RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TARJIMASHUNOSLIK VA LINGVISTIKA: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR TADQIQI” nomli ilmiy
maqolalar to‘plami May – 2024
13
TILSHUNOSLIKDА KOMMUNIKАTSIYA NАZАRIYASI
HАMDА UNING JАRАYONLАSHUVIGА DOIR
Shermatov Akram Abduxakimovich,
Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti, f.f.n.
Samarqand davlat chet tillar instituti
Abstract—
This article describes the definitions of the term communication in linguistics which presented by various linguists.
More or less scientific information has been given about the important aspects of the term communication in the language from the
linguistic point of view. At the same time, this article presents information specific to the types of communication, their functional
tasks in linguistics and their processing in the language system.
Annotatsiya
—
Mazkur maqolada tilshunoslikda kommunikatsiya terminining turli tadqiqotchi olimlar tomonidan taqdim etilgan
ta’riflari, lingvistik nuqtai-nazardan olinganda kommunikatsiya terminining tildagi muhim qirralari haqida ozmi-koʻpmi ilmiy
ma’lumotlar oʻz aksini topgan. Shu bilan birgalikda, mazkur maqolada kommunikatsiyaning turlari, ularning lingvistikada tutgan
funksional vazifalari hamda til tizimida jarayonlashuviga xos ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar
— kommukatsiya, verbal, noverbal, shaxs, lingvistika, bevosita, bilvosita, til, kommunikatsiya ishtirokchilari,
axborot, kommunikatsiya modellari.
1.
KIRISH
“Kommunikatsiya” terminini “Lingvistik ensiklopedik lugʼati” dan izlaganimizda, kommunikatsiya soʼzi lotincha “communicatio”
soʼzidan olingan boʼlib, “...umumlashtiraman, bogʼlayman, muloqot qilaman” kabi maʼnolarni beradi. Shu bilan birgalikda mazkur
termin kishilarning bilim va mehnat faoliyati jarayonida oʼzaro taʼsirning muhim shakliga ega boʼlib, “muloqot, fikr, maʼlumot,
fikrlar almashinuvi va boshqa shunga oʼxshash maʼno”larni oʼzida aks ettiradi. Kommunikativ funktsiyada til oʼzining
instrumental-belgili mohiyatini namoyon qilish bilan birga muloqot shaxsining ijtimoiy shaxs sifatida shakllanishining eng muhim
mexanizmi sifatida namoyon boʼladi. Shu qatorda ushbu termin individual hamda guruh munosabatlarini shakllantiradigan maʼlum
bir jamiyat munosabatlarini boshqaruvchisiga aylanadi.
2.
ASOSIY
QISM
Аgar individual ragʼbatlar va hatti-harakat shakllari maʼlum chegaralardagi oʼzgarishlarni ifodalasa, u holda ular sotsium
tomonidan qabul qilinish imkoniga ega. Bunda kommunikatsiya individ yoki guruh asotsial koʼrinishining korrektsiya vositasi
hisoblanadi. Ijtimoiy jarayon voqelanishida, kommunikatsiya jamiyatda bogʼlovchi funksiyani bajarib, uni shakllantirishga xizmat
qiladi [18].
Ushbu masalaga toʼxtalib oʼtgan deyarli har bir tadqiqotchi tilga olgan kommunikatsiyaga oid ilmiy ishlarga klassik asar
hisoblanmish E.Sepirning “Kommunikatsiya” nomli ilmiy maqolasi ozmi-koʻpmi turtki bergan desak mubolag’a boʻlmaydi. Ushbu
maqolada E. Sepir oʼziga xos xilma-xilligidan qatʼiy nazar, kommunikatsiyaga oid ma’lumotlarni ilmiy ta’riflab oʻtgan. U
“jamiyatni, uning birlashmalarini va boʼlinmalarini shakllantirish, shuningdek, uning aʼzolari oʼrtasida oʼzaro tushunishni
taʼminlash uchun baʼzi kommunikatsiya jarayonlari zarur” ligiga eʼtibor qaratadi [11, s 210-211]. Muallif shuningdek, ijtimoiy
hatti-harakatlarning har qanday jabhasi aniq yoki bilvosita uning tarkibiy qismi sifatida muloqotni oʼz ichiga oladi, deya qayd
etadi. Maqolada asosiy kommunikativ jarayonlar (til, imo-ishoralar, jamoat xatti-harakatlariga taqlid qilish va ijtimoiy ishora)
tavsiflanadi.
