Authors

  • Pulatova Shohista Alisher qizi

Author Biography

  • Pulatova Shohista Alisher qizi

    Toshkent Amaliy Fanlar universiteti

    Tarix fakulteti 3 bosqich talabasi

     

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116234

Keywords:

Amirlik harbiy qo’shin mansab fuqarolik hokimiyat qurol-yarog‘ viloyat beklari qozi fatvo sayid to’pchi davlat amaldor oliy askar

Abstract

Buxoro Amirligidagi harbiy ishlarning tashkil qilinishi yozma manbalar va adabiyotlar tahlili asosida yoritildi. Amirlikdagi harbiy boshqaruv va qo’shin tuzilishi yoritilib, Amir Nasrullo va Amir Shohmuroda davrida harbiy qo’shin tuzilishdagi farqlar ko’rsatilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

72

BUXORO AMIRLIGIDA HARBIY ISHLARNING TASHKIL

QILINISHI

Pulatova Shohista Alisher qizi

Toshkent Amaliy Fanlar universiteti

Tarix fakulteti 3 bosqich talabasi

Annatotsiya:

Buxoro Amirligidagi harbiy ishlarning tashkil qilinishi yozma

manbalar va adabiyotlar tahlili asosida yoritildi. Amirlikdagi harbiy boshqaruv va

qo’shin tuzilishi yoritilib, Amir Nasrullo va Amir Shohmuroda davrida harbiy

qo’shin tuzilishdagi farqlar ko’rsatilgan.

Kalit so‘zlar: Amirlik, harbiy, qo’shin, mansab, fuqarolik, hokimiyat, qurol-

yarog‘, viloyat, beklari, qozi, fatvo, sayid, to’pchi, davlat, amaldor, oliy, askar.

Buxoro amirligida harbiy kuchlarning boshqaruvini muayyan tizimi

shakllangan edi. Bu tizimning eng yuqori pog`onasida oliy hukmdor amir turgan.

U qo’shinning rasman oliy ko’mondoni hisoblansada, ko’p hollarda amalda

qo’shinga boshchilik qilish boshqa amaldorlar orqali amalga oshirilgan. Buxoro

amirligida qo’shin parvonachi tomonidan boshqarilgan bo’lib, u bosh ko’mondon

mavqeiga ega bo’lgan hollarni tasdiqlovchi holatlar ham tarixiy adabiyotlarda

keltirilgan.

1

Amirlikda harbiy harakatlarni rejalashtirish, harbiy kuchlarni jang

maydonida to’g`ri taqsimlash ishi naqiblar zimmasiga yuklatilgan edi. O’ziga xos

shtab boshlig`i sifatidagi bu shaxs XVIII asr oxirida Buxoroda bitilgan manba

ma’lumotlariga ko’ra, harbiy yurishlar paytida qo’shinning tuzilishi, qurollanishi va

joylashuvi, uning harakatlanishi va urush olib borishi borasida yetarli darajada

bilimga ega bo’lib, u qo’shinning avangardi va arergardi, uning o’ng va so’l qanoti,

markazi va pistirmalari haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo’lgan.

1

Узбекистонда харбий иш тарихидан (Кадимги даврдан ҳозиргача). Д. Зиёва масъул мухаррирлиги остида.

Тошкент: Шарқ, 2012. – Б. 130.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

73

Amirliklarning markaziy boshqaruv tizimida muhim o’rinni egallagan

ko’pgina mansab egalari harbiy sohada ham muayyan unvonlarga ega edilar.

Jumladan, XIX asrning 20-yillarida Buxoroda bo’lgan E.K. Meyendorfning iborasi

bilan aytganda, amirlikda “polk komandiri” mavqeiga ega – to’qsoba, “bir necha

polklar komandiri” – dodxoh, qo’shin qo’mondoni yoki marshali mavqeiga ega

parvonachi kabilar mavjud edi. Xonlikdagi bunday harbiy unvonlar va mansablar

egalari umumiy nom bilan “sarkarda” deb ham atalgan.

2

Amirlikda harbiylar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar va ularning

shikoyatldarini shu masalalar bilan shug`ullanuvchi maxsus amaldor qozi askar

ko’rib chiqqan. Harbiy jinoyatlar bo’yicha fatvo tayyorlash muftiy askar zimmasida

bo’lgan. Demak, amirlikdagi harbiylar va fuqarolik ishlari alohida –alohida

mahkamalar tomonidan ko’rib chiqilgan.

3

Qozi – askar – bu mansab egalari qo’shinda sudlov ishlari uchun mas’ul

bo’lganlar. Harbiy sohada vujudga kelgan huquqiy masalalar yechimi shu shaxsning

hukmi bilan belgilanar edi. Muftiy - askarlar esa harbiy sohada qozilar chiqargan

hukmlarning to’g`riligini shariat asosida tekshirib chiqqanlar.

