“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
413
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI “INFORMATIKA VA
AXBOROT TEXNOLOGIYA” FANIGA OID KO‘NIKMALARINI
SHAKLLANTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA
NOMOZOV JAHONGIR SOBIROVICH
Navoiy davlat universiteti
“Boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi
E-mail:
tel:
998-93-314-14-60
Annotatsiya:
Hozirgi davrga kelib zamonaviy axborot texnologiyalarining
asosini tashkil etuvchi kompyuterlar hayotimizning barcha sohalariga jadallik bilan
kirib bormoqda. Shunday ekan, kompyuter texnologiyasini o‘rganishga alohida
e’tibor berish talab qilinmoqda. Bunda informatika fanini o‘rganish alohida
ahamiyatga ega. Informatikani samarali o‘qitishda Informatika o‘qitish metodikasi
kursining ahamiyati juda kattadir. Informatika o‘qitish metodikasi kursi bo‘lajak
informatika o‘qituvchilarida o‘qitishning muammolarini mustaqil echa olish,
o‘qitishning zamonaviy usullaridan foydalana olish, mustaqil o‘qitish ko‘nikmasini
hosil qilish, uslubiy ijodni tarbiyalash kabi masalalarni hal qilishga qaratilgan.
Informatika o‘qitish metodikasi kursi oliy o‘quv yurti talabalari uchun umumiy o‘rta
ta’lim maktablarida, akademik litsey va kasb- hunar kollejlarida informatika fanidan
ta’lim berish, fanning tuzilishi va mazmunini ilmiy va psixologik-pedagogik nuqtai
nazardan chuqur o‘rganishlarini ta’minlovchi kurs hisoblanadi.
Kalit so`zlar:
Boshlang‘ich ta’lim, Informatika fani, Axborot texnologiyalari,
Pedagogik metodlar, Raqamli savodxonlik, O‘quv ko‘nikmalari, Interaktiv ta’lim,
O‘quvchi faolligi, Ta’limda innovatsiyalar, Kompyuter savodxonligi
Informatika o‘qitish metodikasi” fani talabalarda Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi
asosida
shuningdek,
mamlakatimizda
axborot
kommunikatsiya-
texnologiyalari sohasini yanada rivojlantirish, talabayoshlarni IT sohasida
innovatsion gʻoyalarni yaratishga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, bo‘lajak
informatika o‘qituvchisi sifatida umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va
kasb- hunar kollejlarida o‘qitiladigan Informatika va axborot texnologiyalari
fanining ahamiyati, uning mazmuni, tamoyillari, shuningdek, fanning boshqa fanlar
bilan aloqadorligiga oid nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikma va malakalarni
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
414
shakllantirish vazifalarini bajaradi. Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va
malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. – informatika va axborot
texnologiyalarining ta’lim tizimida tutgan o‘rni va roli, informatika o‘qitish
metodikasining pedagogika, psixologiya fanlari bilan bog‘liqligi, informatika
o‘qitish metodikasi tarixi, informatika o‘qitishning zamonaviy usul va vositalari,
informatikaga oid internet, masofaviy ta’lim va Web- texnologiyalarga asoslangan
tarmoq ta’lim resurslari, darsliklar, o‘quv- uslubiy qo‘llanmalarning xususiyatlari
to‘g‘risida bilimga; – informatika o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan
integratsiyasi, informatikani o‘qitishning zamonaviy shakl, usul, vositalari, ularning
nazariy asoslari, umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limida
informatikani o‘qitishning maqsadi, mazmuni va vazifalari, informatikani
o‘qitishning didaktik tamoyillari, informatika va axborot texnologiyalarini
o‘qitishda uning qismlari va boblariga xos xususiyatlari, informatikadan darsdan
