Authors

  • Davletova Muborak Ro'zimboyevna
  • Maqsudova Shohista Muhammadjonovna

Author Biographies

  • Davletova Muborak Ro'zimboyevna

    Qoraqalpog’iston Respublikasi Ellikqal’a tumani 38-maktab psixologi

  • Maqsudova Shohista Muhammadjonovna

    Qoraqalpog’iston Respublikasi Ellikqal’a tumani 56-maktab psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117021

Keywords:

Ta’lim tarbiya nutq psixoprofilaktika psixodiagnostika psixokonsultatsiya psixolog imidj psixologik maslahat.

Abstract

Ushbu maqolada maktab psixologining ta’lim muassasasidagi muhum vazifalari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_Май –2025

296

AMALIYOTCHI PSIXOLOGNING MUHUM VAZIFALARI

Davletova Muborak Ro'zimboyevna

Qoraqalpog’iston Respublikasi Ellikqal’a tumani 38-maktab psixologi

Maqsudova Shohista Muhammadjonovna

Qoraqalpog’iston Respublikasi Ellikqal’a tumani 56-maktab psixologi

Anotatsiya: Ushbu maqolada maktab psixologining ta’lim muassasasidagi

muhum vazifalari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so’zlar: Ta’lim, tarbiya, nutq, psixoprofilaktika, psixodiagnostika,

psixokonsultatsiya, psixolog imidj, psixologik maslahat.

Ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarga individual yondashuv zarurligi

hamma tomonidan tan olingan, lekin undan amalda kam foydalaniladi. Bunga

maktabda o’qituvchilaming bola haqida ko'p gapirishlari dalil bo’ladi. Chunki

maktabda o’quvchining qobiliyatlari, shaxsning asosiy xislatlari haqida chuqur va har

tomonlama ma’lumot beradigan mutaxassis yo’q. Ta’lim-tarbiyadagi individual

yondashuv, bolani boshqalardan ajratib alohida o’qitishni bildirmaydi, balki

shaxsning u yoki bu xislatlarining shakllanishida maxsus sharoitlarni hisobga olish,

har bir o’quvchining individual psixologik xususiyatlarini ilmiy asosda tushunishni

anglatadi. Psixologiyada shaxsning individual xususiyatlari deganda bir shaxsni

ikkinchi shaxsdan farqlaydigan xususiyatlar tushuniladi. Individual yondashuvning

vazifasi - rivojlanishning individual usullarini aniqlash, bolaning imkoniyatlarini har

bir shaxsning faolligini ta ’minlashdan iborat. Bu nuqtayi nazardan olganda individual

yondashuv faqatgina

tarbiyasi qiyin

bolalarga emas, barcha o’quvchilarga ham

zarurligi tushunarli bo’ladi. Ko’p qirrali va to’liq tashxis natijalari psixolog uchun

ham, ota-onalar, o’qituvchilar uchun ham

tarbiyasi qiyin

bola bilan olib

boriladigan tuzatish va rivojlantirish ishlarining yo’llarini aniqlash imkonini beradi.

Bu usul yutuqlar bilan birga kamchiliklarga ham ega. Bu usulni qo’llash juda ko’p

vaqtni olganligi uchun, uni amalga oshirishning har doim ham iloji bo’lmaydi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_Май –2025

297

Negaki, uzoq vaqt davomida nafaqat psixolog, balki

tarbiyasi qiyin

o’quvchi ham

charchaydi, tekshiruvda ishtirok etishdan bosh tortadi, topshiriqlami o’zi sezmagan

holda nomiga bajaradi.

Tajribadan ma’lum bo’lishicha, ayniqsa, og‘zaki metodikalar qanchalik to’liq

bo’lmasin, qiyinchilik tug‘diradi. Bundan tashqari bunday metodikalar shaxsni to’liq

xarakterlash uchun yetarli bo’lmaydi. Rasmiy iltimosga qanday munosabatda bo’lish

kerak? Kollej psixologi javob beradigan birinchi savol mana shu. Rasmiy iltimosga

ikki xil munosabat, ikki xilma-xil ish uslubi mavjud.