Bugungi kunda kommunikatsiya nazariyasiga oid bir qancha monografiyalar, maqolalar va darsliklar mavjud. Misol sifatida,
S.V.Borisinev [1], M.А.Vasilik [2], L.G.Vikulova, А.I.Sharunov [3], D.P.Gavra [4], V.B.Kashkin [5], N. Yu.Konovalenko, V. А.
Konovalenko [6], N.Luman [7], А.P.Moiseeva [8], G.G.Pochepsov [9], Yu.E.Proxorov, I.А.Sternin [10], А.V.Sokolov [12],
I.А.Sternin [13], F.I.Sharkov [15] va boshqalarning ishlarini tilga olish mumkin. M.Yu.Konovalenko va V.А.Konovalenkolarning
“Kommunikatsiya nazariyasi” darsligida axborot, kommunikatsiya va jamoatchilik fikrini shakllantirish sohasidagi asosiy
tushuncha va nazariyalar muhokama qilinadi, kommunikatsiya nazariyasining semiotika, tilshunoslik kabi turdosh fanlar yaʼni
falsafa, psixologiya bilan aloqasi koʼrib chiqilgan [6, s 29].
Kommunikatsiya deganda verbal va noverbal belgilar, ogʼzaki va yozma / vizual jarayonlardan foydalangan holda kamida ikki
shaxs oʼrtasida maʼlumot almashish va muzokara kabi holatlar tushuniladi. Kontseptual, ijtimoiy-madaniy, affektiv va boshqa
mazmundan iborat deb hisoblangan maʼlumotlar hech qachon doimiy ravishda ishlab chiqilmaydi va mustahkamlanmaydi.
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TARJIMASHUNOSLIK VA LINGVISTIKA: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR TADQIQI” nomli ilmiy
maqolalar to‘plami May – 2024
14
Аksincha, qoʼshimcha maʼlumotlar, kommunikatsiya konteksti, til shakllarini tanlash, noverbal hatti-harakatlar va boshqa shu kabi
omillar taʼsirida doimiy ravishda oʼzgarib turadi [16, p 7]. Shu maʼnoda, kommunikatsiya ishtirokchilar tomonidan mazmun-
mohiyatni doimiy ravishda baholash va muzokara qilishni oʼz ichiga oladi.
Kishilar bilan kommunikatsiya qilish haqida nazariya yaratish keng tarqalgan inson faoliyati turlaridan biri hisoblanadi. Agar biz
kishilar nima uchun gapirayotgani, masalan, nima uchun aytayotgani yoki bizning aytganlarimiz boshqalarga qanday taʼsir qilishi
haqida umumiy taxminlarni shakllantirmasak va ularga amal qilmasak, samarali hayot kechira olmasdik [17, p 15]. Darhaqiqat,
kommunikatsiyani anglash shunchalik qadr-qiymatga egaki, nazariyani bizning hayotimizdagi genetik jihatdan meros boʼlib qolgan
moyillik deb tasavvur qilish mumkin.
Lingvistik yoki kommunikativ maqsad asosidagi maʼno aktining jahon tilshunoslari asarlaridagi talqini turlicha xarakterga ega
boʼlmasin, ularning mohiyatiga diqqat qiladigan boʼlsak, nutqiy akt xususidagi har bir talqin oʼz mohiyat-eʼtibori bilan soʼzlovchi
va tinglovchi oʼrtasidagi kommunikativ munosabatning xususiy koʼrinishlariga kelib taqaladi [14, 131 b].
