Authors

  • Pulatova Shohista Alisher qizi

Author Biography

  • Pulatova Shohista Alisher qizi

    Toshkent Amaliy Fanlar universiteti

    Tarix fakulteti 3 bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116233

Keywords:

Savdogarlik ipak madaniyatlar to’qnashuvi davlatlar rivojlanishi Sharq va G’arb Xitoy Yaponiya So’g’diyona Toshkent vohasi Chjan Syan YUNESKO Madaniyat.

Abstract

Buyuk ipak yo’li qadimda sharq bilan g’arbni bog’lab turgan savdo yo’li, insoniyat rivojlanishi tarixining, uning birlashuvga hamda madaniy qadriyatlari bilan almashishga, hayotiy fazo-yu mahsulotlarni sotish uchun bozorlarga erishishga intilishining o’ziga xos bo’lgan hodisasi. Dengiz, okean yo’llari ochilmasdan oldin bu yo’llar muhim ahamiyat kasb etgan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

78

BUYUK IPAK YO’LI SHAKLLANISH, RIVOJLANISH,

TARMOQLARI VA AHAMIYATI

Pulatova Shohista Alisher qizi

Toshkent Amaliy Fanlar universiteti

Tarix fakulteti 3 bosqich talabasi

Annatotsiya: Buyuk ipak yo’li qadimda sharq bilan g’arbni bog’lab turgan

savdo yo’li, insoniyat rivojlanishi tarixining, uning birlashuvga hamda madaniy

qadriyatlari bilan almashishga, hayotiy fazo-yu mahsulotlarni sotish uchun

bozorlarga erishishga intilishining o’ziga xos bo’lgan hodisasi. Dengiz, okean

yo’llari ochilmasdan oldin bu yo’llar muhim ahamiyat kasb etgan.

Kalit so‘zlar: Savdogarlik, ipak, madaniyatlar to’qnashuvi, davlatlar

rivojlanishi,

Sharq va G’arb, Xitoy, Yaponiya, So’g’diyona, Toshkent vohasi, Chjan

Syan, YUNESKO, Madaniyat.

Qadimda va o’rta asrlarda Sharq va G’arb mamlakatlarini ilk bor o’zaro

bog’lagan qitalararo karvon yo’li. Buyuk ipak yo’li atamasi ushbu yo’ldan tashilgan

qimmatbaho mahsulot Xitoy ipagi bilan bog’liq. Buyuk ipak yo’li atamasi qadimda

ishlatilmagan. Buyuk ipak yo’lini tarixiy, geografik va madaniy jihatlarini ilmiy

o’rganish amalda ko’plab mamlakat olimlari tomonidan 19-asrning 2-yarmidan

boshlangan. Uni tadqiq etishga G’arbiy Yevropa, Rossiya va Yaponiya olimlari

salmoqli xissa qo’shdilar. 1877 yil mashhur nemis olimi Rixtgofen o’zining ,,Xitoy’’

nomli yirik ilmiy asarida ulkan Yevroosiyo materigining turli qismlarini bog’lovchi

yo’llar tizimini ,,Ipak yo’li’’ deb atagan, keyinchalik ,,Buyuk ipak yo’li’’ atamasi

qabul qilingan.

Bronza davridagi (mil.avv.III-II mingyilliklar) shunday yo’llardan biri

,,Lojuvard yo’li’’ deb atalib, uning bir tarmog’i Badaxshon, Baqtriya va Marg’iyona

hududlarini Xorazm, Sug’d, Markaziy Qozog’iston va Ural bilan bog’lagan. Bu yo’l

Pomir tog’laridan boshlanib, Eron, Old Osiyo, Misr orqali o’tgan. Badaxshon


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

79

Lojuvardining Hind

vodiysi, Mesopatamiya va Misrdan topilishi bu qimmatbaho

toshning Qadimgi Sharqda nihoyatda qadrlanganligidan dalolat beradi.

Qadimgi yo’llardan yana biri, Eron ahamoniylarining yo’li bo’lib, bu

yo’lning bir tarmog’i mil.avv. VI-IV asrlarda Kichik Osiyo shaharlarini hamda

O’rtayer dengizi bo’yidagi Efes, Sardi shaharlarini Eronning markazlaridan biri

Suza bilan bog’lagan bo’lsa, yana bir tarmog’i Eron-Baqtriya orqali So’g’diyona,

Toshkent vohasi va Qozog’iston hududlaridan o’tib Oltoygacha borgan. Tarixiy

adabiyotlarda bu yo’l ,,shoh yo’li’’ deb ataladi.

