Авторы

  • Nigora Shadiyeva
    Buxoro davlat pedagogika instituti “Geografiya” kafedrasi dotsenti, p.f.f.d (PhD).
  • Dilshoda Mamataliyeva
    Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yoʻnalishi 4-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.81923

Ключевые слова:

STEM Interaktiv xaritalar gamifikatsiya Flipped classroom AKT metodika taʼlim sifati o‘quv jarayoni amaliy ko‘nikmalar o‘quvchilar faolligi.

Аннотация

Mazkur maqolada geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fanlarini o‘qitishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash metodikasi, ularning samaradorligini oshirish yo‘llari hamda zamonaviy o‘quv jarayoniga integratsiyalash masalalari yoritilgan. Shu bilan birga, darslarda raqamli resurslardan foydalanish, interfaol metodlar, STEAM yondashuvi va hamda 3D animatsiyalardan foydalanish orqali o‘qitish metodikasi mazmunan takomillashtirish, gamifikatsiya elementlarini qo‘llash tajribalari asosida takliflar berilgan.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

482




GEOGRAFIYA VA IQTISODIY BILIM ASOSLARI FANINI

O‘QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Shadiyeva Nigora Sharipovna

Buxoro davlat pedagogika instituti

“Geografiya” kafedrasi dotsenti, p.f.f.d (PhD).

Mamataliyeva Dilshoda

Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari

yoʻnalishi 4-kurs talabasi

Annotatsiya:

Mazkur maqolada geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fanlarini

o‘qitishda

innovatsion

texnologiyalarni

qo‘llash

metodikasi,

ularning

samaradorligini

oshirish

yo‘llari hamda zamonaviy o‘quv jarayoniga

integratsiyalash masalalari yoritilgan. Shu bilan birga, darslarda raqamli
resurslardan foydalanish, interfaol metodlar, STEAM yondashuvi va hamda 3D
animatsiyalardan

foydalanish

orqali

o‘qitish

metodikasi

mazmunan

takomillashtirish, gamifikatsiya elementlarini qo‘llash tajribalari asosida takliflar
berilgan.

Kalit so‘zlari:

STEM, Interaktiv xaritalar, gamifikatsiya, Flipped classroom,

AKT, metodika, taʼlim sifati, o‘quv jarayoni, amaliy ko‘nikmalar, o‘quvchilar
faolligi.

Bugungi kunda ta’lim sohasida yuz berayotgan tub o‘zgarishlar, raqamli

texnologiyalarning jadal rivojlanishi o‘qitish metodikalarini takomillashtirishni
taqozo etmoqda. Ayniqsa, maktablarda geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kabi
fanlarni o‘rgatishda o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish,
ularning tanqidiy va ijodiy fikrlashini shakllantirishda zamonaviy texnologiyalardan
foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”, 2019-yil 9 oktyabrdagi PF-
5847-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha
rivojlantirish Konsepsiyasi” to‘g‘risida Farmonlari, 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-
son “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2018-yil
5-iyundagi PQ-3775-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

483




ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol
ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”, 2021-yil 1-
apreldagi PQ-5047-son “Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion
rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”, 2017-yil 30-iyundagi “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini
rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”
PQ-5099-son, 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash
sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada
kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3151-son Qarorlari, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oliy ta’lim
muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida” 824-son qarori hamda boshqa me’yoriy-huquqiy
hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga muayyan darajada xizmat
qiladi. Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fanlarining o‘ziga xosligi: Bu fanlar
real hayotga yaqin, murakkab mintaqaviy va iqtisodiy jarayonlarni o‘rgatadi. Ular
o‘quvchilarda fazoviy tafakkur, tahlil qilish, prognoz berish kabi ko‘nikmalarni
rivojlantirishga xizmat qiladi. Innovatsion texnologiyalar turlari va ularning
afzalliklari:

- Interaktiv xaritalar: Google Earth, ArcGIS Online orqali darslarda fazoviy

obyektlar va ularning o‘zgaruvchanligini tahlil qilish.

- STEAM yondashuvi: geografiya va iqtisodiyot fanlarini boshqa fanlar bilan
integratsiyalash, masalan, matematika va informatika orqali statistik tahlil

o‘rganish.

- Gamifikatsiya: dars jarayonini qiziqarli qilish uchun ball to‘plash,

viktorinalar,

raqobatli o‘yin elementlaridan foydalanish.
Bugungi kunda ta’lim tizimida 3D modellarni yirik yoki kichik detallarini

yaratish uchun loyihlashdagi oddiy maketlar bilan birgalikda barcha sohalarda ham
foydalanilmoqda.3D-modellashtirish yordamida ko‘proq real effektga erishish
uchun obyektni 3 o‘lchamli modelini teksturalash (materialning vizual
xususiyatlarini berish) harakatlantirish mumkin.

O‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar:

- Har bir mavzu bo‘yicha interaktiv taqdimotlar tayyorlash (Prezi, Canva).
- O‘quvchilarga mintaqaviy muammolar yuzasidan loyiha ishlari topshirish.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

484




- Darslarda muammoli savollar asosida muhokama va debatlar tashkil etish.
- Ta’lim jarayonida "flipped classroom" modelidan foydalanish: uyda video

darslar ko‘rib chiqiladi, darsda esa tahlil qilinadi.

