Authors

  • Qayumova Zilola Furqat qizi

Author Biography

  • Qayumova Zilola Furqat qizi

    San’atshunoslik fakulteti

    Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi

    2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117198

Keywords:

muhandislik texnologiya zamonaviy mustaqil intelektual kontsepsiya islohot innovatsiya.

Abstract

Mazkur maqola zamonaviy ta’limda tabiiy, aniq va muhandislik-texnologiya fanlarini o‘qitishda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etishning ahamiyati yoritiladi. Talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, bilimlarni chuqur o‘zlashtirish hamda amaliy ko‘nikmalar shakillantirishda innovatsion metodlar asosida ta’lim berishning samaradorligi tahlil qilinadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

179

TABIIY, ANIQ HAMDA MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA

FANLARINI O‘QITISHDA ILG‘OR TEXNOLOGIYALARDAN

FOYDALANISH

Qayumova Zilola Furqat qizi

San’atshunoslik fakulteti

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi

2-bosqich talabasi

Annotatsiya: Mazkur maqola zamonaviy ta’limda tabiiy, aniq va muhandislik-

texnologiya fanlarini o‘qitishda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etishning

ahamiyati yoritiladi. Talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish,

bilimlarni chuqur o‘zlashtirish hamda amaliy ko‘nikmalar shakillantirishda

innovatsion metodlar asosida ta’lim berishning samaradorligi tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar: muhandislik, texnologiya, zamonaviy, mustaqil, intelektual,

kontsepsiya, islohot, innovatsiya.

Bugungi

kunga

kelib

ta’lim

tizimida

yangilanishlar,

raqamli

texnologiyalarning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi, o‘quvchilarning fikrlash

qobiliyatini o‘zgartirmoqda. Ayniqsa tabiiy fanlar (biologiya, kimyo, fizika), aniq

fanlar (matematika, informatika) va muhandislik-texnologiya yo‘nalishidagi fanlar

hozirda zamonaviy pedagogik yondashuv va tajribalarni talab qilmoqda. O‘qituvchilar

nafaqat an’anaviy bilimlarni yetkazish, balki innovatsion pedagogik texnologiyalar

yordamida fanlarni tushunarli, qiziqarli va amaliy asosda o‘rgatish kutilmoqda.

Ta’lim tizimida yurtboshimiz tomonidan ko‘plab islohotlar olib borilmoqda.

Jumladan Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta,

oliy ta'lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, O'zbekiston Respublikasida oliy

ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan

yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish,

oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

180

ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida davlatimiz

rahbarining 2019-yil 8-oktabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan O'zbekiston

Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi sohadagi

yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda.

Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar

tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro

hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini

rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi.

Shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni ta'lim jarayoniga keng joriy etish,

yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini

ta’minlash hamda innovatsion g‘oyalarni tijoratlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlar o‘rtasidagi o‘zaro

hamkorlik kuchaytirilib, ilmiy kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha tizimli choralar

belgilandi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatning intellektual salohiyatini yuksaltirish

va barqaror rivojlanishiga zamin yaratadi.

Jamiyat rivojining bugungi kundagi bosqichi bevosita, texnologiyalarning

takomillashuvi bilan xarakterlanadi. Zamonaviy texnologik jarayonlar har qanday

sohaga о’z ta’sirini о’tkazmoqda. Ayniqsa, axborot uzatish tizimida tobora yangi

о’zgarishlar texnologoyalari kuchayib bormoqda. Axborot va kommunikatsion

texnologiyalar hamda kompyuter texnologiyasidan foydalanish rivojlanmoqda.

Ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish bugungi kun

talabiga aylandi. Muhandislik-texnologiya fanlarini o‘qitish jarayonida yangicha uslub

va texnologiyalardan foydalanishimiz, yosh avlodning bilim saviyasini yuqori darajaga

olib chiqadi. Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bugungi kunda pedagoklar

uchun yangicha imkoniyat yaratdi.

Texnologiya so‘zi yunonchada “techne”-san’at, “logos” – o‘qish (bilim, ta’lim)

degan ma’nolarini anglatadi. Texnologiya so‘zining keng ma’noda tariflaganda,

bilimlar hajmi, tor ma’noda- borliqni qayta tuzish usullari nazarda tutiladi.

Muhandislik fanlarini o‘qitish jarayonida turli yondashuvlar asosida darsni tashkil

qilish mumkin. Bunga misol tariqasida muammoli ta’lim tizimi, loyiha asosida


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

181

o‘qitish, axborot texnologiyalaridan foydalanish, STEAM va reflektiv yondashuvlar

shular jumlasidan.

