RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TARJIMASHUNOSLIK VA LINGVISTIKA: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR TADQIQI” nomli ilmiy
maqolalar to‘plami May – 2024
113
INGLIZ TILIDA LEKSIK DERIVATSIYANING
VOQELANISHI
Karimov Ilhom
Samarqand davlat chet tillar instituti magistranti
Abstract —
Shuni alohida qayd etish lozimki, soʻz yasalishi muammosi tilshunoslik fanining keyingi taraqqiyoti davriga kelib
tadqiqotlar kun tartibidagi asosiy va nufuzli masalalardan biriga aylandi. Bu masalaning grammatikada yohud leksikologiyada
oʻrganilishiga ham aynan ana shu davrda chek qoʻyildi.
Keywords
— iction riddle, cultural significance, metaphor, symbolic interpretation, botanical lexicon, metaphorical complexity.
1.
I
NTRODUCTION
Bunda asosiy omil sifatida uni grammatikada (morfologiyada) oʻrganganimizda soʻz yasalishi bilan bogʻliq leksik-semantik
muammolar, leksikologiyada oʻrganganimizda esa formal-struktur muammolar nazardan chetda qolib ketishi koʻrsatilmoqda. Ana
shu bois soʻz yasalishi masalasi grammatika ham, leksikologiyada ham oʻrganilmasdan, tilshunoslikning mustaqil boʻlimi sifatida
oʻz maqomiga ega boʻldi.
Albatta, bunday maqom soʻz yasalishi hodisasining mukammal oʻrganilishi uchun keng imkoniyat yaratdi. Tilshunoslik fanining
bugungi taraqqiyoti davriga kelib baʼzi olimlar mazkur hodisani til sistemasining alohida sathlaridan biri sifatida talqin eta
boshladilar, Masalan, B.N.Golovin bu masalaga ana shunday maqom bermoqda. Biroq bunday fikr va mulohazalarga
qoʻshilmayotgan tilshunoslar ham yoʻq emas [1.2.].
2.
M
AIN PART
Darhaqiqat, soʻz yasalishini tilning alohida sathi deb qaraydigan boʻlsak, u holda tilning boshqa sathlarida boʻlganidek, uning
oʻziga tegishli birligi boʻlmogʻi lozim edi. Yasama soʻzlarni esa bunday maqomga ega deb boʻlmaydi. Chunki ular ham soʻz
hisoblanganligi uchun tilning soʻz sathi birligi sanaladi.
Ammo bu bilan soʻz yasalishi hodisasini tilshunoslik fanining mustaqil boʻlimi sifatida oʻrganish maqsadga nomuvofiq degan
xulosaga kelish nooʻrin, deb oʻylaymiz. Chunki uning alohida sath maqomiga ega emasligi bunga monelik qila olmaydi. Biroq
shuni ham aytish joizki, soʻz yasalishi hodisasini anʼanaga koʻra morfologiyada oʻrganish, bizningcha, katta xato hisoblanmaydi.
Negaki, yasama soʻzlar ham tub soʻzlar singari, leksik maqomga ega boʻlgan birliklardir. Ammo ular yasalish tushunchasi bilan
bogʻliq boʻlgani uchun ikkilamchi xarakterlidir. Tub soʻzlar esa bunday belgiga ega emas. Shuning uchun yasama soʻzlarni
tilshunoslikning alohida sohasi sifatida oʻrganish maqsadga muvofiq koʻrinadi, Bunday vaziyatda ularga xos boʻlgan formal-
semantik, genetik. struktur-funksional aspektlarning barchasini mukammal yoritish imkoniyati vujudga keladi [3].
Aslini olganda, soʻz yasalishi hodisasi leksikologiya bilan ham, morfologiya bilan ham, sintaksis bilan ham uzviy aloqadordir.