tashqari ishlarni tashkil etish va o‘tkazish, internet, masofaviy ta’lim va
Webtexnologiyalarning informatika ta’limida tutgan o‘rnini bilish va ulardan
foydalana olish ko‘nikmasiga; – informatika o‘qitishda zamonaviy usul va
vositalarini qo‘llay olish, informatika o‘qitishda ilg‘or metodik tajribalarni
umumlashtira olish, informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha mustaqil ta’lim
olishga o‘quvchilarni yo‘llash, informatikani o‘qitishda o‘quvchilarda axboriy
madaniyatni shakllantirish va rivojlantirish, informatikadan o‘quvchilar bilimini
baholay olish, informatika darslari hamda tarbiyaviy ishlar bo‘yicha talab qilingan
barcha hujjatlarni yuritish, informatika va axborot texnologiyalari darslarini
rejalashtirish, informatikani o‘qitishda internet, masofaviy ta’lim va
Webtexnologiyalaridan foydalanish malakalariga ega bo‘lishi lozim. 1-4-sinflardagi
informatika faniga alogador ta'lim sohasi asosan propedevtik bosqich vazifasini
o'tamoqda, ya'ni boshlang'ich sinf o'quvchilari kompyuter haqidagi oddiy
ma'lumotni, jumladan, informatikaning boshlang ich elementlari haqidagi
materallarni o'rganadilar. Ma'lumki, axborot, algoritm kabi tushunchalar
informatika fanining asosiy tushunchalaridan hisoblanadi. Boshlang'ich sinf
o`quvchilari matematika darslarida misol va masalalarni yoki mantiqiy
topshiriglarni yechish jarayonida axborot, algoritmga xos tushunchani bilib-
bilmasdan qo'llaydilar. O'qituvchi bu tushunchalar mohiyatini o quvchilarga
tushuntirib berishi va amalda qo'llashi uchun quyidagilarni bilishi kerak:
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
415
1. Axborot o'rganilayotgan narsa yoki hodisani har taraflama to'liq ifodalashi,
ya'ni axborot to'liqlik sifatiga ega bo'lishi.
2. Axborot ma'lum ma'noda gimmatli bo'lishi va aks holda undan foydalanish
ehtiyoji tug'ilmasligi.
3. Axborot ishonchli bolishi aks holda uni qayta ishlashga zarurat tug`ilmasligi.
Agar axborot (informatsiya) so'zi lotincha «information» ya'ni «tushuntirish»,
«tavsiflash» degan ma'noni anglatishiga e'tibor bersak, insoniyat taraqqiyotining
asosini axborotni biror maqsadga ko'ra ishlab chiqish, undan foydalanish va hozirgi
vaqtda hayotimizda muhim o'rin egallaydigan tushuncha – axborotni saqlash tashkil
etadi. Insonning butun hayoti axborotni qabul qilish, saglash va qayta ishlash bilan
bog`langan. Boshlang'ich ta' limda zamonaviy axborot texnologiyalarini
o'rgatishning afzalligi shundaki, u:
- o`quvchilaring darsda faol qatnashishlarini, o'zlashtirish sifatining oshishini;
- boshlang'ich ta'lim uchun yaratilgan elektron darsliklar yordamida darslarni
qiziqarli tashkil qilishni:
- o quvchilaming o'z-o'zini boshgarishi va mustagil fikrlash qobiliyatini
rivojlanib borishini;
- darsda o'quvchilarning informatsion tushunchalarini shakllanishini;
- darsning sifat va samaradorligining oshishini ta'minlaydi.
Shu bois ham boshlang'ich ta'limda informatika kursi quyidagi yo'nalishda
o'rganilishi afzal hisoblanadi:
1. O`quchilarda axborot yoki informatsion jarayonlar to' g'risida umumiy
tasavvurlarni shakllantirish.
2. O'quvchilar tomonidan kompyuter bilan o'zaro munosabatda bo'lish
usullarini o'zlashtirib borilishi va turli axborot muharrirlari bilan tanishib borishi:
3. Algoritmik yo nalish-ijrochi uchun algoritmlarni o'ylash va yozishni
rivojlantirish.
O'quvchilar 1-2-sinflarda kompyuter bilan o'zaro munosabat haqidagi umumiy
tushunchalarni: asosiy klavishlar, sichqoncha, menyularni o'zlashtirib, matn terish
va xatolarni tuzatishni mashq qiladilar.