Muammoli ta’lim: Mazkur ta’lim yondashuvida talabalarning o‘zlari mustaqil

ravishda muammoni tahlil qilib borishadi. Masalan: chizmachilik fanini o‘qitishda

qanday metodikalardan foydalanish ta’lim sifatini oshiradi. Bunday savollarga har bir

talaba o‘zining fikrini bildirib o‘tishi orqali pedagok kadrlarning kasbiy tajribasi oshib

boradi.

Loyiha asosida o‘qitish texnologiyasi: Loyihalash texnologiyasida o‘quvchilar

kichik guruhlarga bo‘lingan holda muayyan bir loyiha ustida ish olib borishdi va

amaliyotga tadbiq qilishadi. Bu, albatta, muhandislik-texnologiya fanlarini va

dasturlash bo‘yicha darslarda samarili natijani beradi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)dan foydalanish: AKTda

onlayn platformalardan foydalanishda amaliy ko‘nikmalarni shakillantiradi,

simulyatsiya dasturlari va laborotiya orqali talabalarda dasturlash ko‘nikmasi

shakillanadi.

STEAM (S-science, T- technology, E-engineering, A-art, M-math) ta’lim

tizimi joriy qilindi. STEAM ta’lim tizimi yangicha o‘qitish metodikasi bo‘lib bir

vaqtning o‘zida to‘rtta fan, texnologiya, muhandislik, tasviriy san’at va matematika

fanlarining birlashuvi hisoblanib, mavzular bo‘yicha integratsiyalashgan o‘qitish

tizimidir. Tanlangan fanlarning bir-biriga bog‘liqlik jihati mavjud. O‘quvchilarda

kreativlikni va ijodkorlik qobiliyatini shakillantiradi. Prezident maktablarida

“STEAM” ta’lim dasturi 9-11- sinflarda o‘quvchilar o‘zlarining qiziqishlariga qarab

ayrim fanlarni tanlash orqali individual bilim olishlari mumkin, o‘z-o‘zidan ko‘rinib

turibdiki umumta’lim maktablaridan tubdan farq qiladi. Asosiy ko‘zlangan maqsad

ham mana shundan iborat.

Reflektiv yondashuv texnologiyasi: Ushbu texnologiya orqali darsdan so‘ng

o‘quvchilardan o‘z faoliyatlarini tahlil qilish so‘raladi, bu esa o‘z-o‘zini baholash va

rivojlantirishga yordam beradi.

Bugungi kunda ta’lim tizimi jadal sur’atlarda rivojlanayotgan raqamli

texnologiyalar, zamonaviy pedagogik yondashuvlar va innovatsion metodikalar bilan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

182

chambarchas bog‘liq holda yangilanmoqda. Ayniqsa, tabiiy va aniq fanlar hamda

muhandislik-texnologiya yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitishda an’anaviy yondashuvlar

o‘z o‘rnini innovatsion va interaktiv metodlarga bo‘shatmoqda.

Endilikda o‘qituvchidan nafaqat bilim berish, balki fanlarni hayotiy, amaliy va

qiziqarli tarzda o‘rgatish kutilmoqda.

Oliy ta’lim tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha olib borilayotgan chora-

tadbirlar zamonaviy texnologiyalarni ta’limga joriy etish, kadrlar salohiyatini oshirish

va fan, ta’lim, ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish orqali jamiyat

taraqqiyotiga xizmat qilmoqda.

AKT, STEAM, loyiha asosida o‘qitish, muammoli ta’lim va reflektiv

yondashuv kabi texnologiyalar o‘quvchilarning fikrlash doirasini kengaytiradi,

ijodkorlik va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi.

Zamonaviy texnologiyalarning ta’limga joriy etilishi nafaqat o‘quvchilarning

bilim saviyasini oshiradi, balki pedagoglar uchun ham yangi imkoniyat va

yondashuvlarni yaratadi. Bu esa o‘z navbatida, ta’lim sifatini oshirib, mamlakat

intellektual salohiyatining yuksalishiga xizmat qiladi. Shunday qilib, zamonaviy ta’lim

— bu faqat bilim berish emas, balki shaxsni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan

murakkab va izchil jarayondir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

:

1. https://uzmarkaz.uz/news/talim-tizimiga-yanigcha-yondashuv-va-islohotlar

2. 2Ugli, A. N. N., Saidazimovich, B. I., & Jabbarovich, M. M. (2020). Muhandislik

grafikasida multimediyaning tutgan o'rni. Academic research in educational sciences,

(4), 639-646.

3. Ugli, A. N. N., Saidazimovich, B. I., & Jabbarovich, M. M. (2020). Muhandislik

grafikasida multimediyaning tutgan o'rni. Academic research in educational sciences,

(4), 639-646.

4. Karimov.I.A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”, Toshkent: Ma’naviyat, 2008.

5. Tursunov U, Qodirova D. “Pedagogik texnologiya asoslari”, Toshkent: TDPU,

2020.