А. P. Moiseevaning oʼquv qoʼllanmasida kommunikatsiya nazariyasining asosiy jihatlari (gnoseologik va metodologik),
kommunikatsiyaning sotsiologik dominantlari (stratifikatsion, vaziyat, baholash), kommunikatsiya semiotikasi, verbal va noverbal
muloqot, kommunikativ shaxs tushunchasi, ommaviy, ijtimoiy hayotning turli sohalarida muloqot, madaniyatlararo
kommunikatsiya koʼrib chiqilgan [8, 28]. Shuningdek, А.P.Moiseeva boshqa olimlarga ergashib, kommunikatsiya rivojlanishining
bir necha davrlarini belgilaydi: ogʼzaki muloqotdan oldingi davr (ibtidoiy jamiyatlarga xos); alohida nutqqa oid atamaning paydo
boʼlish davrini bildirish; yozuv paydo boʼlgandan keyingi davrning aloqasi; matbaa paydo boʼlganidan keyingi kommunikatsiya;
radio, kino, televizor, kompyuter tarmoqlari, xabarlarni uzatish uchun noverbal belgilardan foydalanadigan multimedia tizimlari
dunyosida rivojlanayotgan zamonaviy jamiyatdagi kommunikatsiya aniqlangan.
L.G.Vikulova, А.I.Sharunovlarning tadqiqotida ham yuqoridagiga oʼxshash deyarli yaqin masalalar muhokama qilingan.
Jumladan, kommunikatsiya nazariyasining fanlar tizimidagi oʼrni aniqlangan, kommunikatsiya nazariyasining rivojlanish
bosqichlari berilgan, kommunikatsiya shakllari va turlari, tuzilishi va funksiyalari, kommunikatsiya vositalari va boshqa holatlar
koʼrib chiqilgan [3, 316].
M. А. Vasilik muharriri ostidagi “Kommunikatsiya nazariyasi asoslari” oʼquv qoʼllanmasi toʼrtta tarkibiy qismdan iborat:
(“Kommunikatsiya nazariyasining uslubiy muammolari”, “Kommunikatsiya turlari”, “Kommunikatsiya darajalari” va
“Kommunikatsiyaga yoʼnaltirilgan kasbiy faoliyat turlari” [2, 9]. Аsarda kommunikatsiya tushunchasining murakkabligi, uning
jarayonlashuvi bir nechta yondoshuvlar orqali tahlil qilingan.
G. G. Pocheptsov kommunikatsiyani “verbaldan noverbalga, noverbaldan verbalga oʼtkazish jarayonlari” deb izohlaydi, chunki
uning fikriga koʼra, “kommunikatsiya uchun, birining fikrini boshqasining harakatlariga oʼtkazish muhim” deya ta’rif bergan [9,
653].
Shu bilan birgalikda olim “Kommunikatsiya nazariyasi” asarida kommunikatsiya modellari (sotsiologik, psixologik, semiotik va
boshqalar), kommunikatsiya turlari (vizual, verbal, perfomans, mifologik, badiiy) kabi jihatlarni koʼrib chiqqan. Asarda asosiy
eʼtibor reklama sohasidagi va pablik rileyshnz (PR)dagi kommunikatsiyaga qaratilgan.
V. B. Kashkin esa kommunikatsiyani “fikrlar, bilimlar, his-tuygʼular, harakatlar almashinuvi” deb taʼriflaydi [5, 256].
Koʼrib turganimizdek, adabiyotda kommunikatsiyaning koʼp oʼlchovli tavsifi mavjud, ushbu konseptsiyaga turli xil taʼriflar
berilgan.
Kommunikatsiya nazariyasining asosiy tushunchalari va toifalariga qoʼshimcha ravishda, muallif kommunikativ jarayonlarning
asosiy taʼriflarini batafsil koʼrib chiqadi, aloqani tushunishning ikkita eng muhim yondashuvini ochib beradi: jarayon-axborot va
semiotika. Kommunikativ shaxsning tuzilishi va kommunikativ harakatning tuzilishi ham tavsiflanadi [4, 284].
Kommunikativ vaziyat boʼyicha T.V. Matveeva “muloqotda harakatlanishga va bir kommunikativ hodisani boshqasidan ajratishga
yordam beruvchi kommunikativ hodisaning asosiy parametrlari majmui; kommunikativ hodisani kishi nutqi hatti-harakatlarini
belgilaydigan shartlar va holatlarning umumlashtirilgan modeli” deya taʼrif bergan. Demak, kommunikativ vaziyat - bu
kommunikativ hodisalar sodir boʼladigan holatlarning yigʼindisidir.
