MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №
-28
Часть–
3_
Июнь
–
2025
161
OZIQ- OVQAT MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLSHDA
HALQARO STANDARTLARNING O’RNI
TOSh DAU assistenti F.M.Asilova.
TOSh DAU dotsenti N.K.Nosirova
Annotatsiya: Ushbu maqolada oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash
jarayonida xalqaro standartlarning tutgan o‘rni atroflicha tahlil qilinadi. Jumladan,
ISO 22000, HACCP,
Codex Alimentarius va GlobalG.A.P. kabi xalqaro standartlar tizimlarining
maqsadi, vazifalari, qo‘llanilish mexanizmlari, amaliy ahamiyati va O‘zbekiston
sharoitida joriy etilish imkoniyatlari yoritilgan. Ushbu standartlar yordamida oziq-
ovqat xavfsizligi, mahsulot sifati va eksport salohiyati oshiriladi. Shuningdek,
maqolada xalqaro standartlarni joriy etishdagi mavjud muammolar, texnik
infratuzilma, malakali kadrlar еtishmovchiligi, hamda huquqiy va tashkiliy masalalar
ham ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston tajribasi asosida xalqaro standartlarni keng
qo‘llashning istiqbollari va zarur chora-tadbirlari taklif etiladi.
Kalit so‘zlar: oziq-ovqat xavfsizligi, ISO 22000, HACCP, Codex
Alimentarius, GlobalG.A.P., xalqaro standartlar, sifat menejmenti, eksport,
sertifikatlash, gigiena.
Аннотатсия: В данной статье всесторонне анализируется роль
международных стандартов в процессе переработки пищевых продуктов. В
частности, рассматриваются цели, задачи, механизмы применения,
практическое значение и возможности внедрения в условиях Узбекистана
таких международных стандартов, как ISO 22000, HACCP, Codex Alimentarius
и GlobalG.A.P. С помощью этих стандартов повышается безопасность
пищевых продуктов, качество продукции и экспортный потенциал. В статье
также рассматриваются существующие проблемы при внедрении
международных стандартов, включая техническую инфраструктуру,
нехватку квалифицированных кадров, а также правовые и организatsiонные
вопросы. На основе опыта Узбекистана предлагаются перспективы более
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №
-28
Часть–
3_
Июнь
–
2025
162
широкого применения международных стандартов и необходимые меры для
этого.
Ключевые слова: безопасность пищевых продуктов, ISO 22000, HACCP,
Codex Alimentarius, GlobalG.A.P., международные стандарты, управление
качеством, экспорт, сертификatsiя, гигиена.
Abstract: This article provides a comprehensive analysis of the role of
international standards in the process of food processing. In particular, it highlights
the objectives, functions, implementation mechanisms, and practical significance of
international standards such as ISO 22000, HACCP, Codex Alimentarius, and
GlobalG.A.P., as well as the possibilities for their application in the context of
Uzbekistan. These standards contribute to improving food safety, product quality, and
export potential. The article also addresses existing challenges in implementing
international standards, including technical infrastructure limitations, shortage of
qualified personnel, and legal and organizational issues. Based on Uzbekistan’s
experience, the article proposes prospects for broader application of international
standards and necessary measures to support their adoption.
Keywords: food safety, ISO 22000, HACCP, Codex Alimentarius,
GlobalG.A.P., international standards, quality management, export, certification,
hygiene.
Kirish. Bugungi globallashuv va raqobat muhitida oziq-ovqat sanoati oldida
turgan eng asosiy vazifalardan biri – sifatli, xavfsiz va ekologik toza mahsulotlar
ishlab chiqarishdir. Aholi sonining ortib borishi, urbanizatsiya jarayonlarining
jadallashuvi va iste’molchilarning oziq-ovqat xavfsizligiga bo‘lgan talabining keskin
oshishi ushbu sohada xalqaro standartlar asosida ishlashni zarur qilmoqda. Xalqaro
standartlar, ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash jarayonida, mahsulot
sifatini barqarorlashtirish, iste’molchilarning salomatligini himoya qilish va
mahsulotlarni eksport bozorlariga olib chiqish imkoniyatini oshirishda muhim o‘rin
egallaydi.
Oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi xalqaro standartlar, xususan ISO 22000,
HACCP, FSSC 22000 va Codex Alimentarius, ishlab chiqaruvchilar uchun qat’iy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №
-28
Часть–
3_
Июнь
–
2025
163
me’yoriy talablarni belgilab berib, mahsulotlar xavfsizligi va sifati kafolatini
ta’minlashga xizmat qiladi. Ushbu standartlar nafaqat ishlab chiqarish jarayonlarini
nazorat qilish, balki risklarni aniqlash va oldini olish, ishlab chiqarishni
optimallashtirish va iste’molchilarning ishonchini qozonishga yordam beradi.
O‘zbekiston Respublikasi ham xalqaro standartlar tizimini milliy ishlab
chiqarish sohalariga, jumladan oziq-ovqat sanoatiga joriy etishga alohida e’tibor
qaratmoqda.