4

Hukmdorlar harbiy yurishlari davomida o’z askarlarini muayyan intizomga

bo’ysundirishga majbur etgan hollari ham ko’p uchraydi. XVI asr boshida

Samarqandni zabt etgan Muhammad Shayboniyxon o’z askarlariga “o’g`irlik va

talonchilik ko’chasidan” o’tmaslikni amr etgan bo’lsa, Ashtarxoniylar sulolasiga

mansub hukmdor Ubaydullaxon (1702-1711) XVIII asr boshlarida Balxga yaqin

Odina masjid degan joyda harbiy harakatlarga tayyorgarlik ko’rayotgan askarlariga

aholining ekinzorlaridan “bitta ham boshoqni to’kmasliklari”, agar shunday hol

amalga oshsa, askar “umrining butun hosili o’lim o’rog`i” ostida qolishini bildiradi.

Keltirilgan ushbu tarixiy ma’lumotlar shundan dalolat beradiki, mamlakat ravnaqi

haqida qayg`urgan ayrim hukmdorlar harbiy yurishlarning salbiy oqibatlarini

anglagan holda ularning oldinni olishga harakat qilganlar.

2

Ўзбекистонда ҳарбий иш тарихидан (Қадимги даврдан ҳозиргача). Д. Зиёва масъул муҳаррирлиги остида.

Тошкент: Шарқ, 2012. – Б. 130.

3

Баҳодир Э. Ўзбекистонда давлат ва маҳаллий бошқарув тарихи. Тошкент: Янги аср авлоди, 2012.- Б. 352

4

Ўзбекистонда ҳарбий иш тарихидан (Қадимги даврдан ҳозиргача). Д. Зиёва масъул муҳаррирлиги остида.

Тошкент: Шарқ, 2012. – Б. 131.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

74

Amir Shohmurod davrida qo’shin ikki qanotdan iborat bo’lgan. So’l

qanotida mang`it, kenagas, durman, qo’ng`irot, xitoy, qipchoq, o’taji, turkman, arlot,

qiyot, qirgiz, qalmoq, hofiz, o’rlon, tilod dastalari bo’lgan. Chap qanotida saroy,

bahrin, jaloyir, qangli, yuz, ming, nayman, qarluq, berqut, qushchi, arron, orlon,

qalmiq, fulodchi, qirq, olchin, major, chinboy, badyil, as, jibbirin, qilgiy, timoy,

masid, tatar, barlon, iloji, tangut, va shogirdpesha guruhlari joylashgan.

5

Amir Nasrullo davrida amirlikdagi muntazam qo’shin-sarbozlar qo’shini

tashkil etilgan. Eng yuqori harbiy unvonlar sarkarda, amiri lashkar, dodxoh (qo’shin

boshlig`i) kabilar bo’lib, quronbegi, to’qsabo, mingboshi kabi oliy toifali harbiy

amaldorlar ham faoliyat yuritgan. Bekliklar hududidagi qo’shinga beklarning o’zlari

rahbarlik qilganlar. Bekning eng yaqin yordamchilari yasovulboshi boshchiligidagi

yasovullar bo’lgan. Qo’shinda ponsadboshi, yuzboshi, ellikboshi, o’nboshi, miroxur

kabi bo’linma boshliqlari ham bo’lgan. Ingboshi bayroq (tug`) ko’tarib yurish

huquqiga ega edi.

6

“Buxoro amirligi shariat va qonun-qoidalarga suyanib hukm surardi. Ulamo

amirni payg`ambar xalifasi va islom shariatining homiysi deb bilardi. Amirning

hayoti shariatga batomom mutobiq edi. Buxoro xonlari o’zbeklarning mang`it

sulolasidan bo’lganlar. Taxtga ko’tarish paytida o’zbek odatlariga ko’ra

to’shakchaga amir o’tiradi va uni sayyidlar, xo’ja va mullolar ko’tarib taxtga

o’tqazadilar”. Ushbu ma’lumot amirlikning boshqaru tarixi va oliy nasab egasi

hukmdorning taxtga o’tkazish marosimi tarixi bo’yicha guvohlik beradi.

Buxoro davlatida askar amaldorlarining shaxsiy muhrlari bo’lar edi. 1997

yili Shahrisabzda yashagan qozi va xattot Fayzulla Maxdum Ravnakiyning

kutubxonasi va arxividan 100 ga yaqin muhrlarning naqshi topilgan. Turli

amaldorlarning bu shaxsiy muxrlari XIX asrning oxiri va XX asrning boshlariga

tegishli bo’lib Buxoroga viloyatlarining mahalliy boshqaruvi haqida muhim

5

Вохидов Ш. Холикова Р. Марказий Осиёдаги давлат бошқаруви тарихидан. Тошкент: Янги аср авлоди,

2006. – Б. 33.

