MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–7_Июнь –2025
15
KICHIK MAKTAB YOSHDAGI BOLALARDA IJODKORLIK
XUSUSIYATLARINI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK
BOSQICHLARI
Xurramova Xonzoda Nurmuxamedovna
Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani 4-umumiy oʻrta taʼlim maktabning
psixologi
Annotatsiya: Ijodkorlik deganda insonning yangilik yaratish, muammolarni
yechishga qaratilgan ijodiy qobiliyati tushuniladi. Uning tag zamirida orginallik,
amaliylik, noodatiylik va erkinlik yotadi.
Kalit so‘zlar: Ijodkorlik, shaxs, faollik, o‘quvchi, boshlang‘ich ta’lim,
qobiliyat, ruhiy salomatlik, hissiy kechinmalar, psixik jarayonlar, muloqot
KIRISH
Ijodkorlik deganda insonning yangilik yaratish, muammolarni yechishga
qaratilgan ijodiy qobiliyati tushuniladi. Uning tag zamirida orginallik, amaliylik,
noodatiylik va erkinlik yotadi. Shuningdek, ijodiy fikrlash muayyan masala
yuzasidan har tomonlama fikrlash, bir nuqtaga turli rakursdan qaray olishni
anglatadi.Ijodiy fikrlash-
bu shunday fikrlashki, natijada ma’lum bir muammoni
tubdan yangi yoki takomillashtirilgan yechimini topish demakdir. J.Guilfordning
fikriga ko'ra ijodiy fikrlashning xususiyatlari quydagilar:
O‘ziga xoslik, g‘ayrioddiy
g‘oyalar; Semantik moslashuvchanlik-ob'ektni turli nuqtai nazardan ko‘rish
qobiliyati; Majoziy moslashuvchanlik-ob'ektning yashirin tomonlarini ko‘rish
uchun idrokini o‘zgartirish qobiliyati; Noma'lum vaziyatda turli g‘oyalarni ishlatish
qobiliyati deb sanab o‘tgan.
“Inson, o‘zi va ruhiyati orasidagi hamda o‘zi va boshqa birov orasidagi
mavjud narsani tadqiq etishda bor imkoniyatni ishlatib muntazam ravishda mashq
qildirib turish kerak. Buni u haqiqat vositalarini egallashda sabot bilan yo o‘qitish
va murabbiylik usullari yoki bahs va himoya usullari bilan amalga oshirilishi zarur”
deb yozadi, Abu Nasr Farobiyning Fozil odamlar shahri kitobida .Biz boshlang‘ich
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–7_Июнь –2025
16
sinf o‘quvchilarini o‘qitish va tarbiyalashning eng muhim nazariy va amaliy
jihatlarini bilishimiz kerak. Buning uchun avvalo, quyidagi psixologik - pedagogik
muammolarni tushunib olmog‘imiz lozim: -o‘quvchi shaxsining psixologik
rivojlanganlik darajasi;
-o‘quvchi shaxsining shakllanishi va o‘quv-mehnat faoliyati mazmuni;
-o‘quvchi shaxsi tabiatining tavsifnomasi va ijtimoiy-psixologik
xususiyatlari.
O‘quvchi shaxsining psixologik rivojlanganlik darajasini to‘la yoritish
uchun biz uning rivojlanish xususiyatlari borasida muayyan ma’lumotlarga ega
bo‘lishimiz lozim.
Biz faoliyatimiz davomida o‘quvchilarning psixologik rivojlanishi yosh
xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liqligini kuzatamiz. Ruhiy jarayonlar va bola
ruhiyatidagi o‘zgarishlar, chunonchi, diqqat va xotira darajasi, tafakkur xususiyatlari
so‘z boyligi hamda nutqning rivojlanganlik darajasi va boshqalar ruhiy psixologik
rivojlanishga ta’luqlidir. Bizning maktablarimizda ta’lim-tarbiya ishlari bolalarga
faqat bilim berish bilan cheklanib qolmay, balki bolalarning barcha qobiliyatlarini
o‘stirishni nazarda tutgan holda olib boriladi. Boshlang‘ich sinf o’quvchilarining
intellektual salohiyatini rivojlanishida ularning tug‘ma qobiliyat va iste’dodining
o‘rni muhim ahamiyatga ega. Tug‘ma qobiliyatga ega bo‘lgan yoshlarimiz
kattalarning har bir ta’limiy, tarbiyaviy va kasbiy ta’limotlarini tez ilg‘ab oladilar va
tez o‘zlashtirib hayotga tadbiq eta oladilar. Lekin bu qobiliyat va iste’dod, barcha
yoshlarimizga tug‘ma talant nasib etavermaydi. Shunday ekan, qobiliyatni
shakllantirib borish, yoshlarning iste’dodini oshirib borish birinchi navbatda
pedagoglarimizga va keng jamoatchilik zimmasiga ya’ni oila, mahalla, o‘quv
muassasalari zimmasiga tushadi.