Bu ishlarni amalga oshiruvchi bo'lajak boshlang'ich sinf o`qituvchilarini
tayyorlashda biz informatika va axborot texnologiyalari fani dasturi va rejasini
qaytadan ko'rib chiqib, bo'lajak o'qituvchilarga eng zamonaviy bilim berish va
yaxshi amaliy tayyorgarlikni singdirishga intilmog'imiz zarur. Bunda ilg'or
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
416
pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqish, zamonaviy o'quv-uslubiy
majmualarni yaratish juda muhim. Mazkur qo'llanmada informatika fanining
boshlang'ich elementlari ulaming o'ziga xos xususiyatlari, ularni yechish metodikasi,
boshlang ich sinflarda informatika darslarida tatbiq etiladigan masalalar ustida
ishlash texnologiyasi masalalari yoritilgan. Shu bilan birga boshlang'ich sinf
o'qituvchilari uchun informatikadan dars mashg'uloti keltirilgan. Darslik ikki
bo‘limdan iborat bo‘lib, birinchi bo‘lim Informatika o‘qitish metodikasining
umumiy masalalarini, ikkinchi bo‘limida esa Informatika o‘qitish metodikasining
xususiy masalalari bayon qilingan. Mazkur darslik ham kamchiliklardan holi emas.
Darslik haqidagi fikr va mulohazalarini bildirgan hamkasblar va aziz o‘quvchilarga
mualliflar oldindan o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
1. Pedagogik muammo tavsifi
Bugungi kunda axborot texnologiyalarining rivojlanishi, ta'lim tizimidagi
o‘zgarishlar va global raqobat sharoitida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini
informatika va axborot texnologiyalariga oid ko‘nikmalarini shakllantirish muhim
pedagogik vazifaga aylanmoqda. Axborot texnologiyalarining tezkor o‘zgarishi va
ularning barcha sohalarda keng qo‘llanilishi, o‘quvchilarda zamonaviy raqamli
kompetensiyalarni shakllantirishni talab etadi. Ta'limda informatikaning o‘rni
tobora ortib bormoqda, va bu o‘zgarishlar boshlang‘ich ta'limdan boshlab, yuqori
sinflarga qadar ta'sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun
axborot texnologiyalari fani nafaqat ularga bilim berish, balki hayotdagi ko‘plab
vazifalarni samarali bajarish imkoniyatlarini ham yaratadi. Pedagogik nuqtai
nazardan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga axborot texnologiyalari fani asoslarini
o‘rgatish, ularni kompyuter va internet texnologiyalaridan samarali foydalanish
ko‘nikmalarini rivojlantirish o‘qituvchidan yuqori malaka va yangiliklarga ochiq
yondashuvni talab qiladi. Shuningdek, axborot texnologiyalari o‘quvchilarning
fikrlash qobiliyatlarini, ijodkorlik va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini
rivojlantiruvchi vosita sifatida xizmat qilishi lozim. Shu bilan birga, boshlang‘ich
sinf o‘quvchilari axborot texnologiyalaridan nafaqat bilim olish, balki axborotlarni
to‘g‘ri tahlil qilish va ularni samarali ishlatish mahoratini egallashlari kerak.
2. Muammoning mohiyati
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axborot texnologiyalariga oid ko‘nikmalarni
shakllantirish o‘qitish jarayonida yuzaga keladigan eng dolzarb pedagogik
muammolardan biridir. O‘quvchilarga axborot texnologiyalariga oid bilimlarni
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
417
uzatish, ularga kompyuter va raqamli texnologiyalarni ishlatishni o‘rgatish,
shuningdek,
bu
texnologiyalardan
pedagogik
maqsadlarda
foydalanish
o‘qituvchidan aniq va samarali pedagogik yondashuvlarni talab etadi. Shu bilan
birga, axborot texnologiyalarining ta'lim jarayoniga qo‘llanilishidagi eng katta
qiyinchiliklardan biri o‘qituvchining malakasizligi, o‘quv jarayoniga zamonaviy
texnologiyalarni kiritishdagi muammolar va o‘quvchilarning bu yangi bilimlarga
nisbatan qiziqishlari bilan bog‘liq. Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining
axborot texnologiyalariga nisbatan qiziqishlari va ularning ko‘nikmalarini
shakllantirishda o‘quv dasturi va o‘qitish metodikalarining yetarli darajada
zamonaviy va samarali bo‘lishi ham muhim omildir.