Uning bunday xususiyati tilshunoslikning barcha sohalari bilan yonma-yon turishidan dalolat beradi, Biroq soʻz yasalishi hodisasi
ikkilamchi xarakterli boʻlgani uchun ulardan oʻziga xos yoʻsinda farq qiladi. Soʻz yasalishi bilan bogʻliq boʻnday masalalaming
barchasini Ye.S. Kubryakova mukammal yoritib bergan va shu bilan birga, soʻz yasalishi jarayonini shakllantiruvchi asos,
yasovchi, hosila kabi tushunchalar izohini ham atroflicha tavsiflagan [1]. Unga koʻra asos deb yasama soʻz tarkibidan barcha
grammatik vositalarni olib tashlangandan keyin qolgan qismini tushunmoq kerak. Boshqacha aytganda, fleksiyalardan xoli qism
asosi tashkil etadi, Shu bois faqat oʻzak morfemaning oʻzi asos sanaladi va u hosila belgilariga ega boʻlmaydi.
Soʻz yasalishida affiks muhim vazifa bajaradi, zero, uning yordamida yangi soʻz yasaladi. Biroq affiks soʻz asosiga turlicha
maqsadga qoʻshilishi mumkin. Agar u soʻz oʻzgartiruvchi xarakterli boʻlsa, yangi soʻz yasalmaydi, balki forma yasaladi, Affiks
vositasida yangi soʻz yasalgandagina soʻz yasalishi hodisasi shakllanadi. Bunday affiks derivatsion vazifa bajaradi va shu bois uni
yasovchi deb atashadilar.
Soʻz yasalishi bilan bogʻliq ishlarda derivatsion nufuzga ega boʻlgan affiksni formant deb ham atash mumkin. Ayni paytda soʻz
yasalishi asosi yasovchi formant va hosila struktura haqida mulohaza yurita olamiz, Albatta, formantning soʻz yasalish asosiga
qoʻshilishi jarayoni har doim ham bir xil, yaʼni mushtarak modellarni vujudga keltirmaydi.
Bu jarayonda modellashtirish hodisasi roʻy beradi. Masalan, muayyaan bir affiks yordamida kasb-hunar otlari yasalsa, boshqa bar
affiks qurol otlarini, yana boshqa biri esa yasama sifatlarning muayyan turini va hokazolar shakllantiradi. Ana shu jarayonda soʻz
yasalishida mushtaraklik kuzatilishi yagona mldel doirasida vujudga keladi va buni soʻz yasalishi tipi deya ataymiz
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TARJIMASHUNOSLIK VA LINGVISTIKA: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR TADQIQI” nomli ilmiy
maqolalar to‘plami May – 2024
114
Maʼlum bir modelga asoslanadigan soʻz yasalishi tipi haqida dastlab chex olimlari fikr bildirgan edilar. Chex tilshunosi N.A.
Yanko Trinitskoy bu haqda quyidagilarni taʼkidlaydi: “Model - bu yasama soʻzning kategorial xarakteristikasi va uning qaysi
affiks vositasida vujudga kelishini koʻrsatib beruvchi yasama soʻzning struktur sxemasidir” [4].
Tabiiyki, soʻz yasalishi hodisasi har bir tilning oʻz ichki imkoniyatlari doirasida shakllanadi. Lekin shunday boʻlishiga qaramasdan,
tillar oʻrtasida bu jihatdan oʻxshashlik boʻlishi ham mumkin. Masalan, affiks vositasida yangi soʻz yasalishi hodisasi koʻp tillarda
kuzatiladi. Bundan tashqari, tillarda affiks ishtirokisiz faqat oʻzak morfemani taqozo etuvchi soʻzlar ham yasama boʻlishi mumkin.
Bunga ingliz tilida morfemalarga boʻlinmaydigan konversiya usulida yasalgan soʻzlar misol boʻlishi mumkin (love (sevgi) ot, love
(sevmoq) feʼl). Biroq leksik derivatsiyada boshqa vositalarga qaraganda affiksatsiya usuli ustuvor ahamiyat kasb etadi.
Shuni ham aytish kerakki, yasama soʻz oʻzining mazmuniy salmogʻiga koʻra soʻz birikmasi va hatto gapga tenglashishi ham
mumkin. Amerika strukturalizmi vakillaridan biri R.Liz, buni qoʻshma soʻzlar misolida koʻrsatib berishga harakat qiladi. R.Liz
bunda qoʻshma soʻzlarning nominativ birlik ekanidan kelib chiqib, ularning shu maqomi transformatsion oʻzgarishdan keyin ham
saqlanib qolishini taʼkidlaydi.
Masalan: housekeeper (xonadon xizmatkori) - Не keeps а house (U uyning tozaligiga qaraydi); girl - friend (dugona) = The friend
is a girl (друг - девушка)..
