RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TARJIMASHUNOSLIK VA LINGVISTIKA: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR TADQIQI” nomli ilmiy
maqolalar to‘plami May – 2024
25
YOMON NIYAT GAP STRUKTURALI FRAZEOLOGIK
BIRLIKLAR
Tursunov Ahmad Amirovich
Samarqabd davlat chet tillar instituti, Roman-german tillari fakulteti
Ikkinchi chet tillar kafedrasi stajyor-oʻqituvchisi
Annotatsiya—
Ushbu maqolada tarkibiy frazeologik birliklarning bir qator guruhlari ko'rib chiqiladi. Shu bilan birga, ushbu
maqolada mavzuga oid jumla tuzilgan frazeologik birliklarga misollar keltirilgan. Bu misollar yordamida nutq jarayonida
qo`llangan so`z birikmalari tasniflanadi. Bundan tashqari, mavzu yuzasidan taniqli tilshunos olimlarning fikrlari ham keltiriladi.
Kalit so‘zlar:
gap strukturali frazeologik birliklar, semantika, modallik, gaplashgan frazeologik birliklar, frazeologik xilma-xillik.
1.
KIRISH
Gap strukturali frazeologik birliklar nemis tili so‘zlashuv nutqida semantik-modal munosabatlarning mutlaq xilma-xilligi bilan
ajralib turadi. Gaplashgan frazeologik birliklarda haqorat, adovat, so‘kinch, nafrat, qarg‘ish, mensimaslik kabi tuslarni payqash
mumkin
2.
ASOSIY QISM
Shunday qilib, ushbu gap strukturali frazeologik birliklar biror kishiga so‘zlovchi gapirayotgan joydan (xonadan) chiqib ketishga
undovchi haqoratlash buyruqlarni ifodalaydi. O‘z struktur tuzilishi bo‘yicha ular ko‘pincha
“fe’l + ajraladigan old qo‘shimcha”
so‘zusti tuzilmasiga ega bo‘lgan bir qolipdagi [2, 156 b.] undov gaplar hisoblanadi:
Hau ab!
‘Ko‘zimga ko‘rinma! Yo‘qol bu
yerdan! To‘yog‘ingni shiqillat!’; Schramm ab! ‘Qorangni ko‘rsatma!
Bu yerdan jo‘nab qol!’. Bu turdagi frazeologik birliklarga
ham kengaytirilgan komponentli variantlari qo‘shiladi, masalan:
Mach, daβ du fortkommst! ‘Toshingni ter!’; Ab nach Kassel!
‘To‘rt tomoning qibla!’.
Bunday ma’no guruhiga mansub ko‘pgina gap strukturali frazeologik birliklar uchun o‘ta qo‘pollikni ifodalashning yuqori darajasi
xarakterlidir:
Geh zum Kuckuck! ‘Yo‘qol!’; (Geh/Scher dich/) zum Kuckuck! ‘Yo‘qol, chiqqan joyingga bor-e!’; Fahr zur Hölle!
‘Yo‘qol jahannamga!’; Gleich kratz dich die Mordkommission von der Wand! ‘Yo‘kol, hozir o‘lasan!’; Daβ Pest hole (schlege)!
‘Qirg‘in kelgur!’.
Bunda biror harakatni to‘xtatishga undovchi gap strukturali frazeologik birliklar ajralib turadi:
Lassen Sie das
bleiben! ‘Bo‘ldi! Bas qiling!’;
biror kishiga nisbatan nafratni ifodaluvchi gap strukturali frazeologik birliklar:
Ich hasse ihn wie die
Sünde! ‘Uni ko‘rishga ko‘zim yo‘q!’ ‘Undan ulguday nafratlanaman!’;
la’natlashni bildiruvchi gap strukturali frazeologik
birliklari:
Der Fluch soll ihn treffen! ‘Yer yutgur!’, ‘Qurib ketgur!’.
Biror kishini haqoratlovchi, salbiy tavsiflovchi gap strukturali
frazeologik birliklar sermahsul hisoblanadi. Ko‘pincha ular adresatni ranjitadigan, xafa qiladigan murojaatlar, laqablardan iborat:
So ein blöder Affe! ‘Axmoq, kallavaram!’; So ein Ochse!‘Axmoq, ho‘kiz!’; So ein aufgeblasener Affe! ‘Mag‘rur axmoq!’; Ein
ausgemachter Narr ‘Gʻirt (qip-qizil) jinni, axmoq’; Du bist wohl als Kind zu heiβ gebadet worden ‘Yo‘rgakda chalib ketgan’,
‘Kallang ishlamaydi’; Du hast wohl eine weiche Birne! ‘Gʻirt axmoqsan!’; Ist das einmal ein Esel! ‘Eshak, yaramas!’; So eine
Flasche! ‘Axmoqligiga qarang!’; Du hast wohl einen Furz gefrühstückt ‘Esingni yedingmi?’; Mensch, du hast wohl einen Bruch!