Birinchisi, rasmiy iltimosga o’ziga xos bo’lmagan javob qaytarishdir. Bu ikki

usul bilan amalga oshiriladi. Birinchidan, rasmiy talabga javob tarzida (uning

mazmuniga bog‘liq bo’lmagan holda) psixodiagnostik metodlar to’plami qo’llaniladi.

Ikkinchidan, rasmiy talabga o’ziga xos javob qaytarishning usuli bo’lib,

mashhur amerikalik psixolog K.Rodjers psixologiya fani va amaliyotiga kiritgan

psixologik ish to’g‘ri hisoblanadi. Uning fikricha,

tarbiyasi qiyin

bola bilan

ishlash uchun, rasmiy talabning mazmuni qiyinchiliklar sabablarini tushunishga teng,

lekin bu muhim ahamiyatga ega emas. Bola shaxsini rivojlantiradigan shunday sharoit

yaratish kerakki, bu sharoit uni xulq-atvoming salbiy shakllaridan voz kechishga va

yangi ijobiy shakllarini yaratishga majbur qilsin. Rasmiy iltimosga o’ziga xos

bo’lmagan javob qaytarishga teskari uslub — bu rasmiy talabga qat’iy mos

tushadigan diagnostik metodikalarni tanlashdan iborat: masalan, yomon o’zlashtirish

haqida shikoyat tushganda, birinchi navbatda bilish jarayonlarining taraqqiyoti tahlil

qilinadi. Bunday tashxis o’zlashtirmaslik sabablarini aniqlay olmasagina, boshqa

ko’rsatkichlar qaraladi. Tashxis natijalariga mos ravishda, ko’pincha trening turida

amalga oshiriladigan tuzatish ishlari olib boriladi. Masalan, xotira kuchsiz

rivojlanganda, uni maxsus mashq qildirish maqsadga muvofiq, ixtiyoriylik yetarli

darajada rivojlanmaganda, uni shakllantirishning maxsus dasturlari kiritiladi.

Psixoprofilaktik ishlarning usullaridan biri pedagogic psixologik konsiliumni

tashkil etishdir. Yu.K.Babanskiyning ta’kidlashicha, o’quvchilami o’rganishni yaxshi

yoMga qo’yish uchun, toliq yozma tavsifnomalar yozishdan ko’ra sinf

o’qituvchilarining o’quvchilar haqidagi fikrlarini jamoa bo’lib muhokama qilish,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_Май –2025

298

sinfga va o’quvchilarga individual yondashuv rejalarini ishlab chiqish yaxshi natijalar

beradi

Psixologik-pedagogik konsilium o’qishda orqada qolish sabablarini yoki

xulq-atvordagi kamchilik natijalarini muhokama qilishga yo’naltirilgan bo’lidi

Pedagogik konsiliumda psixologning vazifasi — o’quvchi intellektual taraqqiyotini

baholashda o’qituvchilarga har xil tomondan yondoshuvga yordamlashishdan iborat.

Pedagogik konsilium imkoniyatlarini baholashda sub’yektivizmdan holi bo’lishga,

ulami obyektiv baholash imkonini beradi. Lekin, shuni ta’kidlash lozimki,

o’qituvchilarda u yoki bu o’quvchi haqida o’z fikri bo’ladi, bu fikrlami o’zgartirish

juda qiyin. Shuning uchun konsilium natijasi foydali bo’lishi uchun psixolog unga

jiddiy tayyorlanishi kerak. Psixolog konsiliumda ishtirok etib quyidagi vazifalami

amalga oshiradi:

1. Pedagogik jamoa o’quvchi psixik va shaxsiy xarakteristikalarini turli

tomondan ko’rsatish, bunda albatta ijobiy kuchli tomonlarni ta’kidlash joiz. Kuzatish,

suhbat, psixotashxis natijalariga asoslanib, o’quvchi muammolarining kelib chiqishi

haqida isbotlangan farazlami keltirish zarur.

2. Har bir o’qituvchida o’quvchiga nisbatan munosabatni o’zgartirishga

erishish zarur. Bu juda qiyin vazifa bo’lib, uni ehtiyotkorlik bilan hal qilish zarur,

konsilium o’tkazguncha sekin-asta boshlash kerak. Ko’pincha o’qituvchi o’quvchiga

nisbatan fikrini o’zgartirgisi kelmaydi. 0 ‘qituvchi bunda psixolog nima haqida

gapirayotganini tushunmaganligi uchun emas, balki ongli ravishda o’z hayotini

murakkablashtirgisi kelmaganligi uchun shunday qiladi.