3.
C
ONCLUSION
Koʻrinadiki, R.Liz qoʻshma soʻzlarning yasalish maqomi jumla tarkibida ham shu holatda saqlanishini koʻrsatib berishni oʻz oldiga
maqsad qilib qoʻygan.
Biroq, bizningcha, keltirilgan misollarda bu mulohaza oʻz isbotini topgan deyish qiyin, Chunki berilgan qoʻshma soʻzlar
strukturalari (housekeeper,girl-friend) oʻzgarishsiz qoʻllanmagan. Umuman olganda, R.Lizning gʻoyasi bu oʻrinda asossiz emas,
Yasama soʻzlarning, shu jumladan, qoʻshma soʻzlarning ham nutqda qoʻllanilishi bilan bogʻliq muammolar talqinini berish ilmiy
jihatdan oʻziga xos ahamiyat kasb yetishi shubhasizdir..
4.
R
EFERENCES
[1]
Кубрякова Е.С. Словообразование // Общее языкознание. Внутренияя структура изыка - М. 351.
[2]
Xayrullayev X. Til birliklarining pogʻonali munosabati. - Toshkent, 2008, 19-bet.
[3]
Лопатин В.В., Улуханов И.С. Словообралование // Основы по строения одиеательной мматики современныго рууского
литературного языка - М. 1966.
[4]
Daksti M, Tvoteni slov vd. Cestine Teoriodvozaváni slov Praha, 1962.
[5]
Kuldoshov U.U. (2022). MODERN TRANSLATION STUDIES: PROCEDURES, PRINCIPLES AND STRATEGIES.
Вестник магистратуры, (11-5 (134)), 111-115.
[6]
Asror, Y. (2023). LINGUISTIC AND LEXICOGRAPHIC DESCRIPTION OF JOURNALISTIC TEXTS. Журнал: Союз
Hауки и Oбразования, 5(1), 6-8.
[7]
Yusufjon, A. (2022). Gluttonic (Gastronomic) Discourse: Classification Of Gastronomic Terms And Their Difficulties In
Translation.
Journal of Positive School Psychology
,
6
(9), 2040-2046.
[8]
Yunusova, D. (2021). BOSHLANG ‘ICH SINF O ‘QUVCHILARIGA ONA TILINI O ‘RGATISHNING LINGVISTIK
ASOSLARI.
Academic research in educational sciences
,
2
(9), 998-1001.
[9]
Jamshed, M. (2023). COMMUNICATIVE ASPECT OF TEACHING ENGLISH AS A SPECIALTY.
THE ROLE OF
SCIENCE AND INNOVATION IN THE MODERN WORLD
,
2
(4), 123-129.
[10]
Mirzoyev, J. N. (2024). “Sudxoʻrning Oʻlimi” Asarida Qoʻllanilgan Somatik Frazeologizmlar Tarjimasining Tahlili.
Miasto
Przyszłości
,
45
, 401-405.
[11]
Мирзоев, Ж. (2024). “Koʻz” komponentli frazeologik birliklarning tasnifi va ularning semantik xususiyatlari (S. Ayniyning
“Eski maktab” povesti misolida).
Зарубежная лингвистика и лингводидактика
,
2
(1), 6-12.
[12]
Aнвар, И. (2022, October). Тобе Компонентли Қиёсий Қурилмаларнинг Структур Хусусиятлари. In
International
Conference on Multidimensional Research and Innovative Technological Analyses
(pp. 79-82).
[13]
Ibayev, A. (2023). TOBE KOMPONENTLI MURAKKAB SINTAKTIK QURILMALARNING STRUKTUR
XUSUSIYATLARI.
ILM-FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI
,
1
(1).
[14]
Kushbakova, M., Shahram, A., & Zarina, R. INTERULTURAL TRAINING AT EARLIER STAGES–AS AN
INNOVATIONAL PROJECT AT EFL TEACHING.
Zbiór artykułów naukowych recenzowanych.
, 72.
[15]
Shahram, A., & Zarina, R. MODERN LANGUAGE TEACHERS IN FOREIGN LANGUAGES (US EXPERIENCE).
Zbiór
artykułów naukowych recenzowanych.
, 277.
