Авторы

  • Зарина Рахматова
    Самаркандский государственный институт иностранных языков image/svg+xml

Биография автора

  • Зарина Рахматова, Самаркандский государственный институт иностранных языков
    аспирант

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.linguistics-digital-age.35005

Ключевые слова:

Языковая культура лингвокультурные единицы фразеологизмы метафоры ментальность коммуникативность

Аннотация

Ushbu maqolada lingvokulturologiya fanining til oTganishdagi roli va ahamiyati haqida malumotlar beriladi. Lingvokulturologiyadagi lingvomadaniy birliklaming tilni oTganishdagi o‘ziga xos jihatlari haqida gapiriladi. Til va madaniyat kabi birliklami ко Tib chiqishda, avloddan avlodga, bir ijtimoiy to'plamdan boshqasiga, to'plamdan individga yoki buning teskarisi, individdan individga, bir millatdan ikkinchisiga va boshqalar lingvomadaniy ma’lumotlarni to'plash va uzatish jarayonida kompleks birliklar tushunchasi kiritiladi, ular mazmun jihatdan, ham til mazmuniga. ham madaniy mazmunga o'zaro bog’liq bo'ladilar. 0‘zida har qanday madaniy ma’lumotlarni mujassam qilgan har bir til birliklari (frazeologik birliklar, metaforalar, maqollar va boshqalar) lingvomadaniyning qiziqish doirasiga kiradi.

background image

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TARJIMASHUNOSLIK VA LINGVISTIKA: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR TADQIQI” nomli ilmiy

maqolalar to‘plami May – 2024

www.samdchti.uz

230

LINGVOKULTUROLOGIYADA LINGVOMADANIY

BIRLIKLARNING ROLI VA O‘RNI

Raxmatova Zarina

SamDChTI magistranti


Annotatsiya

Ushbu mаqоlada lingvоkulturоlogiyа fanining til o‘rganishdagi roli va ahamiyati haqida malumotlar beriladi.

Lingvokulturologiyadagi lingvomadaniy birliklarning tilni o‘rganishdagi o‘ziga xos jihatlari haqida gapiriladi. Til va madaniyat kabi birliklarni
ko‘rib chiqishda, аvloddan avlоdga, bir ijtimоiy to‘plаmdan bоshqasiga, to‘plаmdan individgа yоki buning teskаrisi, individdаn individgа, bir
millаtdаn ikkinchisigа va bоshqalar lingvоmadaniy ma’lumоtlаrni to‘plаsh va uzаtish jаrayоnida kompleks birliklаr tushunchаsi kiritilаdi, ulаr
mаzmun jihаtdаn, hаm til mаzmunigа, hаm mаdаniy mаzmungа o‘zаrо bоg’liq bo‘lаdilаr. O‘zidа hаr qаnday mаdaniy ma’lumоtlarni mujassаm
qilgаn hаr bir til birliklаri (frazeologik birliklar, metаforalar, mаqollar va boshqаlar) lingvоmadaniyning qiziqish dоirasiga kirаdi.

Kalit so‘zlar

— lingvokulturologiya, lingvomadaniy birliklar, frazeologik birliklar, mataforalar, mentalitet, kommunikativ.

KIRISH

Оxirgi pаytda til va mаdaniyat hаqidagi tushunchalаrni lingvokulturologiyа fаni chuqur o‘rgаnishga kirishdi. V.V.

Vоrоbiyning yоzishicha, “bugungi kundа lingvоkulturоlogiyаni mа’lum usullаr bilаn sаrаlangаn mаdаniy qаdriyаtlar mаjmuini
o‘rgаnаdigаn, nutqni yаrаtish va uni tushunishdаgi jоnli kommunikаtiv jаrаyоnlarni, lisоniy shаxs tajribasini va milliy mentalitetni
tadqiq qiladigan, olam manzarasining lisoniy tasvirini tizimli ravishda beradigan, ta’limning bilim egallash, tarbiyaviy va
intelektual vazifalarining bajarilishini ta’minlaydigan yangi filologik fan sifatida aytish mumkin. Shunday qilib,
lingvokulturologiya madaniyat va tilning o‘zaro aloqasi va o‘zaro ta’sirini va bu jarayonni lisoniy va nolisoniy (madaniy)
birliklarning yaxlit strukturasi sifatida aks ettiradigan majmuaviy fandir“. Tilning madaniyatga oid tarkibini tadqiq qilish XIX-XX
asrlar tilshunosligi taraqqiyotining qonuniy natijasidir. Ayni paytda ko‘pgina olimlar lingvomadaniyatshunoslikka qiziqishmoqda.
Bu esa uning istiqbolli ekanligidan dalolat berib turibdi. Lingvomadaniyatshunoslik tadqiqotining hammaga ma’qul bo‘lgan ta’rifi
tilni madaniyat bilan ajralmas bog’lanishda o‘rganishdadir. XXI asrning boshlariga kelib lingvokulturologiya jahon
tilshunosligidagi yetakchi yo‘nalishlardan biriga aylandi. Lingvokulturologiya tilda va diskursda o‘z aksini topgan va
mustahkamlangan xalq madaniyatini o‘rganadi. U avvalombor, ma‘lum bir madaniyatning mif, afsona, urf-odat, an’ana, udum,
taomil, ramzlarini vas hu kabi madaniy birliklarini tadqiq etadi. Mazkur konseptlar madaniyatga taaluqli bo‘lib, ular tilda maishiy
taomil muomalasi shaklida mustahkamlanadi.