‘Xayoling kirdi-chiqdi bo‘lib qolibdi!’ ‘Bir qaynovi ichida, kirarli-chiqarli’; Du bist wohl nicht bei dir ‘Aqling joyida emas’; Du
kannst mich gern haben! ‘Axmoqsan!’; Dummer Junge! ‘Gʻirt befahm!’; Ein kompletter Dummkopf (Dusse) ‘Gʻirt axmoq’; Eine
dumme Kuh ‘Axmoq, tovuq miya (ayol)’; So ein trauriger Mond! ‘Yomon mijg‘ov ekan!’; Du bist (vielleicht) eine doofe Nuβ!
‘Gʻirt tentak! Gʻirt axmoqsan!’.
Bunday guruh gap strukturali frazeologik birliklarda qo‘pollik darajasi du olmoshining ishlatilishi orqali urg‘u berib oshiriladi [3,
74 b.]:
Du Ekel! ‘Qo‘lansa, jirkanch’; Du alter Esel! ‘Eshak!’.
Ushbu turga
“sen”
eskirgan ma’nosida ishlatilgan er olmoshini o‘z
ichiga olgan gap strukturali frazeologik birliklar kiradi:
Er Schuft! ‘Yaramas, ablah!’.
Bunday qo‘pol murojaatlardan so‘ng
keyinchalik haqoratomuz luqmalarga o‘tiladi:
Du Hund! ‘Itvachcha!’.
Umuman olganda, ko‘plab gap strukturali frazeologik
birliklarga suhbatdoshga nisbatan mutlaq qo‘pollik xos. Ba’zi gap strukturali frazeologik birliklarni qiyoslang:
Blas’ mir auf den
Kopf! ‘Senga tupurdim, menga hech narsa qila olmaysan’.
Biror kishini atovchi yoki tavsiflovchi gap strukturali frazeologik birliklar:
So ein Igel! ‘Buncha o‘jar, Ali desa, bali deydi’.
Bunday baholovchi gap strukturali frazeologik birliklar yengil kinoya, takabburlik, mensimaslik tuslarini o‘z ichiga olishi mumkin:
So ein Bürschchen! ‘Shumtaka, shum bola’; Ein sauberer (netter) Bursche! ‘Qo‘lidan har qanday yomon ish keladigan yigit’.
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TARJIMASHUNOSLIK VA LINGVISTIKA: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR TADQIQI” nomli ilmiy
maqolalar to‘plami May – 2024
26
Qahramonni salbiy tarzda tavsiflovchi gap strukturali frazeologik birliklar, xususan, uning biror ishni bajarish imkoniyatlaridan
shubhalanishni ifodalaydi:
Du kannst dich begraben lassen! Laβ dich begraben ‘Kuching yetmaydi, Qo‘lingdan kelmaydi, keting
torlik qiladi’; Du hast den Bogen (die Kurve) noch nicht heraus; Du hast die Kurve noch nicht weg (heraus) ‘Kuching yetmaydi’.
Bunda ushbu gap strukturali frazeologik birliklarning ba’zilari birovni kamsitib tavsiflab, noqobil, inson qiyofasini, g‘ururini,
sha’nini yo‘qotgan kishi kabi qoralaydi:
Du bist nicht wert, daβ dich die Sonne bescheint! ‘Yashashga loyiq emassan, odam
emassan’.
Biron kishiga baxtsizlik, yomonlikni tilovchi gap strukturali frazeologik birliklar:
Daβ du die Motten kriegst! ‘Qurib ket!’, ‘Yurak
bag‘ring qonga to‘lsin!’.
Ularning safiga ishda, niyatlarda, harakatlarda mash’um tilaklarni ifodalovchi gap strukturali frazeologik
birliklar ham qo‘shiladi:
Lassen wir ihn anlaufen! ‘O‘z boshini (bu ishda) o‘zi yeydi!’.
Kimgadir nisbatan har xil ma’noli tahdid qiluvchi gap strukturali frazeologik birliklar:
Ich spiel’ ihm auf! ‘Men uni hali
o‘ynataman! Ta’zirini berib qo‘yaman!’; Das Lügen will ich dir schon austreiben! ‘Yolg‘on gapirish odatingni yo‘qotaman!’; Ich
werde es ihm (schon noch) besorgen! ‘Adabini beraman! Aqlini kiritib qo‘yaman!’; Wart, Bürachchen, ich will dich lehren!
