti. Davlat boshqaruvi yo’nalishi magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.76122

Keywords:

yashil iqtisodiyot ekologik muammolar atrof-muhitni muhofaza qilish yashil texnologiyalar ekologik ta‘lim qayta ishlash ekologik barqarorlik.

Abstract

Ushbu maqolada yashil iqtisodiyotni talaba-yoshlar o‘rtasida tushunilishi, ushbu jarayonga o‘tish istiqbollari tahlil qilingan hamda uning asosiy muammolari o‘rganilgan. Shu bilan bir qatorda yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayoning ilk qadamlari yoritilgan. Yashil iqtisodiyotga o‘tish yo‘lidagi xalqaro hamkorlik o‘rni haqida ham to‘xtalib o‘tiladi. Talabalar orasida o‘tkazilgan so‘ro‘vnoma javoblaridan kelib chiqib birinchi navbatda yashil iqtisodiyot haqida yetarlicha tushuncha hosil bo‘lmaganligi aniqlandi. Va bu eng dolzarb muammoligi yaqqol ko‘rinib turibdi, bu masala yashil iqtisodiyotni to‘liq tadbiq etilishida bo‘shliq va qiyinchiliklar hosil qilishi tufayli ushbu maqolada yashil iqtosodiyotning tushunchasi, rivojlanish jarayonlari va muammolariga urg‘u berish bilan bir qatorda ushbu mavjud bo‘lgan muammolar yechimiga qaratilgan takliflar ilgari suriladi


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 03, 2025. MARCH

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

183




Yashil iqtisodiyot muammolari talaba-yoshlar nigohida.

Abdurasulova Sarvinoz Ravshanbek qizi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti. Davlat boshqaruvi

yo’nalishi magistranti

Annotatsiya

. Ushbu maqolada yashil iqtisodiyotni talaba-yoshlar o‘rtasida

tushunilishi, ushbu jarayonga o‘tish istiqbollari tahlil qilingan hamda uning asosiy
muammolari o‘rganilgan. Shu bilan bir qatorda yashil iqtisodiyotga o‘tish
jarayoning ilk qadamlari yoritilgan. Yashil iqtisodiyotga o‘tish yo‘lidagi xalqaro
hamkorlik o‘rni haqida ham to‘xtalib o‘tiladi. Talabalar orasida o‘tkazilgan
so‘ro‘vnoma javoblaridan kelib chiqib birinchi navbatda yashil iqtisodiyot haqida
yetarlicha tushuncha hosil bo‘lmaganligi aniqlandi. Va bu eng dolzarb muammoligi
yaqqol ko‘rinib turibdi, bu masala yashil iqtisodiyotni to‘liq tadbiq etilishida
bo‘shliq va qiyinchiliklar hosil qilishi tufayli ushbu maqolada yashil iqtosodiyotning
tushunchasi, rivojlanish jarayonlari va muammolariga urg‘u berish bilan bir qatorda
ushbu mavjud bo‘lgan muammolar yechimiga qaratilgan takliflar ilgari suriladi.

Kalit so‘zlar:

yashil iqtisodiyot, ekologik muammolar, atrof-muhitni

muhofaza qilish, yashil texnologiyalar, ekologik ta‘lim, qayta ishlash, ekologik
barqarorlik.

Keywords:

green economy, environmental issues, environmental protection,

green technologies, environmental education, recycling, ecological sustainability.

Abstract.

This article analyzes students` understanding of the concept of the

green economy, the prospects for transitioning to it, and the main challenges of this
process. Additionally, the initial steps toward adopting a green economy are
highlighted. The role of international cooperation in this transition is also discussed.
Based on the responses from a student survey, it was found that there is insufficient
awareness of the green economy, which appears to be one of the most pressing
issues. This gap creates obstacles to its full implementation. Therefore, this article
not only emphasizes the concept, development, and challenges of the green economy
but also presents possible solutions to address the existing issues.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 03, 2025. MARCH

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

184




Ключевые слова: зеленая экономика, экологические проблемы,

охрана окружающей среды, зеленые технологии, экологическое
образование, переработка, экологическая устойчивость.

Аннотация.