ASOSIY

QISM

Lingvomadaniy birliklar tahliliga n azar tashlansa unda “muqobilsiz leksika“ tushunchasi muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu tushuncha muayyan xalqning milliy madaniyatiga xos hodisalarni aks ettiradi. U ko‘pincha mahalliy xalqqa xos pul,
masofa-uzunlik birliklari, ro‘zg‘or ashyolari, kiyim- kechak, yegulik-ichgulik va shu kabi tushunchalarni ifodalaydigan so‘zlardan
iborat bo‘ladi. Muqobilsiz leksika deganda bir tildagi leksik birliklarning boshqa tilda to‘liq yoki qisman muqobilga ega emasligi
tushuniladi. Muqobilsiz leksikaga ba’zi tadqiqotchilar uchta guruhdagi leksik birliklarni kiritadilar. Bular –

atoqli otlar, realiya va

tasodifiy lakunalar

. Atoqli otlarga geografik joy nomlari, tashkilot, korxona, gazeta va boshqalar kiradi. Realiya deganda esa

boshqa tilda so‘zlashuvchilarning amaliy tajribalarida mavjud bo‘lmagan predmetlar, tushunchalar va vaziyatlarni ifodalovchi
so‘zlarni tushunish mumkin. Bunga misol tariqasida moddiy va ma’naviy madaniyatdagi milliy taom nomlari, milliy libos nomlari
va hokazolar. Tasodifiy lakunalar – biron bir tildagi leksik birliklarining qandaydir sabablarga ko‘ra boshqa tilning leksik tarkibiga
mos kelmasligi.

Lingvomadaniy birliklarning yana bir ko‘rinishida nomoyon bo‘ladi. Frazeologizm – turg’un birikmalarning obrazli,

ko‘chma ma’noga ega turi bo‘lib, til egasining dunyoni, xodisalarni o‘ziga xos ko‘rinishini namoyon etadi. Frazeologizmlar har
doim xalq dunyoqarashi, jamiyat tuzilishi va o‘z davrining mavkurasini bilvosita aks ettiradi. Frazeologizmlarning semantikasida
xalq madaniyati rivojining uzoq jarayoni aks etadi. Har bir tilning frazeologizmlarida xalq hayotiga mansub ijtimoiy-tarixiy voqea-
hodisalar, milliy an’ana va urf odatlar, madaniy steriotiplar va arxetiplar o‘z aksini topgan bo‘lib, ular avloddan avlodga uzatiladi.
Frazeologik birliklar har doim subyektga qaratilgan bo‘ladi, ya’ni ular olamni tasvirlash uchungina emas, balki uni talqin qilish,
baholash va unga subyektiv munosabat bildirish uchun yuzaga keladi va metaforalar aynan mana shu muhim jihati bilan boshqa
atov birliklaridan farq qiladi. Frazeologizmga misol qilib

“he went pale”

iborasini oladigan bo‘lsak ushbu inglizlarda va

xitoyliklarda qurquvni ifodalaydi. O‘zimizning o‘zbek tilida esa

“rangi oqarib ketdi”

iborasiga misol bo‘la oladi va bu bizning


background image

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TARJIMASHUNOSLIK VA LINGVISTIKA: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR TADQIQI” nomli ilmiy

maqolalar to‘plami May – 2024

www.samdchti.uz

231

tilda ham qurquvni ifodalaydi. Biroq har doim ham bir tildagi iboralar boshqa bir tilda aynan bir xil mazmunga ega bo‘lavermaydi.
Masalan