3. Maqsad va vazifalar
Ushbu ilmiy tadqiqotning maqsadi – boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axborot
texnologiyalariga oid ko‘nikmalarni shakllantirishda yuzaga keladigan pedagogik
muammolarni tahlil qilish va ushbu muammolarni hal etish uchun samarali metodik
yondashuvlarni ishlab chiqishdir. Tadqiqotning asosiy vazifalari quyidagilardan
iborat:
Axborot texnologiyalarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta'lim berishda
qanday integratsiya qilinishini tahlil qilish.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axborot texnologiyalariga oid ko‘nikmalarni
shakllantirish jarayonida o‘qituvchilarning faoliyatini va metodik yondashuvlarini
o‘rganish.
Ta'lim jarayonida axborot texnologiyalarining samarali qo‘llanilishini
o‘rganish va boshlang‘ich sinfda axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning yangi
metodologiyasini ishlab chiqish.
O‘quvchilarning
axborot
texnologiyalariga
oid
ko‘nikmalarini
rivojlantirishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llarini
aniqlash.
Ushbu tadqiqot boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun informatika va axborot
texnologiyalari fani bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirishdagi samarali pedagogik
yechimlarni topishga yordam beradi va ta'lim tizimining samaradorligini oshirishga
xizmat qiladi.
1. O‘quvchilarning axborot texnologiyalariga oid ko‘nikmalarini
rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
418
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini axborot texnologiyalariga oid ko‘nikmalarini
shakllantirishda o‘quvchilarning individual xususiyatlari, o‘qituvchining pedagogik
uslublari va foydalanilayotgan texnologiyalarning samaradorligi muhim rol
o‘ynaydi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘quvchilarning texnologiyalar bilan
ishlashda muvaffaqiyati quyidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi:
Motivatsiya va qiziqish
: O‘quvchilarning axborot texnologiyalariga nisbatan
qiziqishi va ularning yangi bilimlarga intilishi ko‘nikmalarni shakllantirish
jarayonining muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy faktorlardan biridir. Kompyuter
o‘yinlari, multimediali darsliklar va boshqa interaktiv materiallar yordamida
o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish mumkin. Tadqiqot natijalari shuni
ko‘rsatadiki, o‘quvchilar o‘zlari faol ishtirok etgan va ilg‘or texnologiyalar
yordamida taqdim etilgan darslarda yaxshiroq o‘zlashtirishadi.
O‘quvchilarning individual xususiyatlari
: Har bir o‘quvchining axborot
texnologiyalarini o‘zlashtirish tezligi va darajasi turlicha. Bu jarayonda
o‘quvchilarning yoshiga, ilgari olingan bilimlarga va axborot texnologiyalariga
qiziqish darajasiga qarab farqlar kuzatiladi. Shuning uchun, o‘qituvchilar har bir
o‘quvchining ehtiyojlarini hisobga olgan holda individual yondashuvni tanlashlari
zarur.
O‘qituvchining
malakasi
:
Tadqiqot
shuni ko‘rsatdiki, axborot
texnologiyalari bilan ishlashda o‘qituvchining malakasi va darsni samarali tashkil
etish qobiliyati katta ahamiyatga ega. O‘qituvchilar axborot texnologiyalaridan
foydalanish bo‘yicha o‘z malakalarini doimiy ravishda oshirib borishlari kerak.
Shuningdek, o‘quvchilarning faolligini oshirish va ularni texnologiyalar bilan
ishlashga jalb qilishda o‘qituvchining pedagogik metodlari muhim rol o‘ynaydi.
2. Pedagogik yondashuvlar va metodlar samaradorligi
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini informatika va axborot texnologiyalariga oid
ko‘nikmalarni shakllantirishda qo‘llaniladigan pedagogik metodlar va yondashuvlar
muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, quyidagi metodik yondashuvlar
samarali bo‘lishi mumkin:
Interaktiv metodlar
: O‘quvchilarning axborot texnologiyalari bilan ishlash
ko‘nikmalarini rivojlantirishda interaktiv metodlar samarali natijalarga olib keladi.
Kompyuter dasturlari, o‘yinlar va multimediali materiallar yordamida
o‘quvchilarning faol ishtirokini ta'minlash mumkin. Masalan, “in-box” metodikasi
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
419
yoki o‘quvchilarni virtual muhitda ishlashga yo‘naltiruvchi mashqlar axborot
texnologiyalariga oid bilimlarni yaxshilashga yordam beradi.