Bolalar o‘zidagi turli faoliyatlarga bo‘lgan tug‘ma layoqatlarni jamoada, o‘z
ustida tinmay ishlash jarayonida ro‘yobga chiqaradilar. Maktablardagi sinf hamda
jamoa, guruhlar, to‘garaklar, fan olimpiadalarida ishtirok etish tug‘ma
layoqatlarning imkoniyatlaridir. Shuningdek, o‘quv va mehnat faoliyatida
bolalarning layoqatlari uyg‘onadi va qobiliyatlari o‘sadi. Iste’dod tushunchasining
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–7_Июнь –2025
17
asosiy mazmuni “qobiliyat» degan tushunchani ham anglatadi. Shuni aytish
mumkinki, qobiliyat tushunchasini insonning tabiiy xususiyati deb qabul qilmay,
biroq biz ko‘p hollarda qobiliyat rivoji asosida ba’zi insonlarda tabiiy hususiyat,
ya’ni iste’dod ham mavjudligini ko‘rishimiz mumkin. Ba’zida «haqiqiy», «tabiiy»,
«tabiatdan berilgan» va shunga o‘xshash so‘zlar bilan aytilganda - «tabiiy»
tushunchasi, - qobiliyat tushunchasi bilan amaliy tahlilda bir-biriga bog‘liq. Ko‘p
hollarda biz tabiiylikni iste’dod rivoji asosida yotgan qobiliyatni tushunamiz. Balki
kimdir biror joyda amaliy so‘z ishlatishda, u yoki boshqa biror narsani - tabiiy
xususiyatni qobiliyat deb ta’kidlashi mumkindir. Go‘dak tug‘ilgan vaqtda mavjud
bo‘lgan «garmonik his» yoki «musiqaga bo‘lgan tuyg‘u» haqida o‘ylash dargumon.
Ehtimol, har qanday idrokli inson, tug‘ilgan daqiqadan boshlab, musiqaga bo‘lgan
tuyg‘u yoki o‘zaro his-tuyg‘uning rivoji asosida faqat iste’dod nishonalari, qiziqish
yoki shunga o‘xshash tuyg‘u mavjud deb o‘ylash mumkin. Shuni alohida
ta’kidlashimiz kerakki, tabiiy iste’dod nishonalari haqida gap ketganda, biz hali
meros bo‘lib qolgan iste’dod nishonalari haqida so‘zlaganimiz yo‘q.
Quyida yoshlarning intellektual ijodiy salohiyatini rivojlantirish usullaridan
foydalanish haqida na’munalar keltiramiz:
Aql charhi mashqlarini o‘tkazish: bunga turli rebuslar, krasovordlar yechish,
shaxmat va shashka o‘yinlarini musobaqa shaklida tashkil etish kiradi.
Yosh qalamkashlar to‘garaklarini o‘tkazish: bunga yoshlarning ijodiy
mahoratini, iste’dodini oshirib borishga qaratilgan tadbirlari majmuasi kiradi.
Masalan, yoshlar orasida yetishib chiqayotgan yozuvchi va jurnalistik mahoratga
ega bo‘lgan yoshlar bilan ishlash.
Chaqqonlar va epchillar sport o‘yinlarini o‘tkazish: bunga barcha turdagi
sport musobaqalarini o‘tkazish kiradi.