В данной статье анализируется понимание концепции

«зеленой экономики» среди студентов, перспективы перехода к ней, а также
основные проблемы этого процесса. Кроме того, освещены первые шаги на
пути к зеленой экономике. Также рассматривается роль международного
сотрудничества в этом направлении. На основе ответов студентов в ходе
проведенного опроса было выявлено, что недостаточное понимание зеленой
экономики является одной из самых актуальных проблем. Это создает
пробелы и трудности в ее полноценном внедрении. В связи с этим в статье не
только акцентируется внимание на понятии, развитии и проблемах зеленой
экономики, но и предлагаются возможные решения для устранения
существующих трудностей.

Kirish.

Zamonaviy iqtisodiyot tabiiy resurslarning kamayishi, ekologiyaning

yomonlashuvi va eng dolzarbi- iqlim o‘zgarishi kabi jiddiy muammolar tufayli
qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Agar resurslardan ratsional foydalanishga
o‘tilmasa bu nafaqat resurs taqchilligini balki katta-katta resurs uchun kurash-
urushlarga ham olib kelishi aniq. «Yashil iqtisodiyot» atamasi iqtisodiy o‘sish va
ekologik barqarorlikni uyg‘unlashtirishni anglatadi. BMT Atrof-muhit dasturi
(UNEP) ta‘rifiga ko‘ra, yashil iqtisodiyot inson farovonligi va ijtimoiy adolatni
ta‘minlash bilan birga ekologik xavflarni va tabiiy resurslardan foydalanish
cheklovlarni kamaytirishga yo‘naltirilgan iqtisodiyotdir

1

. Ya‘ni, yashil iqtisodiyot

iqtisodiyotdan ham ko‘ra birinchi navbatda ekologik muvozanatsizlikga ko‘proq
urg‘u beradi. Bugungi kunda «yashil» so‘zi nafaqat rang, balki ekologik ong va
barqarorlik timsoliga aylangan. Aynan shuning uchun «yashil iqtisodiyot» atamasi
bevosita iqtisodiyot va ekologiyaning uyg‘unligini ifodalaydi. Umumiy tushuncha
sifatida atrof-muhitga zarar yetkazmasdan, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish
iqtisodiyoti. Yashil iqtisodiyot- bu faqatgina energiya ishlab chiqarish sektorini
o‘zgartirish emas, balki ichimlik suvi va oziq-ovqat muhofazasi, chiqindilarni qayta
ishlash jihatlariga ham e‘tibor qaratadi. Shuni ta‘kidlab o‘tish zarurki,
O‘zbekistonda 90% suv isrofgarchiligi sug‘orish kanallarining ekspluatatsiyadan

1

UNEP. (2011). Towards a Green Economy: Pathways to Sustainable Development and Poverty Eradiction.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 03, 2025. MARCH

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

185




chiqganligidan hosil bo‘ladi. Prezident Qaroriga binoan hozirda sug‘orish
kanallarining ta‘miri olib borilmoqda

2

. Oziq-ovqat muhofazasiga kelsak, bu tizim

ham ancha takomillashigan choralar talab qiladi. Birgina misol: Toshkent non shahri
deb ataladi, biroq shu non shahri aholisi kuniga 3 tonna nonni axlat qutilariga
tashlashi haqida «MAXSUSTRANS» bosh inspektori habar berdi. Chiqindilarni
qayta ishlash bo‘yicha ekologik ong ancha yaxshi shakillanmoqda. Jumladan, plastik
idishlarni o‘rniga ko‘p marttalik idishlarga o‘tilmoqda bu aholi o‘rtasida ekologik
mas‘uliyat shakillanganligiga yorqin misol. Kamchiliklar ham yo‘q emas, alohida
ajratilgan chiqindilarni yana bitta maxsus mashinaga aralashtirib solinishi esa-
mantiqsizlik.

Yashil iqtisodiyot nazariy jihatdan iqtisodiyotni boshqarish tizimini

«yashillashtirish» bo‘yicha umumiy dasturni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi

3

.

Ushbu yo‘nalish paydo bo‘lganiga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa ham, lekin juda zarur payt
tadbiq etilmoqda, chunki tabiiy resurslar abadiy emasligi barchaga ma‘lum. Yashil
iqtisodiyotning asosiy maqsadi sifatida ekologik barqarorlikni saqlagan holda
iqtisodiy o‘sishga qaratilgan. Barqarorlikni saqlagan rivojlanish esa- hozirgi jamiyat
ehtiyojlarini qondirish bilan bir qatorda, kelgusi avlod uchun tabiiy resurslar va
imkoniyatlarni saqlab qolishga qaratilga kompleks chora tadbirlar.