6

Баҳодир Э. Ўзбекистонда давлат ва маҳаллий бошқарув тарихи. Тошкент: Янги аср авлоди, 2012.- Б. 352.

Ўзбекистонда ҳарбий иш тарихидан (Қадимги даврдан ҳозиргача). Д. Зиёва масъул муҳаррирлиги остида.
Тошкент: Шарқ, 2012. – Б. 131.
Воҳидов Ш. Холикова Р. Марказий Осиёдаги давлат бошқаруви тарихидан. Тошкент: Янги аср авлоди,
2006. – Б. 33.
Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи. Тошкент: 2000.- Б. 47.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

75

ma’lumotlarni beradi. Shahrisazda Qozi Abdulhakim sudr, qozi Mirzo Muhammad

Sharif sudur qozi kalon, Abdulloh xo’ja o’roq, Mulla Sadulloh sudur mufti, Mirzo

Fozil sharbatdor, Sayid mullajon sadri a’lam, Xo’jabiyquli qushbegi, Amal eshon

qorovulbegi, Bobojon mirzaboshi, Muhammad Yusuf miroxor, Tilab Qobil

chehraog`asi, Umriqul jibachi, Sharifbiy shig`ovul, mirzo Shodibek akaboshi

mahramboshi, Ochildi to’qsoba xazinachi, Mansurxo’ja mudarris o’roq, mullo

Xolnazar mudarris mufti, o’roq va boshqalar XIX asrning oxiri va XX asrning

boshlarida yashagan ekanlar.

7

Buxoro qo’shini “Tarix-i nofei” ma’lumotiga qaraganda yetti xil guruhdan

iborat bo’lgan: 1.To’pchilar. 2. Otaliq. 3.Shefskiy. 4. Terskiy. 5.Arablar. 6.Turkman.

7. Yollangan askarlar. Turkman dastasi hamda yollangan askarlarning bir qismi

piyoda xizmat qilardi. “Sherbachalar” dastasi ham bo’lgan ekan. Turkman polki

Qogonda, Terskiy, Shefskiy va otliqlar Sitorai Maxosa kazarmalarida joylashgan

edi.

8

Buxoro amiri hokimiyati cheklanmagan bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida diniy

va dunyoviy hokimiyat boshlig‘i edi. Shu bilan birga, amir – davlatning oliy bosh

qo‘mondoni, amirlik yerlarining oliy egasi hisoblangan. Mang‘itlar sulolasining

uchinchi vakili bo‘lmish Shohmurod amirlik unvonini qabul qilgan. Amirlik unvoni

ilgari, asosan, qo‘shin boshliqlari va joylardagi turli harbiy vakillarga berilgan

bo‘lsa, Muhammad Rahimbiy davriga kelib amir unvoniga ega bo‘lgan birorta

mansabdor shaxs qolmagan. Ushbu unvon ilgari amalda bo‘lgan amir-beklik

unvonidan farqli o‘laroq, xalifalik maqomi – «amir ul-mo‘minin» sifatida talqin

etilgan. Amir davlatni mansabdor shaxslar, ya’ni amir xizmatchilari orqali boshqarar

edi. Ushbu mansabdor shaxslar davlatning boshqaruv apparatini tashkil etgan.

Buxoro amirlari o‘z shajaralarini Muhammad payg‘ambardan boshlaganliklari

sababli ularning unvonlariga «sayid» so‘zi qo‘shib aytilgan.

9

7

Вохидов Ш. Эркинов А. Фихристи китобхонаси Равнаки Шахрисабзий Кум: Нашри Китобхонаи Маръаши

– Нажафий 1998. 3 б.

8

Вохидов Ш. Холикова Р. Марказий Осиёдаги давлат бошкаруви тарихидан. Тошкент: Янги аср авлоди,

2006. – Б. 36.

9

Zamonov A. Buxoro amirligi tarixi (XVIII asr o‘rtalari – XIX asr o‘rtalari) – Toshkent. 2022.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

76

Mamlakat chegarasidagi qal’alarni qo’riqlashga safarbar etilgan qora-cherik

a’zolari ma’lum bir vaqt davomida shu yerda ushlab turilgan. Taniqli olim

V.L.Vyatkinning ko’rsatishicha, amirlikning janubiy qal’asi Sherobodni yuz

kishidan iborat askarlar qo’riqlab, ular har oyda almashtirib turilar edi. Bunday

turdagi qo’shin azolari turli o’zbek urug`larining vakillari bo’lib, urush paytida

jasorat va mardlik namunalarini ko’rsatganlar. Mamlakatda tinchlik hukmronlik

surgan davrlarda esa qora cheriklar uylariga jo’natib yuborilgan. Ular uylariga

qaytgach, o’zlarining asosiy mashg`ulotlari – dehqonchilik, chorvachilik,

hunarmandchilik va savdo bilan shug`ullanish imkoniga ega bo’lganlar.

