Authors

  • Asqarov Anvarjon

Author Biography

  • Asqarov Anvarjon

    FarDU Sirtqi ta’lim o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117283

Keywords:

rollar nazariyasi xulqiy o’zlashtirish sog’lom avlod erkin fikrlash munosabatlar uyg’unligi.

Abstract

Oila - ma’daniyat va tarbiyaning eng kichik birlashmasi hisoblanadi. Farzand tug’ilibdiki, yangi xulq-atvorni avvalo ona, keyinroq esa ota obrazi orqali o’zlashtiradi. Ota-ona uchun farzand tarbiyasi birlamchi vazifa sanaladi. Ushbu maqolada har bir yosh avlodning barkamol shaxs sifatida shakllanishida oilaning o’rni, farzand tarbiyasida ota-onaning ahamiyati, oilaviy munosabatlar borasida olimlar fikrlari haqida mulohazalar bayon etilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

110

FARZAND TARBIYASIDA OTA-ONANING O’RNI

Asqarov Anvarjon

FarDU Sirtqi ta’lim o’qituvchisi

Annotatsiya:

Oila - ma’daniyat va tarbiyaning eng kichik birlashmasi

hisoblanadi. Farzand tug’ilibdiki, yangi xulq-atvorni avvalo ona, keyinroq esa ota

obrazi orqali o’zlashtiradi. Ota-ona uchun farzand tarbiyasi birlamchi vazifa sanaladi.

Ushbu maqolada har bir yosh avlodning barkamol shaxs sifatida shakllanishida

oilaning o’rni, farzand tarbiyasida ota-onaning ahamiyati, oilaviy munosabatlar

borasida olimlar fikrlari haqida mulohazalar bayon etilgan.

Kalit so’zlar: rollar nazariyasi, xulqiy o’zlashtirish, sog’lom avlod, erkin

fikrlash, munosabatlar uyg’unligi.

Annotation: The family is the smallest Association of culture and upbringing.

A child is born who acquires new behavior first through the image of the mother, and

later through the image of the father. Raising a child for a parent is considered a

primary task. This article describes the role of the family in the formation of each

younger generation as a harmonious person, the importance of parents in the

upbringing of children, reflections on the opinions of scientists on family relations.

Keywords: role theory, behavioral assimilation, healthy generation, free

thinking, relationship harmony.

Аннотация: Семья считается наименьшим объединением культуры и

воспитания. Ребенок рождается, чтобы усвоить новое поведение сначала через

образ матери, а затем через образ отца. Для родителя воспитание детей

считается первоочередной задачей. В данной статье изложены размышления о

роли семьи в становлении каждого подрастающего поколения как гармоничной

личности, о значении родителей в воспитании детей, мнения ученых о семейных

отношениях.

Ключевые слова: теория ролей, поведенческая ассимиляция, здоровое

поколение, свободомыслие, гармония отношений.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

111

Har bir jamiyat eng kichik bo’g’in atalmish oilalardan tashkil topgan. Oilaning

asosiy vazifalaridan biri naslni davom ettirish va barkomol shaxslarni tarbiyalash.

Muqaddas dinimizga ko’ra farzand har bir insonga Allah tomonidan berilgan buyuk

ne’mat hisoblanadi. Har bir farzand kelajak bunyodkori, shuning uchun ham ota-onalar

o’z oldida qanday ma’suliyatli vazifa turganligini his qilishi lozim. Oilaning har bir

a’zosi o’z o’rni va vazifasiga ega bo’lib, bu haqida amerikalik ruhshunos E.Bern va

nemis ruhshunosi K.Levin “shaxs ijtimoiy rollar nazariyasi”ni ishlab chiqqan. Unga

ko’ra, odam bola, ota-ona va katta odam rolida rolida bo’ladi. Bola rolini faqatgina

bolalarni o’zini tutishi kabi tushunib olmaslik kerak, bola roli katta odamning o’zini

boladek his etishi va bola sifatida tutishida namoyon bo’ladi. Ota-ona roli esa

odamning boshqa kishilar oldida o’zini ma’suliyatli tutishi, o’zgalarga va oila

a’zolariga nisbatan mexr-oqibatida ko’rish mumkin. Katta odam rolidagi inson esa

nasihatgo’ylikka moyil, har bir harakatni o’ylab qiladigan va atrofdagi narsa va

hodisalarga nisbatan chuqur fikrlovchi bo’ladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev oilaning o’rnini alohida ta’kidlab quyidagi

fikrlarni bayon etgan: “Avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan ma’naviy qo’rg’oni bu