‘Senimi, shoshmay tur!’ ‘Adabingni beraman!’; Gleich gibt es etwas! ‘Hozir seni kaltaklayman!’; Ich haue dir eine ‘runter, daβ du
denkst, Ostern und Pfingsten fallen auf einen Tag ‘Ko‘rsatib qo‘yaman hali senga, shoshmay tur!’.
Bu yerda gap strukturali frazeologik birliklarning turli tagguruhlari ajralib turadi. Masalan, ular birinchi shaxsning ikkinchi shaxsga
tahdidlarini ifodalaydi:
Ich haue dich, daβ du in keinen Sarg mehr paβt! ‘Men seni shunday do‘pposlayman, tuqqan onang ham
tanimaydi; Komm mir nicht in die Nähe! ‘Yo‘qol, ko‘zimga ko‘rinma!’; Du wirst dich (noch) putzen! ‘Sen hali badalini
to‘laysan!’; Ich habe noch ein Hühnchen mit dir zu rupfen! ‘Sen bilan hali hisob-kitobim bor!’ ‘Sen bilan hali orani ochiq
qilishimiz kerak!’.
Ushbu qatorga uchinchi shaxsga nisbatan tahdidni ifodalovchi gap strukturali frazeologik birliklar ham kiradi:
Ich werde ihn mir
schon (noch) kaufen ‘Uning adabini berib qo‘yaman’; Der kann mir im Mondschein begegnen! ‘Men uni bilishni ham
xohlamayman!’, ‘Unga tupurdim!’.
Gʻarazli niyatni bildiruvchi gap strukturali frazeologik birliklarni o‘z ichiga oluvchi mazkur
semantik tur nemis so‘zlashuv nutqida juda sermahsul hisoblanadi. Quyidagi namunalarni qiyoslang:
Ich will es ihm (schon)
einbrocken! ‘Orqasiga qalampir qo‘yaman!’, ‘Adabini beraman!’; Dich stecke ich noch dreimal ein! ‘Men bilan tortisha
olmaysan!’; Dem werd ich’s schon (noch) eintränken ‘Unga ko‘rsatib qo‘yaman!, Uni bunda kechirmayman!’; Gleich gibt es
etwas! ‘Hozir seni adabingni beraman!’; Wenn ich dich erwische, da kannst du dir gratulieren! ‘Qo‘limga tushsang, o‘zingdan
ko‘r!’; Ich werde ihm zeigen, was eine Harke ist ‘Onasini uchqo‘rg‘ondan ko‘rsataman’; Ich werde dir helfen! ‘Shoshmay tur, hali
ko‘rasan!’; Sie sollen mich noch kennenlernen! ‘Hali meni kimligimni bilib olasizlar!’. Gap strukturali frazeologik birliklarda
bunday semantika so‘zlovchining birovning adabini berib qo‘yishga da’vatini ifodalaydi: Gib ihm doch eins (mit dem Stock)! ‘Uni
(tayoq bilan) yaxshilab ur!’; Gib ihm Saures! ‘Uni yaxshigina ur!’.
Adresatga qilmishining oqibatlari haqida eslatib qattiq ogohlantiruvchi gap strukturali frazeologik birliklar [4, 23 b.]:
Das könnte
dir übel aufstoβen! ‘Buning uchun hali ta’ziringni yeb qolmasang!’; Da wird ihm was Schönes blühen! ‘Hali buning uchun haqini
oladi!’; Dir wird’s schon auch noch mal in die Bude regnen! ‘Ehtiyot bo‘l, baloga qolasan!’.
Adresat uchun sodir bo‘lgan
yoqimsiz voqea-hodisa ma’nosini ifodalagan gap strukturali frazeologik birliklar:
Da hast du’s! ‘O‘ynashib bo‘ldingmi!’, ‘Bir
ahvolga borib yetding!’. Boshqa tomondan, ba’zi gap strukturali frazeologik birliklarda adresatga o‘zini bosish, biror narsa
haqida ortiqcha shubhalardan xalos bo‘lishiga da’vat etish ifodalanadi: Tue nur nicht so gefährlich! ‘Vasvos bo‘lma! Bo‘rttirib
yuborma!’.
3. XULOSA
Gap strukturali frazeologik birliklarning yuqorida ko‘rsatilgan katta turlariga frazeologik birliklarning ba’zi boshqa guruhlari ham
qo‘shilishi mumkin.
4.
FOYDALANILGAN
ADABIYOTLAR
[1]
Сафаров Ш.C. О дискурсивно-прагматической директивных речевых актов // Текст: структура и анализ. – М., 1989. –
С. 142-146.