- Mahalliy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida tahliliy xaritalar tuzish.
Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fanlarini o‘qitishda innovatsion

texnologiyalardan foydalanish, ularning zamonaviy metodlar bilan uyg‘unlashuvi

o‘quvchilarning bilim olishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa ta’lim sifatini

oshirish, o‘quvchilarda hayotga tayyorgarlik, mintaqaviy va global muammolarni
anglash qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiladi.

Xulosa va tahlillar.

Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, innovatsion kasbiy

faoliyatga ega bo‘lgan talabalarda quyidagilar namoyon bo‘ladi. Bo‘lajak
pedagoglarning xayoliga kelmagan g‘oyalarni bildiradi, o‘zlarini ifoda etishning
o‘ziga xos uslubini tanlaydi, ba’zan mavzuga aloqasi yo‘q yoki g‘ayri oddiy savollar
beradi, yechimi ochiq qolgan vazifalardan zavqlanadi, g‘oyalarni aniq dalillar
asosida muhokama qilishni afzal ko‘radi, muammoning yechimini topishda
noan’anaviy yondashuvni tanlaydi.

1. Kooperativ o'qitish metodikasi: Dunyo bo'ylab geografiya o'qituvchilari

o'quvchilarning guruhlarga bo'lingan holda birgalikda ish olib borishlarini
rag'batlantirmoqda. Bu metodika o'quvchilarning jamoaviy ish ko'nikmalarini
rivojlantirishga, mavzularni turli nuqtai nazarlardan ko'rish imkoniyatini yaratishga
yordam beradi.

2. Muammoli ta'lim (Problem-based learning): Geografiya o'qitishida bu

metodika muammolarni tahlil qilish va ularni hal qilish orqali o'quvchilarning ijodiy
va analitik fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Muammoli ta'lim, ayniqsa, geografik
masalalarga qarshi muammolarni hal qilishda, o'quvchilarning dunyoqarashini
kengaytiradi va ularni mustaqil fikr yuritishga undaydi.

3. Yangi multimediya vositalari: Virtual reallik (VR) va kengaytirilgan reallik

(AR) kabi texnologiyalar geografiya ta'limiga jiddiy ta'sir ko'rsatmoqda. Bu
vositalar orqali o'quvchilar dunyo bo'ylab turli joylarni virtual ravishda sayohat
qilishlari mumkin, bu esa geografiya bilimlarini interaktiv tarzda o'rganishga
yordam

beradi.

Dunyo

miqyosida

geografiya

o'qitish

metodikasini

takomillashtirishda, texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy qilish orqali,
o'quvchilarning bilim olish jarayonini yanada samarali va qiziqarli qilish mumkin.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

485




Tavsiya etiladigan adabiyotlar:

1. Azizxo‘jayev A.A. “Pedagogik texnologiyalar”, Toshkent, 2020.
2. Karimov S.T. “Geografiyani o‘qitish metodikasi”, Samarqand, 2021.
3. Qodirova N.N. “Iqtisodiy bilim asoslarini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar”,
Toshkent, 2022.
4. N.Shadiyeva. Talabalarni innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashda dasturiy
ta’lim vositalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish (geografiya ta’lim
yo‘nalishi misolida). Geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya
avtoreferati. 2024 y .
5. Shadiyeva N.Sh. Amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida virtual ta’lim
vositalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish. // Ilm-fan texnologoyalar.
Buxoro sh. 2023-yil № 3 (1) son. 52-57 b.
6.

Shadiyeva N.Sh. Dasturiy ta’lim vositalardan foydalanish asoida bo‘lajak

geografiya fani o‘qituvchilarining kreativligini rivojlantirishning ilmiy-metodik
ahamiyati // “Pedagogik akmeologiya”. Ilmiy-nazariy, metodik jurnali. Buxoro sh.
№4 (6). 2023 y.-B.

Библиографические ссылки

Azizxo‘jayev A.A. “Pedagogik texnologiyalar”, Toshkent, 2020.

Karimov S.T. “Geografiyani o‘qitish metodikasi”, Samarqand, 2021.

Qodirova N.N. “Iqtisodiy bilim asoslarini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar”, Toshkent, 2022.

N.Shadiyeva. Talabalarni innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashda dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish (geografiya ta’lim yo‘nalishi misolida). Geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya avtoreferati. 2024 y .

Shadiyeva N.Sh. Amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida virtual ta’lim vositalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish. // Ilm-fan texnologoyalar. Buxoro sh. 2023-yil № 3 (1) son. 52-57 b.

Shadiyeva N.Sh. Dasturiy ta’lim vositalardan foydalanish asoida bo‘lajak geografiya fani o‘qituvchilarining kreativligini rivojlantirishning ilmiy-metodik ahamiyati // “Pedagogik akmeologiya”. Ilmiy-nazariy, metodik jurnali. Buxoro sh. №4 (6). 2023 y.-B.