“he opened his eyes wide”

gapi xitoyliklarda jahlni ifodalasa, inglizlarda hayratlanganlikni bildiradi. Frazeologizmlarning

shakllanishida biron bir mahalliy hunarmandchilik yoki sanoatning ham muayyan ta’siri kuzatiladi. Jumladan, Rossiyadagi Tula
shahri o‘zining samovarlari, ingliz shahri Newcastle esa ko‘mir sanoati bilan mashhurdir. Bu kabi xususiyatlar

“ездеть в Тулу со

своим сомаваром”

yoki

“to carry coals to Newcastle”

singari frazeologik birliklarni yuzaga chiqargan.

Lingvomadaniy birliklarning yana bir ko‘rinishi metafora bo‘lib u (yunoncha “metaphora”- “ko‘chirish”) – hosila ma’no yuzaga
kelishi, u biron predmet nomini boshqa predmetga o‘xshashligini e’tiborga olib ko‘chirishdir. Metafora asarlarda so‘zni o‘z
ma’nosidan boshqa bir ma’noda, ya’ni majoziy ma’noda qo‘llash san’ati. Bu san’at so‘z ma’nolari ko‘chishining bir turi bo‘lib, u
narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlikka asoslanadi. Ta’kidlash joizki, metafora hodisasi ikki ming yildan ortiq vaqtdan buyon
dunyo filologiya ilmida tadqiq etib kelinayotgan bo‘lsada, badiiyat doirasidan, stilistika, ritorika doirasidan tashqariga chiqilmadi.
Yanada aniqrog’i o‘tgan asrning boshlariga qadar metaforani fanga, fan tiliga terminalogiyaga yot hodisa sifatida talqin etish
ustvorlik qilib keldi. XX asrga kelib, ayniqsa keying paytlarda kognitiv tilshunoslikning shakllanishi bilan metaforaga qarash
butunlay o‘zgardi, uning ko‘lami kengaydi. Agar an’anaviy tushunishda “metafora” termini ostida bir so‘zning boshqasi bilan
almashtirilishi nazarda tutilgan bo‘lsa, bugun aksariyat tadqiqotchilar metafora tom ma’noda fundamental bilish faoliyatining
namoyon bo‘lishi ekanligini e’tirof etadilar. Demak, metaforalarning mazmun jihati, shuningdek ularga biriktirilgan madaniy
konnotatsiyalar kognitiv bilishning manbasiga aylanib bormoqda. Shuning uchun ham obrazli motivlashgan so‘zlar ya’ni
metaforalar madaniy belgilarning ko‘rsatkichiga aylanadi. Metafora tildagi universal hodisa bo‘lib, u barcha tilga xosdir. Uning
universalligi makonda va zamonda, til strukturasida hamda uning vazifalarida namoyon bo‘ladi. Metafora o‘zida fundamental
madaniy qadriyatlarni aks ettiradi, zero, u milliy madaniy dunyoqarashga asoslangandir.

XULOSA

Xulosa o‘rnida shuni aytib o‘tish joizki, til o‘rganishda lingvomadaniy birliklarning o‘rni va roli beqiyosdir. Ushbu birliklar haqida
o‘rganmay turib ma’lum bir til yoki asar haqida tuliq tassavvurga ega bo‘lish mushkuldir. Ular har bir tilning o‘ziga xosligini,
bezagini va xususiyatlarini o‘zida mujassam etadi. Ular tinglovchi yoki o‘quvchiga alohida kayfiyat bag’ishlaydi.

FOYDALANILGAN

ADABIYOTLAR

[1]

Chunli Yang. Cultural Differences on Chinese and English Ideoms of Diet and the Translation. English language teaching.
2010. 148-154p.

[2]

Usmanova Sh. Tarjimaning lingvomadaniy aspectlari. Darslik. Toshkent. TDSHI, 2017. 187-bet.

[3]

Lakoff G., Johnson M. Metaphors we live. -Chikago. University of Chocago press, 2008, 256p.




Библиографические ссылки

Chunli Yang. Cultural Differences on Chinese and English Ideoms of Diet and the Translation. English language teaching. 2010. 148-154p.

Usmanova Sh. Tarjimaning lingvomadaniy aspectlari. Darslik. Toshkent. TDSHI, 2017. 187-bet.

Lakoff G., Johnson M. Metaphors we live. -Chikago. University of Chocago press, 2008, 256p.