Mil.avv.138-yilda Xitoy imperatori U-DI Chjan Syanni O’rta Osiyo

yerlariga jo’natadi. Elchi Chjan Syan(mil.avv.138-126-yillarda) Xitoyning

xunnlarga qarshi kurashi uchun ittifoqchi izlab kelgan edi. Mil.avv.II-I asrlarga

kelib, Chjan Syan yurgan yo’llarda Xitoyni O’rta va G’arbiy Osiyo bilan

bog’laydigan karvon yo’li paydo bo’ladi. Bu yo’l Buyuk ipak yo’li deb atalib,

umumiy uzunligi 12000 km dan iborat edi. Ilk o’rta asrlarga kelib, ipak yo’lining

yanada rivojlanganliguni kuzatish mumkin. O’z davrida nihoyatda katta ahamiyatga

ega bo’lgan bu yo’lning dastlabki tarmog’i Xitoydagi Sian shahridan boshlanib,

Sharqiy Turkiston, O’rta Osiyo, Eron, Mesopatamiya orqali O’rtayer dengizigacha

cho’zilgan.

O’rta Osiyo hududlarida antik davrdan boshlab,rivojlanish jarayonlari

Buyuk ipak yo’li bilan uzviy bog’liqdir. Xususan mil.avv.II asrdan boshlab Xitoy va

O’rta Osiyo tarixiy madaniy viloyatlari bilan savdo va madaniy aloqalar rivojlanib

bordi. Farg’ona, Sug’d va Baqtriyaga ipakchilik kirib keldi. Karvon yo’li rivojlanib

brogan sari savdo sotiq va madaniy aloqalar rivojlanib bordi. Kushonlar va Eftaliylar

davriga kelib (I-VI) O’rta Osiyo orqali o’tuvchi ipak yo’li tarmoqlari nazoratini

mahalliy so’g’diy aholi qo’lga oladilar. Qo’shni davlatlar ham ipak yo’lidan

manfaatdor bo’lganligi sababli ilk o’rta asrlarda Eron va Vizantiya hukmdorlari

so’g’diylar bilan kurashlar olib bordilar.

Buyuk ipak yo’li bo’ylab ko’plab karvonsaroylar,shaharlar barpo etildi. Bu

yo’ldan borayotgan savdogarlar ko’pincha yo’lning oxirigacha bormas edilar. O’rta

Osiyo viloyatlari bu yo’lning o’rtasida joylashganligi sababli savdogarlar Xorazm,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

80

Samarqand, Termiz va boshqa hududlarda o’z mollarini sotib,mahalliy

mahsulotlarni xarid qilar edilar. O’rta asrlar O’rta Osiyo bozorlarida chetdan

keltirilgan

ko’plab mahsulotlar mavjud ediki, hozirgi kunda ipak yo’li ustidagi

ko’hna shaharlar va manzilhohlardagi arxeologik qazishmalar natijasida

topilayotgan topilmalar fikrimizning dalilidir. Mil.avv.II asrda paydo bo’lib,

milodning XVI asriga qadar faoliyat ko’rsatgan Buyuk ipak yo’li shu davr ichida

Sharq va G’arb xalqlarining keng miqyosdagi o’zaro madaniy va iqtisodiy aloqalari

tarixida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bu yo’l orqali aloqalar qilgan qadimgi

xalqlarning o’zaro hamkorlik, almashinuv va madaniyatlarining boyib borishi,

tinchlik va taraqqiyot uchun asos bo’lib xizmat qildi. O’zbekiston hududlari bu

yo’lning chorrahasida joylashgan bo’lib,bu yerga turli mamlakatlardan savdogarlar,

hunarmandlar, olimlar va me’morlar tashrif buyurganlar.

YUNESKO tomonidan ,,Buyuk ipak yo’li muloqot yo’li’’ dasturining ishlab

chiqilishi Yevroosiyodagi 30 dan ortiq yetakchi davlatlarning 2000 yilga qadar ilmiy

madaniy faoliyati uchun yo’nalish bo’ldi. Respublikamiz hududlarida ham ilmiy

ekspeditsiyalar tashkil etildi. Buning natijasida ko’pgina tarixiy madaniy obidalar

o’rganildi, qadimgi yo’llar va yo’nalishlar aniqlandi, milliy va ma’naviy boyligimiz

hamda an’analarimiz o’rganildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.Buyuk ipak yo’li. A.Xo’jayev. Toshkent. 2007/146-bet.

2.O’zbekistonning tarixiy o’tmishi. E.Rtveladze. Toshkent. 2009.

3.O’zbekiston milliy ensiklopediyasi I jild. Toshkent. 2005.

4.Markaziy Osiyoning qadimgi yo’llari shakllanishi va rivojlanish bosqichlari.

O’.Mavlonov. Toshkent. 2008.

5.O’zbekiston tarixi. Q.Usmonov, M.Sodiqov, S.Burxonova. Toshkent.2006. 71-75

bet.

6.Buyuk ipak yo’li. E.Rtveladze.Toshkent Sharq.1999.

7.O’zbekiston tarixi. R.H.Murtozoyev. Toshkent. 2005. 96-101bet.