Iqtisodiyotning yangi modeliga yuqoridagi muammolarga javoban tobora

ko‘plab davlatlar o‘tmoqda. O‘zbekiston ham bu model bo‘yicha bir qator chora
tadbirlarni amalga oshirmoqda

4

. Hususan, 2030-yilgacha «yashil iqtisodiyot»ga

to‘liq o‘tish rejalashtirilgan. Va bu harakatlar bosqichma bosqich amalga oshirib
kelinmoqda.

«Yashil iqtisodiyot»ga o‘tish uchun stimul bo‘ladigan qator afzalliklari

mavjud:

1)

Atrof-muhit ifloslanishini kamaytiradi.

Bu model ekologik toza texnologiyalardan foydalanishga undaydi. Masalan:

atmosferaga juda katta zarar yetkizadigan elektrostansiyalarni ishlash miqdorini
kamaytirish uchun quyosh batareyalariga o‘tish yaxshi yechim bo‘la oladi.

2

http://lex.uz//docs/-6734972 Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv

resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

3

«Зеленая экономика» Учебник. – Т.: Издательство «Инновационное развитие» 2023,

208 страниц

4

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 04.10.2019 yildagi PQ-4477-son


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 03, 2025. MARCH

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

186




2)

Iqlim o‘zgarishini oldini olishga yordam beradi.

Chunki u atmosferaga zararli gazlar chiqishini kamaytiradigan texnologiyalar

va barqaror rivojlanish tamoyillariga asosolanadi. Bu tamoyillar Parij bitimi (2015)
bilan hamohang bo‘lib, global isisni sanoat davrigacha bo‘lgan darajadan 2

°C

pastda ushlab turish va 1,5

°C

darajasiga yaqinlashtirish maqsadini qo‘yadi

5

.

Parij bitimi ishtrokchi davlatlaridan uglerod gazlarini atmosferaga chiqarishni
bosqichma-bosqich kamaytirishni talab qiladi. Qayta tiklanuvchan energiya: quyosh
va shamol kabi toza energiya manbalaridan foydalanishga chaqiradi. Bu esa aynan
yashil iqtisodiyotni tadbiq etilishi.

3)

Toza transport turlariga o‘tish.

Ichki yonuv dvigatelli avtomobillar ko‘p miqdorda zararli gazlarni chiqaradi.

Elektromobillarga o‘tish esa aksincha, ekologiyaga katta foyda keltiradi. Jumladan,
elektr toki yoqilg‘iga nisbatan juda arzon. Neft qazib olish uchun hozirda yer
qatlamining ust qismidan emas, balki ancha chuquroq qazishga to‘g‘ri kelmoqda.
Bu o‘z navbatida resusrsni narxiga ham ta‘sirini o‘tkazadi. Shuni hisobga olish ham
shartki barcha davlat yer qa‘rida ham bu boylikni topib bo‘lmaydi. Biroq davlatni
iqlim sharoitidan kelib chiqib, xilma-xil usullar orqali elektr toki ishlab chiqarsa
bo‘ladi

6

. O‘z o‘zidan transpartirovka harajatlari bo‘lmagani sababli elektr toki

arzonga tushadi. Shu bilan bir qatorda atmosfera ham karbon dioksid, karbon oksid,
azot oksidlari, uglevodorodlardan zarar ko‘rmaydi. Megapolislarda shovqin
darajasini kamaytirishda ham elekrtomobillarning o‘rni bor. Ichki yonuv dvigateli
bo‘lmaganligi sababli shovqin darajasi sezilarli darajada past.

4)

Qayta tiklanuvchi energiya.

Quyosh batareyalari yashil iqtisodiyotning asosiy qismi bo‘lib, uglerod

chiqindilarini kamaytiradi. O‘zbekiston sharoitida yilda 300 kundan ortig‘i quyoshli
kun bo‘lishini inobatga olsak quyosh panellari- ekologik toza yechim hisoblanadi.
Quyosh panellari yuqori quyoshli sharoitda elektr energiyasini ishlab chiqarishda
yaxshi natija berib, atom elektrostansiya qurilishiga ham hojat qoldirmaydi.