Davlatimiz
tomonidan
oziq-ovqat
xavfsizligini ta’minlash,
standartlashtirish tizimini takomillashtirish, hamda eksport salohiyatini oshirish
borasida muhim huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilinmoqda. Shu bilan birga, bu
sohada mavjud muammolar – texnik infratuzilmaning еtarli emasligi, xodimlarning
malakasi, zamonaviy texnologiyalarning cheklanganligi kabi omillar xalqaro
standartlarni to‘liq joriy etish yo‘lidagi to‘siqlardan hisoblanadi.
Keling halqaro standartlar haqida alohida-alohida to’htaylik:
ISO 22000
– bu oziq-ovqat xavfsizligi menejmenti tizimining xalqaro
standarti bo‘lib, 2005-yilda ISO (Xalqaro standartlashtirish tashkiloti) tomonidan
ishlab chiqilgan. Ushbu standart oziq-ovqat zanjirining har bir bosqichida (xom
ashyoni еtkazib beruvchilardan tortib, yakuniy iste’molchiga qadar) xavfsizlikni
ta’minlovchi menejment tizimini tashkil etishga qaratilgan.
ISO 22000 standarti:
•
xavf-xatarlarni aniqlash va baholash;
•
monitoring va tekshiruv tizimlarini joriy etish;
•
hujjatlashtirish va doimiy takomillashtirish tamoyillariga asoslanadi.
Ushbu tizim ISO 9001 sifat menejmenti tamoyillarini ham o‘z ichiga olgan
bo‘lib, umumiy biznes strategiyasiga integratsiya qilish imkonini beradi.
HACCP
(Hazard Analysis and Critical Control Points – xavf-xatarlar tahlili
va kritik nazorat nuqtalari) – oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi xavf-
xatarlarni oldindan aniqlash va nazorat qilishga yo‘naltirilgan tizimdir. U XX asrning
60-yillarida AQShda NASA buyurtmasi bilan ishlab chiqilgan.
HACCP tizimining asosiy tamoyillari quyidagilar:
1.
Xavflarni aniqlash va tahlil qilish;
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №
-28
Часть–
3_
Июнь
–
2025
164
2.
Kritik nazorat nuqtalarini belgilash;
3.
Har bir nuqta uchun chegaraviy me’yorlarni belgilash;
4.
Monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish;
5.
Tuzatuvchi choralarni aniqlash;
6.
Hujjatlashtirish;
7.
Tekshiruv va verifikatsiya.
HACCP tizimi hozirda xalqaro miqyosda oziq-ovqat xavfsizligini
ta’minlashning asosiy vositasi sifatida tan olingan va ko‘plab mamlakatlarning
qonunchiligida majburiy tizim sifatida qabul qilingan.
Codex Alimentarius
– FAO va JSST tomonidan tuzilgan xalqaro oziq-ovqat
standartlari majmuasidir. U 1963-yildan beri faoliyat yuritadi va 180 dan ortiq
davlatlarni o‘z ichiga olgan. "Codex" so‘zi lotincha bo‘lib, "qonunlar to‘plami" degan
ma’noni anglatadi.
Codex Alimentarius quyidagilarni tartibga soladi:
•
oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi;
•
gigiyena, etiketkalash, pestitsidlar va qo‘shimchalar;
•
biologik va kimyoviy ifloslanishlarni nazorat qilish;
•
xalqaro oziq-ovqat savdosidagi texnik to‘siqlarni kamaytirish.
Mazkur kodeks xalqaro savdoda huquqiy asos sifatida tan olinib, Butunjahon
savdo tashkilotining SPS bitimida asosiy mezon bo‘lib xizmat qiladi.
GlobalG.A.P.
(Good Agricultural Practices – Maqbul qishloq xo‘jaligi
amaliyoti) – bu qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini еtishtirishda xavfsizlik, sifat va
ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan xalqaro standartdir. Bu tizim, ayniqsa,
meva-sabzavot va boshqa eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar uchun muhim
hisoblanadi.
GlobalG.A.P. standarti:
•
ishlab chiqarishning har bir bosqichida xavf-xatarlarni tahlil qilish;
•
atrof-muhitni muhofaza qilish;
•
xodimlar mehnat xavfsizligini ta’minlash;
•
mahsulotlar kuzatuvchanligini ta’minlashga yo‘naltirilgan.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №
-28
Часть–
3_
Июнь
–
2025
165
GlobalG.A.P. sertifikati bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar xalqaro bozorlarda
mahsulotlarini eksport qilishda sezilarli ustunlikka ega bo‘lishadi.
Yuqoridagi barcha standartlarning umumiy maqsadli vazifalari:
1.
Oziq-ovqat
xavfsizligini ta’minlash
– mahsulotning inson
salomatligiga xavf tug‘dirmasligini kafolatlash.
2.
Ishlab chiqarish jarayonlarini tartibga solish
– gigiena, xavfsizlik va
sifat bo‘yicha qat’iy me’yorlar asosida.
3.
Xavflarni aniqlash va boshqarish
– har bir ishlab chiqarish bosqichida
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan biologik, kimyoviy, fizik xavflarni aniqlash va oldini
olish.
