MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
281
PAHLAVON MAHMUD RUBOIYLARIDA NAFIS
SAN’ATLARNING QO’LLANILISHI
Termiz davlat universiteti
1-kurs talabasi Abdurahmonova Sarvinoz
hamda 2-kurs talabasi Abdurahmonova Farangiz
Annotatsiya: Ushbu maqolada Pahlavon Mahmud ruboiylari 2 jihatdan
badiiy tahlilga tortilgan: 1) sheʼriy sanʼatlar asosida 2) asarning badiiy talqini,
mazmuni asosida. Shuningdek, ruboiylarning shakl-u shamoyili, gʻoyasi, davr
mavzusi, dolzarb muammolarning talqini maqolaning asosiy qismini tashkil etgan.
Kalit soʻzlar: radif, ruboiy, qofiya, nido, tajohil ul-orif, mazmun.
Annotation: This article provides an artistic analysis of Pahlavon Mahmud’s
rubaiyat from two perspectives: 1. based on poetic devices, 2. based on artistic
interpretation and content. The main part of the article focuses on the form and
structure of the rubaiyat, their ideas, thematic relevance to the era, and the
interpretation
of
urgent
issues.
Keywords: radif, rubai, rhyme, exclamation, tajahul al-‘arif (feigned
ignorance), content.
Аннотация: В данной статье художественный анализ рубаев
Пахлавона Махмуда проведён в двух аспектах: 1. на основе поэтических
средств,
2. с точки зрения художественной интерпретации и содержания.
Основную часть статьи составляют вопросы формы и структуры рубаев, их
идейной направленности, актуальности тем эпохи и осмысления насущных
проблем.
Ключевые слова: радийф, рубаи, рифма, восклицание, таджахуль аль-
ариф (притворное неведение), содержание.
Adabiyot xazinasini nafis lal-u javohirlar bilan to'ldirhan yetuk ijodkor,
olim, orif, mutafakkir Pahlavon Mahmud ijodida ruboiylarning salmogʻi katta. U
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
282
so'fiy shoir sifatida ruboiylari orqali ma'naviy hikmatlar va hayotiy haqiqatlarni ifoda
etgan, uning ijodi inson ma'naviy kamolotini targ'ib qilib, adolat poklik, yaxshilik va
komillikka eltuvchi ruboiylardan iborat. Shuning uchun ham iste’dodli
adabiyotshunos To’lqin Eshbek uning ijodiga, ruboiyotiga shunday baho beradi:
"Pahlavon Mahmudning ruboiylari Naqshbandiy tasavvuf maktabiga yaqin. Uning
she’rlarida dunyo g‘amidan voz kechish, ruhiy poklik va Allohga muhabbat g‘oyalari
ilgari suriladi. Bu jihatlari bilan u Yassaviy, Navoiy kabi mutasavvif shoirlar
an’analarini davom ettirgan."
1
U faqat mazmunga emas, shaklga ham juda eʼtiborli
bo'lgan.
Sen zohid bu dunyoda ne yo’q debsan,
Quvonmoq, kayf-u safo bir bog’ debsan
Agar fahm qilsang, dono go’zal fikr
Bu dunyo ne istasang, bari bor debsan.
Ushbu ruboyning qofiyalanish tizimi a-a-b-a, radifi
debsan
soʻzi, qofiyasi
yo'q -bor-bogʻ soʻzlariidir. Raviysi "o" unlisi. Ushbu baytda nido, tanosib badiiy
sanʼatlari mavjud: zohid so'zi nido , kayf-u safo va quvonmoq soʻzlar esa tanosibni
yuzaga chiqargan. Insonning baxti o'zining yondashuvi va dunyoqarashiga bog'lik
ekanligi haqida ushbu ruboiyda fikr bildirilgan.
Dunyoga kelib rangin bahor bo’ldingmi?
Senga kim mehmon bo’ldi, o’ylab ko’rgin
Ketganda ularni xursand qildingmi?
Qish kabi bog’larni vayron qildingmi?
Ushbu ruboiy ham a-a-b-a tarzida qofiyalanib nafis she'riy san'atlardan tajohil
ul-orif yaʼni bilib bilmaslikka olish san'atidan foydalanilgan. shuningdek, qish va
bahor soʻzlari esa tazodni yuzaga chiqargan. Bu ruboyning mazmunida insonning
dunyodagi o'rni va uning qilgan ishlari muhokama qilinadi, shoir dunyo hayotini
bahor va qish fasllari bilan solishtiradi, bahor yaratuvchanlik, quvonch va go'zallik
ramzi, qish esa vayronagarchilik ramzidir.
1
O’zbek adabiyoti tarixi. N.Jumaxo’ja. I.Adizova. Akademnashr. Toshkent-2015. 128-b
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
283
Ey yorug’ dunyo, aytar gaping ne?
Necha go’zal bo’yin berganing ne?
Har bir borging kuygan qalb qonlari
Bu qadar zulmlar qilganing ne?
Goʻzal badiiy sanʼatlardan
ey yorugʻ dunyo
so'zi nido,
ne
soʻroq olmoshi esa
tajohil ul-orif shakllantirgan. Mazmunida dunyo adolatsizligini tanqid qilgan, u yorug'
dunyoning zulmli tomonlarini savolga tutadi, barglari qonga tashbeh etilib,
dunyoning o'tkinchiligi va nohaqliklarni ochiq bayon etgan.