– oiladir”. Inson uchun- eng katta tarbiya manbai oila bo’lib, tarbiya berishda asosiy

vazifani ona bajaradi. Shuning uchun ham qadimdan ayollarga Qur’ondan, tajviddan,

fiqhdan, tarbiyadan va juda ko’p ijtimoiy va diniy bilimlar yoshlik chog’idan

o’rgatilgan. Otalarning asosiy vazifasi esa oilani moddiy tomondan ta’minlash,

ularning zaruriy ehtiyojlarini qondirishdan iborat bo’lgan. Ota- ona bolaga tarbiya

berayotganda unga qaysi tomondan ta’sir eta olishini inobatga olishi lozim. Bu o’rinda

Xoja Samandar Termiziy: “Farzandlarni otasining xizmatlari tufayli emas, o’zlarida

bor qobiliyatiga asoslanib tarbiyalash lozim”,- deya fikr bildirgan. Bola uch yoshdan

boshlab, ota-ona va yaqinlarining xatti-harakatlarini beixtiyor kuzatish orqali

o’zlashtirib boradi. Aynan bu davrdan boshlab har bir ota-ona o’z ma’suliyatini yanada

ortiqroq his qilishi lozim. Bola o’zlashtirgan xulq-atvorni o’yinlar orqali ifodalab

beradi. Kuzatishlar natijasi shuni ko’rsatadiki, oilada dominantlik otani qo’lida bo’lsa

bunday oilaning qiz va o’g’il farzandlari o’yinlarda yetakchilikni o’z qo’liga olishga

harakat qilishadi, ularda liderlik qobiliyati yoshlikdan shakllanib boradi. Oila


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

112

a’zolarining bir-birlariga qo’pol munosabatlari, aldashlar, yolg’on so’zlar, noto’g’ri

xatti-harakatlar, doimiy urushlar oilada nosog’lom muhitni keltirib chiqaradi va

bolalarning psixikasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Oilaviy tarbiyaning asosiy uchta turi mavjud bo’lib, ular quyidagilar:

demokratik, avtoritar va konvensiya. Avtoritar uslubda, ota-onaning har bir xohish va

istaklari bola uchun qonun hisoblanadi. Bunday oilada tarbiya topgan bolalar asosan

bo’ysunuvchan, ish faoliyatida asosan bajaruvchi obrazida bo’ladi. Uning asosiy

ehtiyojlari qondirilmay qolib keladi, ko’plab holatlarda buning natijalarida

farzandlarda doimiy stresslar kelib chiqadi. Demokratik uslubda, ota-onalar farzand

tarbiyasida mustaqillikni ham, intizomni ham teng olib borishga harakat qilishadi. Bu

kabi tarbiya usuli tanlangan oilalarda bolalar ijobiy harakatlatni amalga oshirishganda

taqdirlanadi. Noto’g’ri harakatga yo’l qo’yishganlarida esa jazolanishadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Klochko V.E. Qadriyatlarni axloqiy tarbiya mexanizmi sifatida shaxslashtirish

// Talaba shaxsining axloqiy asoslarini shakllantirish yo‘llari. Muammolar.

Metodologiya Tajriba: konferentsiya tezislari. Barnaul, 2007

2.

Mitrikas A. Oila qiymat sifatida: Yevropa mamlakatlarida qiymat tanlashdagi

o‘zgarishlar va istiqbollari. - №1. -: 2003.

3.

Karimova V. M. Oilaviy hayot psixologiyasi. T.— 2006.

4.

Akramova F. A. Oilada muomalani tashkil etish psixologiyasi. T.: «Shams

ASA», 2006

5.

Oila psixologiyasi / Akad.litsey va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari uchun

o’quv qo’llanma. G.B.Shoumarov va b. G.B.Shoumarovning tahriri ostida. – Toshkent:

“Sharq”, 2008. – 48-62-betlar.

6.

G‘oziev E.G‘. Psixologiya. -T., O‘zMU «Universitet», 2003.

7.

Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga

quramiz – Toshkent; O‘zbekiston nashriyoti. 2017 yil

8.

Usmanova E.Z. O‘quvchilarning mustaqil tafakkurni qanday shakllantirish

mumkin? -«Pedagogika va yosh psixologiya» ilmiy-ommabop seriya, 2000.