Yuqorida sanab o‘tilgan afzalliklar hammasi emas, bu ro‘yxat albatta bundan

ancha keng. Biroq yangi qtisodiy modelning kamchiliklari ham mavjud hisoblanadi:

5

http://lex.uz//ru/docs/-5075093 Parij bitimi

6

Зезюлинская А.В. Преимущества и перспективы электромобиля // Форум молодых ученых. – 2019. – №

6(34). – С. 505–508. – URL: http://forum-nauka.ru


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 03, 2025. MARCH

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

187




1)

Dastlabgi investitsiyalarning kattaligi

.

Yashil iqtisodiyotga o‘tish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari va

ularni ishlab chiqaruvchi ekologik texnologiyalar talab etiladi. Biroq, bu jarayonga
to‘liq o‘tish uchun katta moliyaviy xarajatlar talab etiladi. Moliy harajatlarni
rivojlanayotga davlatlar qoplay olishga qiyinchilik tug‘ulishi aniq. Parij bitmi
kelishuviga asosan rivojlangan davlatlar rivojlanayotgan davlatlar ekologik
rivojlanishi uchun 100 milliard dollar mablag‘ ajratilishi ko‘rsatilgan bo‘lsa ham,
lekin hali konkret mablag‘ taqsimlanmagan.

2)

Yashil texnologiyalar hozirgi kunda to‘liq rivojlanmagan.

Masalan, quyosh va shamol energiyasi barqarorlik va samaradorlik jihatidan

an‘anaviy yoqilg‘i turlariga nisbatan ortda qolmoqda. An‘anaviy yoqilg‘ilar: yuqori
energiya zichligi- ya‘ni kam hajmda ham ko‘proq energiya berishi,

ishlab chiqarish, tarqatish, iste‘mol qilish tizimi barqarorligi va uzoq yillar

ishlab chiqarish tajribasi tufayli hozircha yashil yoqilg‘ilardan ustun bo‘lib
kelmoqda.

3)

Qonunchilikdagi muammolar.

Yashil iqtisodiyotning rivojlanishi samarali qonunchilikga bog‘liq. Biroq

ko‘plab davlatlarda, shu qatorda O‘zbekistonda ham bu jarayon sekin kechmoqda.
Asosiy muammo- ekologik qonunlar to‘liq shakillantirilmagan yoki nazorat sust. Bir
tarafdan davlatlar o‘zaro hamkorlik qilishi uchun ekologik standartlar farqi yashil
iqtisodiyot rivojiga to‘sqinlik qiladi.

4)

Aholi o‘rtasidagi xabardorlik yetishmovchiligi.

Xabardorlik yetishmovchiligi yashil iqtisodiyotga o‘tishda asosiy to‘siq

hisoblanadi. Jamiyatda yashil iqtisodiyotning afzalliklari, usullari va natijalari
to‘g‘risida yetarlicha axborot yetkazilmayotkanligi ko‘plab fuqaro va tadbirkorlar
o‘rtasida bu model afzalliklaridan behabar qoldirmoqda. Agar yashil iqtisodiyot
sohasida muvaffaqiyatli natijalar axboroti berilmas ekan, jamiyatning iqtisodning
yangi modeliga bo‘lgan ishonchi pasayadi. Shuning uchun yashil iqtisodiyotning
hoh u mahalliy darajadagi muvaffaqiyati bo‘lsin, hoh dunyo darajasida barchaga
axboroti tez va aniq yetkazilishi kerak.

5)

«Yashil texnologiyalar»ni qayta ishlash.

Bu savolga alohida urg‘u berilishi shart. Chunki bu hali ohirigacha o‘rganib

chiqilmagan mavzu. Ekologiyaga zarar keltirmaydigan quyosh batareyalarining


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 03, 2025. MARCH

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

188




ekspluatatsiya davri o‘rtacha 20-25 yilni tashkil etadi. Lekin, muddatini o‘tagan
«yashil texnika» qayta ishlanmasa u tabiatni ikki karra ifloslantirishi ham mumkin.