Qanchadan qancha o’tdi bu dunyo foniy
Ko’plari bilmay o’tdi turmush ma’niy
Bir nafas umr o’tgach yig’lagan ne?
Tiriklikda qilingan har ish qoniy.
Ushbu ruboiyning raviysi y undoshi boʻlib qofiyaning turiga ko'ra muqayyad
qofiya hisoblanadi ko'p va bir nafas soʻzlari orqali tazodni yuzaga chiqargan bo'lsa
xuddi yuqoridagi ruboiy yanglig' ne soʻroq soʻzi orqali tajohil ul-orif ifoda etilgan.
Shoir bu ruboiyda dunyo umrining qisqaligi haqida fikr yuritadi, insonlarning
ko'pchiligi hayotning asl ma'nosini anglamay o'tib ketishlarini tilga olar ekan, u
insonga har ishning asl qiymatini bilish va javobgarlik hissini anglashni tavsiya etadi.
Bu dunyo moli qolmas o’tib ketar
Ko’p do’stlik o’zgarur yomonlik etar
Bir yaxshi amal qoniqar hammaga
Shu ishlaring oxirida so’rab o’tar.
Mazkur ruboiyning shakl-u shamoyiliga eʼtibor qaratadigan bo'lsak,
yomonlik, yaxshi istilohlari antonim soʻzlarni qo'llash, yaʼnikim tazodni yuzaga
chiqargan bo'lsa, mazmunida insonni amaliy poklikka chaqiruvchi hikmatga to'la.
Mol -dunyo o'tkinchiligi va haqiqiy boylik yaxshi amallarda ekanligi uqtirilgan. Shoir
yomonlikdan voz kechishni va insonlar bilan haqqoniy munosabatda bo'lishni
maslahat beradi.
Dunyoga kelib jamolni ko’rdingmi?
Kim uchun bir tuproq bo’lding ko’rdingmi?
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
284
Shuncha yil yashab xayolga tushgan
Borib o’sha falsafani ko’rdingmi?
Albatta, barcha ruboiylari singari bu ruboiyda ham tajohil ul-orif sanʼatini
qo'llaydi. Shoir mazkur ruboiyda inson hayotining maʼnosini anglash va uning asliga
nazar solishga chaqirmoqda.
Qilma g’urur yo’lda barcha barobar
Do’sting bormi yolg’izlikdan chiq xabar
Shunday kun kelar yolg’iz qolasan
Qolmaydi hech kim jim ham bo’lar hazar.
Ruboiyning qofiyasi barobar - xabar - hazar bo'lib raviysi r undoshidir,
muqayyad qofiya hisoblanib, badiiy sanʼatlardan yolg'iz, yolg'izlikdan ishtiqoq,
asosdosh so'zlarni qo'llash sanʼati mavjud. ushbu ruboiy insonlar o'rtasidagi tenglikni
uqtiradi , shoir g'urur va manmanlikni qoralaydi, insonlarni bir-birini qo'llab-
quvvatlashga chaqiradi.
Har kuni shukr bir ish qil yoshing o’tmas
Ehson qilg’il aslo qoldirma o’tmas
Yomonlik qilgan do’stlar izi o’tmas
Inson o’lar bir necha yomon o’tmas.
Yomon, yomonlik negizlari ishtqoqni paydo qilib, ruboiyning shakl va
mazmun nafisligiga ijobiy ta'sir qilgan, bu ruboiy yaxshilik qilish va insonlar orasida
ezgulik izini qoldirishga chaqiruvchi oʻgitdir. Shoir yomonlik va g'arazgoʻylikning
kelajakda ham salbiy ta'siri qolishini ta'kidlaydi, yomonlik qilmaslik, odamlar bilan
yaxshi munosabatda bo'lish hayotning asosiy qoidasi ekanligini ko'rsatadi.
Xulosa qilib aytganda, Pahlavon Mahmud ruboiylari o'quvchilarga maʼnaviy
kuch bag'ishlaydi, uning ruboiylari orqali insonlar hayotni chuqur anglash, o'z
xatolarini tan olish va ezgulik yo'lida faol bo'lishga chorlanadi. Bundan tashqari
Pahlavon Mahmud nafaqat ruboiylarning nafisligiga, ichki go'zalligiga, balki tashqi
goʻzalligi, yaʼni shakl-u shamoyiliga ham juda eʼtibor bergan, shuning uchun bo'lsa
kerak uning ruboiylari hali - hanuz o'quvchilar qalbidan jo bo'lmoqda. Mana necha
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
285
asrlardan buyon uning ruboiylari adabiyot ixlosmandlarning yuragini zabt etib
kelmoqda va bundan keyin ham kelajak kitobxonlarini oʻziga maftun etgay!
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Gʻulomov, Y. Pahlavon Mahmud maqbarasi. Fan nashriyoti. Toshkent, 1972.
2. Haqqulov, I. Adabiyotshunoslik asoslari. O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
nashriyoti. Toshkent, 2007.
3. Sharipova, L. Ruboiy vaznlari. “Tili va adabiyoti taʼlimi” jurnali, 3-son.
Toshkent, 2013.
4. Somiy, Sh. Qomus al-aʻlom. 5-jild. Istanbul: Miqot Matbaasi, 1899. (O‘zbek
tarjimasi asosida foydalanilgan nashr: Toshkent, 2000-yillar atrofida, tarjimon: T.
Jalolov.)
5. Oʻzbek adabiyoti tarixi. 1–2-jildlar. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi. Toshkent:
“Fan” nashriyoti, 1977.