3. Barcha o’qituvchilarning o’quvchi muammolarini, uning shaxsi mohiyatini

jamoa bo’lib, tushunishlariga erishish. Faqat ana shu holda o’quvchi foydasiga o'zaro

harakat qilishlariga ishonish mumkin.

Shunday qilib, psixologik-pedagogik konsilium psixoprofilaktik ishning

muhim bosqichi hisoblanadi. Yuqori darajada tayyorlangan konsilium—o’quvchilar,

o’qituvchilar va butun jamoaning rivojlanishiga yordam beradi.

Maktab psixologining lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi.

Oʻquvchilarni muassasalarda tarbiyalash va oʻqitish jarayonida ruhiy, jismoniy


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_Май –2025

299

(somatik) va ijtimoiy farovonligini muhofaza qilishga yoʻnaltirilgan asbiy faoliyatni

amalga oshirish; oʻz faoliyatini olib borish uchun tanlagan taʼlim muassasasining

yoʻnalish boʻyicha bilimlarga ega boʻlish zarurligi, “Nurli maskan” taʼlim

muassasalarida brayl alifbosi, eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun

ixtisoslashtirilgan muassasalarda imo-ishora va daktil nutqni bilish va qoʻllay olishi,

aqliy rivojlanishda nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan muassasalarda

logopediya va psixonevrologiya bilimlarini bilish; “Bola huquqlari toʻgʻrisida”gi

Konvensiyaga muvofiq shaxs huquqlarini himoya qilishga, taʼlim muassasasi ijtimoiy

sohasini uygʻunlashtirishga koʻmaklashish va ijtimoiy jihatdan koʻnika olmaslik

hollari yuzaga kelishining oldini olish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish;

oʻquvchilar rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash va turli

koʻrinishdagi psixologik yordam (psixokorreksiya, reabilitatsiya va konsultatsiya)

berish boʻyicha tadbirlarni amalga oshiradi, oʻquvchilar, ota-onalar (ularning oʻrnini

bosuvchi shaxslar), pedagogik jamoaga aniq muammolarni hal qilishda

yordamlashish; turli yoʻnalish va maqsadlarda psixologik diagnostika oʻtkazish,

ruhiy, jismoniy va aqliy qobiliyat, moyillik, imkoniyat kabi sifatlarni aniqlash uchun

testlar oʻtkazish, test natijalarini tahlil qilish va baholash; bola ruhiyatidagi salbiy

oʻzgarishlarni aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlarni amalga

oshirish, bu borada tegishli davlat idoralari bilan hamkorlik ishlarini olib borish; turli

yosh davrlarida oʻquvchilarning shaxsiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishini psixologik

jihatdan kuzatib borish, taʼlim-tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlash, ularning

aqliy taraqqiyotida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday salbiy ogʻishlarning

oldini olishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish; oʻquvchilar shaxsining individual

yosh xususiyatlari, jinsini hisobga olib taʼlim faoliyatining rivojlantiruvchi va

tuzatuvchi dasturlarini rejalashtirish va ishlab chiqishda ishtirok etish, ularda hayotiy

va kasbga yoʻnalish olishning turli vaziyatlariga moslashuvchanlikka tayyorgarlikni

rivojlantirishga koʻmaklashish; korreksion-rivojlantiruvchi mashgʻulotlarga muhtoj

boʻlgan oʻquvchilarni toʻliq qamrab olinishi boʻyicha ish olib borish hamda interaktiv

soʻrovnomalar oʻtkazish va shu asosda kasbhunarga boʻlgan qiziqishini aniqlash va

ularning maʼlumotlar bazasi yaratish; emotsional-hissiy zoʻriqishlar, xavotirlik


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_Май –2025

300

darajasi yuqori va oʻziga ishonchi past boʻlgan bolalar uchun korreksion-

rivojlantiruvchi

mashgʻulotlar

tashkil

etish,

oʻquvchilarni

kasbga

yoʻnaltirish maqsadida seminar-treninglar hamda soha mutaxassislari bilan davra

suhbatlarini tashkil etish, shuningdek, kasbiy moyilligi boʻyicha professional taʼlim