Mushoira, g‘azalxonlik ko‘rik tanlovlarini o‘tkazish: bu usulga yoshlarning
she’r va g‘azallar orqali ijod qilishi kiradi. Bunga “She’r kechasi” tadbirlarini
o‘tkazish kiradi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–7_Июнь –2025
18
Quvnoqlar va zukkolar tanlovlarini o‘tkazish: bu tanlov orqali yoshlarning
san’at, teatr va rassomchilikka bo‘lgan qiziqishi orttiriladi va zukkolik mahorati
baholanadi.
Ustoz-shorgird ishlarini takomillashtirish: bu usulni amalga oshirish uchun
eng yaxshi ish olib borayotgan shogirdlari undan juda mamnun va minnatdor
bo‘lgan pedagog-ustozning ishlarini ommalashtiriladi.
Albatta yoshlarning ijodiy barcha ishlarini va iste’dodli mahoratlarini
baholash, ularni turli sovg‘a va faxriy yorliqlar bilan mukofotlash maqsadga
muvofiqdir.
Yuqorida keltirilgan nazariy holat va amaliy misollarga qaramay qobiliyat
va uning rivojlanish muammosi psixologiya va pedagogikaning eng murakkab
masalalaridan biri hisoblanadi. Qobiliyat sezgi analizatorlari, kuch, harakat hamda
asabiy, jismoniy va aqliy jarayonlar muvofiqlashishi kabi nerv sistemasi
xususiyatlariga bog‘liq bo‘lgan tabiiy iqtidor, iste’dod, shuningdek, tashqi ijtimoiy
muhit ta’siri ostida rivojlanadi. Shuni ta’kidlash joizki, ijtimoiy muhitda
ta’limtarbiyaga bolaning o‘zi faol ishtirok etgandagina uning tug‘ma layoqatini
uyg‘otadi, iste’dod, qobiliyatlarini o‘stira oladi.
Boshlang
‘
ich sinf o
‘
quvchilari
bilan munosabatda bo‘lishda sabr-toqat, vazminlik zarur. Bolaning ijodiy
imkoniyatlariga salbiy ta'sir ko'rsatadigan vaziyatli omillar quydagilar:
vaqt chegarasi;
stress holati;
yuqori tashvish holati;
tezda yechim topish istagi;
muayyan echim uchun qat’iy chegaralarning mavjudligi;
oldingi muvaffaqiyatsizliklardan kelib chiqadigan ishonchsizlik;
qo'rquv;
Ijodkor yoshlarni tarbiyalash jarayonida quyidagi holatlar yuzaga keladi:
1.
Tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’siri natijasida yuz bergan kamchiliklarni
ham tugatish mumkin.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–7_Июнь –2025
19
2.
Tarbiya inson faoliyatining istiqbol maqsadini belgilaydi. Shu bois u
shaxs kamolotini ta’minlashda yetakchi rol o‘ynaydi.
3.
Insonning ma’naviy o‘sishi sodir bo‘ladi, Masalan, bola o‘z ona tilini
atrofni o‘rab turgan muhitning ta’sirida o‘rganib olishi mumkin. Lekin o‘qish va
yozishni maxsus ta’lim yo‘li bilangina o‘rganadi. Ma’lum bilim, ko‘nikma va
malakalar faqat tarbiya jarayonida egallanadi.
4.
Tarbiya yordamida hatto kishining ba’zi tug‘ma kamchiliklarini ham
ijobiy tomonga o‘zgartirish mumkin. Chunonchi, ba’zi bir bolalar ayrim
kamchiliklar bilan tug‘iladi (kar, ko‘r, soqov va hokazo). Lekin maxsus tashkil
etilgan tarbiya yordamida ularning aqli to‘la taraqqiy qiladi, tug‘ma kamchiligi
bo‘lmagan kishilar bilan barobar faoliyatda bo‘lishi mumkin.
Tabiiyki, o‘quvchilarning o‘z maqsadlariga erishishlari uchun ta’lim
maskanida olgan bilim, ko‘nikma va malakalari kamlik qiladi. Ular yuksak maqsad
yo‘lida o‘z ustilarida tinmay izlanishlari, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol
ishtirok etishlari lozim.