4.
Ishonchli nazorat tizimi yaratish
– monitoring, hujjatlashtirish va audit
asosida ishlab chiqarish ustidan doimiy nazorat o‘rnatish.
5.
Eksport salohiyatini oshirish
– xalqaro talablarga mos mahsulot ishlab
chiqarish orqali tashqi bozorlarga chiqish imkonini yaratish.
6.
Iste’molchilar ishonchini oshirish
– sifatli va xavfsiz mahsulotlar
orqali mijozlar va iste’molchilar ishonchini mustahkamlash.
7.
Barqaror rivojlanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash
– ayniqsa
GlobalG.A.P. orqali ekologik toza ishlab chiqarish yo‘llarini qo‘llab-quvvatlash.
Standart nomi Umumiy vazifasi
ISO 22000
Oziq-ovqat zanjiri bo‘ylab barcha ishtirokchilar uchun xavfsizlikni
ta’minlovchi menejment tizimini yaratish. Standart oziq-ovqat
xavfsizligi xatarlari (biologik, kimyoviy, fizik)ni tahlil qilish,
oldindan nazorat qilish va hujjatlashtirishni talab qiladi.
HACCP
Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonida xavf-
xatarlarni (xususan, sog‘liqqa tahdid soluvchi omillarni) aniqlash,
baholash va ularni kritik nuqtalarda nazorat qilish orqali
minimallashtirish yoki oldini olish.
Codex
Alimentarius
Xalqaro
oziq-ovqat
standartlari,
gigiyena,
etiketkalash,
qo‘shimchalar va ifloslanishlar bo‘yicha yagona me’yorlarni
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №
-28
Часть–
3_
Июнь
–
2025
166
Standart nomi Umumiy vazifasi
belgilash. Iste’molchilarning salomatligini himoya qilish va xalqaro
oziq-ovqat savdosida adolatli shart-sharoitlar yaratish.
GlobalG.A.P.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini еtishtirishda xavfsizlik, sifat,
ekologik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlovchi yaxshi
amaliyotlarni joriy qilish. Fermer xo‘jaliklari uchun xalqaro bozor
talablariga mos tizim yaratish.
Hulosa qilib aytganda oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash jarayonida
xalqaro standartlarning joriy etilishi sanoatning barqaror rivojlanishi, mahsulot
sifatining oshishi va iste’molchilarning salomatligini ta’minlashda muhim omil bo‘lib
xizmat qiladi. Bugungi kunda oziq-ovqat xavfsizligi nafaqat mahalliy, balki xalqaro
miqyosda dolzarb masalalardan biri bo‘lib, ishlab chiqaruvchilar xalqaro e’tirof
etilgan standartlarga asoslangan faoliyat yuritishga majbur bo‘lmoqda.
Kurs ishida olib borilgan tahlillar natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:
- ISO 22000, HACCP, FSSC 22000, Codex Alimentarius kabi xalqaro standartlar
ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida xavf tahlili, nazorat nuqtalari, gigiyenik
sharoitlar va mahsulot izlenuvchanligini ta'minlaydi;
- GLOBALG.A.P. (Good Agricultural Practices) standarti esa oziq-ovqat
mahsulotlari, ayniqsa meva-sabzavot va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini
ishlab chiqarish bosqichidan boshlab xavfsizligini kafolatlashga xizmat qiladi. Ushbu
standart dehqonchilik va chorvachilikda ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni
qo‘llab-quvvatlaydi;
- Xalqaro standartlarning amaliyotga joriy qilinishi nafaqat ichki bozorda
raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish, balki tashqi bozorga chiqish
imkoniyatlarini ham kengaytiradi;
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi to‘g‘risida. - T.:2017 yil 7 fevral, PF-4947-sonli Farmoni.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №
-28
Часть–
3_
Июнь
–
2025
167
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17-oktyabrdagi PQ-3978-
son “Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini
oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori
3.
Abduvaliyev A.A., “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish”
Darslik “Sharq” 2018.
4.
Ismoilov B.X. (2012) “O‘zbekiston respublikasida qishloq xo‘jaligi
mahsulotlariniyetishtirishda xalqaro standartlarni joriy etish usullari” Toshkent,
5.
A.Sh. Azizov, Sh.E. Umidov, B.A. Abdusattorov (2017) “Oʻzbekistonda
GLOBAL G.A.P. standartlarini joriy etishning istiqbollari” Toshkent.
6.
D. Botirova, K. Nuritdinov. (2017) Amaliy qoʻllanma “GLOBALG.A.P.
xalqaro standarti: meva va sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishni sertifikatlash
uchun asosiy talablar” Toshkent : Baktria press
7.
Integrated Farm Assurance (IFA) GFS – Fruit and vegetables Control Points
and Compliance Criteria/Principles and Criteria Interim final amended v6 Jun 7, 2022
Internet saytlari
1.
2.
https://lex.uz/docs/-3897678
3.
https://www.globalgap.org/uk_en/
4.
https://president.uz/oz/lists/view/5262