olishi mumkin boʻlgan oʻquvchilar oʻrtasida kasbga yoʻnaltirish; taʼlim muassasasi

bitiruvchilarini taʼlimning keyingi bosqichiga toʻgʻri yoʻnaltirish yuzasidan

oʻquvchilar va ularning ota-onalari oʻrtasida targʻibot-tashviqot ishlarini olib boradi

hamda korrektsion-rivojlantiruvchi mashgʻulotlarga muhtoj boʻlgan oʻquvchilarni,

ota-onalar va pedagoglar toʻliq qamrab olingani va oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida deviant

xulq atvor koʻrinishlarining (zoʻravonlik, oʻz joniga qasd qilish, erta tugʻruq) oldini

olish; iqtidorli oʻquvchilarni psixologik jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ularning

rivojlanishi va izlanishlariga koʻmaklashish; oʻquvchilarning rivojlanishidagi (aqliy,

jismoniy, hissiy), turli koʻrinishdagi ijtimoiy rivojlanishidagi muammolarni aniqlash

va ularni psixologik-pedagogik jihatdan tuzatishni amalga oshirish; pedagogik

jamoalarda sogʻlom psixologik muhitni yaratish va qoʻllab-quvvatlash, jamoa

aʼzolarining hissiy-emotsional holatlari, shaxslararo munosabatlar va ziddiyatli xatti

harakatlarni korreksiyalash, ularning psixologik madaniyatini yuksaltirish boʻyicha

ishlarni olib borish; oʻquvchilarning individual-psixologik, fiziologik xususiyatlari va

qiziqishlarini oʻrganish, qobiliyatlarini namoyon etishlari va rivojlantirishlari uchun

amaliy yordam koʻrsatish; axborot-psixologik xurujlarning xavfi, internet jahon

axborot tarmogʻining salbiy taʼsiri, yoshlar tarbiyasiga xavf solayotgan “ommaviy

madaniyat”ning kirib kelishi holatlarining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni

oʻtkazish; Pedagog xodimlar, oʻquvchilar hamda ota-onalarning psixologik-

pedagogik bilimlarini oshirishga koʻmaklashish, pedagog xodimlar, ota-onalar va

jamoat tashkilotlarining samarali hamkorligini ishlarini olib borish; oʻqituvchilar

jamoasi va ota-onalarga oʻquvchilarning shaxs va ijtimoiy jihatdan rivojlanishi

muammolari boʻyicha yoʻnalish berish maqsadida oʻrganish natijalariga koʻra

psixologik-pedagogik xulosa tayyorlash; taʼlim muassasasi xodimlarini oʻquvchilar,

pedagog xodimlar, ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) ijtimoiy-

psixologik xabardorlik darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan psixologiyani amalda


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_Май –2025

301

qoʻllash, muassasaning rivojlanishi masalalarida maslahatlar berish; oʻz kasbiy

malakasini muntazam ravishda oshirib borish va boshqa koʻrinishdagi metodik

ishlarda qatnashish; taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati

va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish; taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur

yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan

maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya

qilish; amaldagi meʼyoriy hujjatlarda belgilangan tartibda oʻz vaqtida tibbiy

koʻrikdan oʻtish; taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-

gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin

xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish; foydalanish uchun oʻziga topshirilgan

mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but

saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga

rioya qilinishini taʼminlash; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham

amalga oshirishi mumkin.

FOYDALANILDAN ADABIYOTLAR:

1.Umumiy psixologiya. T.: O’qituvchi, 1992. – 512 s.

2.Nemov R.S. Psixologiya Kn. M.: Prosveshenie – 1994. – 576 s.

3.G`oziev E. Psixologiya. T.: O’qituvchi, 1994 – 300 b.

4.Klimov E.A. Osnovi psixologii. Ucheb. M.: YuNITI, 1997. – 295 s.

5.Godfrua J. Chto takoe psixologiya. T. M.: Mir. 1992 – 496 s.

6..Z. Nishonova “Psixologik xizmat. ” Toshkent 2002