Amir tomonidan yuqorida zikr etilgan iltimosnoma, shikoyatlar va boshqa

xatlarga berilgan yozma javob – muboraknoma deb atalgan. Davlat ahamiyatiga

molik bo‘lgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, diniy va boshqa masalalar Buxorodagi

bosh qarorgoh – Arkda ko‘rib chiqilgan hamda hal etilgan. Bosh qarorgoh

hisoblangan Arkda amir va uning oilasidan tashqari ayrim saroy amaldorlari o‘z

oilalari va xizmatkorlari bilan yashaganlar. Zaruratga qarab mamlakat poytaxtida

amir boshchiligida davlat kengashi chaqirilib turilgan. An’anaga ko‘ra,

lavozimlariga qarab 5 dan 20 nafargacha amaldor a’zo bo‘lgan bu kengashda

mamlakat hayotiga doir eng muhim masalalar ko‘rib chiqilgan. Viloyat hokimlari –

beklar amir tomonidan asosan mang‘it urug‘i vakillaridan tayinlangan. Amir, o‘z

navbatida, hududiy tuzilmalardan doimiy xabarnomalar olib turgan. Amirlikdagi

barcha chopar navkarlar orqali amir huzuriga yozma axborotnomalar yuborib

turganlar. Ularga amir nomidan tegishli tartibda muboraknomalar jo‘natilgan.

Buxoro amirligida harbiy ish bo`yicha an’analar davomiyligi va boshqaruvni

takomillashuvi harbiy taktikalar va ularni qo`llash uslublari Buxoro amirligida

taktikaning o`ziga xos jihatlari ega bo`lgan.

Buxoro amirligi boshqaruv ishlarida yirik sarkardalar, qo`shin boshliqlari,

qo`mondonlar va amirlarning harbiy mahorati katta ahamiyatga ega. Amirlikda ichki

va tashqi xavfni bartaraf etish, davlat sarhadlarini kengaytirish hamda qilinadigan

yurishlarda qo`shinlarning soni, harbiy tayyorgarligi, jang usullari, qurol-yarog`lar,

qo`shin boshliqlarining harbiy mahorati kabilarga katta e’tibor qaratganlar. Davlatda


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

77

qo`shin to`plash, qo`shinning ta’minoti, uning tarkibi, qo`shinni jangga tayyorlash,

qurol-aslahalar, harbiy va qorovullik xizmatini o`tash, harbiy harakatlarni olib

borish odat tusiga kirgan.

Xonliklarda harbiy ishkarni tashkil etish deyarli bir xil bo`lgan. Buxoro va

Qo`qon xonligiga oid ma’lumotlar ya’ni XIX asr birinchi yarmida har ikki davlatda

ham besh yuz askardan iborat bo`linmaga pansodboshi, yuz askarga – yuzboshi, ellik

askarga – panjaboshi, o`nlikka – dahboshi rahbarlik qilgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Zamonov A. Buxoro amirligi tarixi (XVIII asr o‘rtalari – XIX asr o‘rtalari) –

Toshkent. 2022.

2.

Аҳмад Дониш Рисола ёҳуд манғитлар ҳонадони салтанатининг қисқача

тарихи Таржима, изоҳлар ва кириш сўзи муаллифи Қиёмиддин Ёълдошев. –

Тошкент. Ўзбекистон Миллий энсклопедияси. 2014.

3.

Эргашев Б. Идеология национально-освободительного движения

Бухарском эмирате. – Тошкент. 1991.

4.

Сагдуллаев А. Мавлонов Ў. Ўзбекистонда давлат бошқаруви тарихи. –

Тошкент. Академия. 2006.

5.

Sultonov. O‘. Muboraknoma Buxoro amirligi devoni ichki yozishmalar hujjati

sifatida “O’zbek davlatchiligi tizimidagi dargoh va devonlar” nomli ilmiy – amaliy

konfrensiya (2018 – yil 18 – may, Toshkent) materiallari. –Toshkent. Akademnashr.

2019.

6.

To’rayev H. Buxoro tarixi. – Buxoro. 2020.

7.

Воҳидов Ш. Холиқова Р. Марказий Осиёдаги давлат бошқарув

тарихидан. – Тошкент. Янги аср авлоди. 2006.

8.

Zamonov A. Egamberdiyev A. Buxoro amirligi tarixi. – Toshkent.

Tamaddun. 2022.

9.

Shodiyev J. Buxoro amirligining tashkil topishi va davlat tuzumi. – Toshkent.

2008.