Ko‘rgazmali metodlar
: O‘quvchilarga axborot texnologiyalarini o‘rgatishda
ko‘rgazmali metodlar ham katta ahamiyatga ega. O‘qituvchi texnologiyalarning
amaliy qo‘llanilishi haqida tushuntirishlar berish, shuningdek, o‘quvchilarga
kompyuter va boshqa texnologiyalar yordamida misollarni ko‘rsatish ko‘nikmalarni
samarali shakllantirishga yordam beradi.
Masofaviy ta'lim va o‘yin texnologiyalari
: Masofaviy ta'lim tizimlari va
o‘yin texnologiyalari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining axborot texnologiyalarini
o‘rganish jarayonini yanada samarali qiladi. Onlayn o‘qitish platformalari va
o‘yinlar o‘quvchilarga o‘rganish jarayonini yanada qiziqarli va interaktiv tarzda
o‘tishini ta'minlaydi.
3. Pedagogik yechimlar va tavsiyalar
O‘quvchilarning axborot texnologiyalariga oid ko‘nikmalarini shakllantirishda
o‘qituvchilar uchun quyidagi tavsiyalar ishlab chiqilgan:
Individual yondashuv
: O‘quvchilarning turli yoshdagi va rivojlanish
bosqichlaridagi xususiyatlarini hisobga olish, har bir o‘quvchining ehtiyojiga mos
keladigan metodlar va vositalar tanlash kerak. Masalan, kichik yoshdagi o‘quvchilar
uchun o‘yin usullarini, kattaroq yoshdagilar uchun esa ko‘proq analitik va
masalalarni yechishga qaratilgan metodlarni qo‘llash samarali bo‘ladi.
Innovatsion texnologiyalarni qo‘llash
: O‘quv jarayoniga yangi
texnologiyalarni kiritish, masalan, virtual va kengaytirilgan haqiqat (VR/AR)
texnologiyalaridan foydalanish boshlang‘ich sinfda o‘quvchilarning axborot
texnologiyalariga nisbatan qiziqishini oshiradi va ularni o‘rganishga
rag‘batlantiradi.
O‘qituvchining
malakasini
oshirish
:
O‘qituvchilarni
axborot
texnologiyalari bilan ishlashda yuqori malakali qilish uchun o‘quv kurslari,
seminarlar va treninglar tashkil etilishi kerak. O‘qituvchilarni yangi pedagogik
metodlar va zamonaviy texnologiyalar bilan tanishtirish, ularni ta'lim jarayonida
qo‘llashda yordam beradi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarini axborot texnologiyalariga oid ko‘nikmalarini shakllantirishda
zamonaviy pedagogik metodlar va innovatsion texnologiyalarni qo‘llash
o‘quvchilarning ta'limga bo‘lgan qiziqishini oshiradi va ularning muvaffaqiyatlarini
yanada yaxshilaydi. Bugungi raqamli jamiyatda axborot texnologiyalari har bir
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
420
inson hayotining ajralmas qismiga aylanmoqda. Shu boisdan, bolalar ta'limida,
xususan boshlang‘ich sinfda informatika va axborot texnologiyalariga oid
ko‘nikmalarni shakllantirish zamon talabi bo‘lib qolmoqda. Ushbu ilmiy tadqiqot
davomida olib borilgan tahlillar, kuzatishlar va tajribalarga asoslanib, quyidagi
xulosalarga kelindi:
1.
Boshlang‘ich ta’limda axborot texnologiyalarining ahamiyati.
Informatika va axborot texnologiyalari boshlang‘ich ta’lim bosqichida
o‘quvchilarning fikrlash, mantiqiy mushohada yuritish, mustaqil ishlash, ijodiy
yondashuv va zamonaviy vositalardan foydalanish qobiliyatlarini rivojlantiradi.
Ushbu fanning o‘quv dasturiga kiritilishi o‘quvchilarda raqamli savodxonlikni
shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
2.
Ko‘nikmalarni shakllantirishda o‘qituvchining roli.
O‘qituvchi
axborot texnologiyalariga oid bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonining
asosiy
tashkilotchisi
bo‘lib, u innovatsion metodlardan foydalanishi,
o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim jarayonini
yo‘naltirishi zarur. Malakali o‘qituvchi axborot texnologiyalaridan foydalangan
holda o‘quvchilarda mustaqil fikrlash va amaliy qo‘llashga oid ko‘nikmalarni
shakllantira oladi.