[2]
Чернышева И. И. Текстообразующие потенции фразеологических единиц // Лингвистика текста, ч. II. – М., 1974. – С.
155 -160.
[3]
Чернышева И. И. Feste Wortkomplexe des Deutschen in Sprache und Rede. – М.: Высшая школа, 1980. – 144 с.
[4]
Яхшиев А.А. Немис тили оғзаки нутқи тизимида фразеологик бирликларнинг семантик-дискурсив мақоми: филология
фанлари доктори (DSc) диссертацияси автореферати. – Самарқанд: СамДЧТИ, 2021. – 74 б.
[5]
Jumayeva, M. B., & Yusupov, O. Y. (2023). USING DIFFERENT GAMES AND SONGS IN TEACHING ENGLISH TO
ELEMENTARY SCHOOL STUDENTS.
BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI
,
3
(4), 107-111.
[6]
Yusupov, O. (2016). Testing as an effective tool of an English language classroom.
Рецензенты: Ирина Валентиновна
Арябкина–доктор педагогических наук
, 233.
[7]
Юсупов, О. (2022). Хорижий тилларни ўқитишда таржиманинг аҳамияти.
Анализ актуальных проблем, инноваций,
традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языков
,
1
(01), 9-11.
[8]
Юсупов, О. Я. (2020). Узбек тилига араб ва форс тилларидан узлашган лексик дублетлар тахлили.
Хорижий филология.
No2
.
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TARJIMASHUNOSLIK VA LINGVISTIKA: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR TADQIQI” nomli ilmiy
maqolalar to‘plami May – 2024
27
[9]
Yusupov, O., & Yusupov, A. (2023). Appropriate Usage of Dictionaries in the Translation of Linguacultural Words.
Journal of
Language Pedagogy and Innovative Applied Linguistics
,
1
(5), 16-20.
[10]
Баѐнханова, И. Ф. (2023). МУОМАЛА МАДАНИЯТИДА НУТҚИЙ МУЛОҚОТ ОДОБИНИ ИФОДАЛОВЧИ
МАҚОЛЛАРНИНГ ХУСУСИЯТЛАРИ.
Innovation: The journal of Social Sciences and Researches
, (1), 96-100.
[11]
Баёнханова, И. Ф. (2022). КОРЕЙС ВА ЎЗБЕК ТИЛИДАГИ ПАРЕМИОЛОГИК БИРЛИКЛАРНИНГ ҚИЁСЛАБ
ЎРГАНИШИ.
Scientific progress
,
3
(3), 265-269.
[12]
Bayanxanova, I. F., & Soliyeva, A. (2022). O’ZBEK VA KOREYS TILLARIDA KELISHIK KATEGORIYASI HAQIDA
UMUMIY TUSHUNCHA.
Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
,
2
(Special Issue 24), 114-
121.
[13]
Furkatovna, B. I., & Farxodovna, A. Z. (2023). KOREYS VA O'ZBEK TILLARIDA HURMAT MA'NONI IFODALOVCHI
MAQOLLARNING QIYOSIY TAHLILI.
Innovation: The journal of Social Sciences and Researches
,
1
(5).
[14]
Eshkuvatovna, K. L., & Ilhomovna, K. M. (2021). The specific features of translation of the poetry and prose from English
into Uzbek.
American Journal of Social and Humanitarian Research
,
2
(9), 11-14.
[15]
Nasirovna, K. A. TRANSLATION METHODS AND TECHNIQUES OF PUBLICISTIC MATERIALS.
dǩZ dSmSe [hS^
ȉSca YfcS^
, 40.
[16]
Abdirashidovna, C. N., & Nasimovna, A. K. (2021). The Problems of Translation When Translating Into Uzbek
Languages.
EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION
,
1
(2), 207-209.
[17]
Bakiyev, F. J. (2023). TRANSLATION STRATEGY AS A BASIC CONCEPT OF TRANSLATING SUBTITLES.
GOLDEN
BRAIN
,
1
(15), 220-223.
[18]
Bakiev, F. (2024, February). LEXICAL CORRESPONDENCE ISSUES IN UZBEK-ENGLISH TRANSLATION STUDIES.
In
Conference Proceedings: Fostering Your Research Spirit
(pp. 478-481).
[19]
Nuritdinova, P., & Shermatova, B. (2024). THE IMPACT OF CHATGPT ON THE TRANSLATION
INDUSTRY.
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
,
4
(2), 345-347.
[20]
SHERMATOVA, B., ALIMOVA, S., & SHOKHRUKH, O. Simultaneous Translation and Its Issues.
International Journal of
Innovations in Engineering Research and Technology
,
7
(09), 37-39.
