Authors

  • Abdurahmonova Sarvinoz
  • Abdurahmonova Farangiz

Author Biographies

  • Abdurahmonova Sarvinoz

    Termiz davlat universiteti

    1-kurs talabasi

  • Abdurahmonova Farangiz

    2-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116661

Keywords:

podshoh Yusuf ( a.s) adolat Nizomulmulk saljuqiylar siyosat.

Abstract

Mazkur maqolada o’zbek adabiyotida oʻz oʻrniga ega boʻlgan, tarix va siyosat bobida eng ishonchli va samarali manba boʻlgan, boʻlayotgan, boʻladigan asar - "Siyosatnoma" haqida soʻz boradi. Shuningdek, asardan oʻrin olgan muxtasar hikoyatlar va ularning tahlillari, xulosalari, gʻoyalari ham badiiy jihatdan sintez va analiz qilingan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

278

“SIYOSATNOMA” – SIYOSIY, TARIXIY, BADIIY QO’LLANMA

Termiz davlat universiteti

1-kurs talabasi

Abdurahmonova Sarvinoz

hamda 2-kurs talabasi

Abdurahmonova Farangiz

Annotatsiya: Mazkur maqolada o’zbek adabiyotida oʻz oʻrniga ega boʻlgan,

tarix va siyosat bobida eng ishonchli va samarali manba boʻlgan, boʻlayotgan,

boʻladigan asar - "Siyosatnoma" haqida soʻz boradi. Shuningdek, asardan oʻrin

olgan muxtasar hikoyatlar va ularning tahlillari, xulosalari, gʻoyalari ham badiiy

jihatdan sintez va analiz qilingan.

Kalit soʻzlar: podshoh, Yusuf ( a.s), adolat, Nizomulmulk, saljuqiylar, siyosat.

Annotation: This article discusses Siyasatnama, a work that holds a

significant place in Uzbek literature and serves as one of the most reliable and

effective sources on history and politics. It also analyzes and interprets the brief

stories included in the work, offering conclusions and ideas that are synthesized and

examined

from

an

artistic

perspective.

Keywords: king, Yusuf (peace be upon him), justice, Nizam al-Mulk, Seljuks,

politics

Аннотация: В данной статье рассматривается произведение

«Сиясатнаме», которое занимает особое место в узбекской литературе и

является одним из самых достоверных и эффективных источников по истории

и политике. Также проведён художественный синтез и анализ кратких

рассказов, включённых в произведение, их идей, выводов и смыслов.

Ключевые слова: шах, Юсуф (мир ему), справедливость, Низамульмульк,

сельджуки, политика.

Adabiyot- so'z sanʼatini ulkan bir bahri ummon desak, har bir kitob, har

bir goʻzal asar uning bir tarmog'i - jilg'asi desak yanglishmagan bo'lamiz. Shunday


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

279

nafis jilgʻalardan biri Nizomulmulkning 1091-yilda yozgan, madaniyat o'chog'i

hisoblanmish Sharq tarixi hamda sivilizatsiyasiga oʻzining munosib hissasini

qo'shgan "Siyosatnoma" yoxud "Siyar ul- mulk" asaridir. 39 bobdan iborat ushbu asar

nafaqat tarixiy, siyosiy manba, balki badiiy yuksaklik bilan yoʻg'rilgan noyob

gavhardir. Ushbu asar saljuqiylar sulolasi hukmronligini mufassal tasvirlab bergani

uchun ham badiiy , ham tarixiy qo'llanma vazifasini o'taydi. Anʼanalarga rioya etgan

holda " Mehribon va rahmdil Alloh nomi ila" yaʼni (bismillahir rohmanir rohim)dan

so'ng ilk fasl " Zamona odamlarining ahvollari va sultoni odil, shahanshohi a'zam

haladallohu mulkahuning madhi haqida" so'z boradi. Ushbu faslda keltirilishicha

Alloh taolo har asr va davrda xalq ichidan bir kishini podshoh qilib ko'taradi, unga o'z

qudratini koʻrsatib baxt va iqbol beradi, ular tufayli esa podshoh qoʻl ostidagilarni

boshqaradi, ya'nikim davlat va hokimiyat tepasida turgan inson Allohning izmi ila

shu darajaga erishgan, shu tufayli ham uning hurmatini joyiga qo'yish, uning xalq

manfaati uchun qilayotgan fidoyiliklarini qadrlamoq lozim. Zero podshohi azim -

Xudoning yerdagi koʻlankasi. Asarda shunday hikoyat keltiriladiki, Yusuf

(alayhissalom) vafot etgach ularni ajdodlari yoniga dafn etmoqchi boʻlganlarida

Jabroil

(alayhissalom)

kelib:

" ...bu joy uning joyi emas, bir mamlakatning javobini qiyomatda berishi kerak",-

deya ularni to'xtatadi. Ushbu qissadan hissa hatto payg'ambar bo'lsa ham, u

podshohlik yukini bo'yniga ortgan bo'lsa, Alloh taolo unga bergan ishonchini oqlashi,

majburiyatni ado etishi zarur. Alloh davlat boshliqlarini boshqa bandalariga

qaraganda o'zgacharoq soʻroq qiladi. Aytadilarki, qiyomat kuni podshohlar qo`llarida

qayd bilan keltiriladi, agar davlatni adolat bilan boshqargan bo'lsa, kishanlari o'z -

o'zidan parchalanib ketgay, biroq insofsizlik va zulm uning foniy hamrohlari boʻlgan

esa shu qaydlari bilan jahannamga ravona boʻladi . Shunday ekan har bir davlat

tepasida turgan shoh avvalo fuqarolari koʻnglini ovlashi kerak hamda boyni

kambag'aldan,

kattani

kichikdan

ayirmasligi

lozim.

Zero

:

Ey

shah,

karam

aylar

chogʻi

teng

tut,

yamon-u

yaxshini

Kim

mehr

nuri

teng

tushar

vayron-u

obod

ustina.

(Ogahiy)


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

280

Fikrimizning dalili sifatida ushbu asarning uchinchi faslidan o'rin olgan muxtasar

hikoyatni keltirishimiz mumkin:

Oldinlari Ajam yurtining sultonlari bir do'kon yasab uni otda sahroma -

sahro tog'ma-togʻ olib yurib, mazlumlarning dodini eshitib, zolimlarning jazosini

berib yurar ekanlar, negaki agar ular bir joyda muqim turib qolsa, devor, deraza, parda

paydo bo'lib, bo'ri kabi ochkoʻz va johil amaldorlar ulardan foydalanib, podshohga

ozurda xalq ahvolini bilishda toʻsqinlik qiladilar hamda mazlumlarni podshoh yoniga

qo'ymaydilar. Qisqacha xulosa qiladigan bo'lsak, podshohning gardaniga tushgan yuk

mazmunlardan xabardor bo'lish, yovuzlar adabini berish va hatto nifoq va kin urug'ini

sochuvchilarni fosh etishni ham qamrab oladi. Chunonchi, asarda davlat siyosati va

boshqaruv tizimining eng kichik murvatidan tokatta mexanizmiga qadar qanday

ishlashi

va

samarali

usullari

ochib

berilgan.

Xulosa qilib aytganda, asar oʻz nomi bilan "Siyosatnoma" yaʼni siyosatni

qanday olib borish kalitlari haqida. Mana 9 asr oshibdiki, hali -hanuz ushbu asar o'z

qiymatini yo'qotmagan, yoʻqotmagay, negaki asarda nafaqat oʻz davrining dolzarb

muammolari, balki umrboqiy inson mavjud ekan doim bor boʻladigan qirralarni,

kamchiliklarni ochib bergan. Kelajakda ham tarix, siyosat va adabiyot sohasidagi

nodir namunalardan biri sifatida avlodlar uchun ham dastak boʻlajak. Zero asr oshgan

asarlar kitobxonlar qalbida mangu barhayot!

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1. Muxamedov Sh. “Siyosatnoma” asarda Nizomul-Mulk davlat boshqaruviga oid

axloqiy qarashlari. Ta’limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy

tendensiyalari

va

rivojlanish

omillari.

Toshkent,

2025.

2. Vohidov R. Oʻzbek mumtoz adabiyoti tarixi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi,

Adabiyot

jamgʻarmasi.

Toshkent,

2006.

3. Mallayev N. Oʻzbek adabiyoti tarixi. SamDU nashriyoti. Samarqand, [nashr yili

ko‘rsatilmagan].

4. Nizomulmulk. Siyosatnoma (Siyar al-mulūk). Tarj. H. Darke. Routledge & Kegan

Paul (UNESCO Persian Series). London, 1960.