Fanlarda o‘zlashtira olmagan o‘quvchilarni qobiliyatsiz deyish xato, o‘qituvchining
birinchi galdagi vazifasi – har bir o‘quvchining yosh va psixologik xususiyatini
chuqur o‘rganish, uning qiziqishi va istaklarini aniqlash, ularni hisobga olgan holda
pedagogik chora-tadbirlarni ko‘rishdir. Umuman, pedagogik jihatdan to‘g‘ri
uyushtirilgan har qanday faoliyat bola shaxsining aqliy, axloqiy, estetik, jismoniy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–7_Июнь –2025
20
hamda irodaviy rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi.Yangi O‘zbekistonning ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotida xalqimizning hayoti, davlatimizning siyosiy faoliyatida tub
o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Yangi O‘zbekistonda xalqimiz o‘zining buyuk
kelajagini yaratmoqda. Uni yaratishda ulug‘ ajdodlarimiz – buyuk pedagog –
faylasuflar, din arboblari, mutasavvif donishmandlar, ulug‘ allomalarning
ta’limotlarini o‘rganish sari yo‘l ochildi. Asrlar mobaynida xalqimiz saqlab
kelayotgan milliy, umuminsoniy qadriyatlarni ilmiy tadqiq qilib rivojlantirishga
yangi imkoniyatlar yaratildi. Davlat taraqqiyoti va jamiyat ravnaqi ko‘p jihatdan
uning intellektual potensiali bilan belgilanadi. Chunki, ilmiy potensiali yuqori
darajada rivojlangan mamlakat barcha sohalarda doimo ilg‘or bo‘ladi. Shuningdek,
davlat ta’lim standartlarida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalari doirasidan
tashqari yangi zamonaviy fanlar va axborot texnalogiyalariga doir bilimlarni
o‘zlashtirish zamon talabiga aylanmoqda. Hozirda boshlangʻich taʼlim tizimining
asosiy vazifalari oʻquvchilarni har tomonlama barkamol shaxs etib tarbiyalash
maqsadida ularga mustaqil fikrlash, oʻzligini anglash, bilimlarni oʻrganishda,
maktabda va maktabdan tashqari ishlarda faollik, boy maʼnaviyatimiz va
qadriyatlarimizni oʻrgatish, oʻz shaxsidagi “men”ini tanitish, yuksak axloqiy
fazilatlar va estetik ruhda tarbiyalashdan iborat.
XULOSA
Bola shaxsining rivojlanishi uchun faol kundalik faoliyat zarur. Faoliyat
yordamidagina bola atrof-muhit bilan munosabatni tashkil etadi, shu orqali uning
bilish qobiliyati rivojlanadi, xarakter sifatlari takomillashib, kamol topadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatini rivojlantirishning ijtimoiy
psixologik xususiyatlari qanday bo’ladi degan savolga biz quydagicha javob
beramiz, tez va turli yo‘llar bilan natijaga erishadi, o‘zi qarorlar qabul qilishni
o‘rganadi va uni takomillashtiradi, o‘zining salohiyati va ambitsiyalarini amalga
oshiradi, o‘qish sharoitlariga osonroq va to‘liqroq moslashishadi, duch kelgan
muammolarni hal qilishda moslashuvchan, aniq va samarali hal qila olish
xususiyatlariga ega bo‘ladi. Bola shaxsining ijodkor bo‘lishiga o‘qituvchi va
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–7_Июнь –2025
21
murabbiylar sharoitlar yaratib berishi lozim, shunda jamiyatimizda yangi ixtirolar,
innovatsiyalar paydo bo’ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
Ochilob F.I. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida boshlang‘ich sinflarda
dars samaradorligini oshirish xususiyatlari. Zamonaviy ta’lim
/
СОВРЕМЕННОЕ
ОБРАЗОВАНИ
.
2016. 5. -7 s.
2.
Mavlyanova R.A. Paxmankulova N.X Boshlang‘ich ta’limda innovatsiya
(metodik qo‘llanma). -Toshkent, 2017. -195 s.
3.
Safo Ochil, K. Xoshimov. O’zbek pedagogikasi antologiyasi. – Toshkent,
O’qituvchi, 1999. 478 s.
4.
Davletshin M.G. O’quvchilarda texnik qobiliyatning rivojlanishi. Toshkent.
1991.