Kommunikativ vaziyatning xususiyatlari bir qator tarkibiy qismlarni hisobga olishni talab qiladi, ular orasida kommunikatsiya
ishtirokchilarining oʼzlari (adresant va adresat), ular oʼrtasidagi munosabatlarning tabiati (rasmiy yoki norasmiy, simpatiya yoki
antipatiya va boshqalar), kommunikatsiya sharoitlari (joy va vaqt kabi), kommunikatsiya ohangi va boshqalar mavjud.
“Kommunikativ vaziyat - muloqot sodir boʼladigan barcha holatlarning dinamik majmui: uchrashuv joyi va vaqti, dastlabki
kelishuv yoki kutilmagan vaziyatning mavjudligi, ommaviy yoki maxfiy, qonuniy yoki maxfiy; uning ishtirokchilari bilan tanishish
muddati, darajasi va xarakteri eʼtiborga olinishi muqarrar [3, 91].
Kommunikativ hatti-harakat tushunchasi kengroq maʼnoda boʼlib, u nafaqat nutq (verbal), balki muloqot qiluvchilarning ogʼzaki
boʼlmagan (noverbal) ifodasini ham oʼz ichiga oladi. Bu tushuncha haqida I. А. Sternin va Yu. E. Proxorovlar asarlarida batafsil
maʼlumotlar keltirilgan. I. А. Sternin kommunikativ xulq-atvorni “muloqotda amalga oshirilgan u yoki bu lingvomadaniy
jamoaning muloqot anʼanalari qoidalarining yigʼindisi” deb tushuncha bergan [13, 279].
Kommunikatsiya turlari sifatida verbal va noverbal turlarni sanash mumkin. Verbal kommunikasiya inson nutqidan ishora tizimi
sifatida foydalanadi, bu bir necha darajalarda ifodalanishi mumkin: ogʼzaki va tinglab tushunish koʼnikmalari, oʼqish va yozish
koʼnikmalari. M.Yu.Konovalenko va V.А.Konovalenkolarning darsliklarida, “nutq axborotni uzatishning asosiy vositalaridan
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TARJIMASHUNOSLIK VA LINGVISTIKA: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR TADQIQI” nomli ilmiy
maqolalar to‘plami May – 2024
15
biridir. Nutq til orqali amalga oshiriladi va uning koʼmagida til oʼzining kommunikativ funktsiyasini bajaradi, har bir aniq
xabarning lingvistik dizayni asosan uning muallifi oʼz oldiga qoʼygan maqsadlari bilan belgilanadi” deya taʼkidlangan [6, 129-
130].
Noverbal kommunikatsiya - bu kishilar oʼrtasida ogʼzaki boʼlmagan xabarlar almashinuvi, shuningdek, ushbu xabarlarni talqin
qilish nazarda tutiladi.
M.Yu.Konovalenko va V.А.Konovalenko oʼz asarida noverbal muloqot asoslarini oʼrganish “qadim zamonlardan boshlangan”,
deya taʼkidlashgan. Mualliflarning taʼkidlashicha, “zamonaviy ilmiy bilimlarda, xususan, psixologiyada, paralingvistika,
ekstralingvistika, psixosemiotika, sotsiolingvistika va boshqa shunga turdosh sohalarda muloqotning ushbu turiga katta eʼtibor
berilishi tabiiy” [6, 135].
3. XULOSA
Xulosa qilib aytganda, kommunikatsiya nazariyasining asosiy tushunchalari va toifalariga qoʼshimcha ravishda, kommunikatsiya
muallifi kommunikativ jarayonlarning asosiy taʼriflarini batafsil koʼrib chiqadi, kommunikatsiyani tushunishning ikki eng muhim
yondashuvlariga urgʼu beradi: axborot jarayoni va semiotika. Kommunikativ vaziyatning xususiyatlari bir qator tarkibiy qismlarni
hisobga olishni talab qiladi, ular orasida kommunikatsiya ishtirokchilarining oʼzlari (adresant va adresat), ular oʼrtasidagi
munosabatlarning tabiati (rasmiy yoki norasmiy, simpatiya yoki antipatiya va boshqalar), kommunikatsiya sharoitlari (joy va vaqt),
kommunikatsiya ohangi va boshqalar mavjud.
4. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʼYXATI
[1]
Борисинев С. В. Социология коммуникаций: Учебное пособие для вузов. – М.: ЮНИТИ – ДАНА, 2003. – 375 с.
[2]
Василик М. А. Наука о коммуникации или теория коммуникации? К проблеме теоретической идентификации //
Актуальные проблемы теории коммуникации. Сб. науч. трудов. – СПб.: Изд-во СПбГПУ, 2004. – С. 9.
[3]
Викулова Л. Г., Шарунов А. И. Основы теории коммуникации: практикум. – М.: АСТ: АСТ МОСКВА: Восток – Запад,
2008. – 316 с.
[4]
Гавра Д. П. Основы теории коммуникации: для бакалавров и специалистов: учеб. пособие для вузов по напр.
«Журналистика». – Санкт-Петербург: Питер, 2011. – 284 с.
[5]
Кашкин В. Б. Основы теории коммуникации: Краткий курс. М.: АСТ: Восток – Запад, 2007а. – 256 с.
[6]
Коноваленко М. Ю., Коноваленко В. А. Теория коммуникации. – М.: Юрайт, 2012. – 416 с.
[7]
Луман Н. Что такое коммуникация? // Социологический журнал. 1995. № 3. С. 114–124.
[8]
Моисеева А. П. Основы теории коммуникации. Учебное пособие. - Томск, 2004. – С.28.
[9]
Почепцов Г. Г. Теория коммуникации. – К.: Ваклер; М.: Рефл-бук, 1999. – 653 с.
[10]
Прохоров Ю. Е., Стернин И. А. Русские: коммуникативное поведение. – М., Флинта: Наука, 2006. – 328 с
[11]
Сепир Э. Избранные труды по языкознанию и культурологи. – М.: Прогресс: Изд. группа «Универс», 1993. – С.210-
211.
[12]
Соколов А.В. Общая теория социальной коммуникации. – СПб.: Изд-во Михайлова В. А., 2002 г. – 461 с.
[13]
Стернин И. А. Теоретические и прикладные проблемы языкознания. Избранные работы. – Воронеж: Истоки, 2008. –
596 с.
[14]
Ҳакимов М.Х. Ўзбек тилида матннинг прагматик талқини.... филол. фанлари докт. диссертацияси. –Тошкент, 2001. -
Б.131.
[15]
Шарков Ф. И. Теория коммуникации (базовый курс учеб. для вузов). – М.:РПИ – Холдинг, 2006. – 248 с.
[16]
Poluzhyn M.M., Vrabel T.T. Basics of speech communication theory. – Uzhhorod: UNU, 2006. -P.7.
[17]
Stacks W. Don., Salwen B.Michael., Eichhorn C. Kristen. An integrated approach to communication theory and research. –
New York and London: Routledge Taylor and Francis Group, 2019. – P.15.
[18]
Shermatov A.A. Matn yaralishida deyksis salmog'i /Xorijiy filologiya, №2 (87), 2023. -B. 10-14.
[19]
Abdimital o‘g‘li , A. B. . (2023). Leksik Birliklarning Lingvomadaniy Xususiyatlari (“Shum Bola” Asarining Tarjimasi
Misolida). Miasto Przyszłości, 34, 236–239. Retrieved from https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/1293
[20]
http://rus-yaz.niv.ru/doc/dictionary/linguistic-encyclopedic/articles/500/kommunikaciya.htm
[21
] Ilhomovna KM. LINGUOCULTURAL LEXICOGRAPHY. A COMPARATIVE ANALYSIS OF ENGLISH AND UZBEK
REALIA. In" USA" INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE TOPICAL ISSUES OF SCIENCE
2024 May 7 (Vol. 17, No. 1).
[22]
Абсаламов, Х. (2022). Practicality of productive speaking skills in ESP and EGP.
Анализ актуальных проблем, инноваций,
традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языков
,
1
(01), 205-208.
[23]
Jumayeva, M. B., & Yusupov, O. Y. (2023). USING DIFFERENT GAMES AND SONGS IN TEACHING ENGLISH TO
ELEMENTARY SCHOOL STUDENTS.
BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI
,
3
(4), 107-111.