3.
Ta’lim jarayoniga texnologik vositalarni integratsiya qilishning
natijalari.
Tadqiqot davomida aniqlanishicha, dars jarayonida multimedia
vositalari, interaktiv taqdimotlar, elektron darsliklar, o‘yin elementlari va turli
virtual platformalardan foydalanish o‘quvchilarda darsga qiziqishni orttiradi,
mavzularni tez va sifatli o‘zlashtirishga xizmat qiladi.
4.
Metodik
yondashuvlarning
samaradorligi.
Axborot
texnologiyalarini o‘rgatishda interaktiv, muammoli, ijodiy, o‘yin asosidagi
metodlardan foydalanish o‘quvchilarning faolligini, mustaqil izlanish qobiliyatini va
bilimlarni real hayotga tatbiq eta olish salohiyatini oshiradi. Bu esa, boshlang‘ich
sinf o‘quvchilari uchun samarali o‘quv muhiti yaratishga xizmat qiladi.
5.
Muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari.
Tahlillar shuni
ko‘rsatdiki, ayrim umumta’lim maktablarida texnik bazaning yetishmasligi,
o‘qituvchilarning texnologik malakasining pastligi, ota-onalarning texnologik
savodxonlik darajasining pastligi kabi omillar informatika va axborot
texnologiyalariga oid ko‘nikmalarni shakllantirishda to‘siq bo‘lib qolmoqda. Bu
muammolarni bartaraf etish uchun o‘qituvchilar malakasini oshirish, maktablarni
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
421
texnik vositalar bilan ta’minlash va ota-onalarni ham texnologik ta’lim jarayoniga
jalb etish lozim.
6.
Ilmiy-metodik takliflar.
Tadqiqot asosida quyidagi takliflar ishlab
chiqildi:
o
Boshlang‘ich sinf informatika darslari uchun yoshga mos, vizual
jihatdan jozibali va amaliy mashg‘ulotlarga boy metodik qo‘llanmalarni ishlab
chiqish.
o
Axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha o‘qituvchilar uchun
doimiy seminar-treninglarni tashkil etish.
o
Raqamli texnologiyalar orqali fanlararo integratsiyalashgan dars
modellarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish.
Umuman olganda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida informatika va axborot
texnologiyalariga oid ko‘nikmalarni shakllantirish – bu zamonaviy pedagogik
jarayonning ajralmas qismi bo‘lib, u bolalarning kelajakdagi ta’limi, kasbga
yo‘naltirilishi, shaxsiy va ijtimoiy hayotga tayyorlanishida mustahkam poydevor
bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababli, ushbu yo‘nalishda izchil ilmiy-amaliy izlanishlar
olib borilishi va yangi, innovatsion metodikalar ishlab chiqilishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Axmedova, M. (2020). Axborot texnologiyalarini ta’lim tizimiga
integratsiyalash muammolari va yechimlari. Toshkent: O‘zR TA Pedagogika
instituti.
2.
Ergashev,
M.
(2019).
Informatika fanini o‘qitishda innovatsion
texnologiyalardan foydalanish. Samarqand: “Zarafshon” nashriyoti.
3.
Jabborov, A. (2021). Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining informatikaga oid
ko‘nikmalarini rivojlantirish yo‘llari. O‘zMU Ilmiy jurnali, 2(67), 123–129.
4.
Hasanov, O. (2018). Pedagogik texnologiyalar asoslari. Toshkent: “Fan va
texnologiya” nashriyoti.
5.
Karimova, G. (2020). Axborot texnologiyalari vositasida boshlang‘ich sinfda
ta’lim sifati va samaradorligini oshirish. Buxoro davlat universiteti ilmiy jurnali,
3(45), 98–104.
6.
Soliyeva, D. (2022). Boshlang‘ich ta’limda raqamli ta’lim resurslaridan
foydalanishning psixopedagogik asoslari. Ilm-fan va amaliyot, 5(89), 34–41.
7.
Jonibekova, R. (2021). Boshlang‘ich ta’limda innovatsion dars uslublari.
Andijon: “Ilm ziyo” nashriyoti.
8.
UNESCO (2019). ICT Competency Framework for Teachers. Paris:
