RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TARJIMASHUNOSLIK VA LINGVISTIKA: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR TADQIQI” nomli ilmiy
maqolalar to‘plami May – 2024
166
TARJIMASHUNOSLIKDA UCHRAYDIGAN
MUAMMOLAR
Tuychiyeva Parvina
Samarqand Davlat CHet Tillar Instituti, Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi assistent-o‘qituvchisi
Annotatsiya —
Bilamizki globallashuv jarayoni shiddat bilan rivojlanib keng tarqalib bormoqda, shu bilan birga har bir soha, har
bir yo‘nalishda o‘ziga yarasha o‘zgarishlar, yangiliklar kundan kunga ko‘payib bormoqda. Axborot texnologiyalari rivojlanayotgan
paytda sohaga bo‘lgan talab ham jadallik bilan rivojlanib kelmoqda.
Tayanch so’zlar
— iction tarjima, turizm, muqobillik, pragmatik, leksik, stilistik, frazeologik muammolar.
1.
KIRISH
Bu maqolada biz nafaqat tarjimada shuning bilan birga sinxron tarjimada uchraydigan qiyinchiliklar, muammolar haqida to‘xtalib
o‘tamiz. Avvalo tarjimon bo‘lish uchun nafaqat o‘z ona tili balki ikkinchi tilni ham mukammal bilishi, erkin so‘zlasha olishi,
anglashi, fikrini erkin yetkaza bilishi juda muhim hisoblanadi. Tarjimon xuddi ikki tomon o‘rtasidagi ko‘prikga o‘xshaydi, yani
ikki til vakillari o‘rtasidagi vositachi desak ham bo‘ladi. Tarjimonlik bir qarashda oson sohaga o‘xshaydi, lekin uni ichiga kirib,
to‘liq o‘rganmoqchi bo‘lsa kishi butun umri ham unga kamlik qiladi.
2.
ASOSIY QISIM
Tarjima oddiy soha emas, u kundan kunga yangilanib, rivojlanib borayotgan soha desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Agar siz tarjima
bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lsangiz, siz uning faqat bir sohasini tanlashingizga to‘g‘ri keladi. Masalan, siz turizm sohasidagi
tarjimonsiz, u sohani mukammal bilasiz, agar sizni kimyo fani bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan tadbirga tarjimon sifatida taklif qilishsa
vaholanki siz uni rad etasiz, chunki har bir sohaning o‘ziga yarasha terminlari, pragmatik muammolari, frazeologik, leksik
muammolari bo‘ladi, bu sohani ham o‘rganmoqchi bo‘lsangiz sizdan ancha narsa ya’ni kuch, bilim, malaka talab qilinadi. Shuning
uchun tarjimon bir yo‘nalishni tanlab uni mukammal o‘rgansa kelajakda o‘sha sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lishi aniq. Bo‘lajak
tarjimonlar qaysi tilni ikkinchi tili deb tanlagan bo‘lsalar o‘sha tilda so‘zlashadigan odamlar orasida kamida yarim yil yashashi,
nafaqat ularning dunyo qarashini, doimiy ishlatadigan so‘zlari, terminlari, so‘z birikmalari balki tarixini, madaniyatini, an’ana va
urf-odatlarini chuqur o‘rganmog‘i darkor.
Tarjima jarayonida tarjimon asosan quyidagi muammolarga duch kelishi mumkin:
1. Muqobillik muammosi
2. Pragmatik muammolar
3. Leksik muammolar
4. Grammatik muammolar
5. Stilistik muammolar
6. Frazeologik muammolar muammolar
Muqobillik muammosi. Manba til bilan tarjima tili o‘rtasida mazmuniy, tarkibiy va vazifaviy jihatdan oʼxshashlik muqobillik
hisoblanadi. Manba matn maʼno-mazmunini yetkazib beruvchi tarjima matn til birliklari funksional jihatdan muqobillar (mos
birliklar) sifatida manba matn birliklari oʼrnida ishlatiladi. Тil birliklari meʼyoriy maʼnoda ishlatilgani uchun manba tili
birliklarining tarjima tilida maʼlum muqobillari mavjud boʼlib, ular har xil tarjima matnlarida o‘sha birliklarning o‘rin
almashtiruvchilari boʼlib qoʼllaniladi. Manba matn va uning tarjimasida til birliklarining mutlak oʼxshash emasligi ularning bir
narsa ekanligi haqidagi xulosaning yoxud aynan bir vaziyat tasvirlanayotganligini ifodalovchi aniq mantiqiy bogʼliqlikning
yoʼqligidadir. Shunga qaramay, asliyat va tarjima gaplar orasida mazmun jixatdan qandaydir umumiylik borligi ayon. Bundan
tashkari, tarjima jarayonida yoʼqolib ketishi mumkin boʼlgan axborotning kattaroq qismlarini ham kontekst saqlab qoladi.
Pragmatik muammolar. Pragmatika (yunoncha pragma - harakat) - muayyan nutq jarayonida belgilar va ularning ishtirokchilari
o`rtasidagi munosabatni oʼrganuvchi semiotikaning bir bo`limidir. Pragmatikaga bugungi kunda til vakillarining muayyan soʼzlar
va semantik konstruksiyalar yordamida oʼz munosabatini bildirish va suhbatdoshning munosabatini tushunish darajasi, yaʼni
mavjud vaziyatdan kelib chikib munosabat bildirish sifatida qaraladi. Pragmatik maʼnoning taʼsiri bayon mazmuni va shakli
uyg`unligida namoyon boʼladi. Tarjima jarayonida pragmatik maʼnoning maʼlum qismi tushib qolishi mumkin.
Tilshunoslikdagi pragmatika tushunchasi faqatgina til birikmalarining pragmatikasi tushunchasini oʼz ichiga olmaydi vaholanki bu
tushuncha ancha keng boʼlib, u yoki bu tilning kommunikativ jarayon ishtirokchilari va voqea syujeti xilma-xilligi hamda
ishtirokchilarning malakasiga ham bogʼliqligini ifodalaydi. Aynan soʼz ikki har xil guruh vakillari tomonidan turlicha qabul
qilinishi mumkin. Tarjimonlikda tarjimaning pragmatikasi alohida e’tiborni talab qiladigan soha hisoblanadi. Shuning uchun
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TARJIMASHUNOSLIK VA LINGVISTIKA: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR TADQIQI” nomli ilmiy
maqolalar to‘plami May – 2024
167
tarjima jarayonida matnning pragmatik xususiyatlarini inobatga olish muhim. Shu bilan birga, matnning mazmuniy uslubiy
bo`yoqdorligini, syujetning ifoda darajasini hisobga olgan holda, leksikaning stilistik jixatdan oʼziga xosligini, frazeologik
birliklarning milliymadaniy xususiyatlarini eʼtibordan chetda qoldirmaslik zarur.
Leksik muammolar. Tilning semantik xususiyatlari, ularning qo`llanishi, boshqa soʼzlar bilan birika olish va bog`lanish
imkoniyatlari, tilning leksik tizimida «joylashish» oʼrni turli tillarda oʼziga xos xususiyatlarga ega boʼlib, doim ham mos
kelavermaydi. Ingliz va oʼzbek tillaridagi leksik muvofiqlik turlari quyidagicha tasniflanishi mumkin: 1.Toʼliq leksik muvofiqlik.
2.Qisman leksik muvofiqlik. 3.Umuman mos kelmaslik. Toʼliq leksik muvofiqlik - ingliz va oʼzbek tillarida kamdan-kam
uchraydigan xolat. Odatda, ular quyidagi leksik guruxlarga tegishli boʼladi: 1)atokli ot va geografik joy nomlari; 2)ilmiy va texnik
atamalar; 3)oy, xafta, kun va sonlar. Qisman leksik muvofiqlik. Tarjima amaliyotida leksik birliklarning qisman mosligi koʼp
koʼzatiladi. [3]
3.
XULOSA
Born and raised in Ohio, William Dean Howells was an effective advocate of a new realistic mode of fiction writing. At the start,
Howells conceived of realism as truthful portrayal of ordinary facets of life--with some limitations; he preferred comedy to
tragedy, and he tended to be reticent to the point of prudishness. The formula was displayed at its best in Their Wedding
Journey (1872), A Modern Instance (1882), and The Rise of Silas Lapham (1885). Howells preferred novels he wrote after he
encountered Tolstoy's writings and was persuaded by them, as he said, to "set art forever below humanity." In such later novels
as Annie Kilburn (1888) and A Hazard of New Fortunes (1890), he chose characters not only because they were commonplace but
also because the stories he told about them were commentaries upon society, government, and economics.
4.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
[1]
TP Bakhodirovna - Journal of new century innovations, METHODS USED IN FOREIGN LANGUAGE LEARNING IN OUR
COUNTRY AND IN OTHER COUNTRIES, 2023.
[2]
TP Bakhodirovna, TOURISM INDUSTRY IN UZBEKISTAN, PEDAGOGS 45 (2), 4-7
[3]
TP Bakhodirovna - Proceedings of International Conference on Scientific …, INTERPRETATION OF TOURISM TERMS IN
UZBEK AND ENGLISH LANGUAGES, 2023.
[4]
TP Baxodirovna, USING INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN TEACHING AND LEARNING LANGUAGE. Galaxy
International Interdisciplinary Research Journal 10 (3), 207-210
[5]
TP Bakhodirovna, THE ORIGIN OF THE PHRASEOLOGICAL UNITS ON THE BASIS OF ENGLISH-UZBEK
LANGUAGES WITH EXAMPLES
[6]
THE MOST USED IDIOMS IN ENGLISH AND THEIR ALTERNATIVES IN UZBEK. T.P. Bakhodirovna - Proceedings of
International Conference on Scientific …, 2023
[7]
ХХ АСР ИНГЛИЗ АЁЛЛАР НАСРИНИНГ БАЪЗИ НАЗАРИЙ МАСАЛАЛАРИХХ АСР ИНГЛИЗ АЁЛЛАР
НАСРИНИНГ БАЪЗИ НАЗАРИЙ МАСАЛАЛАРИ Қ.Ч. Абдивалиевна - Research Focus, 2023
[8]
Kushbakova, M., Shahram, A., & Zarina, R. INTERULTURAL TRAINING AT EARLIER STAGES–AS AN
INNOVATIONAL PROJECT AT EFL TEACHING.
Zbiór artykułów naukowych recenzowanych.
, 72.
[9]
Shahram, A., & Zarina, R. MODERN LANGUAGE TEACHERS IN FOREIGN LANGUAGES (US EXPERIENCE).
Zbiór
artykułów naukowych recenzowanych.
, 277.
[10]
Шамахмудова, А. (2022). Pragmatic possibilities of interrogative sentences in a stable form.
Современные
лингвистические исследования: зарубежный опыт, перспективные исследования и инновационные методы преподавания
языков
, (1), 17-19.
[11]
Furkatovna, S. A., Jurabekovna, T. M., & Mamurjonovna, T. P. (1962). Gender aspects of politeness strategy in speech acts.
Linguistics and Culture Review, 5 (S2), 1488-1496.
[12]
Шамахмудова, А. Ф. (2022). ҲУРМАТ ТАМОЙИЛЛАРИНИНГ ГЕНДЕР АСПЕКТЛАРИ.
МЕЖДУНАРОДНЫЙ
ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА
,
5
(3).