Yashil iqtisodiyotga investitsiyalarni oshirish, yashil texnologiyalarni

rivojlantirish va qayta ishlashda davlat va xususiy sector hamkorligini kuchaytirish
lozim. Bularni moliyaviy rag‘batlar, soliq imtiyozlari va subsidiyalar orqali
investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ekologik qonunchilikni yangilash
va qat‘iy nazorat mexanizmlarini joriy etish zarur. Aholi orasida xabardorlikni
oshirish uchun ta‘lim va axborot vositalari takomillashtirilishi zarur. Axborotni
tarqatish uchun talaba-yoshlarni ham jalb etsa bo‘ladi, ularning yashil iqtisodiyotni
mohiyatini to‘liq tushuntirish jarayonida birinchi navbatda o‘zlari uchun mukammal
tushunchaga erishishadi. Va axborot vositalari orqali berilayotgan ma‘lumotlar
foydasi muntazam monitoring qilinib turilishi maqsadga muvofiq. Monitoring
axborot sifatini oshirishga va yashil iqtisodiyot kamchiliklarini oddiy aholi
tomonidan ham o‘rganilishiga erishish mumkin. Ommaviy axbrot vositalari yangi
modelning muvafaqiyatli tajribalarini yoritisi ham aholi o‘rtasida yashil
iqtisodiyotga o‘tish tempini tezlashtiradi. Yashil texnologiyalni qayta ishlash
sohasida esa innovatsion ilmiy-tadqiqot dasturlari va texnologik yechimlarni
qo‘llash orqali sanoatda ularni kengaytirish imkiniyatlari o‘rganilishi lozim.

Yuqorida keltirilgan takliflar orqali yashil iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi

va atrof-muhitni muhofaza qilishga errishish maqsad qilingan.

Xulosa o‘rnida, yashil iqtisodiyotga investitsiyalarni oshirish, yashil

iqtisodiyotga investitsiyalarni oshirish, yashil texnologiyalani jori etish, qonunchilik
tizimini yangilash va aholi orasida ekologik tushunchani mustahkamlash masalalari
masalalari yoritilgan. Davlat va xususiy sektor hamkorligini kuchaytirish, moliyaviy
rag‘batlar taqdim etish va innovatsion yechimlar orqali ekologik zararlarni
kamaytirish yo‘lida bir qator takliflar ko‘rsatilgan. Ushbu maqola doirasida talabalar
o‘rni ham katta ahamiyatga ega. Talabalar ilmiy-tadqiqot islarini olib boorish va va
yashil texnologiyalarni rivojlantirishda faol ishtrok etish orqali jamiyatda ekologik
ongni shakillantiradi. Yangi modelni talabalar tomonidan axborot berilishi atrof-
muhit muhofazasi muhimligi, tabiiy resurslardan tejamkor foydalanish mavzularini
chora-tadbirlarini ommalashtirishda muhim rol o‘ynaydi.

Ushbu takliflar yashil iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi, atrof-muhitni

muhofazasi va ijtimoiy adolatni ta‘minlashga qaratilgan strategik yondashuvning
asosiy jihatlarini ifodalaydi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 03, 2025. MARCH

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

189




Foydalanilgan adabiyotlar:

1)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi “2019-

2030-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish
strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4477-son qaroriga 1-ilova

2)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi “2030-

yilgacha O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan
islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-436-
son qaroriga 1-ilova

3)

Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish

hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida. http://lex.uz//docs/-6734972

4)

Parij bitimi (2015). http://lex.uz//ru/docs/-5075093

5)

UNEP. (2011). Towards a Green Economy: Pathways to Sustainable

Development and Poverty Eradiction

6)

UNEP. (2015), Publication UNEP. United Nations Environment

Program.

7)

«Зеленая

экономика»

Учебник.

Т.:

Издательство

«Инновационное развитие» 2023.

8)

Зезюлинская А.В. Преимущества и перспективы электромобиля //

Форум молодых ученых. – 2019. – № 6(34). – С. 505–508. – URL: http://forum-
nauka.ru













References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi “2019-2030-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4477-son qaroriga 1-ilova

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi “2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-436-son qaroriga 1-ilova

Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. http://lex.uz//docs/-6734972

Parij bitimi (2015). http://lex.uz//ru/docs/-5075093

UNEP. (2011). Towards a Green Economy: Pathways to Sustainable Development and Poverty Eradiction

UNEP. (2015), Publication UNEP. United Nations Environment Program.

«Зеленая экономика» Учебник. – Т.: Издательство «Инновационное развитие» 2023.

Зезюлинская А.В. Преимущества и перспективы электромобиля // Форум молодых ученых. – 2019. – № 6(34). – С. 505–508. – URL: http://forum-nauka.ru